|
|
|
|||||||
| Знаете ли Вы, что ... | |
| ...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать. | |
| << Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> | |
| ZiyoNET Общественная образовательная сеть |
| Ответить |
|
|
Опции темы | Опции просмотра |
|
|
#21 |
![]() академический лицей
Ученик
Сообщений: 73
+ 72
44/26
– 0
0/0
![]() |
Otaxonlarning aytishlaricha, Toshkentning 12 darvozasidan biri joylashgani uchun «Samarqand darvoza» deb nomlangan bu mahalla azaldan juda fayzli, aholisi ahil, mehr-oqibatli bo‘lgan ekan. Uch tomonida choyxonalar bo‘lib, sozandalar, xonandalar ishtirokida yig‘inlar o‘tkazilar, dorbozlar, qiziqchilar tomoshalar qo‘yib, guzarni saylgohga aylantirib yuborisharkan. Choyxonalar yonida baland-baland ustunlar bo‘lib, ularga o‘rnatilgan kerosinli osma chiroqlar mahallani charog‘on qilib turarkan. Mahalliy aholi «interes» deb nom qo‘yib olgan bu chiroqlarni Toshpo‘lat ota degan odam har kuni yoqib, o‘chirib turgan ekanlar.
1936-37-yillarda Usmon Yusupovning tashabbusi bilan mahallada 2 qavatli maktab qad rostlabdi. 1960-yilda qurilgan bolalar bog‘chasi mahalla kichkintoylarini o‘z bag‘riga olibdi. Guzar hududida bog‘lar ko‘p bo‘lgani uchun A.Xoliqov ko‘chasida bolalar oromgohi ham qurilibdi. Ushbu mahallada juda ko‘plab xalqimiz ardog‘idagi taniqli insonlar yashab, ijod qilishgan. O‘zbekiston Qahramoni, sevimli yozuvchimiz Said Ahmad, romannavis Abdulla Qodiriy – Julqunboylar shular jumlasidandir. Yozuvchining ijodxonasi hozirda ham saqlanib kelinmoqda. O‘zbek folklori asoschisi – Muzayana Alaviya, «Mushtum» jurnalining taniqli rassomi Alijon Xoliqov hamda O‘zbekiston xalq artisti Tolib Karimovlar mahallaning faxrli fuqarolari hisoblanadilar. 2004-yilda bundan 50 yil avval qurilgan eski choyxona va mahalla binosi o‘rnida yangi mahalla idorasi va otalar choyxonasi qad rostladi. Termiz ko‘chasidagi tashlandiq choyxona bobom Sobidxon Karimxo‘jayevning himmati bilan qayta tiklandi. «Samarqand darvoza»si 1994-yili ramziy ma’noda arka ko‘rinishida homiy fuqarolar tomonidan qayta barpo etildi. Hozirgi kunda qayta ta’mirlangan bu darvoza zamonaviy Toshkentda qadimiy me’morchilik uslublari qo‘llanilgan yagona darvoza hisoblanadi. Vatan ichra mo‘jaz Vatanimiz sanalmish mahallamizning milliy qadriyatlarimiz, an’analarimiz saqlangan holda kundan-kunga ko‘rkamlashib, chiroy ochib borayotganidan biz ham behad shodmiz. Bunday mahallada unib o'sayotganimdan faxrlanaman. Последний раз редактировалось Ibragim Yermatov; 15.07.2008 в 22:00. |
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
| Реклама и уведомления | |
|
|
#24 | |
![]() |
Цитата:
Yozuvchi Oybek ham Toshkentning Eski shaharning Govko'sh mahallasidan bo'lgan. Uning "Gulnor opa" hikoyasida ham Eski shahardagi hayot tasvirlangan. Govko'sh mahallasi mahsi tikuvchi kosiblar yashovchi joy bo'lganligi uchun ham "Gov ko'sh"- (fors tilida gov-sigir, qoramol, ko'sh-kavush so'zining qisqargani) deya atalgan. |
|
|
|
Ответить |
|
|
#26 |
![]() |
Qadimdan ota-bobolarimiz Beshyog'och dahasining Arpopoya mahallasida yashashgan. Toshkentliklarning qishki va yozgi hovlilari mavjud bo'lib, qishda Arpapoyada, yozda esa hozirgi Tekstil kombinatining oldidagi yozgi bog'larida istiqomat qilishgan.
