|
|
|
|||||||
| Знаете ли Вы, что ... | |
| ...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :) | |
| << Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> | |
| Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
| Ответить |
|
|
Опции темы | Опции просмотра |
|
|
#31 |
|
народный писатель Узбекистана
Сообщений: 25
+ 10
74/24
– 0
0/0
![]() |
Biz nafaqat bulutsiz kunlarda, balki og’ir hayotiy sinovlar paytida ham Chingiz Aytmatov bilan birga bo’lishga intildik.
1990-yilning yozida O’sh viloyatida chetdan kelgan yovuz kuchlar o’zbeklar bilan qirg’izlar orasiga ataylab nizo urug’ini sochgan kunlarda Chingiz Aytmatov Moskvadan qo’ng’iroq qilib, meni so’rabdi. Topolmagandan keyin Ziyod Islomovich Esenboyevga o’zining telefon nomerini berib, “Kechki payt telefon qilsin” deb tayinlabdi. U paytda Chingiz Aytmatov Kremlda M. Gorbachyovning davlat maslahatchisi bo’lib ishlar edi. Men O’sh fojeasi haqida gap ochilsa, Chingiz Aytmatovga nima deishimni kun bo’yi o’ylab yurdim-da, kech soat 11 larda Do’rmondan unga qo’ng’iroq qildim. Ovozi bo’g’iq eshitildi, naridan beri salomlashdi-da: - O’shda ahval jaman-ku! – dedi. - Xabarim bor. Rahbarlarimiz el-yurtni tinch saqlab turish uchun iloji bo’lgan hamma chorani ko’rishyapti. - Biz ne qilamiz? - Telefonda hech narsa qilib bo’lmaydi, Chingiz To’raqulovich! Iloji bo’lsa, Siz Toshkentga keeling, uchrashib, maslahatlashaylik. - Bosh vazirlaring ham shunday taklifni qildi. - To’g’ri taklif! Siz Toshkentga kelsangiz, biz yozuvchi sifatida O’shga birga borishimiz mumkin.. Sizni hamma yaxshi biladi. O’shda bizning ham kitobxonlarimiz bor. O’shalarga murojaat qilsak, ikki elni tinchitishda rahbarlarga yordam berishimiz mumkin. – Mening o’ylaganim ham shunday. Kattalardan ruxsat olsam ertagayoq yetib boraman. Ertalab xabarini beraman. Haqiqatdan, ertalab o’zimizning Vazirlar Mahkamasidan qo’ng’iroq qilishib, Chingiz Aytmatov maxsus samolyotda uchib kelayotganini, Toshkent-2 aeroportiga qaysi soatda qo’nishini aytishdi. Men Odil yoqubovga qo’ng’iroq qildim, Chingiz Aytmatov bilan telefonda gaplashganimizni, agar zarur deb topilsa u bilan O’shga birga borishimizni aytdim. Keyin hammamiz aeroportda uchrashdik. Chingiz Aytmatovning bir o’ziga alohida samolyot berilgan ekan. O’shga borib qo’nganimizda endi kun botayotgan edi. Ko’chalarda avtomat taqqan harbiylardan boshqa hech kim yo’q. vahimali bronetransporterlar yuribdi. Xonadonlarning eshik-derazalari berk, uylar suv quyganday jim-jit, magazinlar, boshqa jamoat binolari yopiq. Ammo O’shning sobiq rahbarlari bizni hashamatli kabinetlarda soatlab olib o’tirishdi, katta ziyofat dasturxonlari yozishdi. Begunoh odamlar o’ldirilayotgan joyda ziyofat ko’ngilga sig’adimi?! Biz tezroq ko’chaga chiqishni, mahallalarga borib, kitobxonlarimizni ko’rishni, ulardan chin haqiqatni so’rab bilishni istardik. Viloyatning sobiq rahbarlari haqiqatni bizdan yashirishga intilayotganliklari shundoqqina sezilib turardi. Qon to’kilishiga o’zlari ham sababchi bo’lganliklarini yashirish uchun nuqul vahima qilishdi, “ko’chaga chiqmanglar, otishma to’xtagani yo’q, biz sizlarni xavf-xatardan saqlash haqida topshiriq olganmiz!” deyishdi. Fojiaviy taassurotlar iztirobi ustiga yolg-on-yashiq gaplar azobi qo’shilib, Chingiz Aytmatovning qon bosimi ko’tarilib ketdi. Ikki kechadan beri uxlayolmagani, samolyotda uzoq yo’l bosgani, eng ko’p mas’uliyat uning zimmasiga tushayotgani – hammasi bir-biriga qo’shildi. Doktorlar kelib uni muolaja qilishdi. “Xatarli” deb vahima qilishgan ko’chalarga biz o’sha kuni baribir chiqdik. Junbushga kelgan odamlar bilan mahalla-kuylarda muloqat qildik, eng og’ir fojealar yuz bergan Qorasuv mavzesiga borib, jabrdiydalardan ko’ngil so’radik. Kasalxonalarga kirib, yaradorlarning holidan xabar oldik. Xavf-xatar chindan ham bor edi. Chingiz Aytmatov o’zining “Izvestiya” gazetasida 1991 yilning 31 iyulida bosilgan “Tog’ ko’chkisi ustida qarg’alar qag’illashi” degan essesida (o’zbek tilidagi tarjimasi “Ozbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida 1991-yil 9 avgustda chop etilgan) bu haqida quyidagicha yozadi: “Yozuvchi sifatida odamlarga so’z aytishimiz kerak, shuning uchun keldik. Ammo bunday keskin vaziyatda, qonli to’qnashuvlar bo’layotgan joyda bu o’ta soddalik edi. Gurillab yonib turgan jaholat yoniga so’z bilan borib bo’ladimi? Olamon tupurmaydimi, toshbo’ron qilmaydimi? Lekin bizning o’zbek va qirg’iz kitobxonlari bilan uzoq yillik qadrdonligimiz bor edi, bizni ko’plab kitoblar bir-birimizga bog’lab turardi. Ular kecha bizning kitoblarimizni hurmat-e’tibor bilan o’qigan bo’lsa, nahotki bugun bizga qarshi qo’l ko’tarsa? Balki ular bizning bugungi dardlarimiz, iztiroblarimizdan ogoh bo’lishar, ehtimol bizning so’zimiz bahona bo’lib bir narsani tushunib yetishar: bunday paytda bittagina chora bor – zo’ravonlikdan qat’iyan voz kechish, ayirmachilkdan qat’iyan voz kechish, muammoni tinch yo’l bilan hal etish ”… Chingiz Aytmatov umid qilib aytgan bu so’zlar, xayriyat, bekor ketmadi. O’sha kuni mahalla-ko’ylarda uchragan yaxshi odamlar bizni johillar tajovuzidan omon saqladi. Lekin begunoh insonlarning boshiga tushgan dahshatli fojialarning guvohi bo’lgan paytimizda dilimiz o’rtanib, ko’zlarimizga yosh quyulib keldi. Maqsadimiz ikki birodar xalq vakillarini teng ko’rib, oraga tushgan g’uborni baholi qudrat tarqatish bo’lganligi uchun ko’z yoshlarimizni ichimizga yutib, ko’proq rahm-shafqat va odamgarchilik to’g’risida so’zladik. O’zbeklar orasida qirg’izlarni o’limdan qutqarib qolgan birodarlari bor ekan. Qirg’izlar orasida o’zbeklarni uylariga yashirib balo-qazodan saqlagan odamlarni ham uchratdik. Kitobxonlarimiz orasida yurib yiqqan haqiqat zarralarimiz bizga ruhiy madad berdi. Kechki payt uchovimiz televizorga chiqib, har ikki xalq orasidagi kitobxonlarimiz bilan bir soatdan ortiq muloqat qilganimizda, joylarga borib o’z ko’zimiz bilan ko’rgan haqiqatlar bizga juda asqotdi. O’shanda Chingiz Aytmatovning yonida turib aytgan gaplarimizning tub ma’nosi shu ediki, yuz bergan fojia uchun xalqlarimiz aybdor emas, balki zo’ravonlik va aldamchilik vositasida hokimiyatni egallashga intiladigan maxfiy kuchlar aybdor. Vaqti kelib bu haqiqat yuzaga chiqdi. So’z navbati kelganda taqdir meni Chingiz Aytmatovdek qadrdonim bilan yuzlashtirganiga Tangriga shukronalar keltiraman. Chingiz Aytmatov bilan qadrdonligimiz qirq sakkiz yil davom etdi. Afsus, ajalga chora yo’q. U meni qadrdonimdan ayirdi. Chingizning oxirati obod bo’lsin… |
|
|
Ответить |
|
3 "+" от:
|
|
|
#32 | |
МВССО |
Пиримқул Қодиров:
Цитата:
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео |
|
|
|
Ответить |
|
4 "+" от:
|
|
|
#34 |
![]() |
Юкорида, Чингиз Айтматов билан богланган дустлик ришталари хакидаги адибимизнинг фикрларини эшитиб хакикий ижодкор халк дилининг таржимони эканлигини, керак булса халки учун жонини фидо кила олишига ишондим.
Кани эди хамма ижодкорлар шундай булса!.. Пиримкул Кодировнинг яна бир жасорати Бобур феодал подшо деган даврда куркмай Бобур шахсияти, унинг килган ишларини роман ёзиб ёритиб берганлар. |
|
|
Ответить |
|
|
#35 |
![]() |
Пиримкул Кодировнинг хаёти ва ижоди билан куйидаги сайтларда хам танишишингиз мумкин.
http://www.nashe-nasledie.com http://pqodirov.madaniyat.uz |
|
|
Ответить |
| Реклама и уведомления | |
|
|
#36 |
|
Pirimqul Qodirovning asarlari:
Yulduzli tunlar (roman) ![]() Muallif: Pirimqul Qodirov Hajmi: 1,02 Mb Fayl tipi: pdf, zip Saqlab olishHumoyun va Akbar (Avlodlar dovoni) ![]() Muallif: Pirimqul Qodirov Hajmi: 1,16 Mb Fayl tipi: pdf, zip Saqlab olish
|
|
|
|
Ответить |
|
|
#37 | |
![]() |
Цитата:
Ушбу китобларни ана шу бўлимга жойлаштирсангиз, кўпрок одамларга фойдаси тегади деб ўйлайман. |
|
|
|
Ответить |
|
|
#40 |
|
народный писатель Узбекистана
Сообщений: 25
+ 10
74/24
– 0
0/0
![]() |
Кирк-эллик йил адабиёт учун катта фурсат эмас. Манна, хозир миллий богда Алишер Навоийнинг хайкали турибди. Бу улуг сиймо беш юз йилдан бери шеърият султони, адабиётимиз дахоси, узбек халкининг маънавий отаси… Халк гамии билан яшаш сабокларини биз хазрат Алишердан олганмиз. Уша сиз айтган китобларда миллий дардларимизни, халкимизнинг эзгу истакларини ифодалашга харакат килган эдик. «Уч илдиз» - бу инсоннинг учта маънавий илдизи: билим- маърифат, одамгарчилик, чин мухаббат, «Олмос камар» - одамни ичдан тутиб турадиган инсоний фазилатлар, яъни маънавият гавхари.
|
|
|
Ответить |
|