Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :)
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 18.07.2008 13:22   #21  
Offline ID
Аватар для Pirimqul Qodirov
Оффлайн
народный писатель Узбекистана
Сообщений: 25
+ 10  74/24
– 0  0/0

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Ota-bobolaringiz boy o’tishgan bo’lsa; bolaligingiz kolxozlashtirish, quloqlashtirish davriga to’g’ri kelgan ekan. Oilangiz bu davrda aziyat chekkanmi?
Yosh bolalik paytimizdan og’ir sinovlar boshlandi. O’ttizinchi yilda bo’lsa kerak, otamiz ketma-ket to’rt o’g’il ko’rganini xursandchiligiga bir hafta ko’pkarilik to’y beradi, to’qson pud guruchlik osh damlatadi.
Bunday dabdabali to’ylar, ayniqsa u paytlarda qattiq qoralanar ekan. Otamiz besh yilga surgun bo’ladi, biz qahraton qish paytida qishloqdan badarg’a qilindik. U zamondagi buyruqlar beshafqat bo’lar va 24 soatda bajarilardi. Otasiz oila 4 nafar yosh bola bilan 24 soatda ayerdan boshpana topadi?!..
O’shanda men ikki yosh ekanman. Qalin qor yoqqan sovuq kunda onam bilan tog’am bizni ko’rpalarga o’rab, otda Kengqo’ldan Oqsuvga olib jo’nashdi. Tog’ yo’llaridan yurish qiyin, yerlar toyg’oq. Onamning qo’lida olti oylik Rabbim nomli ukacham bor. Otlar muzga toyib yiqilganda ularning ustidagi yuklar ham qorga qulab tushadi. Onam bilan tog’am otlarni turg’izib, yuklarni ortguncha biz qorda qolamiz. Olti oylik go’dak chirillab yig’laydi. O’shanda undan sovuq o’tib ketgan ekan. Onamning qishlog’i Oqsuvda ukacham nobud bo’ldi. Onamning o’rtanib yig’laganlari, qish chillasida yosh bolalarni issiq uydan quvib chiqargan zolimlarni qarg’aganlari yodimda qolgan. Bu noinsofliklar stalincha shafqatsiz siyosatning oqibati bo’lganini keyin bilganman.
Besh yillik surgunni O’zbekistonning Xovos tumanida, Iskandar qishlog’ida o’tkazdik. Bu yillar ichida bizga yaxshilik qilganlar ko’p bo’ldi, lekin zo’ravonlikka o’rgangan ayrim baloxo’rlar “yakkaxo’jalik solig’ini to’lamaganlik” bahonasi bilan kechasi uyimizni tintib, biz yopinib yotgan ko’rpalargacha tortib olishgan.
Kech kuz edi, tun sovuq. Men otamning barra po’stinini yopinib yotgan edim. Tintuv qilayotganlardan biri po’stinni ham tortib olmoqchi bo’ldi. Onam menga: “Berma! Havo sovuq! Qish kelyapti!” dedi. Lekin shafqatsiz tintuvchi “Jiring bor, boyvuchcha, sovuqdan o’lmaysan!” dedi-yu< po’stinni ham tortib olib ketdi. Mis ko’zalar, yog’och korsonlar, rangdor kigizlar, patgilamlar, onamning bo’g’chalari-hammasi aravaga ortildi. Musodara qilingan narsalarning ro’yxati ham tuzilmadi, narxi ham belgilanmadi. Keyinchalik qishloq magazinida eskiroq ko’rpalar, nimdosh sholchalar go’yo “soliq pulini undirish” uchun sotildi. Qimmatroq narsalarimizni moliya bo’limidan va boshqa joydan kelgan baloxo’rlar bo’lishib oldi, deb eshitdik. Dahshati shundaki, bunday talonchilik sinfiy kurash bayrog’i ostida qilinardi.
Otamiz yakkaxo’jalik solig’idan qutulish uchun ham kolxozga kirdi, ko’p qatori qo’sh haydab, o’roq o’rib yurdi, lekin baribir sho’rolarning ta’qibidan qutulmadi.
O’ttiz yettinchi yilning qatag’onlarida “boy bo’lgansan” deb, otamni tegovga chaqirishdi.
O’sha kunlarda onamiz qanchalik iztirob chekkanlari, uyimiz tahlikaga to’la bir sukutga cho’mgani hamon yodimda turibdi.
Xudo bir asrab, tergovchi otamga “Hozircha yurib turing!” deb javob beribdi. Tergovchining gap ohangidan bu najot vaqtincha ekanini, agar qatag’on qilish rejasi to’lmay qolsa, otamni yana chaqirib, borsa kelmas joylarga jo’natishlari mumkinligini otam sezgan bo’lsa kerak. Aqlli odamlar otamga, “Hozir ho’lu quruq barobar yonyapti, bu to’palon sal bosilguncha bexatarroq bir joyga ko’chib keting” deb maslahat berishadi. “Ammo bu maslahat oramizda qolsin, xotiningizga ham bildirmang”, deb tayinlashadi. U davrda mana shunday oddiy gap uchun ham odamlarni qamab yo’q qilib yuborishavergan.
Shuning uchun otam sababini onamga aytib o’tirmasdan “Ertaga kechasi ko’chamiz, hech kimga bildirmanglar!” deb tayinlaydi. Qorong’i tushganda ot qo’shilgan iki g’ildirakli arava keldi. Unga ko’rpa-to’shak, ozgina ro’zg’or buyumlari sig’di. Biz bolalarni ham shu aravaning ustiga chiqarishdi.
Onam shuncha talon-tarojlardan keyin yuz mashaqqatlar bilan yig’ib butlagan ro’zg’or buyumlarining ko’pi bu kichik aravaga sig’mas edi.
-Sig’magani qolsin!- dedi otam. – uyni bekitib ketamiz. Keyin olib ketamiz!]
Onam bunga ko’nmadi. Oradan gap qochdi. Onam:
- Ko’chmayman!- deb turib oldi.
- Ko’chmasang, qolaver!- deb otam ham jahl bilan aravani haydab yo’lga tushdi.
Onamning qo’lida olti oylik ukam bor. Biz arava ustida ikki o’g’il-bir qiz ketayapmiz. Kattamiz 11 yoshda, men 9 yasharman. Kechasi huvillagan uyda onamizni yolg’iz qoldirib ketayotganimizdan yuragimiz eziladi.
New Roman]Bir vaqt oy chiqqanda aravaning ketidan kimdir talpinib kelayotganini ko’rdik. Tikilib qarab, onamni tanidim. Onalik tuyg’usi ustun kelib, bizning ketimizdan piyoda yo’lga chiqibdi. Qo’lida bola bilan yana qandaydir tugunchakni ko’tarib biz bilan orama-qora kelyapti.
Hisoblab qarasam, o’shanda onam 37 yoshda ekan. Biz O’ratepada bir to’xtab, Bekobodga qarab ketdik. Qirq chaqirimlik yo’l.
Aravani otam pulga yollagan ekan. Egasi oldinda otini minib boryapti. Otam o’zi sigir, eshak, to’rt-beshta qo’y-echkilarni oldiga solib haydab ketyapti. Onam ancha orqada. Tun qorong’usida muyulishlarda ko’rinmay qoladi. Shunda yuragimni xavotirlik timdalaydi.
ravada uchta bola onamiz uchun shunchalik iztirob chekib boryapmizki, hatto bir-birimiz bilan ovoz chiqarib gaplashmaymiz. Har dardimiz ichimizda. Faqat onam kelayotgan tomonga tikilamiz. Uning bola ko’targan xiyol egik gavdasi ko’ringanda sal yengil nafas olamiz.
Uzoq yo’lda otam jahlidan tushib, onamning oldiga bordi. Yarashmoqchi bo’lib:
-Bas endi! – dedi.- Aravada joy bor. Bolalarning oldiga chiq.
Lekin onam bu to’g’rida gaplashgisi ham kelmadi. Bola ko’targan holda indamay bizga ergashib klaverdi. O’shanda onam bag’riga bosib ko’tarib borgan ukam Iskandar kimyo olimi bo’lgan. Mash’um 37-yilning kuzida tun bo’yi bola ko’tarib qirq chaqirim yo’lni bosib o’tish uchun bunchalik kuch, bardosh va irodani onam qayerdan olganiga haligacha hayron qolaman.
O’ylaymanki, otam ham, onam ham o’zlaricha haq edi. Agar otam shu bemavrid ko’chish bilan qatag’ondan qutulmasa, biz tirik yetim bo’lib qolishimiz, oqibatda yana onamizga qiyin bo’lishi aniq edi.
Onamning bunchalik qattiq turib arazlashi ham otamga qarshi isyon emasligini men keyin tushundim. Bu arzada begunoh oilani bir emas, uch marta issiq uyidan, butun ro’zg’oridan mahrum qilib, sovuq kuz kunida xazonday quvgan shafqatsiz zamona zulmiga qarshi norozilik va cheksiz nafrat bor edi.
Bekobodning Dalvarzin sovxoziga qarashli bir joyga borib tushdik. Yangi o’zlashtirilgan paxtazorlarda ishchi kuchi yetishmas ekan. Qator qilib qurib qo’yilgan uylarning bo’sh turganlari bor ekan. Shulardan biriga kirib joylashdik. Uyning bo’sh xonalaridan biriga shiftga yetadigan qilib ko’sak uyib qo’yishgan ekan. Qishi bilan ko’sak chuvidik. Bahordan g’o’za chopig’iyu, o’tog’i boshlandi. Yozda bezgak pashshalar ko’payib ketdi. Bodu havosidan biz, bolalar, ustma-ust kasal bo’laverdik.
an]O’ttiz sakkizinchi yilning kuziga kelib Stalin qatag’onlari ham sal kamaygan, chamasi. Ota-onamiz murosaga kelishib, Iskandar qishlog’ida qolgan uychamizga qaytadan ko’chib bordik.
Shu ko’ch-ko’chlar paytida onamiz bilan birga, biz ham eng og’ir iroda sinovlarini boshdan kechirib chiniqqanimizni endi tushunaman.

Последний раз редактировалось Ibragim Yermatov; 18.07.2008 в 14:56.
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 18.07.2008 13:23   #22  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Bobojon, o’sha qora kunlarni yodingizga solganim uchun ma’zur tutasiz. Avvalgi safar xonadoningizga kelish kunim - jahon adabiyotining buyuk yozuvchisi Chingiz Aytmatovning vafotiga to’g’ri kelib qoldi. Shunda sizni chuqur iztirob holatida ko’rdim va yanada chuqur qayg’uga solmaslik uchun ham Chingiz Aytmatov haqida savol berishga botina olmadim. Bu qardosh xalqning buyuk yozuvchisining vafoti yuzasidan chekilgan iztirobmidi yoki ikkalangizning o’rtangizda do’stlik rishtalari ham bormidi?
Ответить 
"+" от:
Старый 18.07.2008 13:23   #23  
Offline ID
Аватар для Pirimqul Qodirov
Оффлайн
народный писатель Узбекистана
Сообщений: 25
+ 10  74/24
– 0  0/0

Uzbekistan
Bundan qirq sakkiz yil burun Chingiz Aytmatovning “Jamila” qissasi juda mashhur bo’lib ketgan edi. Bu asarga Muxtor Avezov birinchi bo’lib yuksak baho bergan, keyin Parijda Lui Aragon “Jamila”ni dunyoning muhabbat haqidagi eng yaxshi qissasi deb atagan edi.
Men o’sha kezlarda Moskvada o’zbek adabiyoti bo’yicha maslahatchi bo’lib ishlardim. Ittifoq yozuvchilar uyushmasida qirg’iz adabiyoti bo’yicha maslahatchi Tumenboy Bayzoqov bilan bir xonada o’tirardik.
Kuz kunlarining birida xonamizga Chingiz Aytmatov kirib keldi. Men uni zangori ekranda ko’rib tanib qolgan edim. O’rnimdan turib salomlashayotganimda Tumenboy meni Chingiz Aytmatovga tanishtirdi. Ko’rishib, gaplashib o’tirdik. Shunda Chingiz Aytmatov menga kutilmagan ajoyib gaplarni aytdi:
- Siz to’g’ringizda Muxtor Omonxonovich menga so’zlagan edi. “O’zbekdan chiqqan yosh yozuvchi sening avloding to’g’risida roman yozibdi, tanishib, qurdosh bo’linglar” degan edi. Men kecha Vengriya safaridan qaytdim. O’sha yerda yangi asarlar to’g’risida savol tushdi. Men sizning “Uch ildiz” romaningizga Muxtor Avezov qanday baho berganini aytdim…
kamtarlik bilan aytilgan bu so’zlardan hayajonlanib ketdim. O’sha paytda hali hayot bo’lgan Muxtor og’a ko’z oldimda ulug’vor bir qiyofada gavdalandi. Bu bag’ri keng adib o’zbek, qozoq, qirg’iz xalqlarini doim inoq qilishga intilardi. Men uchun qo’l yetmas balandlikda yurgan, birinchi asari bilanoq dunyoga tanilgan Chingiz Aytmatov Muxtor Avezovning ustozlarcha g’amxo’rlik bilan bergan maslahatiga amal qilib yaqindan tanishmoqchi bo’layotganligi meni juda quvontirdi.
Biz u paytda Moskvada yozuvchilar uyida turardik. Kechqurun Chingiz Aytmatovni Tumenboy bilan birga uyga –mehmonga taklif qildim. O’zbekcha palov damlab, uch soatcha yayrab suhbatlashdik.
Yoshimiz teng ekan. Og’ir urush yillariga to’g’ri kelgan o’smirlik davrlarimizni esladik. Chingiz ham archazor tog’lar etagida joylashgan qishloqda o’sgan ekan. Bug’doy o’rib, xirmon yanchganlarimiz, tayyorlov omborlariga g’alla tashib, og’ir qoplarni ko’targanlarimiz ko’z oldimizda qayta gavdalandi. Otalarimiz Stalin qatag’onlariga uchraganlari, biz onalarimiz bilan issiq uylardan badarg’a bo’lib, ko’ch-ko’ch azoblarini boshdan kechirganlarimiz yodga olindi. Chingiz Aytmatov ota tomondan bobosining nomi Pirimqul bo’lganini, qirg’izchada buni “Birimqul” deb talaffuz qilishlarini aytdi.
Oradan yillar o’tib Chingiz Aytmatov bilan Toshkentda Osiyo va Afrika yozuvchilari simpoziumi paytida ikinchi marta uchrashdik. Simpoziumga Qozog’istondan Abdujamil Nurpeisov ham kelgan edi. Chingiz Aytmatov u bilan qalin do’st ekan, mehmondorchiliklarga birga borishdi.
Simpozium bir hafta davom etdi. Sentyabr oyi, kunlar iliq. Tushlik tanaffuslardan birida mehmonlar ochiq havoda, tabiati yaxshi joyda yozilib o’ltirish istagini bildirishdi.
Abdujamil Nurpeisov Olmaotadan o’zining “Volga”sini minib oilasi bilan kelgan ekan. Men ham “Volga” haydab yurar edim. Ikki mashinada “Qichqiriq” deb ataladigan suv bo’yidagi mashhur choyxonaga borib tushlik qildik.
Chingiz Aytmatov mening mashinamda edi. Qaytishda Eski Jo’va orqali o’tdik. Oldinda usti ochiq yuk mashinasida yasan-tusan bir toyni olib ketayotgan atlas ko’ylakli juvonga ko’zimiz tushdi.
Toshkentday shahri azimning markazida uchragan bu manzara o’sha kezlarda “Alvido, Gulsari” qissasini yozgan va insonga sadoqatli otni ulug’lagan Chingiz Aytmatovni juda qiziqtirib qo’ydi.
Yuk mashinasida ketayotgan toyning ustiga baxmal va ipak matolar yopilgan. Uni olib ketayotgan zabardast ayol qo’llarini yuk mashinasining kabinasi ustiga qo’yib mag’rur qiyofada bormoqda. Chingiz Aytmatov toychani e’zozlab yasantirishlarining sababini so’radi.
- O’g’il tug’ilsa, to’yiga mana shunaqa toycha sovg’a qilinadi.
- Nega bu toyni ayol kishi olib boryapti?
- Chunki beshik bilan toyni ona tomon qarindoshlar sovg’a qilishadi. Umuman, beshik to’yi onalar bilan bolalar uchun qilinadi.
- Ajoyib odat ekan!- dedi Chingiz Aytmatov.
Men o’g’il to’yining boshqa tafsilotlarini ham aytib bergunimcha oldinda toy olib ketayotgan yuk mashinasi Xadradan o’ngga Chorsu tomonga burildi. Biz markaz tomonga – chapga burulishimiz kerak edi. Lekin Chingiz Aytmatov ko’zini yuk mashinasidagi toydan uzolmay tikilib turardi.
- Ketidan boraylikmi?- dedim.
- Yaxshi bo’lardi.
Abdujamil Nurpeisovning mashinasini o’tkazib yubordim – ular markazga qarab ketdi. Biz Chorsuga qarab burildik.
Yuk mashinasi Ko’kcha tomondagi obod bir ko’chaga borib to’xtadi. Biz ham ketma-ket bordik. Ko’cha chetida tuproq uyumi bor ekan. Yuk mashinasini o’shanga to’g’rilab, toyni beozor tushirib olishdi. Buni ko’rgan Chingiz o’zicha mamnun bo’ldi.
Ichkari kirib, to’y egalarini tabrikladik. Chingiz Aytmatovni televizorda ko’rib tanib qolganlar dasturxon yozmoqchi bo’lishdi. Lekin majlisga yetib boorish kerakligini aytib, tezgina xayrlashdik.[/FONT]
Ko’chaga qaytib chiqqanimizda Chingiz Aytmatov:
- O’zbeklar ot mingan davrlarini unutmagan ekan, yaxshi!- deb xursand bo’ldi.
Ertasi kuni Chingiz Aytmatov bizning uyimizga mehmon bo’lib keladigan edi. “Yozuvchilardan yana kimlarni taklif qilay?” deb o’zidan maslahat so’radim. Chunki uning har kim bilan ham suhbatdosh bo’lgisi kelmasligini sezgan edim. – Kim bor… shunday talantli yoshlardan? – deb so’radi.
- Bor… talantli adib, o’zi bizning avloddan. Odil Yoqubovni eshitganmisiz?
- Eshitganman. Mayli, tanishaylik.
Aytilgan kuni Odil Yoqubov ham biznikiga keldi. Chingiz Aytmatov u bilan yaqindan tanishganidan mamnun bo’ldi. O’shanda boshlangan qadrdonlik yillar davomida rivojlanib bordi. Yetmish oltinchi yilda bo’lsa kerak. Chingiz Aytmatov Odil Yoqubovning “Ulug’bek xazinasi”ni o’qib, unga iliq bir maktub yo’llagan ekan. Bu maktub keyinchalik matbuotda bosilib chiqdi.
“Alvido, Gulsari”, “Oq kema” asarlari jahon bo’ylab shuhrat qozongan paytlarda Chingiz Aytmatovning e’tiborini kutib turgan narsalar qanchalik ko’p bo’lganini, uning naqadar band ekanini o’zimcha tasavvur etar edim. Shuning uchun ellik yoshligimiz nishonlangan 1978 - yilda men unga taklifnoma yuborishga iymandim. Shunga qaramay Chingiz Aytmatov matbuot orqali bundan xxabar topib, iliq bir telegramma yuboribdi. Yozuvchilar uyushmasi adresiga kelgan va o’sha kunlarda “O’zbekiston madaniyati” gazetasida chop etilgan bu telegrammaning matni quyidagicha edi:
“Qadrli Pirimqul! Seni 50 yoshing bilan quvonib tabriklayman. Sen o’z nasring bilan o’zbek adabiyotini yuksaltirmoqdasan. Biz sen bilan nafaqat tengdoshlarmiz, balki maslakdoshlar hammiz- men shunday ddeb hisoblayman”.
Ko’rinib turibdiki, Chingiz Aytmatovdagi odamgarchilik va samimiy qardoshlik yillar o’tgan sari yuksalib bordi.

Последний раз редактировалось Ibragim Yermatov; 18.07.2008 в 15:06.
Ответить 
Старый 18.07.2008 13:29   #24  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Har gal uylariga borganimda xonadon sohibasi Safiyaxon aya samimiyat bilan kutib oladilar. Ular muhtaram adibimiz bilan 50 yil birga yashab kelmoqdalar. Demak, yaqinda oltin to'ylarini nishonlashadi.
Safiya aya timsolida Bobur Mirzoning rafiqasi Mohim begim, "Qora ko'zlar" dagi Hulkar, "Humoyun va Akbar" romanidagi Humoyunning sevikli rafiqasi Hamidabonu timsollaridagi ayrim jihatlarni ko'rgandek bo'ldim.

Yarim asr hamnafas

Ответить 
Старый 18.07.2008 13:54   #25  
Аватар для Coach
Оффлайн
Football team "Газмяс"
Coach
Сообщений: 111
+ 7  22/17
– 0  0/0

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Muhtaram forumdoshlar!
Kecha yozuvchimiz bilan ko'rishishga muayassar bo'ldim.
Sizlarning bergan savollaringizga keyingi haftalarda albatta javob beradilar.
Bugun esa kecha bergan savollarimga javoblarni e'tiboringizga havola etmoqdaman.
Soat 18-30 larda adib xonadoniga bordim va ular bilan maroqli suhbat qurdim.


Ming bor afsus-ki bu mavzuni o'tkazib yuboribman. Xechdan ko'ra kech deyishadi-ku...
Adabiyotimiz darg'alaridan biridan quyidagi savollarimga javob olib bersangiz, juda xursand bu'lardim:
1) o'zbek romanchiligida kimlarni o'zlarining ustozlari va shogidlari deb hisoblaydilar?
2) bugungi kunda o'zbek romanchiligi an'analarini kimlar davom ettirmoqda?
3) tarixiy romanlar bitishda tarixiy materiallardan qay darajada foydalanish kerak, ya'ni ma'lum me'yorlar bormi?
Nigora, sizga yana bir bora rahmat...
__________________
Не тот доктор - кто учил :127:, а тот доктор - кто переболел :143: ...
:KidRock_04::buba:
Ответить 
Старый 18.07.2008 14:16   #26  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Coach Посмотреть сообщение

Adabiyotimiz darg'alaridan biridan quyidagi savollarimga javob olib bersangiz, juda xursand bu'lardim:
1) o'zbek romanchiligida kimlarni o'zlarining ustozlari va shogidlari deb hisoblaydilar?
2) bugungi kunda o'zbek romanchiligi an'analarini kimlar davom ettirmoqda?
3) tarixiy romanlar bitishda tarixiy materiallardan qay darajada foydalanish kerak, ya'ni ma'lum me'yorlar bormi?
Nigora, sizga yana bir bora rahmat...
Savollaringizni albatta, yetkazurman.
Ответить 
Старый 18.07.2008 14:18   #27  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Hurmatli Forumdoshlar!

Adibimizning Chingiz Aytmatov haqidagi qolgan fikrlarini kunning yakunigacha qo'yishga harakat qilaman...
Ответить 
"+" от:
Старый 18.07.2008 14:28   #28  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Toshkent islom universiteti akademik litseyida Pirimqul Qodirov va Muhammadali Abduqunduzovlar bilan bo'lib o'tgan ijodiy uchrashuvni fotolavhaga muhrlab bizlarga taqdim etgani uchun Husniddin Atoga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 18.07.2008 16:50   #29  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Lutfillo Tursunov
Оффлайн
Xabar
Сообщений: 1,597
+ 745  1,505/647
– 2  1/1

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Hurmatli Forumdoshlar! Adibimizning Chingiz Aytmatov haqidagi qolgan fikrlarini kunning yakunigacha qo'yishga harakat qilaman...
Suhbat chiroyli boshlanibdi. Buyuk so'z ustalari bilan kechadigan bunday suhbatlardan biz yoshlar juda ko'p narsalarni o'rganamiz. Vatan, Oila, Do'stlik muqaddasligi-yu, sabr-bardosh, ezgu maqsad sari olg'a intilish kabi oliy tuyg'ular ustoz adibimizning har bir so'zlarida, har bir fikrlarida ufurib turibdi. O'qigan sari vujudingni o'zgacha hissiyot qamrab oladi. Hikoya qiluvchi ham, u kishi tilga olib o'tgan shaxlar ham yaqin insoningga aylanadi...
Suhbat davomini intiqlik bilan kutib qolamiz!!!
Ответить 
Старый 18.07.2008 17:10   #30  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Pirimqul Qodirovning "Ona lochin vidosi" romanini, "Ozimiz va so'zimiz", "Amir Temur haqida"gi badialarini o'qiganlar bormi?
Menga ko'proq yozuvchining tarixiy asarlarid yasvirlangan ayollarimizning o'zlarini tutishlari, gap-so'zlari, muomalalari yoqadi. Yozuvchi ayollarimizdagi jasurlik va shijoatni hayo va ibo pardasiga o'ralishini nihoyatda chiroyli tasvirlab bergan.
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2026, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх