Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 11.07.2009 13:54   #301  
Аватар для Abror Qodirov
Оффлайн
"Stadion" gazetasi
Сообщений: 185
+ 226  143/68
– 4  0/0

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
Kumush
Marg`ilonda Kumushni ko`rdim,
Ko`ziga yosh olib turibdi.
Sochlarini maydalab o`rib,
Otabekni kutib yuribdi.

Tongda turib qalam qoshiga
O`sma qo`ygan ekan quribdi,
Ko`zdan oqqan achchiq yoshlari
O`smasini yuvib turibdi...

Meni bir o`y qiynaydi yomon,
Yana yurak o`ynaydi yomon.
Qo`yvor zamin, qo`yvor osmon,
Men uyimga yetaman qachon?

Meni bir o`y qiynaydi yomon,
Yurak yana o`ynadi yomon.
Toshkentga qiz berma Marg`ilon -
Qodiriy yo`q, Zaynablar omon!

Muhammad Yusuf
__________________
http://futbol-klub.uz
Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 11.07.2009 19:02   #302  
uParty Member
Аватар для Gulnora Voisova
Оффлайн
Сообщений: 589
+ 1,042  486/242
– 0  0/0

Uzbekistan
Shoirga

Shoir!Xalqning mehriga hech tikib yurma ko'z!
Maqtovlarning o'tajakdir oniy shovqini,
Eshitarsan galvars to'da hukmini mayus,
Qoim bo'lu,osuda tut ko'ngil lavhini.

Sen podshosan mag'rur yasha.Erkka burib yuz,
Hur idrokla topa bilgil hurlik zavqini,
Ardoqlagil xush o'ylaring samar-shavqini,
Mardligingchun ehson kutma,ochma bundan so'z.

O'zingdadur ehson bori.Sen oliy hakam
Qattiqqo'lsan o'z o'zingga sen barchadan ham,
Ko'ngling to'qmi yozganingdan,ey sohibkamol?

Ko'ngling to'qmi?Mayli avom koyisa uni,
Bulg'asa-yu shaming yongan mehrob yuzini,
Minbaringni o'yin qilsa bolalar misol.
Sen o'zingdan ko'ngling to'qmi?

A.S.Pushkin (Muhammad Ali tarjimasi)
Ответить 
Старый 11.07.2009 19:41   #303  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
***


Alvido deng, alvidolar ayting so'nggi bor,
Ko'zingizni yumib, keyin mendan buring yuz.
Toqatim toq, bog'ingizdan uchayapman, yor,
Qarg'amangiz, bog'ingizga kelar bo'ldi kuz.

Men bilmayman, tushgan yo'lim xatomi, xayrli,
Rostin yozay tun zulmati o'rab kelgan choq.
Garchand tushmagan bo'lsam ham bir lahza ayru,
Bir lahza ham yashamadim siz bilan biroq.

Sabab bo'ldim bag'ringizga qo'ngan dog'larga,
Bekor bo'ldi menga ko'ngil qo'yganlaringiz.
Bog'ingizda meni ko'rib, o'zga bog'larga
Bitta-bitta uchib ketdi suyganlaringiz.

O'sha paytlar bu hol menga tuyulgandi shon,
Sarob ekan, tutar-tutmay izlab qoldim men.
Bu satrlar quyilarkan oshga urar qon,
Sizdan soviy-soviy bugun muzlab qoldim men!

Alvido, yor, to'kilmoqda toqat degan jom,
Ketmoq ishqi kuydirmoqda o't bo'lib mani.
Alvido, yor, ko'ksingizdan o'chiring tamom,
Bog'ingizga yanglish qo'nib uchgan qushchani.

Halima Xudoyberdiyeva
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 11.07.2009 21:58   #304  
Аватар для Abror Qodirov
Оффлайн
"Stadion" gazetasi
Сообщений: 185
+ 226  143/68
– 4  0/0

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
Butun kecha o'ychan va sokin

Butun kecha o'ychan va sokin,
Xona ichra qolmishdik tanho.
Bir o'ychanlik ruhimga hokim,
Shunday hokim ruhimga sen ham.

Ohang oqar, devorda suvrat:
Moviy dengiz ustida kema.
Tanholigu o'rtada hurmat
Va sevgiga o'xshash bir nima.

