|
|
|
|||||||
| Знаете ли Вы, что ... | |
| ...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума. | |
| << Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> | |
| ZiyoNET Общественная образовательная сеть |
| Ответить |
|
|
Опции темы | Опции просмотра |
|
|
#41 |
![]() Erkin ijodkor
Jurnalist
Сообщений: 1,748
+ 2,559
2,642/911
– 20
13/12
![]() |
Вахолангки,мен таҳририятга ҳеч қанақа откритка жўнатмаганман! Шу учун қуйидагича жавоб қолдиргандим.
Қолаверса, бу откритка таҳририятга йўлланмаган. Шунчаки, форумга жойлаштирилган, холос, шунда ҳам мен томонимдан эмас! Последний раз редактировалось Husen; 15.02.2010 в 12:34. |
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|
|
#42 |
|
Husan aka www.uforum.uz ni barcha mavzularini qarab chiqsangiz bu fikrga kelmas edingiz?
|
|
|
|
Ответить |
| Реклама и уведомления | |
|
|
#46 |
![]() програмщег
Сообщений: 4,971
+ 2,743
5,086/2,116
– 69
99/68
![]() |
Журналистика факультети газетаси ҳақида бир-иккита фикр келиб қолди. Агар қарши бўлмасангизлар шу ерда ёзиб қўя қолсам.
1) Газета саҳифаларини кўпайтириш керак. 2) Газетани талабаларнинг(ҳеч бўлмаса ЎзМУ талабаларинг) ҳаётига чуқур кириб бориши учун нимадир қилиш керак. Бўлажак журналистларнинг газетасин 100 та ададда чоп этиш менимча издевательство. Менимча бу адад факультетнинг ўзигаям етмаса керак. 3) Факультет талабаларининг газетага бўлган эътиборини кучайтириш керак. Бунинг учун: - Ҳар бир талабанинг мақола/очерк/ҳикоя/фельетонини газетанинг сонларида чоп эттириб бориш керак. Керак бўлса айрим дангача талабаларни мажбур қилиш керак. - Ҳар бир сонда талабалар тайёрлаган фельетонларни бериб бориш керак. Талабаларни фельетон ёзишга ўргатиш керак. Шунда талабаларда айтган гапига жавобгарлик ҳисси кучаяди. Журналистларга ҳалақит берадиган ҳис туйғуларни енгиб ўтишни ўрганади. Масалан биронта домлани кўришга кўзи йўқ талаба шунчаки ёмон кўргани учун далилларсиз фельетон ёзса ҳолига вой. Ана шу фельетонни ёзиш учун далиллар йиғишни ўрганади. Талабаларни баъзи дарсларда бошқа факультетларнинг аудиториясига кириб материал тайёрлашини таъминлаш керак. Агар ўша аудиторияда дарс бераётган домланинг камчиликлари бўлса аямасдан фельетон ёзиши керак. Албатта бу ҳолда талабаларни кимдир ҳимоя қилиши керак. 3-шарт бажарилса менимча 2-шарт ҳам ўз-ўзидан амалга ошса керак. Бу фикрларим учун журналистиканинг "Ж" ҳарфини ҳам тушунмайдиган одамни қаттиқ тепмассизлар деб умид қиламан.
__________________
Ошибки прошлого, мудрость будущего. (с)Д.Тернер. Последний раз редактировалось OmoN; 15.02.2010 в 13:19. |
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|
|
#47 | |
![]()
Сообщений: 1,253
+ 1,042
1,526/636
– 63
80/43
![]() |
Цитата:
Bu mas'uliyatsizlikdan boshqa narsa emas. Gazetaning 1-sahifasida "Vatanga qasamyod" yodgorligidagi O'zbekiston bayrog'ini tutib turgan askar tasviri bosilgan. Teskari sahifada esa tank ustida o'tirgan kuchuk-soldat. Ijodingga barakalla, tahririyat! ______________ Hurmatli Olim, agar shaxsiy adovat haqidagi gaplaringizda meni nazarda tutayotgan bo'lsangiz, adashyapsiz. Men To'lqin Eshbekovni u menga nisbatan ishlatgan so'zlar bilan haqorat qilganim yo'q. Men konstruktiv tanqid qilib kelyapman, agar mening gaplarimga qarshi asosli, argumentli gaplari bo'lsa, marhamat, yozsin. Agar bu forumga faqat maqtovlardan iborat gaplar kerak bo'lsa, tortinmasdan aytingizlar, shunda forumni ixtiyoriy ravishda tark etishni o'ylab ko'rardim. |
|
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|
|
#48 |
|
КгБ
SmC
Сообщений: 82
+ 66
63/42
– 0
0/0
![]() |
Xo'sh...Juda ko'p va xo'p gaplar aytilibdi..
Men sobiq xalqaro jurnalistika bitiruvchisi va O'zMUning magistranti sifatida jurnalist va jurnalistikaga befarq bo'lmagan forumdoshlarga fakul'tet gazetasi uchun bildirilgan fikrlarga rahmat aytmoqchiman. "Jurnalist" gazetasi bevosita To'lqin Eshbek domlamizning sa'y-harakatlari asosida ishlangan. Gazeta juda shoshilinchda tayyorlangani uchun ham unda kamchiliklar ko'p. Domla nima qilsin, talabalar maqola bermaydi, yoz desa yozmaydi. Yozadiganlar esa ishini topib bo'lgan)) O'rtoqlar, o'zi shundoq ham muammolar ko'p, qachonlardir o'zingiz o'qib ketgan o'qishga nisbatan hurmat saqlanglar. Xalqaro jurnalistika fakul'tetida esa gazeta chiqarish ishlarini uzoq vaqt kuzatganman, ishtirokchisi bo'lganman. Buning uchun hozirda 3-4kursda oqiyotgan talabalarga va Diyor Imomxo'jayevga rahmat aytmoqchiman. Xalqaroda o'qigan talabalar 1-kursda Halim Saidov beradigan topshiriqni yaxshi eslashadi. Har hafta har bir guruh o'z gazetasi-brendini chorshanba kuni devoriy gazeta sifatida osib qo'yishi kerak. Payshanba 1-parada Halim Saidov gazetalarni olib, har birini tahrir qilar, guruhlarga baho qo'yar, yaxshi maqolalarni "Ma'rifat" yoki boshqa davlat nashrlariga tavsiya qilardi. Talabalar gonorar ham olishardi. Keyinchalik H. Saidovning darsi tugagandan so'ng ham bizning koreys guruhi va kursdoshimiz Olimning tashabbusi bilan devoriy gazeta chiqarishda davom etdik. Talabalar gazetamizni devorga osib qoyishimizni kutib turishardi. O'sha vaqtdagi senzor o'qituvchilar(hozir ular ishdan bo'shashgan) gazetamizdagi ba'zi gaplarni zamaskada o'chirtirishar, ba'zan gazetani devordan ko'chirib o'g'irlab ham ketishardi(buni kim qilganini haliyam bilmaymiz). Har xil tazyiqlar bo'lavergach va 4-kurs boshlangandan so'ng, gazetani tayyorlamay qo'ydik, lekin bizdan kichik guruhdagilar gazetani chiqaringlar deb talab qilaverishdi, bizdan sado bo'lmagach, ularning o'zi "Ko'zgu" degan komedik-satirik-kritik yo'nalishdagi gazeta chiqara boshlashdi. Bu gazetani oynali tabloga joylashtirishdi. Oxirgi marta o'qishga borganimda bu gazetaga raqobatdosh gazetalar ham boshqa kichik guruhlar tomonidan tayyorlana boshlanganini ko'rgandim. Bundan tashqari, 2-3-kursda o'qib yurganimizda yutib olingan grant byudjetida "Intellekt" degan chinakam A3 formatdagi 16 sahifali gazeta chiqarila boshlandi. U yerda ham o'z maqolalarimiz bilan qatnashib turardik. Gazeta kioskaga sotuvga chiqarilgan. Seminarlarda o'qigan maqolamizni domlalar "Intellekt"da chiqargin deb qiziqtirishardi. Bu rangli gazeta keyinchalik tipografik muammolar tufayli chiqmay qo'ydi, talabalardan ixtiyoriy-majburiy obunaga pul yig'i olinsa ham muammolar hal etilmay qolib ketdi.. "Jurnalist" gazetasini gazeta qilish unchalik qiyin ham emas, oson ham emas. Magistrantlarni bilasiz, deyarli hammasi ishlaydi, (tan olish kerak, buyam bir bahona) ular bu gazetani rivojlantirishga vaqt va xohish topadi, deyish qiyin....(balki unday emasdir) yechim topgandekman: Balki talabalarni gonorar bilan qiziqtirish kerakdir.
__________________
Sizga kulgu yarashadi:187: |
|
|
Ответить |
|
2 "+" от:
|
|