Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :)
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 12.01.2009 18:59   #141  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Hazilnamo

Odamzot nima yeydi?
Sut, qaymog'u sabzavot.
Tuxumdan tortib qo'-yu
Otgacha yer odamzot.

Ko'katni-ku qo'ymaydi,
Tap o'zini tashlaydi.
Yeb tugatar bir zumda
Yaylovlarni, dashtlarni.

Podalarni yeydi u,
Og'zin ochib suyunar.
To'g'ri uning qorniga
Kirib ketar suruvlar.

Tovuqlar, o'rdaklarni,
Bedana-yu qirg'ovul.
G'oz, kaklik-barchasini
U qiladi tanovul.

parij qozonlarida
Qovrilar qurbaqalar.
Odamzot shuni ham yer,
Hattoki, sho'rva qilar.

Dengiz-dengiz baliqni
Hazm qilib yurar shod.
Million yil ovqatlanib
Hech to'ymadi odamzod!

Mamontlarni yedi u
Va yana ovqat deydi.
Bunday ishtaha bilan
Bir kun dunyoni yeydi.

O'v, bolalar!
Mayli, Siz
Tashlab ko'z qiringizni,
Ovqatingizni yeng-u,
Yemangiz bir-biringizni.

Sirojiddin Sayyid
Ответить 
Старый 13.01.2009 11:22   #142  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Vatan tuyg'usi

Hali biror ishni uddalolmadim,
hali hech kimsani qilmadim rozi,
behuda o'tibdi go'zal umrimning
qanchalab chiroyli bahori, yozi.
men orom borligin unutib qo'ydim,
bag'rimga chaqinlar tegdi daf'atan,
sendan-da ulug'roq narsa yo'qligin
sochim oqarganda angladim, Vatan!
Buncha kech angladim,
Nega buncha kech...
anglasam loaqal o'ttiz yil avval,
loaqal tug'ilmay turib anglasam...
Ko'rgan bo'larmidim seni mukammal.
Hali asl Vatan bo'lmog'ing uchun
ovozi toshlarni yorar kuychilar,
qanchalab sehrgar shoirlar kerak,
qancha bilim kerak,
qancha kuch-chidam.
Umrim ko'chkiklarday
jimjit, shiddatli,
butkul tinmoq uchun bir kun bemalol
faqat yaxshi bo'lmoq judayam kamdir,
juda kamlik qilar yashamoq halol.
Naqadar kechikib angladim seni,
chaqinlar yo'q qilsa meni daf'atan,
men qandoq chidayman bunday xo'rlikka,
men qandoq yotaman qa'ringda, Vatan!

Shavkat Rahmon

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 13.01.2009 в 11:42.
Ответить 
Старый 13.01.2009 11:37   #143  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Qarsak nima o'zi?

Qarsak nima o'zi?
Ikki kaftning
orasidan potrab chiqadigan sas,
xohlsam chalaman, xohlamasam yo'q,
qarsak menikidir, sizniki emas.
Qarsaklar hozircha qultiqlarimda
mitti mushuklarday mudraydi taftdan.
Axir o'zbekning bir o'jar shoiri
qarsak chalarmidi bema'ni gapga.
Vijdonsiz shoirlar ko'paygan juda.
Yurakni so'z bilan yondiruvchi kam,
xalqimas,
shuhratni o'ylab so'ylagan
ahmoqqa bermayman qarsagimni ham.
Qarsak nima o'zi?
Arzimagan gap,
kerak bo'lganida topilar qoplab.
Titroqqa to'ldirib osmon gumbazin,
Qarsaklar chalishni bilaman boplab.
G'irromlik qilmasa notiq agarda,
yolg'on she'r aytishdan qaytmaydi shoir,
miltiq o'qlariday gumbur-gum qilib
havodan qarsaklar yasardim doim.
O'jar shoirlikni tashlab o'shal payt,
epchil bir yugurdak kabi zamonda
qarsak chaladigan xizmatchi bo'lib,
ishga kirar edim O'zbekistonga.

