Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Учебные заведения > Школы
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Школы Школьные темы


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 10.03.2010 15:03   #31  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Behzod Saidov
Оффлайн
Сообщений: 1,088
+ 739  628/355
– 11  3/3

UzbekistanОтправить сообщение для Behzod Saidov с помощью Skype™Аккаунт на Twitter
Цитата:
Сообщение от Ustoz Посмотреть сообщение
Pascal va BASIC eskirib qoldi deyish, bu huddi birinchi sinf o`quvchisi uchun Alifbe o`qitish eskilik sarqiti, uning o`rniga darrov Abdulla Qodiriyu Navoiylardan o`qitishni boshlash kerak deyish bilan barobardir.
Fikringizga qo‘shila olmayman. Menimcha, "Pascal va BASIC eskirib qoldi" deyish "1-sinf o‘quvchisiga 20-asr boshidagi arab yozuviga asoslanga eski o‘zbek alifbosining o‘rniga 1996-yil qabul qilingan, lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosini o‘rgatish kerak" degan fikrga yaqinroq.
Ответить 
Старый 10.03.2010 22:32   #32  
Аватар для Ustoz
Оффлайн
MAKTAB
O`QITUVCHI
Сообщений: 682
+ 617  543/277
– 8  129/41

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Behzod Saidov Посмотреть сообщение
Fikringizga qo‘shila olmayman. Menimcha, "Pascal va BASIC eskirib qoldi" deyish "1-sinf o‘quvchisiga 20-asr boshidagi arab yozuviga asoslanga eski o‘zbek alifbosining o‘rniga 1996-yil qabul qilingan, lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosini o‘rgatish kerak" degan fikrga yaqinroq.
To`g`ri, ammo bunda til o`zgarmaydi faqat harf o`zgaradi, siz esa tilni, yana C ni o`rgatish kerak deyapsiz. C ni tushunish qiyin, ammo Pascalni o`rgatishdan maqsad bolalalrni dasturchi qilib yetishtirish emas, kompda ishlash va kichkina dasturchalar yaratishni o`rgatishdir. Maktabning vazifasi va maqsadi o`quvchiga fanlar haqida umumiy ma`lumot berib. layoqatlilarni aniqlab ularga keyingi hayotlariga yo`llanma berish, mana shu BASIC va Pascalning o`zini tushunishga qiynalayotgan o`quvchilarga paq etib C ni qo`yib qo`ysak, bu huddi men o`quvchilarning kuchli bo`lishini istayman deb ularga ingliz tilidan TOEFLning talabini qo`yishim bilan barobardir. Talabchanlik boshqa, ortiqcha talab qo`yish boshqa. Men tez o`rganadigan odamman, shunga qaramay bir necha marta harakat qilib ham, C ning hatto ish muhitini ham tushuna olmadim, kechirasizu, men kompyuter dunyosida yangi odam emasman, endi bolalarni ko`z oldingizga keltiring. Bunga qiziqadigan bor, faqat baho uchun o`qiydigan bor, umuman faqat kelib-ketadigan bor, ana shunaqalar juda bo`lmaganda Pascalni ozgina bo`lsa ham tushunishadi. Shuni o`rgangan esa ana undan keyin o`zi istagan boshqa dasturini o`rganaveradi, chunki Pascal va BASIC da u tajriba orttiradi, dasturlar bir-biriga o`xshashi shart emas. Menga bir kuni bir o`quvchim "Ustoz, bizga kerak-kerakmas narsalarni o`rgatishadi, mana masalan, man hayotda a ni b ga qo`shib c chiqarib yurmaymanu, manga buni nima keragi bor" degandi. Men unga shunday javob berdim: "Siz hayotda a ni b ga qo`shmasangiz ham algebra va shunga o`xshagan fanlarda shunaqa masalalrni yechib kallangizni ishlatishni, murakkab narsalarni hal qilishga miyangizni o`rgatasiz, murakkab narsalarni hal qilib o`rgangan miyangiz keyin huddi shunaqamas boshqacha murakkab narsalarni hal qilishingizda dovdirab qolmasligingizga yordam beradi". Pascal va BASICni o`rgatish ham huddi shu maqsadni o`z oldiga qo`yadi.
Ответить 
"+" от:
Старый 10.03.2010 23:15   #33  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Behzod Saidov
Оффлайн
Сообщений: 1,088
+ 739  628/355
– 11  3/3

UzbekistanОтправить сообщение для Behzod Saidov с помощью Skype™Аккаунт на Twitter
Цитата:
Сообщение от Ustoz Посмотреть сообщение
To`g`ri, ammo bunda til o`zgarmaydi faqat harf o`zgaradi, siz esa tilni, yana C ni o`rgatish kerak deyapsiz.
C haqida hech narsa deganim yo'q. Qariyib 1 yil oldin quyidagicha yozgan ekanman:

