|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :) |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#101 | |
![]() ![]() Erkin ijodkor
Jurnalist
Сообщений: 1,748
+ 2,559
2,642/911
– 20
13/12
![]() |
Цитата:
Оффтоп: Начора...Умидвор қилган ўзингиз, умидни сўндирган ҳам ўзингиз...![]() Нигора опа, ҳижолат бўлманг! Ёзувчимиз ҳамиша омон бўлсалар, янги асарлар билан қувонтириб турсалар шуни ўзи энг катта совға!!! |
|
|
Ответить |
![]() |
#102 | |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Цитата:
Оффтоп: "Юлдузли тунлар" китоби керак бўлса, дастхатсиз ҳам совға қиламан. Мен учун лафз биринчи ўринда туради.Бобожонимнинг дастхат ёзиб бермасликлари эса кутилмаган ҳолат бўлди. |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#103 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
Tarixiy asarda zamona ruhi
(Adib ijodxonasida hayajonli lahzalar) Ma’naviy merosimizga qator tarixiy romanlari bilan ulkan hissa qo`shayotgan sevimli adibimiz Pirimqul Qodirov sobiq mustabid tuzum davri haqidagi bir suhbatida: “Xalqimiz o`z tarixiy ildizlaridan astoydil kuch olsa, mustamlakachilik zanjirini uzib chiqishga qaratilgan harakatlar avj olishi mumkin edi” deb yozgandi. “Yulduzli tunlar”, “Avlodlar dovoni” kabi romanlarini mutolaa qilgan kitobxonlar ana shu tarixiy ildizlarini yana bir bora dildan his etishlari shubhasiz. Adibning tarixiy mavzuda bitilgan navbatdagi asari – “Ona lochin vidosi”da (“Sharq” nashriyot-matbaa akstiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2001) ham ana shu an’ana izchil davom ettirilganini anglash mumkin. Muhimi, bu tarixiy asarda zamona ruhi ham teran aks etgan. Kitobni mutolaa qilgan o`quvchi bir zamonlar adib anglagan haqiqatni anglab etadi. Beixtiyor qator savollar ham tug`iladi. Ya’ni, ajdodlarimiz qanday odamlar edi? Biz kimlarning avlodimiz? Asli ildizlarimiz qandoq bo`lgan? Millatimiz boshidan kechirgan fojealarning ildizi qaerda? Buyuk bobomiz Amir Temur siymosiga sobiq mustabid tuzum davrida o`ta biryoqlama munosabatda bo`lingani yoddan chiqmaydi. Yurtimiz istiqlolga erishganidan so`nggina bu boradagi haqiqat tiklangan. Sohibqiron ruhi o`z yurtida shod bo`ldi! Biroq, uning avlodlari haqidagi ko`p “tilsim”lar o`z tadqiqotchilarini hamon kutayotgani sir emas. “Ona lochin vidosi” romanini mutolaa qilgan o`quvchi ko`z oldida xo`b ajib tariximiz qayta jonlangandek bo`ladi. Sohibqiron Amir Temur, uning o`g`illari, nevaralari, chevaralari… ulug` maqsadlar, g`olibona yurishlar, o`zaro nizolar, bo`lmag`ur adovatlar, taxt talashishlar? Parokandalik… O`tmishga teran nigoh ila boqib, bu mavzuda yana bir ajoyib tarixiy asar yaratgan muhtaram adibimiz bilan suhbat qurish niyatida u kishining huzuriga yo`l oldim. Metroning “Kosmanavtlar bekati”dan chiqib, ikki chetida qalin daraxtlar saf tortib turgan yo`lakdan Bo`zsuv tomon yurdim. Ko`prikka etmasdan chapga burilib, to`g`ridagi uy tomon odimladim. Atrofi bejirim devor bilan o`ralgan to`rt qavatli uy va uning ko`m-ko`k hovlisi Do`rmondagi Yozuvchilar bog`ini eslatadi. Ko`k rangga bo`yalgan darvozasidan kirganingiz hamono anvoyi gullarning muattar bo`yidan sarmast bo`lasiz. Qo`li gul kishilar mo`’jaz hovlini bihishtdek qilib qo`ygan. Devor ortidagi ulkan daraxtlar va sal narida sokin oqib o`tadigan Bo`zsuv naqadar ajoyib manzara kashf etgan. Go`yo serjilo tabiat qo`ynida barpo bo`lgan bu go`shaning toza va mayin havosi ham kishiga huzur baxsh etadi. To`rt qavatli uyning birinchi yo`lagidan ikkinchi