Цитата:
Сообщение от 3dman
Misol: "Buyuk Temur" filmini ko'rgan bolsangiz, fil'm bir bozordagi aravakashning taqdiri haqida yoki biror qizning sevgisi haqida emas balki Buyuk Sohibqiron Amir Temur haqida. Fil'mdagi dekoratsiyani ko'rsangiz ko'nglingiz ayniydi. Ishtirokchilarning kiyimi juda arzon materiallardan tayyorlangan. Askarlarning qilichi esa TUNUKADAN QILINGAN! Yana unga otni kallasidek mablag' sarflangan bo'lsa kerak. Shunday fil/mni bir marta ishlash kerak. Ishlagandayam yuqori darajada ishlash kerak. Qo'lidan kelmasa Holliwoodga murojaat qilish kerak. Amir Temur - trali-valli emasku
|
Mana bir birimizni ancha tushinib qoldik. Mavzuni ochishdan maqsad kino sohamizdagi mana shunaqa illatlarni ochib berish edi. Men har gal koreyaliklarning tarihiy filmlarini ko'rib, o'z filmlarimiz, Alpomish, A. Temur haqidagi va boshqa filmlarni ko'rib juda ezilaman. Koreada hatto shu davrdagi yakka kurash va qilichbozlik kamonchilik va hakozalarni o'rgatadigan maktablar mavjud ekan. Har belgilangan kunlarda korea tarixida bo'lib o'tgan jaglarni shu maktab bitiruvchilari qayta teatrlashtirib namoyish qilib berar ekan. Bu esa Turistlarni ham jalb qilib katta daromad keltirar ekan.