Hurmatli Lutfillo aka, Nigora opa...
Menimcha, hamma narsaning o'zligicha qolgani maqsadga muvofiqdir. Aytmoqchimanki, kiril alifbosida biz yumshatish belgili so'zlarni ham, yoki rus tilidan kirib kelgan so'larni ham o'z holicha qoldirganimiz, va Lotin alifbosiga asoslangan yozuvda ushbu xatolarni qilmaslikka harakat qilishimiz kerak. Aks holda, necha yillardan beri shakllangan, ma'lum qoidalarga asoslangan o'zbek yozuvimiz, qolaversa bizdan katta ajdodlarga hurmatni ham saqlab qolgan bo'lamiz. Zero "Фильм" so'zini bugun "филм" deb o'qib, yoshi kattalar o'zini savodsizdek xis qilmasin. Shuningdek, lotin yozuviga asoslangan o'zbek tilimiz ham xatolardan holi emas va unga ham tuzatishlar kiritilishi joizligini ham esdan chiqarmaylik. (Masalan "oktyabr, sentyabr" so'zlarini "oktabr, sentabr" ko'rinishida yozish yoki "18 ноябрь" sanasini "18-noyabr" qabilida yozish kabilar)
|