qavatga ko`tarildim. O`ng tarafdagi yog`och eshik qo`ng`irog`ini bosdim. Ichkaridan uy bekasining “hozir” degan mayingina tovushi eshitildi. Hayal o`tmay eshik ochilib, Sofiya opamizning nurli chehrasi ko`rindi. Millionlab kitobxonlarni hayajonga solgan “Uch ildiz” romanidagi Gavhar va Zamiraning prototipi bo`lgan bu muhtarama onaxonimiz umri bo`yi ustoz bilan ijod mashaqqatlarini teppa-teng tortib kelayotgani o`zi bir tarix, degim keladi... Shu payt boshilaridagi do`ppisi juda yarashgan ustoz vazmin qadamlar ila ijodxonasidan chiqib keldi. O`zining talabalik yillaridagi jo`shqin hayotini o`sha romandagi Mahkam va Ochil siymolari orqali juda qiziqarli tasvirlagan ustoz adibga har gal havas va ehtirom ila boqaman. Tarixiy romanlar bitilgan mo`’jazgina xona to`rida tariximizdagi eng yorqin siymolardan biri – Bobur Mirzoning ulkan surati go`yo nur taratib turgandek. Javonda terilgan kitoblarning bir qismi xonadon sohibining ijod mahsullari. Bu kitoblarning bir qismi dunyoning turli davlatlarida turfa tillarda nashr etilgan. Demak, ayni damda minglab xorijliklar ham o`sha kioblarni o`z tillarida mutolaa qilishayotganini tasavvur etishning o`zi maroqli! Ustoz bilan salom-alikdan so`ng suhbatimiz yangi asar mavzuiga ulandi. – Pirimqul aka, “Ona lochin vidosi” mohiyatan moziy darichalaridan birini ochgan, desak mubolag`a bo`lmaydi. “Yulduzli tunlar” va “Avlodlar dovoni” romanlarida Bobur Mirzo, Akbarshohlar siymosi gavdalangan bo`lsa, yangi asaringiz markazida asosan – Shohruh Mirzo, Gavharshod begim, Ulug`bek Mirzo turadi. Mir Alisher Navoiy siymosi, aniqrog`i hazratning yoshlik yillari yorqin bo`yoqlarda tasvirlangan. Uchta tarixiy mavzudagi asarlar orqali o`tmishdagi uch buyuk daho – Mirzo Ulug`bek, Mir Alisher Navoiy, Bobur Mirzo siymolarini bir-birlariga ma’naviy voris sifatida tasvirlagansiz. Ayting-chi, bir paytlar anglab etgan haqiqatni ro`yobga chiqarishga qay darajada muvaffaq bo`ldim, deb hisoblaysiz? – Bu savolga avvalo muhtaram kitobxonlarimiz javob berganlari ma’qul. Men esa sobiq sho`ro davrida soxtalashtirilgan va nohaq qoralangan iste’dodli, taraqqiyparvar temuriylar to`g`risida tarixiy manbalarda bitilgan haqiqatlarni baholi qudrat tiklashga va ularni badiiy tasavvur kuchi bilan gavdalantirishga intildim, shukrkim, istiqlol sharofati bilan Amir Temur va uning avlodlariga nisbatan munosabat tubdan o`zgardi, tarixiy haqiqatni tiklashda muhtaram Prezidentimiz rahbarligida ulkan ishlar amalga oshirildi. Xalqimizning tarixiy xotirasini haqiqat hamda adolat nuri bilan ravshanlashtirishning eng to`g`ri tamoyillari belgilab berildi. Jumladan, sho`ro davrida sinfiylik aqidasi tufayli nohaq qoralangan Shohruh Mirzo va uning suyukli malikasi Gavharshod begim to`g`risidagi haqiqatni yozish mening ezgu tilaklarimdan biri edi. Yaqin o`tmishda Shohruh Mirzo va Gavharshod begimni o`ta mutaassib hamda johil kuchlarga yon bosgan shaxslar deb kamsitish odat tusiga kirgan edi. Holbuki, men o`rganib chiqqan tarixiy manbalarda, xususan, Abdurazzoq Samarqandiyning “Matla’i sa’dayn” asarida Shohruh Mirzo va Gavharshod begim o`z davrining ilg`or fikrli, ma’rifatli va bunyodkor siymolari bo`lganini isbot etuvchi juda ko`plab tarixiy dalillar keltirilgan. Men romanda ana shu dalillarga asoslandim. Tarixdan ma’lumki, Mir Alisher Navoiy Gavharshodbegim qurdirgan muhtasham madrasada ta’lim olgan. Keyinchalik bu madrasani “Vaqfiyya” asarida qalamga olganda Navoiy Gavharshod begimni “Mahdi Ulyo va Bilqisi uzro” deb ulug`laydi. – Uzr, shu o`rinda o`quvchilarimizga “Mahdi Ulyo va Bilqisi uzro”ning ma’nosini qisqacha tushuntirib o`tsangiz… –“Mahdi Ulyo” – avliyo ona degan ma’noni bildiradi. “Bilqis” esa Sulaymon payg`ambarning afsonaviy go`zal va dono umr yo`ldoshiga berilgan nomdir. Bilqis – mumtoz adabiyotimizda ayol zotiga xos go`zallik, sadoqat va donolik ramzi hisoblangan. “Uzro” degan so`z ham buyuklik ma’nosini bildirgan. Mirzo Ulug`bekday dahoni voyaga etkazgan ota-onani har qancha e’zozlasak ham oz. Bundan tashqari Shohruh Mirzo va Gavharshod begimning Temuriylar shajarasini davom ettirishdagi hamda jahonga tanitishdagi xizmatlari ham juda katta. – Temuriylar sulolasida qanchalik ma’naviy yuksak siymolar yorqin iz qoldirgani haqida mazkur romanda maroq bilan hikoya qilinadi. Ayniqsa, Abdusaid Mirzo saroyida so`nggi so`zlarini aytgan ro`zador ona Gavharshod begim deydiki: “Amir Temurning vafotlaridan keyin uning saltanati qanday parchalanib ketganidan xabarlaringiz bor. Shohruh Mirzo o`g`limiz Ulug`bek bilan birga yagona markaziy davlatni qanday qayta tiklaganlariga men guvoh bo`lganmen. Ular doim ilmu ma’rifat ahliga, halol odamlarga tayandilar. Barcha temuriylarga bag`rikenglik bilan munosabatda bo`ldilar. Xalil Sulton bobokalonlarining vasiyatiga qarshi borib, og`ir xatolar qilgan bo`lsa ham, uni kechirdilar. Otalarining mulkini unga qaytarib berdilar. Katta og`alarining o`g`li Pirmuhammad Mirzo halok bo`lganda uning o`g`li Qaydu Mirzoni Balxga hokim qilib qo`ydilar. Yana bir og`alarining o`g`li Ahmad Mirzoni e’zozlab, Farg`ona viloyatini unga in’om qildilar. Ana shu tarzda barcha sog`lom Temuriylarni atroflariga yig`dilar, natijada shajara daraxti gullab-yashnab, bugungi kunlarga etib keldi. Dehqonlar ekadigan mavsumiy ekinlar boshqa. Ammo temuriylar shajarasi asrdan-asrga o`tib kelayotgan azim bir daraxtdir. Bu daraxtning qurigan shoxlarini olib tashlasalar mayli. Siz, Abdusaid mirzo, shajara daraxtini g`o`zaga o`xshatib yaganalamoqchi bo`lasiz, bu bilan uning tirik shoxlariga, ildiziga bolta urmoqdasiz!” Pirimqul aka, mana shu o`rinda Siz muallif sifatida bobomiz Amir Temur hazratlaridan so`ng uning ulkan shajarasiaro kurash qay darajada bo`lganini yorqin timsollar orqali ifoda etgansiz… – Bu o`rinda Amir Temur xonadonidagi yuksak ma’naviy fazilatlarni birinchi galda uning o`g`li Shohruh Mirzo va kelini Gavharshod begim siymolarida aks ettirishga harakat qildik. Aslida tarixiy faktlar ham buni yaqqol isbotlaydi. Gavharshod begim bu qutlug` xonadonga kelin bo`lib tushganida Sohibqiron qaynotasi unga bir juft oltin sirg`a in’om qiladi. Qaynonasi Bibixonim ularni taqib qo`yarkan, shunday deydi: “Bu in’omning teran ma’nosi – endi hamisha xonadon sohibining gapiga quloq solgaysiz, aytganlarini so`zsiz ado etgaysiz!” Qobil kelin bu hikmatga umri bo`yi amal qildi. Shu oddiy lavhadan kitobxon ibrat olsa arzigulik ulkan hikmat bor; bugun qaynotalik baxtiga musharraf bo`layotgan oila sohiblari Sohibqiron bobomizning o`z xonadonidagi betimsol an’anasini davom ettirsalar qandoq soz bo`lardi. Shunda oila ko`rki kelinlar ham buyuk momomiz an’analarini davom ettirisharmidilar!.. Garchi, asarimiz tarixiy mavzuda bo`lsa-da, hech qachon o`lmaydigan asl qadriyatlarimizning shu asnoda davom etishiga umid qilib, unga zamona ruhini singdirishga harakat qildik. – Kitobxonlar e’tiborini tortgan jihati ham shundaki, asarda bu kabi insoniy fazilatlar, milliy urf-odatlarimiz juda ulug`langan. Ma’rifat