Men o'ylayman: "Nedan boshlay gap?"
Sen o'ylaysan: "Ne qilay javob?"
Na kuladi, na yig'laydi qalb,
Qarashlarga yaxlagan sarob.

Butun kecha o'ychan va sokin,
Xona ichra qolmishdik tanho.
Men demadim: "Sevaman seni",
"Sevolmayman",- demading sen ham.

Rauf Parfi
__________________
http://futbol-klub.uz
Ответить 
Старый 13.07.2009 14:52   #305  
uParty Member Known ID Group Ultimate
Аватар для OmoN
Оффлайн
програмщег
Сообщений: 4,971
+ 2,743  5,086/2,116
– 69  99/68

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Behzod Sulaymonov Посмотреть сообщение
AYYOR QIZ

Kulib qarab, kulib ko‘zin obqochgan,
O‘rgatvolib, keyin o‘zin obqochgan,
Quchoqlasam, titrab yuzin obqochgan,
Tugunchagin tugib qo‘ygan tayyor qiz,
Yolg‘on yig‘lab, erga borar ayyor qiz.
Мана шу шеър менга жуда ёқади.
__________________
Ошибки прошлого, мудрость будущего. (с)Д.Тернер.
Ответить 
"+" от:
Старый 13.07.2009 15:12   #306  
uParty Member Real ID Group
Аватар для Behzod Sulaymonov
Оффлайн
UZINFOCOM Сотрудник
ZiyoNET при МНО
AKA:BeK
Сообщений: 256
+ 1,082  261/111
– 8  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для Behzod Sulaymonov с помощью AIMОтправить сообщение для Behzod Sulaymonov с помощью Skype™Мой мир
CHIROYLI QIZ HAQIDA HIKOYA

Sen chiroyli qiz eding,
Sen chiroyli kularding.
Sal xunukroq bo‘lsayding
O‘zimniki bo‘larding.

Men ketaman, gulg‘uncha,
Qarab qolmagin, dedim.
Men murodga yetguncha
Qarib qolmagin, dedim.

Visol nima, dedim men,
Hijron kerak she’r uchun,
Qiynoq kerak she’r uchun
Armon kerak she’r uchun.

Qattiq boqding so‘nggi payt,
Labing titradi lekin:
«Yaxshi ko‘rasanmi, ayt,
Yaxshi ko‘raman, degin!»

O‘yin qildim, ko‘nglingni
Kapalakdek haydadim.
Sendan topgan so‘zimni
Chaynab yutdim, aytmadim.

Xayr, qishloq, men ketdim
Orzuli ko‘nglim bilan,
Sevgim ko‘zin berkitdim
Qalamli qo‘lim bilan.

Atay qildim hammasin,
Atay seni kuydirdim.
Ochildi she’r sahnasi –
Bari yolg‘on, uydirma.

Bilib turib kechdim men
Eng chiroyli olamdan.
Arosatga tushdim men –
Na shoir, na odamman.

Qalbqozon qaynay-qaynay,
Quyuldi, cho‘kdi sekin:
«Yaxshi ko‘rasanmi, ayt,
Yaxshi ko‘raman, degin!»

Umr ketgani sari
Yo‘qliging seziladi.
Seni o‘ylab tunlari
Yuragim eziladi.

Uyimga keldi boylik,
Etakladi omadim.
Ammo sendan chiroyli
Va g‘amgin she’r topmadim.

Men kim edim, ne uchun
Shuncha yo‘lim qarading?
Xazon bo‘lding men uchun,
Meni kutib qariding?

Salom, qishloq, men keldim
Alamli ko‘nglim bilan.
Yonimda xushnud kelin,
Erkatoy o‘g‘lim bilan.

Oqshom payti ko‘chadan
Bir tovushni ilg‘adim,
Turib oyoq uchida
Yurak yutib, tingladim.

Kimdir mening o‘g‘limni
Erkalardi, suyardi.
Mittigina qo‘lini
O‘pib-o‘pib qo‘yardi.

Bir gap so‘rardi tinmay,
Javob kutmasdi lekin:
«Yaxshi ko‘rasanmi, ayt,
Yaxshi ko‘raman, degin!»