Beshyog'och (besh og'och turkiy so'z)- beshta daraxt ma'nosini anglatadi. U qo'lyozmalarda Zangi ota dahasi deb ham yuritilgan. XIX asrning 70-yillarigacha bu hududdan shaharning mudofaa devori o'tgan. Mudofaa devori buzib tashlangach, ochilib qolgan joy Beshyog'och maydoni deb atalgan. Qariyalarning eslashlaricha, hozirgi Milliy bog'dan o'tgan ko'l (avvallari Komsomol ko'li deb atalgan)ning o'rnida mozor bo'lgan ekan. Arpapoya nomi bilan Chaqar mahallasining bir muncha sharqrog'idagi joylar yuritilgan. Avval "O'rpapoya, ya'ni, ya'ni "jar qobog'ining etagi" deb yuritilgan. Chunki shahardan tashqarida joylashgan bu yerlar jarlikdan iborat bo'lib, u yerda keyingi asrlarda tashkil topgan mahalla toshkentliklar o'rtasida Arpapoya deya nomlangan. Hozirda Muqimiy teatr binosidan boshlanuvchi biir ko'chaning nomi Arpapoya nomi bilan saqlangan. Bu ko'chada G'afur G'ulomning uy-muzeyi ham joylashgan. |
|
|
Ответить |
|
|
#27 |
![]() |
Men tug`ilib o`sgan qishloq Shirmonbuloq deb ataladi. To`g`risi tarixini unchalik yaxshi bilmayman. Lekin ayrim eshitgan ma`lumotlarim bor.
Bizning qishloqda buloq mavjud bo`lib tarix shunga borib taqaladi. Suvning shirinligi dastlabki Shirinbuloq, shirmon non shaklida chiqishi esa Shirmonbuloq nomini taqdim etgan. Hozirgi kunda so`lim dam olish joylariga ega. Bu suvdan davolash vositasi sifatida ham foydalaniladi. http://foto.mail.ru/mail/saidalixon/...nbuloq/98.html |
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|
|
#29 |
![]() TDShI, xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti fakulteti
talaba
Сообщений: 37
+ 31
36/23
– 0
0/0
![]() |
Men Sergeli tumanida tug'ilib o'sganman. Lekin Sergeli tumanini hamma turlicha talaffuz etadi. Aslida Sergeli tumanining nomi Sergey Li ismli insonning nomiga atab qo'yilgan. Bu insonning Sergeli tumaniga foydasi ko'p tekkan deb eshitganman.
|
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|
|
#30 | |
![]() |
Цитата:
Бу жой номининг келиб чикиши хакида яна куйидаги тахминлар бор. Сиргали ота деган авлиё номига куйилган. Бу манбани "Хидоят сари" журналида укигандим. Афсуским, журналнинг чиккан йили ва сонини эслай олмадим. Кейинги вариант. Абдулазиз Мухаммадкаримовнинг "Тошкентнома" китобида баён этилган. манбада айтилишича, Сергели мавзеси йулдош шахарча сифатида Тошкент худудига кушилган. 1966 йилда бошланган туманнинг асосий укини умумшахар маркази билан богловчи Сергели шохкучаси ташкил этади. Туманнинг асосий кисми илгари Бешёгоч дахасининг Нугойтоштепа (Чоштепа) мавзеси булган. Топономик манбаларга кура козок элатининг таркибида учта кабила гурухлари булган. Жойнинг Сергели деб номланиши хам Тошкент худудида козок элатининг сергели кабиласи яшаганлигидан далолат беради. |
|
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|