ahlining johilu jangarilar ustidan g`olib kelgani shunday tasvirlangan: “Dehqonu hunarmandlar, olimu quruvchilar, mamlakatning barcha madaniy kuchlari urushsiz yasholmaydigan jangarilarga qarshi kurashda Shohruh Mirzoni qo`llab-quvvatladilar. Shohruh Mirzo va Gavharshod begim o`z o`g`illarini ham bunyodkorlik ruhida tarbiyalagan, ularning har biriga yaxshi ko`rgan ilmiy-ijodiy ishini qilish uchun imkon yaratgan edilar”. Agar shu milliy qadriyatlar uzluksiz davom ettirilganida bormi, bugunga kelib yurt taraqqiyoti qanchalik yuksak darajalarga ko`tarilishini tasavvur etishning o`zi naqadar maroqli. – Albatta! Yurtimiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq milliy qadriyatlarni tiklash borasida qat’iy sa’y-harakatlar boshlandi. Qarang, Mirzo Ulug`bek bobomiz Samarqandda qanchalik hayratomuz madrasa va rasadxona qurdirib, fanda ulkan kashfiyotlar qiladi. Uning inilari Ibrohim Mirzo va Boysunqur Mirzo ham umrlarini ilmu ma’rifat, bunyodkorlik, ezgulik ishlariga baxshida etganlar. Ular taxt talashmagan, bir-birlari bilan yovlashmagan. Ular haqida ko`proq yozishimiz, yosh avlodga ana shu ibratli ishlar ahamiyatini tushuntirishimiz zarur. Bu tushunchalar milliy istiqlol g`oyalari bilan hamohang. Tarixdan ma’lumki, Amir Temurdan so`ng Shohruh Mirzo va Ulug`beklar hukmronligi davrida Turonu Xuroson gullab-yashnagan. Xalq turmushi farovonlashib borgan. Ulkan qurilishlar qilingan. Chingizxon davridan buyon qumga ko`milib vayrona bo`lib yotgan butun bir shahar – Marv qayta tiklangan. – Yana bir ibratli siymo – asar bosh qahramoni Gavharshod begim umrining oxirigacha ziyolilarga qanot baxsh etadi. Yosh temuriyzodalarning ma’rifat, ma’naviyat cho`qqilarini egallash yo`lida jon koyitadi. Shohruh Mirzoning ushbu gaplarini quloqlariga sirg`a qilib oladi: “...siz ham Bibixonimning salaflaridansiz, begim. Bugungi temuriylar xonadonida siz kayvoni ona bo`lib qoldingiz. Polapon lochinlarimizni endi siz uchirma qilmog`ingiz kerak”. – E’tibor bergan bo`lsangiz, Gavharshod begim mehr bilan bergan sabog`ini Abulqosim, Bobur singari zukko nevaralari berilib tinglaydi. Biroq, Abdullatif va Alauddavla faqat toju taxtni egallash, jangda o`lja olish va ayshu ishrat qilish tafsilotlariga qiziqishar, momosi ilmu ma’rifat va bunyodkorlik to`g`risida so`zlaganda esnab o`ltirishardi. – Ilmu ma’rifatdan yiroq Abdullatifning tezroq tojdor bo`lish ishtiyoqida yongani kitobxonda noxush kayfiyat uyg`otadi... – Abdullatifning ochko`zligi, kaltabinligi oxir-oqibat o`zining boshiga etgani tarixdan ma’lum. Faqat bungacha Ulug`bek Mirzodek daho otasining padarkushi bo`ldi. Bu qonxo`rligi bilan tarix sahnasida mudhish izlar qoldirib ketdi... – Ilmu ma’rifatdan, ezgu insoniylikdan yiroq kimsaning taxtga chiqib qolishi mamlakatning qanchalik tanazzulga uchratib, xalq boshiga ne-ne balolar solishi mumkin ekanligi asarda aniq hayotiy dalillar hamda badiiy bo`yoqlarda aks ettirilgan. Teran tahlilga boy roman ulkan davrni o`z ichiga oladi. Unda Sohibqiron Amir Temur hayotining so`nggi yillari – Xitoy sari yurishi, yo`lda vafot etishidan tortib yosh temuriyzoda Husayn Boyqaro Hirot taxtini egallagan davrgacha bo`lgan zamonlar haqida hikoya qilinadi. Romanni e’tibor bilan mutolaa qilgan o`quvchi tarixiy ildizimizni chuqurroq o`rgangan sari buyuk kelajakka erishish mumkinligini tushunib etadi, deb o`ylayman... – Bir kitobxon va ijodkor sifatida bildirgan fikrlaringiz meni ham quvontirdi. Boshda aytganingiz, o`tmishdagi uch ulug` daho – Mirzo Ulug`bek, Mir Alisher Navoiy, Bobur Mirzo siymolarini bir-biri bilan uzviy bog`laydigan tarixiy mavzudagi izlanishlarga yaxlit holda qarab baho berish mumkin bo`lar. Bunga xolis hakam – teran nigohli kitobxonlarimiz va adabiy jamoatchilikdir. Umid qilamanki, o`tmishda buyuk bobolarimiz tarixga qanchalik teran ildiz otgan bo`lsalar, ana shu hayotbaxsh ildizlardan bahra olgan bugungi avlodlar kelajagi buyuk davlatimizni qurishga, xalqimizning shonu shuhratini olamga yoyishga qodir bo`lgaylar. – Ustoz, suhbatimiz so`nggida bir an’anaviy savolni bersam maylimi? – Marhamat. – Rejalaringiz? – Ancha yillar ilgari “Temur tuziklari”ni ilk bor o`qiganimda, yigit yoshidagi Temurbek o`z jonini xalq ozodligi uchun fido qilib kurashgani xayolimda gavdalangan edi. O`sha yillarda mustabid tuzum baxillari “Temur tuziklari”ni soxta asar deb tuhmat qilib, chop etishni taqiqlagandi. “Temur tuziklari” va “Boburnoma”ni qiyoslab o`qisangiz ular orasida juda ko`p ichki yaqinliklar borligini sezasiz. Xullas, tarixiy mavzuni davom ettirib, Amir Temurning boshidan kechirganlari, insoniy fazilatlari, shaxsiyati haqida ilmiy badia shaklida yana bir asar yaratish niyatidaman. * * * Oradan besh yil o`tib ustoz o`sha yangi asari – “Amir Temur siymosi”ni muxlislariga taqdim etdi. Asar “Jahon adabiyoti” jurnalida (2006 yil 7-8 sonlar) chop etilganidayoq adabiy jamoatchilik tomonidan yuksak baholandi. “Bu asar Temur, temuriylar saltanatining barcha murakkabliklari bilan yoritib beruvchi yog`dudir,– deb yozadi taniqli adabiyotshunos olim Abdug`afur Rasulov “Ma’rifat” gazetasining 2007 yil 7 aprel sonida yoritilgan “Yog`du” sarlavhali maqolasida.– U o`tmishninggina emas, yosh avlodning ongini ham nurafshon etadi”. 2007 yilda “Amir Temur siymosi” kitobi did bezatilgan qalin muqovada “O`zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan chop etilgach, u haqda yozgan “Sohibqiron siymosi” sarlavhali maqolam “Fidokor” gazetasining 2008 yil 22 yanvar sonida yoritildi. Muhimi, bu tarixiy asarda ham zamona ruhi yorqin aks etgani zamondoshlarimiz qalbiga beqiyos ma’naviy nur baxshida etadi. * * * Buyuk bobokalonimiz Sohibqiron Amir Temur siymosi asrlar osha avlodlarda katta qiziqish uyg`otib kelgan. Bu ulug` siymo haqida nafaqat o`zimizda, balki jahondagi turli mamlakatlarda ham katta e’tibor bilan qaralib, turli davrlarda uning hayoti va faoliyatiga bag`ishlangan yuzlab asarlar yaratilgandir. Yurtimiz istiqlolga erishganidan so`ng tarixiy qadriyatlarimiz qatorida ulug` ajdodimizning muborak nomlari chinakam qadr topmoqda. Shahrisabzda, Samarqandda, Toshkentda uning mahobatli haykallari qad rostladi. So`nggi yillarda Sohibqiron siymosi aks etgan salmoqli kitoblar orasida atoqli olim Bo`riboy Ahmedovning "Amir Temur", sevimli shoir va adiblar Abdulla Oripovning "Sohibqiron", Muhammad Alining "Buyuk saltanat", Pirimqul Qodirovning "Amir Temur siymosi" asarlari tengsiz ma’naviy mulkimizga aylandi. Bu asarlar orasida sevimli adibimiz Pirimqul Qodirovning "Amir Temur siymosi" ilmiy badiasi alohida o`rin tutadi. Yuksak badiiy lavhalarda aks etgan g`aroyib voqea-hodisalar ilmiy asoslangan holda talqin etilgani bois "ilmiy badia" deb nomlangan bu kitob asli adabiyot ishqibozlari uchun ajoyib romandir. O`quvchi uni zo`r ishtiyoq va hayajon bilan mutolaa qilarkan, ko`z o`ngida avvalo buyuk Amir Temurning ulug`vor siymosi gavdalanadi. Sohibqironning zamondoshlari, o`g`illari va boshqa tarixiy shaxslar jonli obrazlarga