Shavkat Rahmon
1990-yil
Ответить 
"+" от:
Старый 13.01.2009 11:48   #144  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Xirgoyi
Hammamiz quyoshda kuygan jizzamiz,
qachon tiz cho'kuvdik,
hamon izzamiz,
sirqirab og'riydi pishgan tizzamiz,
o'rindan ozgina tursak maylimi?
O'tganlar bari bek,
Qolgan javdirar,
gardinda ko'rinmas gullar shaldirar,
Mehnatdan yorilgan qo'llar qaltirar,
o'z bekim yerida yursak maylimi?
Nasimlar gullamish ozod tog'larda
Ozodlik mujdasi so'l-sog'larda,
Bobolar qiynalib tikkan bog'larda
ag'anab bir xayol sursak maylimi?
Necha ming alloma, jo'mardlar o'lgan,
tafakkur sasigan ruhlari so'lgan,
urug'lar aynigan tap-taqir cho'lda
o'z bekim davlatin qursak maylimi?
Yuz ellik yildirki, mana shu holat,
hanuz davom etar makkor tijorat,
bilmadim, qayerdan ushbu jaholat?
Nega siz bo'lmaysiz sira xijolat?
Nega men so'rayman sizdan ijozat?

Shavkat Rahmon
1989-yil
Bu she'rni o'quvchilik yillarimda sevib yod olgandim
Ответить 
Старый 13.01.2009 12:04   #145  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Yutqiziq

shoir Yo'ldosh Eshbekka

Qaytmang, qora xalqim -piyodalarim!
Hali madad kutmang kajrav farzindan.
Ruhim! Sen omon bo'l!
Shohga qarama,
Shoh butkul bexabar mening tarzimdan!

Qora piyodalar!
Bormi omadim?
Ketdik! Raqib tomon safar qildim men.
Daf'atan... alamga chiday olmadim
Va Yo'ldosh Eshbekni xafa qildim men.

Senga nima bo'ldi,
Kajraftor farzin?!
Filim o'ldi mening, otim yot bo'ldi.
Endi kimga so'ylay holatim, arzim.
Qora shohim yana... mot bo'ldi.

Qoralar! Hamisha holingiz tangdir,
Bu ne qonuniyat? Ne sir-sinoat?!
Axir maydon uzra safingiz tengdir,
Nahot, qoralarga mag'lublik- qismat?!

Nechun shoh deydilar o'zi bu toshni?
Mustaqil yo'li yo'q katak ustida!
Bu quruq, huquqsiz mitti yog'ochni
Yuz marta almashtir-naf yo'q dastidan!

Do'qladim raqibni, shoirni, do'stni,-
O'zimning jonimga jafo qildim men.
Oqlarning safida yenggani uchun
Safdosh piyodani xafa qildim men.

O'rtoq, Yo'ldosh Eshbek!
Buncha kekkaymang!
Buncgha yureagimni etmang poralar!
Men shunday bir san'at topaman, unda
Qoralar yengadi,
Faqat qoralar!..

Mirzo Kenjabek
1984-yil
Ответить 
"+" от:
Старый 13.01.2009 12:17   #146  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
O'git

Qo'rqoqning o'ziga tik qara doim,
biror so'z demasdan uzoqroq qara,
titroq yetib borsin nigohlaringdan
yuzlab ajdodlarning jon-joni qadar.
Yetsin, ajdodlari tirilsin qayta,
tirilsin, so'ng yana qaytadan o'lsin,
sening nigohingda ajdodlaringning
keskin nigohlari jamuljam bo'lsin.
Qo'rqoq, lozim bo'lsa, qadaming bo'lar,
eng yaqin do'sting yo odaming bo'lar,
qo'rqoqqa tik qara-odamiyatga
bu sening eng zarur yordaming bo'lar.
Qo'rqoq oylab, yillab, hatto bir umr
ko'z-ko'zlab ming turlik suvratlarini,
eng nozik-eng ojiz joyingni ko'zlar,
ojiz joying esa kuraklaringdir.
Shu yorug' dunyoda bo'lib orzumand,
qoningdan bairar qanchalab dohiy.
Qo'rqoqqa ko'rsatma kuraklaringni,
Ko'ziga tik qara,
Tik qara doim.

Shavkat Rahmon

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 13.01.2009 в 12:23.
Ответить 
"+" от:
Старый 13.01.2009 13:00   #147  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Egasi bor yurt

Ochsang davronlarning kitoblarini,
Qancha karvonlarning ertagi bordir.
Tingla donolarning xitoblarini:
Egasi bor yurtning-ertasi bordir.

Dunyoning manzil-u makonlarida
Bir ro'zg'or but bo'lsa, to'rttasi xordir.
Boqqil bul diyorning qo'rg'onlariga:
Egasi bor yurtning- ertasi bordir.

Bunda oy quyoshdan chehralar olgan
O'g'il ham qizlarning ertasi bordir.
Har aytgan so'zidan Vatan tug'ilgan
Egasi bor yurtning-ertasi bordir.

Million o'zbeklarning umidlari jam
Million bu ovozlar -nomus ham ordir.
Chopdim she'rlarimni qo'ltiqlab men ham:
Egasi bor yurtning- ertasi bordir.

Qaldirg'ochlarga ber ayvonlaringni,
Qushning ham bek bilan bekasi bordir.
Singiljon, ekaver rayhonlaringni:
Egasi bor yurtning - ertasi bordir.

Umr gohi shirin, gohi talx bo'lgay,
Ulug' niyatlarga Olloh ham yordir:
Egasi bor yurtning eli xalq bo'lgay,
Egasi bor yurtning-ertasi bordir.

Sirojiddin Sayyid
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 13.01.2009 13:20   #148  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Vatan nadir

Beshta bek-u beshta xoni birlashmagan,
Millat debon, vatan debon sirlashmagan,
Bir qir bo'lib, bir yer bo'lib yer talashgan,
To'zg'ib yotgan xonavayron yurt edi bu.

Qondosh bo'lib qo'shilmagan, qoni ayro,
To'ralarin o'z elidan noni ayro.
Asrlarkim, yig'lab o'tdi ikki daryo,
Yarmi faryod, yarmi afg'on yurt edi bu.

Islomiyat dunyosin o'z mulki qilgan,
Iymon birlan yer yuzini gulgun qilgan.
Buxoriyni Buxorodan quvg'in qilgan,
Bir zo'ravon, bir notavon yurt edi bu.

vatan nadir-anglang ranju ozoridan,
So'rang uni Mirzo Bobur mozoridan.
O'z zuryodin haydab gulshan gulzoridan,
Devonlarda bag'ri biryon yurt edi bu.

Dilni o'rtar hamon g'am-u g'urbatlari,
Yot ellarda qolib ketdi turbatlari,
"Fig'onkim..." deb o'tdi qancha Furqatlari,
Yorkentlarda ko'zi jayron yurt edi bu.

O'zi gulday o'g'lonlarin saylab berib,
Ro'yxatlarga nomlarini joylab berib,
Cho'lponlarin o'zi itday boylab berib,
Izlaridan o'zi giryon yurt edi bu.

Kelgindi nom borki, bunga kelib ketgan,
Cho'ntaklari tillolarga to'lib ketgan,
Yana xoksor el ustidan kulib ketgan,
Mehmoni ko'p, mute mezbon yurt edi bu.

Nadir millat qudratining tamadduni?
Amir Temur haykalidan so'rang buni.
Ot mindirib kim qaytardi yurtga uni?
Jahongiri bexonumon yurt edi bu.

Bir sultonni Xudo yurtga qarab bergay,
Olam ahli so'ng u yurtga taraf bergay,
Abadiyat qadar unga sharaf bergay,
Sharaf-shoni ro'yi jahon yurt bo'ldi bu.

