|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#2021 |
Сообщений: 27
+ 0
0/0
– 0
0/0
![]() |
INTIQLIK
Tuni bilan yoqqan yomg’irlar Yuvib o’tdi tonglar yuzini. Men izladim o’zim uchun sir Bo’lgan baxtning yorug’ yuzini… Keldimi deb sendan xabarlar Eshiklarni necha bor ochdim. Daydi shamol bebosh boladay Derazamni sindirib qochdi! Tuni bilan qiynaldi yurak Yeta olmay nur yo’llariga. Isming qo’ndi kapalak kabi Goh tushimga, Goh qo’llarimga… Sen kelmading, Biroq bu gal ham… Men kunning qon yuziga boqib — o’ijimlanib otilgan xatday — Yuragimni yubordim yoqib!.. …Tuni bilan yomg’irlar yog’di… Zebo Mirzo |
|
Ответить |
![]() |
#2022 |
Сообщений: 27
+ 0
0/0
– 0
0/0
![]() |
Sizni tushlarimda ko’rsam, sig’insam,
Og’ir botmasmikan? Ozor yetmasmi? Tunlar o’zim bilmay sizni sog’insam, Bu gunohdan yerlar yutmasmi? Yoningizga xayolan borsam, Quvmaysizmi, haydamaysizmi? Hislarimni sizga ishonsam, kulmaysizmi, aldamaysizmi? Ishq — bor, deb tunlarga ertaklar aytsam, La’natlamaysizmi, yig’latmaysizmi?.. Nega indamaysiz, Nimaga jimsiz? Ishona olasizmi? So’ragum… Axir, qon yutib zor qarg’amoqqamas, Sevmoqqa yaralgan yuragim!.. Axir, nikohlandim nigohingizga, Bilmaysiz, bu sirni kimdan o’rgandim. Azizim, Ishq — mening tushimda olgan Bitta bo’sangizdan ko’rgan farzandim!.. Zebo Mirzo |
|
Ответить |
![]() |
#2023 |
Сообщений: 27
+ 0
0/0
– 0
0/0
![]() |
Duo qilaylik... baxt tark etmasin.
Duo qilaylik... omad ketmasin... bizlardan! Duo qilaylik... fayz tark etmasin. Duo qilaylik... iymon ketmasin... bizlardan! (qo‘shiqdan, dildagi satrlar) Последний раз редактировалось Dilmurod1996; 18.08.2016 в 23:54. |
|
Ответить |
Реклама и уведомления | |
![]() |
#2027 | |
AKA:Shokir Yo'ldosh
Сообщений: 6
+ 0
0/0
– 0
0/0
![]() |
Цитата:
|
|
|
Ответить |
![]() |
#2028 |
AKA:Shokir Yo'ldosh
Сообщений: 6
+ 0
0/0
– 0
0/0
![]() |
Men ham maktab davrlarimdan beri she'r mashq qilaman. Lekin hali biror ustoz ko'rganim yo'q.
Kuni kecha shu forumda she'rlarni o'qib qoldim va o'zimning ham ijod mahsullarimdan joylashga ahd qildim. O'ylaymanki befarq bo'lmaysiz va munosabatingizni bildirasiz... Qulflamay qo'ydim darvozalarni, Chiroqlar o'chishni unutgan butkul. Sira eshitmayman ovozalarni, Qaytib kelishingga ishonaman, Gul. Ko'nglimda umidim uchquni yoniq, Alanga oladi tun yorgan kunday. Kechikib bo'lsa ham kelishing aniq, Axir fizikaning qonuni shunday. Faqat shu ilinjla borman dunyoda, Ismingni aytishdan tolimaydi til. Ko'p marta ko'rganman, hamma kinoda, Jinoyat joyiga qaytadi qotil. Qaytib kelishingga ishonaman, Gul... Shokir Yo'ldosh |
|
Ответить |
![]() |
#2029 |
AKA:Shokir Yo'ldosh
Сообщений: 6
+ 0
0/0
– 0
0/0
![]() |
Bugun minbardaman ovozim baland,
Kecha jim bo'lganim yodimga tushar. Qo'llarim uzunu yurakda kamand, Kecha kim bo'lganim yodimga tushar. Do'q ursam bulutlar yig'laydi bugun, Quzg'unlar, burgutlar yig'laydi bugun, Do'stlar ko'p quchoqqa sig'maydi bugun, Kecha kim bo'lganim yodimga tushar. Dil tutsam dilimga qo'nar kapalak, Dilimni o'ziday yo'nar kapalak, Ba'zida bad nafsim otsa hakalak, Kecha kim bo'lganim yodimga tushar. Gohida nodonlar chiqar yo'limdan, O'zicha hoqonlar chiqar yo'limdan, Rost-yolg'on nolonlar chiqar yo'limdan, Kecha kim bo'lganim yodimga tushar. Ko'rmadim uzilmay qolgan yaproqni, Yashirib bo'lmaydi dilda titroqni, Har safar ezishdan oldin tuproqni, Kecha qum bo'lganim yodimga tushar. Yana qum bo'lmog'im yodimga tushar. Shokir Yo'ldosh |
|
Ответить |
![]() |
#2030 |
AKA:Shokir Yo'ldosh
Сообщений: 6
+ 0
0/0
– 0
0/0
![]() |
Zaynabga…
Yigirmaga kirmay turib, Yondirilgan gul - Zaynab. Hali to'yi bo'lmasdanoq Yordan ayro tul - Zaynab. Mehr berib, zahr ko'rgan, Ko'ksi to'la o'q edi. Kumush otlig' kundoshi bor, Lek tundoshi yo'q edi. Shum taqdirning yozug'idan Qochib qayga borsin u. Yiring to'lgan yuragini Yig'lab kimga yorsin u. Kumush kelgach qani obro'? Bo'ldi endi kim Zaynab? O'zga uxlar yor qo'ynida, Lek shunda ham jim Zaynab. Qarg'amasdan bechorani, Bir oz o'ylab ko'ring siz. Irodangiz yetsa agar, Bir kun Zaynab bo'ling siz. Yilda bir bor yor quchsa ham Qo'g'irchoqni quchgan u. Kumush ichgan zahar oshni, Uch yil kunda ichgan u. Suygan ammo suyulmasdan, Yondirilgan gul - Zaynab. Hali to'yi bo'lmay turib, Yordan ayro tul - Zaynab. Sevgan - yakka xatosi shu, Zaynabni ham oqlagin. Sevilmaslik balosidan, Tangrim, o'zing saqlagin. Sevilmaslik balosidan, Tangrim, o'zing saqlagin. Shokir Yo'ldosh |
|
Ответить |
Реклама и уведомления | |
|