aylanadi. Ne-ne taqdirlar, turfa xarakterlar, hayotda uchraydigan ziddiyatlar va ularning echimlari kitobxonni hayajonga soladi. Sohibqironning 660 yilligi nafaqat uning tug`ilib o`sgan diyori – O`zbekistonda, balki Birlashgan Millatlar Tashkilotining Parijdagi qarorgohi bo`lmish YuNESKOning muhtasham saroyida yuksak ehtirom bilan nishonlangani chinakam tarixiy voqeadir. Bu haqda to`lqinlanib so`z yuritgan adib: "Amir Temurga nisbatan tarixiy adolatni tiklashda bosh tashabbuskor va tashkilotchi bo`lgan O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov Sohibqironning faoliyatidagi ustuvor yo`nalish faqat jahongirlik va fotihlik emas, balki ona vatanni mustamlaka zulmidan qutqarish, istiqlol va adolatni qaror toptirish bo`lgani haqida" bildirgan muhim fikrlariga alohida e’tibor qaratadi. Bu quyma fikrlar adibga qanchalik ulkan ma’naviy kuch baxsh etganini butun asarni mutolaa qilish jarayonida anglab etasiz. Adib va olim mazkur ilmiy badiasida Amir Temur hayoti va faoliyatiga oid faktlarga teran ilmiy nuqtai nazardan yondashadi. Tarix osmonida mangu nur taratib turgan ulug` siymo haqida turli davrlarda tarixchilar va tadqiqotchilar tomonidan juda ko`p xolis fikrlar yozilganini ehtirom bilan tilga oladi. Aytaylik, Amir Temurning o`z ota-onasiga mehru oqibati mashhur Oqsaroy timsolida ko`rinishini, ispan elchisi Klavixoning kitobida yozilishicha "Amir Temur Keshda qurdirgan muhtasham Oqsaroyni otasining xotirasiga atab bunyod etganini" yozgani e’tiborga molikdir. Yana bir tarixiy manbada esa "bu go`zal va betakror bino Amir Temurning onasi sharafiga 1404 yilda qurib bitirilgan"i bayon qilingan. Bu manbalardan iqtiboslar keltirish asnosida muallif o`z o`quvchilarining ham tafakkurlarini yanada boyitishga xizmat qilgani ayni muddaodir. Temurbek yoshligida qanchalik zehni o`tkir, zakovati tengsiz bola bo`lgani, u kamolga etganda ham buyuk aql-idrok sohibi, donishmand siymo, adolatli amir sifatida nom qozongani haqida keyinchalik uning saroyida kotib bo`lib ishlagan Hafizi Abro`ning "Zubdat-ut tavorix", Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma", Nizomiddin Shomiyning "Zafarnoma", temuriylar xizmatida bo`lgan Muyiniddin Natanziyning "Muntaxab-ut tavorix", franstuz olimi Lyusen Kerenning "Amir Temur saltanati", Boshqird xalq yozuvchisi Axiyar Hakimovning "Karvon", rus tarixchisi Mixail Arnoldning "Bir muhoraba siri" asarlarida, franstuz yozuvchisi Marsel Bryunning "Men jahonni ochgan Temurman" romaniga Eron olimi R.Mansuriy yozgan so`zboshisida, Ozarbayjon olimi Abulfayz Rahimovning "Amir Temur Ozarbayjonda" asarida e’tiborga molik fikrlar bayon etilganini muallif ehtirom bilan tilga oladi. Ko`plab tarixiy asarlar bilan bir qatorda Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma", Alisher Navoiyning "Majolisun nafois" singari o`z bobokalonlarimizning tarixiy asarlarida ham Amir Temur shaxsi qanchalik ulug`langanini zukko adib teran tahlil qilgan. Turli davrlarda Amir Temur haqida yaratilgan asarlar orasida tarix haqiqatini buzib talqin qilinganlari ham kam emas. Ular nechog`li asosli bo`lganini ilmiy tahlil qilish, pirovardida, Sohibqiron siymosi haqida haqqoniy xulosalar chiqarish maqsadida adib "ishimiz davomida "Temur tuzuklari"dan iqtiboslar keltirish orqali uning o`zini so`zlatishga, ma’naviy dunyosini o`z nutqi orqali ochishga harakat qilamiz" deya masalaga to`g`ri yondashish yo`lini tanlaydi. Bugungi kunda beqiyos ma’naviy xazinamizga aylangan "Temur tuzuklari"ni