Bizda poraxo'rlik aaancha ildiz otib ketgan. Masalan:
Bog'cha - bolangizni bog'chaga joylashtirishingizu, yaxshiroq bog'cha opaga tushishi uchun "ozgina", bog'chaopasi bolangizga yaxshi qarashi uchun "ozgina", bolangiz to'garakka qatnashaman desa yana "ozgina".
Maktab - bolangizni yaxshiroq maktabga joylashtirishingiz "ozginadan sal ko'proq", yaxshi o'qituvchiga, yaxshi sinfga tushishi ham alohida bir kichik bo'lsada masala, undan keyin bolangiz sinfda qanday bilim olishi, hatto qaysi partada o'tirishi ham hozir shu o'qituvchisiga bog'liq bo'lib qolgan. Bayramlaru, darslardan tashqari bo'layotgan kichik majlislarda faol qatnashishingiz ham bolangizning bilimiga ancha ta'sir qilishini unutmang.
Kollejlar-u litseylar - ularga joylashishidan boshlab to o'qishi, yaxshi natijalarga erishishi, oxirida qanday diplom olishigacha xuddi shu "ozgina"ga bog'liqday.
Universitetlarga ta'rif bermadim. Bu juda ko'p muhokama qilinaverib qaytaga "narxlar"ni oshirib yubordik. Albatta shu o'rinda halol ustozu-murabbiylarimizdan chin dilimdan uzrimni so'rab qolaman. Ammo shuni ta'kidlashim lozimki, shunday yomon illat "pora" ga o'z bolamizning haqiqiy bilimiga nisbatan ko'proq e'tibor berilayotgani kelajakka ta'sir etimay qolmasligini hammamiz tushunib turibmiz. Ularni shu katta-kichik "e'tibor"ga o'rgatgan ham o'zimiz, endi o'zimiz shu xatolarimizni qaytarmasak katta natijaga erishamiz deb o'ylayman.
Последний раз редактировалось Muhayyo Turdialiyeva; 11.11.2009 в 12:07.
|