Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > ZiyoNET
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

ZiyoNET Общественная образовательная сеть ZiyoNET


Результаты опроса: Мактаб ўқувчисига уяли телефон керакми?
Ҳа керак 3 50.00%
Йўқ умуман керак эмас 3 50.00%
Голосовавшие: 6. Вы ещё не голосовали в этом опросе

Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 11.08.2008 14:36   #61  
Real ID Group
Аватар для Muhayyo Turdialiyeva
Оффлайн
Сообщений: 380
+ 408  466/214
– 0  4/4

Uzbekistan
MEN HAM MAKTAB O'QUVCHILARINING QO'L TELEFONIGA HECH QANDAY EHTIYOJI YO'Q DEB HISOBLAYMAN!

To'g'ri qadrli ota -onalarimiz havotirlanmasliklari uchun bu telefonning qandaydir foydasi tegishi mumkindir ammo aksariyat o'quvchilar qo'l telefonlarida gaplashishdan ko'ra turli xil o'yin yoki musiqa tinglash ayniqsa dars davomida telefon orqali radio tinglash yoki sms yozish juda ommalashib ketgan. Bu hol ayniqsa imtihon yoki yozma ish waqtida kuchirmakashlikka yaxshigina imkon yaratadi.Xo'sh sizningcha bu holatni o'qituwchi qanday tekshira oladi? Har bir dars davomida doimiy o'quwchilarning qo'l telefonlari o'chirilgan yo o'chirilmaganini tekshirilishiga hamma o'qituvchilar ham rioya qiladi deb o'ylaysizmi? Mavzu juda dolzarb buni OAV orqali yanada kengroq yoritilsa yaxshi natijalarga erishsa bo'ladi deb o'ylayman.
Ответить 
2 "+" от:
Старый 11.08.2008 15:26   #62  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Shohruh Rahmat Посмотреть сообщение
Хозирги пайтда телефонлар жудаям купайиб кетди. Деярли хаммада бор. Телефонлар одамларни шахсий мулки ва уни олиб юриш ёки олиб юрмаслик хам одамларни шахсий иши. Болакай ё кизалогидан хотиржам булиши учун отаси телефон бериб куйса бунинг емон жойи йук. Телефонлар укишга халакит бериши бу бошка масала. Тартиб буйича нафакат мактабларда, балки Олий укув юртларнинг хаммасида дарс пайтида уяли телефонлардан фойдаланиш такикланган. Бу тартибга риоя этилишини назорат килувчилар эса укитувчилар. Демак укитувчилар талабни каттик куйсалар хаммаси жойида булади тамом ва салом.
Assalamu alaykum...Huddi osmondan tushgandek gapirsiz-a?...Aynan mana shu tartib bo'lmagani uchun hamma jon kuydirmoqda...chunki tartib o'rnini moddiy manfaatdorlik degan illat egallab olgan...o'quvchi telefonda gaplashishini taqiqlab qo'yishi uchun o'quvchiga "qo'shimcha dars" bermayotgan yoki yana qandaydir kishi bilmas bog'liqlik bor bo'lmasligi kerak... buning esa ilojisi yoq', ko'p ma'noda...Shuning uchun ham bu tartib o'rnatilmaydi...natijada... natijada, bolaning bilim, fikrlasj darajasi pasayib boraveradi...Pirovard natijani es o'zingiz chiqarib oling - qo'lda telefon bilan yosh avlod kelajak qurayotganini...
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
2 "+" от:
Старый 11.08.2008 15:34   #63  
Known ID Group
Аватар для JUS
Оффлайн
Сообщений: 1,829
+ 814  1,598/765
– 60  19/16

Saudi Arabia
Цитата:
Сообщение от Muhayyo Turdialiyeva Посмотреть сообщение
Mavzu juda dolzarb buni OAV orqali yanada kengroq yoritilsa yaxshi natijalarga erishsa bo'ladi deb o'ylayman.
Fikrlaringiz uchun avvalo kattakon rahmat.