Amir Temur umrining oxirlarida yozib tugatgani va unda o`z xulosalarini avlodlariga vasiyat tarzida yozib qoldirgani, bu kitob asrlar davomida maxfiy saqlangani va bizga etib kelgunicha ajoyib hodisalarga duch kelgani o`zi bir tarix ekanini muallif qator tarixiy misollar vositasida ham tasvirlaydi. Sohibqirondan so`ng temuriy shahzodalarning tengsiz ma’naviy mulkiga aylangan bu kitobga Mirzo Bobur cheksiz ehtirom ila qaragani borasida ko`p dalillar keltirilgan. "Bobur Mirzo umrining oxirida o`g`li Humoyunga yozgan maxfiy vasiyatnomasida "Hazrat Sohibqiron Amir Temurning kornomasini doim yodingda tutgil" deganligi uning "Temur tuzuklari"ni nazarda tutganidan dalolat beradi,– deb yozadi muallif.– Istiqlol sharofati bilan tarixiy adolat tiklanganidan so`ng Bobur Mirzoning Amir Temurga bo`lgan sadoqat va ixlosiga bag`ishlab "Yulduzli tunlar" romanining to`ldirilgan nashriga yangi boblar kiritdim. Bu mavzu "Ona lochin vidosi" romani hamda "Til va El" nomli badiada baholi qudrat davom ettirildi". Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Amir Temur hayotiga oid asarlar orasida qaysidir ma’noda "to`qib-bichilgan" gaplar, shoshma-shosharlik bilan "yaratilgan obrazlar", ulug` inson shaxsiyatiga to`g`ri kelmaydigan "lavhalar" ham kam emas. Buyuk tarixiy shaxs hayoti, zafarli yurishlari haqida ortiqcha ehtirosga berilib yozish "odati" o`tgan asrlarda ham kam bo`lmagan… Bunday adabiyotlar tarix haqiqatini buzib ko`rsatish barobarida o`quvchini chalg`itadi. Sohibqiron haqidagi asarlarning qay biri hayot haqiqatiga monand-u qaysida anglashilmovchiliklar, uydirmalar, soxta gaplar borligi "Amir Temur siymosi" kitobida aniq dalillar bilan isbotlab berilgan. Jonkuyar adib tarixiy manbalardagi Amir Temur shaxsi bilan bog`liq har bir detalga sinchkovlik bilan yondoshadi. "So`nggi asrlarda paydo bo`lgan ba’zi kitoblarda Tarag`ay bahodirning nomini "To`rg`ay" deb yozish hollari ham uchraydi. Bu hech bir mantiqqa to`g`ri kelmaydi,– deb izohlaydi u.– To`rg`ay – kichkina sayroqi qush. Bahodirlar avlodidan bo`lgan amirga bunday nisbat berish to`g`ri emas. Turkiy tilda Tarag`ay so`zi "nurday taralsin, ko`paysin, katta hududlarni egallasin" degan ma’nolarni bildiradi". Bunday tilaklar ijobat bo`lishiga urg`u bergan muallif shu o`rinda Amir Temur o`zining suyukli nevarasi Ulug`bekka dastlab Tarag`ay deb ism qo`yganini ham eslatib o`tadi. Mevali daraxtga tosh otilishi azaliy qismat ekanini Amir Temurga nisbatan turli tarixchi olimlarning uydirmalaridan ham bilsa bo`ladi. Jumladan, Ibn Arabshohning "Temur tarixida taqdir ajoyibotlari", M.Bryunning "Men jahonni ochgan Temurman", 1992 yilda Moskvada bosilib chiqqan "Tamerlan", ingliz adibasi Xilde Xukkemning "Etti iqlim sultoni", A.Yu.Yakubovskiyning "Temur" deb nomlangan kitoblarida haqiqatga to`g`ri kelmaydigan xayoliy uydirmalar ko`p uchrashi, akademik V.V.Bartoldning ayrim so`zlarida Amir Temurni "savodsiz bo`lgan" degan gaplari qanchalik assossiz ekanligi "Amir Temur siymosi" kitobida teran ilmiy tahlillar vositasida ochib berilgan. Bu bilan o`sha chalkashliklarga katta nuqta qo`yilganini his etasiz. Ayrim tarixchilarning Chingizxon va Amir Temur siyosatidagi bir-biriga "o`xshash jihatlari"ni kashf qilganlari haqida o`qiganmiz. Aslida bu ikki tarixiy shaxs sa’y-harakatlarida, maqsadlarida mutlaqo o`zgacha holatlar yuz berganini ham muallif aniq dalillar bilan asoslab bergan. "Chingiziylar hukmronligi davrida ayniqsa sipohiylar va beku amirlar orasida subutsizlik, beqarorlik, aldamchilik avjiga chiqqan edi,– deb yozadi adib.