Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Учебные заведения > Школы
Знаете ли Вы, что ...
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Школы Школьные темы


 
 
Опции темы Опции просмотра
Старый 25.07.2008 21:47   #1  
Аватар для Aziza Abdunabiyeva
Оффлайн
akademik litsey
o'quvchi
Сообщений: 338
+ 760  368/178
– 0  0/0

UzbekistanМой мир
O'qituvchilarni qiynayotgan muammo - Qog'ozbozlik!

"Bugungi kunda murabbiylik qilib, “ustoz” degan sharafli nomni o’z ustilarida ko’tarib yurgan muallimlarni ko’p tanqid qilamiz. Ularning kamchiliklari, kasblariga vijdonan yondashmayotganlari haqida ko’p gapiramiz. Lekin, besh qo’l hech qachon barobar bo’lmagan. Bugun ham serg’ayrat, mohir murabbiylar, o’zlarini tarbiya-yu bilim berishga baxshida qilgan o’qituvchilar ko’p. Lekin , keyingi yillarda yaxshi muallimlar ham yayrab ishlayolmayaptilar. Chunki, maktablarda bilim berish, bola tarbiyasi emas, birinchi o’rinda qo’g’ozbozlik turadi. Bechora o’qituvchilarning bolalar bilan sinfdan tashqari turli mashg’ulotlar olib borish u yoqda tursin, hattoki ertangi darsiga yaxshilab tayyorlanib olishiga imkoni yo’q. Sababi, qo’liyam, hayoliyam doim band – bir arava qog’oz to’ldirishi kerak!

Maktablarga kelgan tekshiruvchilar kamdan-kam darslarni tekshiradi. O’zlariyam (balki ulargayam qiyindir) botmon-botmon qog’oz to’ldirib ketishadi. O’qituvchilar o’lardek ishlasa-yu, qog’ozga tushirmagan bo’lsa, tamom, ishlagani yolg’on! O’n kishi guvohlikka o’tsa ham befoyda, tekshiruvchilar faqat qog’ozga ishonadi! Qarabsizki, eng namunali o’qituvchi ham qog’ozbozlikka o’tishga majbur… Axir tirikchilik kerak, ularning esa bundan boshqa ishlari yo’q.

Bu to’g’ri yo’ldan chalg’ishmasmi? Boya ta’kidlaganimdek, o’qituvchilar o’z ustilarida kam ishlashadi deb jar solamiz, ammo, tan olishimiz kerak, bola bilan muallim orasiga qog’ozdan devor urilib ketganini. Shogirdidan tuzukroq hol so’rashga vaqt topish imkonsiz bo’lgan holatda jild-jild kitobni qanday o’qisin?

Har bir oilaning o’z maqasadlari, intilish, rejalari bo’ladi. Ha deganda, chaqirilmagan mehmon kelaversa, turmushning tinchi buziladi, ro’zg’or ishdan chiqadi, to’g’rimi? Maktab ham bir oila emasmi? Axir, u - buyuk ijodxona, ertangi kunning egalari tayyorlanadigan muqaddas dargohm-ku? U yerda “ustoz” degan fidoyilar ijod qilmoqda, ularga halaqit bermaslik kerak, menimcha. Siz nima deysiz?"
Оффтоп:

Qog’ozbozlikni yo’q ko’rgali ko’zim,
Qurib ketmaydimi har qanday qog’oz!
V.V. Mayakovskiy
* * *
“Qog’ozbozlikni yo’q ko’rgali ko’zim”
Deya o’tdi-ketdi, ko’z yumib shoir.
Bugun toqatimda qolmayin to’zim,
So’zlarman huddi shu xususga doir.

Mening yumush joyim qutlug’ bir dargoh,
Kasbim ham hurmatli: ustoz, muallim.
Ilmu go’zllikdan aylabon ogoh,
Pok dil bolalarga so’ylayman ta’lim.

Ishimiz ho’p ajib, serzavq, serzahmat,
Ishlagan sari dil ishga oshiqar.
Bir yon bolalardan yog’ilar rahmat,
Bir yonda shod edi bizdan boshliqlar.

Har kuni yangi bir yumushni boshlab,
Tashabbus ko’rsatib etdik jonbozlik.
Ammo qay kunidir ko’ngilni g’ashlab,
Oraga suqildi shum qog’ozbozlik!

Ta’blar xiralangan misli oynakday,
G’ayratlarga soya tushdi shu lahza.
Ishonch, faoliyat, yurak poygakda
To’rda qog’ozbozlik, qo’llari paxsa!

Ketma-ket keluvchi tekshiruvchidan,
Ora kunda olti desam ham ozdir.
Har bir muallimning chiqarib misin,
Surishtirar turli-tuman qog’ozni.

Kitob o’qiingmi, isbotin rostla,
Mazmunin g’ing demay qayta ko’chir, yoz!
Ko’rgan kinoyingni tushir qo’g’ozga,
Yo’qsa, tekshiruvchi also kechirmas.

Siyosiy hayotda kunda yuz xabar,
Barisin ko’rib chiq, ham ayla ro’yhat.
Zo’r olim yozibdi bir yangi asar,
O’qib chiqqanim rost, deya ber tilxat!...

Allakim boshliqni, boshliq-chi, bizni,
Tinmay qistov qilar:bo’ldir, ha bo’ldir!
Kelganlar so’ramas ish-pishingizni,
Avval bu la’nati qo’gozni to’ldir!

Ishlar o’lda-jo’lda, qo’llar qog’ozda,
Ko’zlarim darvoza oldida kezar.
Pichirlash qayoqda, baland ovozda,
Odil tekshiruvchin kutgum intizor!

Kelaqol, kutganim, qog’ozdan tezroq
Ishchan qo’llarimni aylagin xalos.
Axir ishlarim ko’p bundan tig’izroq,
Qog’ozlar ichida g’ijimlandim, rost!

Jamiki eng muhim vazifalarning,
Muhimi emasmi kasbim, yumushim?
Axir bu Vatanning zarur odamin,
Tayyorlab berishlik, mening-ku ishim!

Yurak qilmas ekan urishni kanda,
Halol mehnat bilan bergumdir ovoz.
Kelajak qurishday yumush turganda,
Qurib ketmaydimi har qanday qog’oz!!!


Tursunoy Sodiqova

Последний раз редактировалось Ibragim Yermatov; 15.08.2008 в 14:16.
Ответить 
 
Опции темы
Опции просмотра




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх