Tempus bu G’arbiy Balkanlar, Sharqiy Yevropa va Markazi Osiyo, Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqdagi hamkor davlatlarda oliy ta’limini zamonaviylashtirishga ko’maklashuvchi Yevropa Ittifoqi (YI) dasturidir. U YI va uning atrofidagi hamkor davlatlar o’rtasida oliy ta’lim sohasida hamkorlik qurishga katta hissa qo’shadi. Tempus ish o’rinlarini ko’paytirish va rivojlanishni jadallashtirishga, Lissabon strategiyasi va Yevropa oliy ta’lim mintaqasini yaratishga qaratilgan bo’lib Bolonya jarayoni kabi tashabbuslarda ixtiyoriy ravishda ishtirok etishni qo’llab quvvatlaydi.
1994 yildan buyon O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan faoliyat jarayonida Tempus dasturining doirasida jami 17,4 mln. Yevro byudjeti bilan, barcha faoliyat sohalarida 67 loyihalar joriy etildi va amalga oshdi. Bugungi kunda O’zbekistonda xizmat ko’rsatayotgan 65 oliy ta’lim muassasalaridan 44-si Tempus dasturining loyihalarida faol qatnashdi. Tempus dasturi O’zbekistonga kiritgan hissasi haqida ma’lumot [pdf]
Tempus dasturiga tufayli 80 Yevropa universitetlari O’zbekistondagi hamkorlariga ya’ni O’zbek oliy ta’lim muassasalariga (OTM) ularning yangi o’quv dasturlarni yaratish, mutaxassisliklarni sonini ko’paytirish, oliy ta’lim muassasalarni boshqarish tizimlarini mukamallashtirish va noakademik sohalari bilan hamkorlikni yaratish va rivojlantirishlarga yo’naltirilgan faoliyatiga ko’mak berishga muvofiq bo’ldi.
2002 yilning 1 avgustida O’zbekistondagi Yevropa Uyining idorasida tashkil topgan Tempus Milliy Ofisida (TMO) Tempus dasturining faoliyati va yangiliklariga oid ma’lumotlarga va Tempus loyihalarini amalga oshirish bilan bog’liq masalalar bo’yicha axborot ko’magiga ega bo’lishingiz mumkin.
Loyihalarini amalga oshirish bilan bog’liq masalalar bo’yicha axborotga ega bo’lishin va ular bilan tanishish -
Tempus O'zbekistonda