– Shuni yaxshi biladigan Amir Temur endi odamlarga nisbatan iloji boricha kechirimli bo`lish va yaxshilik qilish yo`li bilan ularni og`ir illatlardan qutqarib olishga astoydil harakat qiladi". Bir o`rinda, Chingizxon lashkarlarini yarim och holda jang qildirgani va ular och bo`ridek odamlarni talagani, Amir Temur esa lashkarlariga yaxshi maosh to`lab, ularni adolat uchun kurashga chorlagani haqida maroq bilan hikoya qilingan. "Amir Temur siymosi" kitobida buyuk bobokalonimizning butun faoliyati sodda va ravon tilda hikoya qilingan. Sohibqironning ulug`vor ishlari, bunyodkorligi, buyuk insoniy fazilatlari, zamondoshlariga, ilm ahliga nisbatan oqilona munosabatlari, zafarli yurishlari va qudratli davlat bunyod etishi, avlodlariga qoldirgan tengsiz meroslari haqida yuksak badiiy mahorat bilan yozilgan kitobni mutolaa qilarkansiz, xayolan o`tmish bilan yuzma-yuz bo`lgandek his etasiz o`zingizni. Muallif buyuk bobokalonimizning o`z davrida erishgan tarixiy g`alabasi bilan bugungi tengsiz istiqlolimizni shunday muqoyasa qiladi: "Eng baland tog` cho`qqisi ana shunday baland cho`qqidan ko`zga aniqroq ko`rinadi. Biz ham Amir Temur etakchiligida xalqimiz erishgan mustaqillikning naqadar yuksak qadriyat bo`lganini O`zbekiston istiqloli yillarida yaqqol ko`rdik va dil-dildan his qildik". Xuddi shu o`rinda ham ustozning mazkur tarixiy asarida chinakam zamona ruhini hi etasiz! Ilmiy badia "Ozodlik yo`lidagi tik dovonlar" va "Jahon miqyosiga chiqqan faoliyat" deb nomlangan ikkita qismdan iborat bo`lib, ular mohiyatan buyuk bobokalonimiz Amir Temurning Vatan ozodligi, yurt istiqloli yo`lidagi mardona kurashlari tafsilotlarini ilmiy asoslashga xizmat qiladi. Yuksak badiiy mahorat ila bitilgan ushbu asarni Amir Temur haqidagi hujjatli roman ham deyish mumkin. Bu kitob o`quvchiga ma’naviy oziq berish bilan bir qatorda uning tafakkurini boyitishga ham xizmat qiladi. Bu ma’naviy boylik esa – aniq dalillar, ishonchli manbalar asosida yaratilgani bilan ham qadrlidir. Ustoz adibimiz bu kitobi orqali ayniqsa yosh ijodkorlarga tarixiy mavzuda asar yozishda avvalo ishonchli hamda aniq manbalarga tayangan holda ish tutish maqsadga muvofiq ekanligini ibrat qilib ko`rsatgan, deyish mumkin. |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#104 | |
Хусусий бизнес
Директор
Сообщений: 63
+ 16
59/34
– 0
0/0
![]() |
Оффтоп: Цитата:
![]() |
|
|
Ответить |
![]() |
#105 | ||
![]() ![]() |
Цитата:
Оффтоп: Hammasi joyidayu... lekin shu offtopiz oshiqcha bo`ptida Nigora opa/Marhamat, o`sha tashrifdan lavhalar: ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() Цитата:
![]() ![]() ![]() ![]() Оффтоп: Suratlarga izohlarni Nigora opadan eshitamiz.Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 22.12.2009 в 10:40. |
||
|
Ответить |
6 "+" от:
|
Реклама и уведомления | |
![]() |
#106 | |
![]() |
Цитата:
|
|
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#107 |
КгБ
SmC
Сообщений: 82
+ 66
63/42
– 0
0/0
![]() |
Mening eng sevimli kitoblarim-"Yulduzli tunlar", "Avlodlar dovoni"ning muallifiga uzoq umr, sermahsul ijod tilayman.. Bolalikda "Yayra institutga kirmoqchi", "Akromning sarguzashtlari"ni 100 martalab o'qib chiqqandim..
__________________
Sizga kulgu yarashadi:187: |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#110 | |
народный писатель Узбекистана
Сообщений: 25
+ 10
74/24
– 0
0/0
![]() |
Цитата:
|
|
|
Ответить |
4 "+" от:
|
|