|
Bugungi kunda OAV faoliyatiga oid deyarli barcha me’yoriy hujjatlar, qonunlar qabul qilingan. Senzura olib tashlanib, qonun doirasida istalgancha gazeta-jurnal, radio-televideniya ochish imkoni berildi. Go’yo OAV vositalari, bugungi jurnalistikaning faol bo’lishi uchun hech qanday to’siq yo’q… Ammo, matbuotning, umuman OAV ning ishidan hech kimning ko’ngli to’lmayapti.
Gazeta do’konlarini kuzatib turib, yoqa ushlaydi odam. Kim aytadi O’zbekistonda gazeta o’qishmaydi deb?! Bu son-sanog’i yo’q nashrlarga ketayotgan qog’oz, mehnat, mablag’ga achinasan kishi… Jurnalistikaning xalqqa aytadigan so’zi maydalashib ketmayaptimi? Topishmog’u latifalardan boshqa aytiladigan gap yo’qmi? Radio, televideniya, gazeta, jurnal ikkita yengil-yelpi qo’shiq aytgan san’atkorning oldi-qochdi suhbati-yu, intervyusi bilan ovora. Fan arboblari, olimlar, mehnat qahramonlarini ham gapirishga “o’rgatilsa “ bo’lmaydimi?
|