|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :) |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
|
![]() |
#1 |
![]() академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132
424/181
– 0
1/1
![]() |
Go’dak
Derazadan qarab turar murg’ak ko’zlar, Onam kelib qolarmi, deb yig’lar ko’zlar. Yetimni ko’z yoshini kim artar endi O’zi yig’lab, yana o’zi tinar ko’zlar. Qaydan bilar axir, bola Degan so’zi, faqat “Ona…”. Ostonasi bo’lmaguncha, Bahor nima, bayram nima. Otang bilan kezar shayton, Onangdan-ku ketganing inon. Erkalaydi, kelgin desang Oyni degin, onajon. Ezma diling, ezilma, Bo’ldi kutma, bolajon… Toshdan mehr izlama, Bo’ldi endi, yig’lama. Manzili yo’q kimsadan, Qo’ygin manzil so’rama… Hali senga oftobni, Yog’dulari taralar. Qodir Xudo ashkida, Sen uchun baxt yaralar. Derazadan qarab turar murg’ak ko’zlar, Onam kelib qolarmi, deb yig’lar ko’zlar… (Botir Qodirov ijro etgan.) |
|
Ответить |
4 "+" от:
|
![]() |
#2 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
Мовий осмонимда ёнди офтобим,
Нигоҳхинг қадалди нигоҳларимга. Ишқнинг жаннатидан ҳур-малаклари Авф сўраб келдилар гуноҳларимга. Сенсиз бахт осмонин қургим келмади, Кўзларимни боғлаб, юмиб яшадим. Сенсиз кўчалардан юргим келмади, Хижронларни дилга кўмиб яшадим... Яшадим соғинчга бўлиб ҳамхона, Яшадим армонлар устидан кулиб. Сенсиз оғу булиб туюлди нафас, Бўғилиб яшадим, яшади ўлиб... Дийдор билан қайтди умримга маъно, Тун зулмати кетиб, наҳорим кайтди, Минг йилги хазонлар, аёзлар кетиб, Сен қайтдинг - кўнглимга баҳорим қайтди... Руҳим бор умримни бир онга жойлаб, Шу онда ёнингда бўлсам ҳам рози... Тиз чўкиб, изларинг тавоф айласам, Кўзингга термулиб ўлсам хам рози... Ишониб яшасам майлими ишққа??? Борлигим кўнглингга келмасми малол??? Борлигинг кўнглимга ягона таскин Покиза севгимни айлама увол... Aliya
__________________
Мой ЖЖ Последний раз редактировалось Masud Mahsudov; 01.04.2010 в 22:50. |
|
Ответить |
5 "+" от:
|
![]() |
#3 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
SO'NGGI MAKTUB Bugun ham yurakni qiynar muhabbat Ikki kuch kurashar bunda beayov. Biri der : men usiz yashashim kerak Biri der:hayotim usiz zim- ziyo. Aslida yuragim yasholmas sizsiz, Tirikdir u sizning yodingiz bilan. Sizsiz yashamoqqa hohishim emas Hayot majbur etsa,ayting ne qilay? Siz-la qurgim kelar uzoq suhbatlar Uzun- uzun hatlar bitgim keladi. Ammo oramizda uzoqdir yo’llar Uzun armonlarim Tangrim biladi. Hayot yo’li boshqa bo’lsa ham hatto, Ko’ngil yo’li boshqa ekan, voajab. Ko’ngil amrin har dam etolmay ado, Inson yashar ba’zan baxtidan ajrab. Tushunolmay qoldim,o’zimga o’zim, Nimani kutaman ,o’zim bilmayman. Goho sizni eslab ,entiksam, goho, Sizsizlikdan to’yib-to’yib yig’layman. Umrbod shu sevgim bilan yashashni Qanchalar hoxlashim bilsangiz edi. Lek ,sevgi-talpinish bo’lsa ,besamar Talpinishning, ayting,foydasi nedir? O’lmaydi, deydilar ,asl muhabbat, Men ham bugun uni yurakka ko’mdim. Ochilmayin so’lgan sevgim haqqiga Pinhon tilovatlar qilishga ko’ndim. O’zimni qiynamoq menga orzumas, Yuragimni berib qayg’u alamga . Endi unutishim kerak sizni,bas, Yo’qsa qalbga kim solmas alanga. Sizni unutmasam murg’ak yurakni Bir umrga armon parchalab tashlar. Tatimay qoladi eng baxtli damlar , Sizsiz bag’ri –dilim ayriliq g’ashlar. Naqadar azobli sizni unutish, Qalbimga yozilgan har bir so’zingiz. Har nega vaqt davo etsa ham,lekin, Yillar ham yuvolmas qalbdan izingiz. Bilaman ,yashaysiz kimlardir uchun , Ko’ngil-chun yashamoq shartmikan, deysiz. Unutmang, yashayman men ko’ngildagi Inson-chun ,siz o’sha inson erursiz. Azizim ,avf eting ,kechiring meni, Sizni shunday deya ataganimga. Kechirin sevgim-chun ,she’rlarim uchun, Har bir onim sizni yodlaganimga… Shunday yo’l topayki,toki yuragim, Baxtim, hayotimga yetmasin ozor . Shunday xotiraga aylaning, toki Sizni eslab dilda yashnasin bahor. Sizni eslaganda yoshlik,muhabbat, Qalbimga baxsh etsin ajib ehtiros. …Men sizni unuta olmadim,aslo, Sizsiz yashamoqni o’rgandim, xolos. Malika
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#4 |
![]() ![]() UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 243
+ 1,712
447/160
– 4
1/1
![]() |
Juda ham chiroyli she'r. Uzr,lekin menimcha bu she'r ilgarigi sahifalarda ham qo'yilgan edi,adashmasam.
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео |
|
Ответить |
|