Lekin....
Оффтоп:
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
"Xalq so'zi" (2008-yil, 4-iyun)gazetasida quyidagi maqolani o'qib qoldim. Ko'tarib chiqilgan mavzuga xos ekan:


Sotka ko'targan bolakay

Bir kuni to'ydan qaytayotgandik, yon qo'shnim Bektemir aka imlab qoldi.
-Uka , vaqtingiz bormi? - dedi u. - Shu kenja o'g'lingiozning oshnasi holi-jonimga qo'ymaydi. "Sotka obering", deb quloq-miyamni ezib yubordi. Men bu "jonivor" sotkani uncha tushunmayman. O'g'lim "xotiras"si, "fleshka"si, "bluts"i, keyin har xil o'yinlar, yana "MP 3" i ham bor telefonni topib kelishimni so'ragan. To'g'risi, bular nima ekanligini bilmayman. "Sotka" sotuvchi bolalar ustimdan kulib yurmasin. Birgalikda xarid qilsak.
Yashirmayman, bu gapdan ensam qotdi. Ammo qo'shnichilik, bu yog'i Bektemir aka yaxshi odam, sodda, samimiy. Amal-taqal qilib, so'rab-surishtirib, sotuvchining ta'rifiga ko'ra "dahshat" sotka olindi. Ikkalamiz xaridimizdan mamnun holda bekat yonida picha gurunglashdik. Shu payt bir bolakay, yoshi nari borsa, 9-10 atrofida, o'ziga -o'zi baqirib, qo'llarini havoga niqtab, asabiy holatda gapirayotganligining guvohi bo'lib, hang-mang bo'lib qoldik. Bektemir aka menga qaraydi, men unga. "Sho'rlik bola, mazasi yo'q shekilli,"- pichirladi sherigim. Ochig'i, nima deyishimni bilmadim. Men ham shu fikrda edim.
Ertasimi-indinimi, 11 yoshni urib, allaqachon o'zini yigitchaday his etib qolgan kenjatoyim menga "Ota-onalar majlisiga borarkansiz"deb qoldi. Bordim . O'qituvchi qiz yoshgina, ko'zlari chaqnab o'quvchilarning muvaffaqiyatlari, kamchiliklariga alohida to'xtalib o'tdi. E'tiborimizni ular bilan ko'proq suhbatlashishga, o'qishi, yurish-turishi bilan qiziqib turishimizga qaratdi. Uning o'z ishini puxta bilishidan, bolalarning sevimli murabbiysiga aylanganidan quvondim. Oxirida o'qituvchi "sotka" masalasini ham tilga oldi.
- Hozir axborot asri. Zamonaviy texnologiyalar davri. Qolaversa, hayotimiz kundan kunga farovonlashib borayapti. Tabiiyki, bolalarimiz uchun hamma narsani muhayyo qilgimiz keladi. Lekin hali tafakkuri, ichki dunyosi endigina shakllanayotgan bolalaringizga qo'l telefoni olib berishingiz shartmi? Axir, murg'ak bolalar uni aloqa vositasi emas, ko'proq o'yinchoq sifatida qabul qilishadi. Xafa bo'lmanglar-u, qo'l telefonini bola aqlini tanib, mas'uliyatni his eta boshlagach olib bergan ma'qulroq, nazarimda...
Ota-onalardan kimdir o'qituvchining mulohazasiga qo'shildi, kimdir "O'qituvchi zamondan orqada qolib ketibdi" deya istehzoli kuldi. Qay biri "Bu majlisda ko'taradigan masala emas", deb yuzini tirishtirdi.
- Bir qaraganda, haqiqatan ham, bu jiddiy masala emasday,- deydi biz bilan suhbatda Sog'liqni saqlash vazirligining bosh nevropatologi Baxtiyor G'afurov.- Ammo u hayotimizga tobora chuqurroq kirib bormoqda. Mobil aloqa- bu tezkorlik degani, ishni tashkil qilishda tezkor va qulay vosita. Binobarin, bolalariga qo'l telefoni olib bergan ota-onalar bir qator xotirjam bo'lishlarini ham unutmaslik zarur. Qo'l telefoni tufayli farzandlardan ko'proq boxabar bo'lish, nazoratda tutib turish mumkin. Tabiiyki, mobil aloqani kattalar ham, bolalar ham suiste'mol qilmasliklari lozim. Aks holda, u muammolarni keltirib chiqaradi. Xususan, undan ortiqcha foydalanganda bosh og'rishi, bosh aylanishi kuzatiladi. Yosh bolalarda esa asab tizimi birikmalarida salbiy o'zgarishlar yuz berishi mumkin. Umuman, yosh bolalarda mobil aloqa madaniyatini shakllantirishning payti keldi.
