|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#231 |
Tovus
Mening yetolmagan ikki orzum bor: Biri – bilaguzuk taqqim keladi, Ikkinchisi esa undanam qiziq – Uyimizda tovus boqqim keladi. Bilmasman tovusning bozori qayda, Rohati qayda-yu, ozori qayda, Agar o’lib qolsa, mozori qayda? Uyimizda tovus boqqim keladi. Derlar: “Devor oshar o’sha parranda, Bo’lasan qo’shnilar ichra sharmanda”. Axir nima qilay, manam bir banda, Uyimizda tovus boqqim keladi. Buyam bir dunyoga berilish demang, Molu davlatiga kerilish demang, Ko’ngil ko’chasida o’zim hamgu-mang, Uyimizda tovus boqqim keladi. Ne-ne orzularga yetganman, shukr, Nelarni istamas bu ko’ngil qurg’ur, Orzuyam shunaqa bo’ladimi sur, Uyimizda tovus boqqim keladi. Bu g’amu hasratga to’la olamda, Har xil holat bo’lar ekan odamda, Hamma ishni qo’yib, huddi shu damda, Uyimizda tovus boqqim keladi. Patlarin yoysa u, hayrondir bashar, Bu qanday mo’jiza! Bu qanday asar! Ofarin, buyuk Zot, Allohu Akbar! Uyimizda tovus boqqim keladi. Sotib olishga-ku yetmaydi aqcham, Meni tinch qo’ymasa ne qilay bu g’am?! Ko’ylak ro’molimni sotib bo’lsa ham, Uyimizda tovus boqqim keladi. - Kap-katta odamga tovus nimasi?! Yo’qmi, Marhaboning boshqa g’alvasi? - Jonimga tekkandir balki hammasi, Uyimizda tovus boqqim keladi. Marhabo Karimova |
|
|
Ответить |
3 "+" от:
|
Реклама и уведомления | |
![]() |
#232 |
Xavotir soyasi nigohingizda,
Qadamim sasiga qalbingiz intiq. Balogardon bo’lib gunohimizga, Bizga o’z mehringiz etasiz tortiq. Koinot shivirlar yuragingizda, Jannatlar navosi – duolaringiz. Ezgulik ulg’ayar tilagingizda, Bizchi?! Xudbin, qalbi gadolaringiz… Orzu alvonlanar dil shafag’ida, Ko’zim ko’zgusida olovlar aksi. Umrimning eng go’zal zar varag’ida, Ehtiromga to’lgan hayajon raqsi. Kutishlar to’kilar ostonamizga, Bezovta dilingiz qaroqlaridan. Boqmaymiz siz kabi parvonamizga, Baxt izlab ro’yoning qirg’oqlaridan. Poyingiz gardida behisht isi bor, Vujudingiz etgan muhabbat makon. Siz borsiz, hayotim hamisha bahor, Siz mening eng ulug’ baxtim, Onajon! Akrom Malikov |
|
|
Ответить |
4 "+" от:
|
![]() |
#234 |
![]() академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132
424/181
– 0
1/1
![]() |
Ko'zlaringiz nechun qayg'uli?...
Goho aylanarsiz o'zga insonga , Sizdan xushnudini topib bo'lmaydi. Yuzingizdan nur taralganda ham , Ko'zlaringiz bir kulib qo'ymaydi. Kuling ,kulgingizdan dunyo titrasin , Mayli yig'lasangiz daryo bo'lib ham. Mayli nigohizga berkiting sirni , Faqat ko'zlaringiz kulib qo'ysa bas. Xushnudsiz davrada sho'x kulgilardan, So'zingizla bog'laysiz har pok ko'ngilni . Hayo pardasidur xos xislatingiz , Bilmam ko'zlaringiz nechun kulmaydi. Doimo ikki xil bo'lib yashaysiz, Birda mehr ila kulib qaraysiz, Birda boqishingiz titratar jonni, Ammo shunda ham bir kulmaysiz. Sirlisiz siringiz o'rtar bu dilni , Ne qilish darkordir ko'zlar kulsin deb, Qay manzilga bormay, kimlarni ko'rmay , Mahzun ko'zlar doim eslatar sizni. Menga o'rgatgansiz dildan har ishni , "Ko'zlarga tik boqmagin o'rgan kulishni" Inson mehri asli ko'zlarda bo'lar, Yurak unga doim payvasta bo'lar. Ko'zlaringiz bo'ldi menga ziyo,nur Men o'zimga oldim ta'lim va huzur. Ko'zlaringiz kulsin deb jonlar halakdur, Yo'lin topa olmay kuldirguvchi ham. O'rgandi ko'zlarim kulishni dildan, Har kimga shavqatli bo'lishni sizdan Tomar doim chexrangizdan ezgulik nuri, Lek ,nechun ko'zingiz hamon qayg'uli ... Umida Shodiyeva |
|
Ответить |
3 "+" от:
|
![]() |
#235 |
ENG GULLAGAN YOSHLIK CHOG'IMDA...
Eng gullagan yoshlik chog'imda, Sen ochilding ko'ngil bog'imda. Shunda ko'rdi ko'zim bahorni, Shunda qalbim tanidi yorni. Qushlar sayrar jonimga payvast, Men sevgining bo'yi bilan mast. Kuni bilan dalada qoldim, Lolazorlar ichra yo'qoldim. Quchoq-quchoq gullar terganim Va keltirib senga berganim Kechagiday hamon esimda, Har soniya, har on esimda. Shundan beri tilimda oting, Shundan beri dilimda oting. Eng gullagan yoshlik chog'imda, Sen ochilding ko'ngil bog'imda. 1937 Hamid Olimjon (1909-1944) |
|
|
Ответить |
3 "+" от:
|
![]() |
#236 |
![]() академический лицей
Ученик
Сообщений: 73
+ 72
44/26
– 0
0/0
![]() |
Bir kun sizga armon bo'laman
Unutmaysiz xattoo bir nafas Qalbingizga xotiralardan Yasagayman armonli qafas. Bir kun sizga armon bo'laman Armoni deb eslaysiz meni Sizni deya o'tsam dunyodan O'shangacha bilmaysiz meni. |
|
Ответить |
3 "+" от:
|
![]() |
#237 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Sochilgan baytlar
Har berk yo'lning bitta ochiq yo'li bor, Unda nafsning uzatilgan qo'li bor. *** Erinchoq kam yashar, nimaga desak, Yashamoq uchun ham hafsala kerak. *** Bugun so'fi kechagi ko'r, kar ateist, Ko'r, kechagi so'fi bugun -karateist. Erkin Vohidov |
|
Ответить |
4 "+" от:
|
![]() |
#238 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
BAHOR KELDI SENI SO’ROQLAB
Zulfiya Salqin saharlarda, bodom gulida, Binafsha labida, yerlarda bahor. Qushlarning parvozi, yellarning nozi, Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor. Qancha sevar eding, bag’rim, bahorni, O’rik gullarining eding maftuni. Har uyg’ongan kurtak, hayot bergan kabi Ko’zlaringga surtib o’parding uni. Mana qimmatligim, yana bahor kelib, Seni izlab yurdi, kezdi sarsari. Qishning yoqasidan tutib so’radi seni, Ul ham yosh to’kdi-yu, chekildi nari. Seni izlar ekan, bo’lib shabboda, Sen yurgan bog’larni qidirib chiqdi. Yozib ko’rsatay deb husn-ko’rkini, Yashil qirg’oqlarni qidirib chiqdi. Topmay sabri tugab bo’ron bo’ldi-yu, Jarliklarga olib ketdi boshini. Farhod tog'laridan daraging izlab, Soylarga qulatdi tog'ning toshini. So’ngra jilo bo'lib kirdi yotog'imga, Hulkar va Omonning o'pdi yuzidan. Singib yosh kuydirgan zafar yonog’imga Sekin xabar berdi menga o'zidan. Lekin yotog'imda seni topolmay, Bir nuqtada qoldi uzoq tikilib. Yana yel bo'ldi-yu, kezib sarsari, Mendan so'ray ketdi qalbimni tilib: «Qani men kelganda kulib qarshilab, Qo'shig'i mavjlanib bir daryo oqqan? «Baxtim bormi deya», yakkash so'roqlab Meni she'rga o'rab suqlanib boqqan? O'rik gullariga to'nmaydi nega Yelda hilpiratib jingala sochin? Nega men keltirgan sho'x na'shidaga Peshvoz chiqmaydi u yozib qulochin? Qani o'sha kuychi, xayolchan yigit? Nechun ko'zingda yosh, turib qolding lol. Nechun qora libos, sochlaringda oq, Nechun bu ko'klamda sen parishonhol?» Qanday javob aytay, loldir tillarim, Baridan tutdim-u, ketdim qoshingga. U ham gaming bilan kezdi aftoda, Boqib turolmayin qabring toshiga. Alamdan tutoqib daraxtga ko'chdi, Kurtakni uyg'otib so'yladi g'amnok. Sening yoding bilan yelib beqaror, Gullar g'unchasini etdi chok-chok. Gul-u rayhonlarning taraldi atri, Samoni qopladi mayin bir qo'shiq. Bu qo'shiq naqadar oshno, yaqin, Naqadar hayotbaxsh, otashga to'liq. Bahorgi burkangan sen sevgan elda, Ovozing yangradi jo'shqin zabardast. O'lmagan ekansan, jonim, sen hayot, Men ham hali sensiz olmadim nafas. Manba: edunet.uz
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
3 "+" от:
|
Реклама и уведомления | |
![]() |
#239 |
Onam
Taqdir menga yog'dirgada balolar, Oyog'imdan chalganida xatolar. Yiqilmadim egilmadim sinmadim, Onam borki qilib turgan duolar. Mehr to'la kafti boshimni silab, Bolam deya ko'zu qoshimni silab. Shomu sahar baxti kamolim tilab, Onajonim bor qilib turgan duolar. Men savobni izlamadim uzoqdan, Men tavobni izlamadim uzoqdan. Manzilim shu kelsam yaqin yiroqdan, Onam borki qilib turgan duolar. Yarasahdi savlat to'kib yurganim, Davlat topib ko'ngil to'lib turganim. Peshonamda qodir xudo berganin, Onam borki qilib turgan duolar. Ozodbek Nazarbekov ijrosida O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Оффтоп: Afsus she'r muallifini topa olmadim.Последний раз редактировалось olim; 23.04.2009 в 16:31. |
|
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#240 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
SOG’INIB
Zulfiya Shu kunlarda bahorga zorman, Navjuvonlik o‘ti tanda yo‘q. Kuz singari za’far ruxsorman, Mevalar ham shoxlardan uzuq. Shu kunlarda bahorga zorman, Tanxastalik ezadi ruhim. Tanho emas, qatorda borman, Yana neni izlaydi suqim? Shu kunlarda bahorga zorman, Shaffof, yorqin kuy tilar ko‘ngul. Yaxshiyamki, qalamga yorman, So‘zlab turar bor dilimni ul. Shu kunlarda bahorga zorman, O’z bahorim kabi bemisol. Bahor qaytmas, yonuvchi qorman, Yo no‘noq qo‘l butagan nihol. Shu kunlarda bahorga zorman...
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
3 "+" от:
|
|