Цитата:
Сообщение от Behzod Saidov Посмотреть сообщение
BASICni o'ylab ham o'tirmasdan ro'yxatdan o'chiravering. Hech bo'lmaganda Pascal, lekin bugungi kunda yaxshisi C++ dan boshlagan ma'qul.
Цитата:
Сообщение от Ustoz Посмотреть сообщение
Men tez o`rganadigan odamman, shunga qaramay bir necha marta harakat qilib ham, C ning hatto ish muhitini ham tushuna olmadim, kechirasizu, men kompyuter dunyosida yangi odam emasman, endi bolalarni ko`z oldingizga keltiring. Bunga qiziqadigan bor, faqat baho uchun o`qiydigan bor, umuman faqat kelib-ketadigan bor, ana shunaqalar juda bo`lmaganda Pascalni ozgina bo`lsa ham tushunishadi.
Xullas, bu borada bahs qilishga uncha ishtiyoqim yo'q. Maktabda dars bersangiz u yerdagi shart-sharoit sizga ko'proq ayon bo'lsa kerak har holda. Men esa shunchaki shaxsiy fikrimni bildirdim xolos.
Ответить 
Старый 11.03.2010 12:11   #34  
uParty Member Known ID Group Ultimate
Аватар для OmoN
Оффлайн
програмщег
Сообщений: 4,971
+ 2,743  5,086/2,116
– 69  99/68

Uzbekistan
Ўзи мактабларда дастурлаш ўргатиладими? Ўргатилса қайси синфда? Бундан бир неча ой олдин УзИнфокомнинг мақолалар танловида иштирок этмоқчи бўлиб 5-8 синф дарсликларини қараб чиққандим. Ёзган "мақола"мни жўнатишга бетим чидамаган 5-8 синф дарсликларида дастурлашга тегишли биттаям қатор кўрмаганман. Балки 9-синфда ўтилар?
__________________
Ошибки прошлого, мудрость будущего. (с)Д.Тернер.
Ответить 
Старый 11.03.2010 16:10   #35  
Аватар для gulshoda
Оффлайн
ТГИППКПК
старший преподаватель
Сообщений: 3
+ 0  5/3
– 0  0/0

Uzbekistan
Dasturlash tili o'tiladi

Hurmatli Omon!
Ha, albatta, faqat 9- sinflarda o'tiladi va unda dasturlash tili juda yaxshi yoritilgan Maktabda dasturlash tili o'tiladi chunki o'quvchilar Turbo -Pascal dasturlash tilida maktab olimpiasi masalalarini yechishadi. Maktabdagi o'qituvchilar Beysik dasturlash tilida dastur tuzishar edi endilikda Turbo - Pascal da ishlashyapti. Qiyinchiliklar bor, lekin harakatda barakat deyilgan. Malaka oshirish institutida bunga katta ahamiyat berilmoqda
Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 11.03.2010 22:19   #36  
Аватар для Ustoz
Оффлайн
MAKTAB
O`QITUVCHI
Сообщений: 682
+ 617  543/277
– 8  129/41

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от OmoN Посмотреть сообщение
Балки 9-синфда ўтилар?
Ha, 9-sinf kitobini varaqlab chiqqanimda u yerda Pascalni yaxshi tushuntirishgan, hatto shuni o`rganayotgan bolalarga mening havasim kelgan, chunki o`z ona tillarida o`rganishadi, men esa bu narsalarni rus va ingliz tillari yordamida o`ranganman, mening asosiy vaqtim til muammosini hal qilishga ketardi, umuman tilni bilishsa ham zarar qilmaydi.
Ответить 
Старый 11.03.2010 23:16   #37  
uParty Member Known ID Group Ultimate
Аватар для OmoN
Оффлайн
програмщег
Сообщений: 4,971
+ 2,743  5,086/2,116
– 69  99/68

Uzbekistan
Оффтоп:
Цитата:
Сообщение от Ustoz Посмотреть сообщение
Ha, 9-sinf kitobini varaqlab chiqqanimda u yerda Pascalni yaxshi tushuntirishgan,
Нега Excelни мактаб программасига киритшмаган экан-а...
__________________
Ошибки прошлого, мудрость будущего. (с)Д.Тернер.
Ответить 
Старый 11.03.2010 23:37   #38  
Аватар для Ustoz
Оффлайн
MAKTAB
O`QITUVCHI
Сообщений: 682
+ 617  543/277
– 8  129/41

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от OmoN Посмотреть сообщение
Оффтоп: Цитата: Сообщение от Ustoz Ha, 9-sinf kitobini varaqlab chiqqanimda u yerda Pascalni yaxshi tushuntirishgan, Нега Excelни мактаб программасига киритшмаган экан-а...
Maktab dasturida nafaqat Excel balki Officedagi hammasi bor. Faqat umumiy ma`lumot.
Ответить 
Старый 12.03.2010 11:58   #39  
uParty Member Known ID Group Ultimate
Аватар для OmoN
Оффлайн
програмщег
Сообщений: 4,971
+ 2,743  5,086/2,116
– 69  99/68

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Ustoz Посмотреть сообщение
Maktab dasturida nafaqat Excel balki Officedagi hammasi bor. Faqat umumiy ma`lumot.
Excel ҳақида маълумот қайси синф дарслигида бор?
__________________
Ошибки прошлого, мудрость будущего. (с)Д.Тернер.
Ответить 
Старый 12.03.2010 22:12   #40  
Аватар для Ustoz
Оффлайн
MAKTAB
O`QITUVCHI
Сообщений: 682
+ 617  543/277
– 8  129/41

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от OmoN Посмотреть сообщение
Excel ҳақида маълумот қайси синф дарслигида бор?
Afsuski qaysi sinf ekanligini bilmayman, bir marta informatika xonasiga kirib kitob varaqlab ko`rganimda ko`rganday bo`luvdim.Umuman, hozir bunday kitoblar ko`payib ketdiku. Bugun Milliy Universitetga boruvdim, hatto Murphyning o`zbekchasini sotib oldim,
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх