|
|
|
|||||||
| Знаете ли Вы, что ... | |
| ...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума. | |
| << Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> | |
| Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
| Ответить |
|
|
Опции темы | Опции просмотра |
|
|
#611 | |
|
Цитата:
))) ИншаАллоҳ, шу услубда давом этсак, аста-аста форумда Хоразмлик гапирса ҳам, Андижонлик гапирса ҳам, улардаги саводлик чиқишлардан ҳеч биримизда тушунмовчилик бўлмайди. Биродарлар, асосийси, бир-бирларимизнинг хатоларимизни ўша хато қилган инсоннинг юзига солиш учун ахтармайлик. Боиси, кўп хато ахтарувчилар аслида хатоси кўп инсонлардир. Аксинча, хатога йўл қўйган биродаримизнинг камчилигини қидириб эмас, ногаҳон кўриб қолсак, чиройлик услубда, имкон қадар инкор этилмайдиган муомала билан тушунтирайлик. Ана шу бизнинг муваффақиятимиз бўлади, насийб қилса. Форумдошимизнинг камчилигини топиб, ўзимизча донолигимизни исботлайман деб, асли донолар наздида нодон бўлиб қолишимиз ҳеч гап эмас. Азийзлар, саводсизлик айб эмас! Бутун инсониятнинг энг афзал кишиси, мусулмонларнинг мушфиқ Пайғамбари ҳам дастлаб саводсиз бўлганлар. Аммо алал оқибат, у кишини хатто ҳозирги фан-техника тараққиёти асрининг мураккаб электрон қурилмалари ҳам бутун оламнинг энг яхши кишиси деб турибди. Лекин, ўрганмаслик жоҳилликдир. Биз доимо илм талабида бўлишимиз керак. Шу нуқтаи назардан савод ҳам маълум илм деб билсак, уни-да ўзлаштиришдан қолмайлик. Аллоҳ Ҳақ Таоло барчаларимизни саводлик бандалардан қилсин! Последний раз редактировалось Мухаммад Сохиб; 22.09.2009 в 03:44. |
||
|
|
Ответить |
|
4 "+" от:
|
|
|
#612 | |
![]() |
Цитата:
Ургангали илм толиби илм керак. Мен бормен илм толиби илме йук, Мен бормен илм толиби илм керак. Захириддин Мухаммад Бобур |
|
|
|
Ответить |
|
3 "+" от:
|
|
|
#613 |
|
Assalom alaykim ahli forumdosh.
Uzr, forumni barcha habarlarini o'qib chiqmadim. Lekin mavzudan bildimki, bizning savodsizligimizning mohiyatlari taxlil qilinmoqda. Lekin savodsiz bo'lishimizda bir o'zimiz emas, balki jamiyatning ham o'rni bor. Maktablarda o'tilayotgan darslarning hayotiy emasligi, ularni kundalik hayotimizda qo'llamasligimiz sababli ko'p narsalar unutilib ketmoqda. Bundan tashqari so'zlashuv madaniyatinig yo'qolishi, "zamonaviy" so'zlarni ko'payishi, ularni tushunmaslikni yashirish holllari keyinchali o'sha so'zlardan (shevadan) noto'gri, o'rinsiz foydalanishga olib kelmoqda, bu esa o'z navbatida ilmning noto'gri talqin qilinishiga olib kelmoqda. Vaqtimiznin ziqligi uchunmi, "Tezroq, sodda, dehqoncha" qilib tushuntirishlar ko'payib ketdi. O'zini aqlli qilib ko'rsatishga urunuvchi yoshlarimizning esa sanog'i yo'q. Aslida esa bir sohani asosiy terminlaridan nariga o'tmaganlar. Shunday ekan, o'zgalarni xatolarini qanchalik topmaylik, qanchalik tuzamaylik, qanchalik tushuntirmaylik, samarasi biz kutganchalik bo'lmaydi. Faqat o'zimizni to'g'rilash orqaligina savodli insonlar safini bittaga ko'paytirishimiz mumkin holos. "Qozonga yursang qorasi yuqadi" deydi halqimiz. Ko'pgina forumlarda guvohi bo'lganman, forumga "adashib" kirib qolgan foydalanuvchini ko'p o'tmay moderatorlar quvib chiqarishadi yoki foydalanuvchilar ularni bezitadilar. Juda kamdan-kam hollardagina ularga to'gri yo'l ko'rsatuvchi, o'rgatuvchi, tartibga chaqiruvchi topiladi. "Offtop"larga, "Flood"larga qaramay yo'l ko'rsatish o'rniga osongina "BAN" qilib qoya qoladilar. Agar shunday qilmasak balki ularning emas, bizning "qora"miz ularga "yuqib" qolarmidi? Hammaga sabr tilayman. Adashgan bo'lsam uzr, lekin fikrim shu.
__________________
Масофага хамрох, манзилга тинчлик керак... |
|
|
|
Ответить |
|
5 "+" от:
|
|
|
#614 |
![]() |
Yortimizning nufuzli oliygohlari kiraverishida bir yozuvga ko`zim tushib qoldi:
![]() Ya o`ylab qolasan kishi. Ko`cha kuydagi xato yozuvlarga-ku o`rganib ham qoldik. Nahotki oliygohlar, hokimiyatlar, ta'lim muassasalari, ma'naviyat va ma'rifiy tashkilotlar xodimlari va hatto "Kamolot" yoshlar tashkioti xodimlaridan hech kim UFORUMga a'zo bo`lmasa? Axir biz katta-katta maqolalar yoki dostonlar yozayotganimiz yo`qki chop etishdan oldin yana bir tekshirib chiqish qiyin bo`lsa. Va oddiygina so`z emas, XALQ so`zini bitishda bu darajadagi nuqsonni qanday hazm qilish mukin? |
|
|
Ответить |
|
3 "+" от:
|
|
|
#617 |
![]() |
Bilmadim buni savodsizlik deyiladimi yoki yanglishmovchilikmi lekin juda qiziq.
Kunlarning birida tramvayga chiqan edik bir 5-6 sinflar chamsi bir qiz tramvay bir burchagiga qog'ozga yozib qo'yilgan narsalarni o'qiyotgan edi (bor ovozi bilan) "O'bekiston Respublikasi...qarori bilan... benzin, yoqilg'i mahsulotlariga narhlarning ko'tarilishi bois ...dan yo'l kira 300 so'm..." Shunda haligi qiz yonida turgan akasidan so'rayapti "aka-aka tramvay benzingga yuradimi?" Hamma jim keyin birdaniga hamma kulib yubordi..!!!Haligi o'quvchi esa hayron... |
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|