Sirojiddin Sayyid
1999
Ответить 
Старый 13.01.2009 17:45   #149  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Неча замон кўрдинг,
неча хон кўрдинг,
Қанча инсонларга бердинг бошпана...
Ўзинг ҳоким юртда, ўзгадан сўрдинг
Қандай бўлишингни; секин, иймана...
Қанча заққум ютдинг,
индамай, чидаб,
Пайконлар танангни тилиб ташлади...
Соқов бўлдинг атай,
кар бўлдинг; ажаб,
Икки дарёнг кўзинг зўрға ёшлади...
...Бугунчи, турибсан...
яна хомушсан...
Яна дардинг айтмай, ичга ютасан...
Гўё қанотлари кесилган қушсан,
Эртани умидлар билан кутасан...
Ёшларинг зиёдан кетишди йироқ,
Имон зардафтари эмас қўлланма...
Қарони тап тортмай дейишади оқ,
Олдига қўймаган аниқ йўлланма...
Қалбида учқун йўқ,
буруқсар тутун,
Ватан туйғусидан йўқдир нишона
Афсус этмасмикин, ўшалар бир кун,
Деворга тақ тегиб кетса пешона...

Ватангадоликдан асрасин Худо,
Сенсиз қуёш хатто дилга татимас,
Севувчи авлодлар айлар жон фидо,
Сени севмаганлар сеники эмас...


Mas'ud
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 13.01.2009 18:20   #150  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
O'lik tillar

Shumer tilimisiz, yo so'g'd, yo yunon,
Akkad, bobil, kishan, misr tili yo
Va yoki sanskrit, kxmer tili yo?..
Qaysi til bo'lmang siz.. Sizni beomon
Unutgan, unutgan Dunyo!

Siz so'zlay olmaysiz o'tmishingizdan,
Kelajak haqida.. gap bo'lmog'i-dard.
Yorug' xabar kutmoq, yo olmoqlik pand-
Urf-odat, aqida -kechmishingizdan,
Avlodlar nazdida qup-quruq matlab!

Dengizning tubiga cho'kkan tog' kabi
oq-qora dunyongiz birdek zimiston.
Yo'qlik yo'llarida erur benishon-
xalqingizning orzu, amal, murodi.
Eh, ular hattoki biz uchun armon!

Hey, axir, siz bilan unutildi xalq,
Unutildi uning bo'stoni, cho'li.
Nahot qayrilmasdir qismatning qo'li,
Nahot unutilish dardi muhaqqaq,
Nahot zabun o'ldi xalqingiz yo'li?

Kim erur gunohkor? yoq, yo'q, siz emas,
Rosti xalqingizning gunohkor o'zi.
Yulduz edi ko'zi, tig' edi so'zi...
Paytida o'ylamoq kerak edi, bas,
Paytida... muqaddas taqdiringizni!

Men olis asrdan so'zlasam bu kun:
Zor bo'lib jangari farzandlarga siz,
Qilichlar tig'idan unutildingiz!
Qalqmadi istiqbol janglari uchun
Ul nonko'r, beg'urur bandalaringiz!

Unutilgan tillar! Hey, yig'lang, kuling,
Erkalanib so'zlang, soching g'azablar,
O'rtaning, hayqiring, bering saboqlar,
Siz bilan tillashmoq istayman, biling!
Mayliga, ko'pirsin miya, asablar.

Daryo umri nigun- chidamoq vojib,
Bog'-rog'lar so'lgaydir- chidar odamzod,
Shaharlar o'lg'aydir-chidar odamzod,
Tog'lar kunpayakun-chidamoq vojib,
Ona tili o'lsa-nadir odamzod?

Unutilgan tillar! Hey, so'nik tillar,
Bu dunyoga kelib< nadir kelganim,
Jahongashta bo'lib, nadir bilganim,
Unutilgan tillar! Hey, o'lik tillar,
Ona tilim o'lsa-xalqim o'lgani!

Tarixning yirtilgan sahifalaridan
Azob bilan boqasiz go'yo-
Sarob yallig'imi va yoki ro'yo...
Garchi termulaman tunlari beun,
Qo'limdan kelmagay tiklamoq ammo!

Azim Suyun
Ответить 
"+" от:
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх