Цитата:
Сообщение от Tulqin Eshbekov
Цитата:
Сообщение от Bekmirzo
"Hurriyat" ta'rifan ham, amalda ham ijtimoiy-siyosiy va huquqiy gazeta hisoblanadi.
|
Низомида шундай ёзилганмикин? Ўзингиз ўқиб кўрганмисиз?
|

O'qimagan bo'lganimda, yuqoridagi gapimni rad etarmidingiz?
Har qalay, siz hozir mualliflaridan biri sifatida ijod qilib yurgan "Hurriyat" gazetasining ilk qadamlarida men birga yurganman. Menga notanish gazeta emas u.
To'lqin aka, mayli,
"Hurriyat" gazetasining oxirgi 10 ta sonini oling. Yoki mayli, oson bo'lsin uchun, shu haftada chiqqan sonini oling. Qani, aynan jurnalistika sohasiga oid masalalar yoritilgan nechta maqola topar ekansiz.
Agar biror talaba sizning darsingizdan "Hurriyat - asosan jurnalistika sohasini yoritadigan gazeta ekan", deb chiqib, mening oldimda imtihon topshirib shunaqa desa, "Qoniqarsiz" baho olishi tayin.