- Har yigirma yilda butun jahonda ommaviy texnologik ishtiyoq paydo bo'ladi va bir-ikki avlodning e'tiborini o'ziga tortadi, maftun etadi., - deydi Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari Humoyun Akbarov. - Bundan yigirma yil oldin ommalashgan "video" ishqibozligini eslang. Xuddi, shuningdek, hozir yer yuzida qo'l telefoniga kuchli ishqibozlik jarayoni kechmoqda.. Ertaga nevaralarimiz mutlaqo boshqa texnologik yangilikka ko'ngil qo'yishlari mumkin. Bu- tabiiy taraqqiyot jarayoni. Undan orqada qolish dunyodan orqada qolish bilan barobardir. Shu ma'noda, bizning yoshlar bu sohada ishtiyoq bilan olg'a qadam tashlashlari tabiiy bir holdir. Lekin texnologik ishqibozlikning musbat va manfiy tomonlari mavjud. Xususan, uning amaliy ustivorligi hamda noo'rin qo'llanilishi bir-biridan keskin farqlanadi. Agar o'rta ta'lim nuqtai nazaridan bu hodisani baholasak, maktabning bitiruvchi sinf o'quvchilari, kollej-litsey o'quvchilari undan nafaqat aloqa vositasi sifatida, balki ishchan dastyor sifatida foydalanayotganliklari ijobiy hodisa. Hozirgi zamonaviy qo'l telefonlarida kalkulyatordan tashqari, internet tarmog'iga ulanish va boshqa axboriy dasturlarga kirish imkoniyatlari bor. Bir tomondan, bu vaqtni tejaydi, zamon ruhiga yarasha faoliyat olib borishni ta'minlaydi. shu bilan birga, u o'quvchining asosiy vazifasi- mukammal bilim olishdan ozmi-ko'pmi chalg'itadi. Men bu o'rinda barcha yoshdagi o'quvchilarni nazarda tutyapman. Bolakaylarga kelsak, ularni qo'l telefoni bilan siylash, erkalashdan boshqa narsa emas. Zero, haddan tashqari ko'p axborotni o'zlashtirish taqozo etadigan davrda yashayapmiz. Hali aqlini tanimagan, suyagi qotmagan kichkintoylarni mobil aloqa qiynab qo'yadi, charchatadi. Bundan tashqari, "sotka"ichidagi o'yinlarga e'tibor berganmisiz? Aksariyati fazoviy va aql bovar qilmas afsonaviy janglar, urushlar asosiga qurilgan. Endi ayting, 7 yashar bolaga bu ruhdagi o'yinlar qanday ta'sir ko'rsatadi?..
Aslida biz ota-onalar uchun qo'l telefoni bugungi kunda juda muhim, maishiy turmushimizning ajralmas bir qismiga aylanib ketganki, u bizga naqadar beminnat xizmat qilsa, jajji bolajonlarimizga ham shu qadar xizmat qiladi, deb o'ylaymiz.Biz undan huda-behuda emas, ish yuzasidan, o'zaro aloqaning tezkor vositasi sifatida foydalanamiz. "Bolajonlarimiz ham shu tariqa, zarurat tug'ilganda ishlatishadi, loaqal, biz ulardan xabardor bo'lib turamiz" degan fikrda o'zimizni ovutamiz.
Mobil aloqa nima va u nima uchun kerakligini bolalarimiz tushunishadimi? Ha tushunishadi. Undan foydalanishni bilishadimi? Ha, bilishadi. Biroq tiyilishni,, me'yorni bilishmaydi. Ularga bu haqda uqtirilgandayam amal qilishmaydi. Sababi oddiy. Bola, bolada, o'yinchoq eskirib, titilib ketmaguncha qo'lidan qo'ygisi kelmaydi. Mukkasidan ketib, astoyidil berilib o'ynayveradi...
Xosh, bu masalaga qanday yechim topmoq kerak?! 7 yoshdan 11 yoshgacha bolakaylarga qo'l telefonidan foydalanishni man qilish lozimmi? Yo'q. U holda biz bolalarimiz huquqini cheklagan, ularga ozor yetkazgan bo'lamiz.
"Sotka" ko'tarib yurayotgan bolalarimizga undan foydalanish madaniyatini o'rgatishimiz lozim.
Bir-ikki kun burun Bektemir akani yana uchratib qoldim. Aka yakkayu yolg'iz o'g'lini ko'chaning o'rtasida qulog'iga tugmachasini qo'yib "sotka"dan musiqa eshitib kelayotganida mashina urib yuborishiga bir bahya qolganing aytib, "sotkaning bahridan o'tdim" deb tusmollandi. "Osha kuni bir bolakayning o'zini g'ayritabiiy tutishini ko'rib ajablangan edik. Esingizdami? O'shanda u "sotka"da gaplashayotgan ekan, biz esa..." dedim. Aka xanda otdi.
Kechqurun "Menga sotka olib bering" deb so'rab qoladigan o'g'limga bu voqeani aytib bersam, sharaqlab kulib yubordi. "Bektemir amakim ham o'yin o'ynashni o'rganibdilar. ShohruH shaxmat o'yinini yozib kelgan ekan, qiziqib qolibdilar, har kecha erinmay shaxmat o'ynab chiqarkanlar. Ana shunaqa..."
Indamadim. O'g'lim bilan ayni paytda bahslashish, uni bu masalada nimagadir ishontirish qiyin ekanligini tushunib yetdim. Lekin ichimda sotka ko'targan bolakaylarimizga, albatta, kezi kelganda, asosli tarzda uning foydayu zararidan so'z ochib turishimiz ham zarurligiga ishonch hosil qildim....
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 11.08.2008 18:48   #64  
Officials Group
Аватар для Shohruh Rahmat
Оффлайн
Кабинет Министров Республики Узбекистан
Ведущий специалист сектора ИКТ и ОИБ
Сообщений: 51
+ 0  38/22
– 0  0/0

Uzbekistan
Assalamu alaykum...Huddi osmondan tushgandek gapirsiz-a?...Aynan mana shu tartib bo'lmagani uchun hamma jon kuydirmoqda...chunki tartib o'rnini moddiy manfaatdorlik degan illat egallab olgan...o'quvchi telefonda gaplashishini taqiqlab qo'yishi uchun o'quvchiga "qo'shimcha dars" bermayotgan yoki yana qandaydir kishi bilmas bog'liqlik bor bo'lmasligi kerak... buning esa ilojisi yoq', ko'p ma'noda...Shuning uchun ham bu tartib o'rnatilmaydi...natijada... natijada, bolaning bilim, fikrlasj darajasi pasayib boraveradi...Pirovard natijani es o'zingiz chiqarib oling - qo'lda telefon bilan yosh avlod kelajak qurayotganini...

Мухтарам Масуджон! Сизга чексиз хурматимни саклаган холда осмондан тушмаганимни маълум килиб, агар Сиз мухтарам билагон, телефонларни ёш болаларга бермаслик йули билан муаммо бартараф этилади деб уйласангиз узингиз биласиз. Лекин муаммони кутариб чикиб йиглаб-сиктаб юрган билан у ечилмайди.Уни ечими тугрисида хам гапириш керак. Хурмат ва эхтиром ила
Ответить 
Старый 11.08.2008 19:38   #65  
Officials Group
Аватар для Abdusattar Matkarimov
Оффлайн
АП РУз
консультант
Сообщений: 9
+ 0  5/2
– 0  0/0

Uzbekistan
Менда хам фикр бор.
Авваламбор, бугунги кунга келиб бозор турли хил ва турли нархдаги мобил телефон аппаратларини истеъмолчиларга таклиф этмокда. Эътибор беринг, "мобил телефон аппаратлари". Бундан аппаратларнинг аксарияти жуда катта имкониятларга эга булибгина колмай, яна телефон вазифасини хам бажаради. мавзу билан куйилган савол шундай эдики "мактаб укувчисига мобил телефон керакми ёки йукми?". Менинг фикримча, мобил телефон керак. Мобил телефон аппаратининг барча имкониятларидан тулик фойдаланаетган укувчи болани курганмисиз? Мен курганман. Энг арзон ва энг кам имкониятли телефон аппарати факат гаплашиш учун керак булса, кимматроги эса болани аклини ривожлантиришини хам унутмайлик. Болаларнинг бундай оддий булмаган технологияларни узлаштираетганлигидан далолат эмасми, ёки факатгина телевизорнинг пультидан фойдаланинши билганини узи етарлими бизга.
Асосийси мактаб ва ота-онанинг тарбиясида, кандай тарбия берсак шундай натижа оламиз. Мен телефондан унумли фойдаланган болаларни курганман, ва улар купгина катталардан купрок нарсаларни билишига хам шубха йук. Ота-оналар олиб бермаса, узлари фойдаланиб куникма хосил килмаса кандай килиб боланинг бу сохадаги билими ошиб боради?
http://uforum.uz/images/smilies/187.gif
Ответить 
Старый 11.08.2008 23:56   #66  
Аватар для Azizbek Shavkatov
Оффлайн
AKA:Shavkatov
Сообщений: 500
+ 338  86/63
– 3  1/1

Uzbekistan
Сейчас как мне кажется у каждого второго сотовый телефон. А что учителя не люди что ли? У них нету семьи которая может быть за них волнуется?
Сотовый телефон уже давно не роскошь, а потребность.
Ответить 
Старый 12.08.2008 13:22   #67  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Muhayyo Turdialiyeva Посмотреть сообщение
[B]
Mavzu juda dolzarb buni OAV orqali yanada kengroq yoritilsa yaxshi natijalarga erishsa bo'ladi deb o'ylayman.
Ушбу мавзу оммавий ахборот вазифаларида куп ва хуп ёритилмокда, бирок натижа-чи?..
Аввало ота-онанинг онгида "Фарзандимга уяли алока воситаси керак эмас" деган фикр пайдо булсагина пировард натижага эришишимиз мумкин
Ответить 
2 "+" от:
Старый 12.08.2008 14:17   #68  
Аватар для Azizbek Shavkatov
Оффлайн
AKA:Shavkatov
Сообщений: 500
+ 338  86/63
– 3  1/1

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Azizbek Shavkatov Посмотреть сообщение
Сейчас как мне кажется у каждого второго сотовый телефон. А что учителя не люди что ли? У них нету семьи которая может быть за них волнуется?
Сотовый телефон уже давно не роскошь, а потребность.
Я оказывается понял тему неправильно, спасибо за подсказку Масуд. :=)

Насчет учеников, да нужен, помню сам когда еще учился в школе пользовался англо-русским словарем с телефона на уроках, калькулятором и еще пару фич. Родители еще звонили когда волновались.
Ответить 
Старый 12.08.2008 14:28   #69  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Azizbek Shavkatov Посмотреть сообщение
Сейчас как мне кажется у каждого второго сотовый телефон.
Сотовый телефон уже давно не роскошь, а потребность.
Ответить 
Старый 12.08.2008 15:48   #70  
Real ID Group
Аватар для Muhayyo Turdialiyeva
Оффлайн
Сообщений: 380
+ 408  466/214
– 0  4/4

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение

Ушбу мавзу оммавий ахборот вазифаларида куп ва хуп ёритилмокда, бирок натижа-чи?..
Аввало ота-онанинг онгида "Фарзандимга уяли алока воситаси керак эмас" деган фикр пайдо булсагина пировард натижага эришишимиз мумкин
Fikringizga qo'shilaman. Xo'sh unda natija yo'q ekan deb befarq bo'lmaymizku. Unda forumda mavzu doirasida baxslashishning nima keragi bor? Ota-onaning ongida "Farzandimga uyali aloqa vositasi kerak emas degan fikr" qachon paydo bo'ladi?
Ответить 
Реклама и уведомления
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх