Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova
Bobojon, mana yaqinda 80 yoshni qoralaysiz. Avvalambor sizga barcha forumdoshlar, shu jumladan sizning izdoshingiz hisoblanmish jurnalist Lutfullo Tursunovning tabrigini yetkazib qo’ymoqchiman. Ilohim, yuz bilan yuzlashish sizga nasibi ro’z bo’lsin!
|
Rahmat, qizim. Lutfullo Tursunov ham menga o’xshab piri badavlat bo’lib yursin. Yoshlarimiz hayotda bizdan-da katta yutuqlarga erishsinlar. Mening tasavvurimda, bizga berilgan umr ham jimjit bir tezlik bilan uchib o’trmoqda. Orqaga qarassam, yaqindagina Turkiston tizmatog’ining etaklarida Kengqo’l degan qishloqda yalangoyoq chopib yurgan bola bo’lib ko’rinaman. Odamning umri bitta davrga sig’maydi. Chunki biz urush, undan oldingi va keyingi qator davrlarni boshdan kechirdik.