I. Mirzo (1995)
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты
Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео
Ответить 
Старый 13.07.2009 15:16   #307  
uParty Member Real ID Group
Аватар для Behzod Sulaymonov
Оффлайн
UZINFOCOM Сотрудник
ZiyoNET при МНО
AKA:BeK
Сообщений: 256
+ 1,082  261/111
– 8  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для Behzod Sulaymonov с помощью AIMОтправить сообщение для Behzod Sulaymonov с помощью Skype™Мой мир
KO‘Z QORASI

Ko‘z qorasi – yurakdagi dog‘lardan,
Soch qirovi o‘tli-o‘tli ohlardan.
Men do‘stimni alqab so‘z aytay desam,
Alpomishlar bo‘zlab chiqar chohlardan.

Qancha gunoh oldimda-yu izimda,
Netay, hatto o‘zim yo‘qman izmimda:
Ruh siltanib, chiqib ketar tizgindan –
Sharob hidi kelsa kuzgi bog‘lardan.

Do‘stim, bizlar boshqa-boshqa taqdirmiz,
O‘zimizcha to‘g‘ridirmiz, haqdirmiz.
Balki kurtakdirmiz, balki bargdirmiz,
Lekin meva tilamasmiz shohlardan.

Oshiq ahli yo telba yo mast kelgan,
Suvdan sokin, maysadan ham past kelgan.
Men bilganlar bari dilshikast kelgan,
Ko‘ngil so‘rab ko‘rmaganman sog‘lardan.

Dilga kulrang soya tushar zog‘lardan,
Yo tosh ko‘char, yo sel kelar tog‘lardan.
G‘amli she’rlar yozmas edim, na qilay –
Hanuz sado kelmas Qo‘qon yoqlardan.

I. Mirzo (2001)
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты
Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео
Ответить 
Старый 13.07.2009 16:51   #308  
Аватар для Abror Qodirov
Оффлайн
"Stadion" gazetasi
Сообщений: 185
+ 226  143/68
– 4  0/0

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
Men sening ko'zlaringga qarayman,
Sen o'zgalarga.
Kimning ko'zlaridan izlaysan meni?

* * * * *
Seni topgunga qadar,
Qanday yashadim men?
Nahotki yashadim?


Rauf Parfi
__________________
http://futbol-klub.uz
Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 13.07.2009 17:20   #309  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Abror Qodirov Посмотреть сообщение
Men sening ko'zlaringga qarayman,
Sen o'zgalarga.
Kimning ko'zlaridan izlaysan meni?

* * * * *
Seni topgunga qadar,
Qanday yashadim men?
Nahotki yashadim?


Rauf Parfi
Xokkular nihoyatda go'zal yozilgan.
Ответить 
Старый 13.07.2009 17:33   #310  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Rauf Parfining xokkularida falsafiy ma'no mujassam.
Цитата:
Soat sindi, soatlar sindi.
Vaqtning iskanjasida
O'lib ketdi soatsoz bevaqt.
Xokkuda uchta obraz mavjud: soat, vaqt, soatsoz. Ular zamirida kim va nima nazarda tutilgan? Aslida uchalasi ham bir narsa-vaqtdan paydo bo'ladi. Soat nima-sabrmi, toqatmi, umrmi? Soatsoz-chi, insonmi? U kim? Har holda bir umr zahmatini chekkan inson. Soat, ya'ni umr vaqt iskanjasida sindi. Soatsoz bu umrni tuzataman deb ovora bo'ladi. Lekin afsus bevaqt o'lib ketdi-tuzata olmadi, dunyoning g'amini ham to'ldira olmadi. Ertadan kechgacha tirikchilik va tiriklik kuyida umr o'tdi-yu? o'zligini anglashi mumkin bo'lganda bevaqt dunyoni tark etdi. Bu she'rda "iskanja" so'ziga alohida urg'u beriladi.
Soat singacha, soatsoz ketgach, makon va zamon chegaralari yo'qolib ketadi. Ushbu she'r umrdan ma'ni izlagan< tug'ilmoq va o'lmoq asrorini qidirgan, umr yo'llarida sarson insonning qismatiga ishoraday tuyuladi.
Qaysidir jihatdan hazrati Navoiyning
Цитата:
...Xazon sipohig'a bu bog'bon emas mone'
Bu bog' tomida gar ignadin tikan qilg'il...
misralaring mazmuniga hamohangdir.
Ответить 
"+" от:
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх