|
Toshkent shahri nomining kelib chiqishidan boshlab bersam...
Eramizdan avvalgi II asrlarda va eramizning boshlarida Toshkent shahri Chirchiq vohasining eng boy suv zahiralariga, yer osti boyliklariga, yaylov va ekin maydonlariga boy o'lka bo'lgan Qanqa va Kushon davlatlariga qarar edi. Zardoushtiylarning qadimiy muqaddas kitobi "Avesto"da Sirdaryo havzasidagi mamlakat Turon aholisi esa "tur"lar deb yuritilgan bo'lsa, Sosoniylar shohi Shopurning Zardushtiylar ka'basidagi 262 yildagi qo'lyozmalarida Chirchiq vohasi Choch nomi bilan atalganligi eslatib o'tiladi.
Keyinchalik (VI-VII asrlarda) Choch g'arbiy turk hoqonligi tarkibiga, so'ng arab xalifaligi tarkibiga kirgan.
Beruniy o'zining "Hindiston" asarida Toshkent nomining kelib chiqishi to'g'risida fikr yuritib, "tosh so'zi turkcha ism bo'lib, "shosh" ko'rinishini olgan. Toshkent - toshli qishloq demakdir",- deb izohlaydi.
|