Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


 
 
Опции темы Опции просмотра
Старый 02.07.2010 12:04   #1  
Known ID Group
Аватар для Bekmirzo
Оффлайн
Сообщений: 1,253
+ 1,042  1,526/636
– 63  80/43

Uzbekistan
Smile G'oyat ko'rkam bu shaharda go'zal qizlar ko'p muncha?..

Yoz faslining ayni hozirgidek qaynoq kunlari ekan. Katta shahardagi talaba o'g'lini ko'rishga qishloqdan kelgan bobo taassurotlarga to'la safaridan qaytish oldidan, o'g'liga shunday degan ekan:

G'oyat ko'rkam bu shaharda go'zal qizlar ko'p muncha?
Sariq, malla boshlilarni unutmasman o'lguncha.

“Chavo-chavo” deb biriga men o'zbekcha so'z qotdim,
U o'zbekcha gapirganda, o'zimni-da yo'qotdim.

Saqich chaynab, “achka” taqqan kalta sochli go'zallar
“Mo'da”larni quvib-quvib, bir-biridan o'zarlar.

Ular kiygan yarim ko'ylak ikki cheti so'kilgan,
Ko'zi tushgan yigit borki, “o-oh” urgancha o'kirgan.

Nima, ulim, bu shaharda igna minan jip jo'qma?
Yirtiq kiyim ko'rgan kulmas, ko'ngil shunga yo to'qma?

Bundaylarga duch kelsam-ey, dilim andak g'ashlanar,
Oqshomlarda yirtiq joydan chaqmaydimi pashshalar?

Endi aynam, safar qarib, men qishloqqa qaytaman,
Lekin, ketar chog'im senga bitta gapni aytaman:

Yaxshiyamki, apkemapman qari qaysar enangdi,
“Jirtiq yupka apper” derdi, ko'rar eding kinangdi.

Yupkasiyam boshdan qolsin, kiysa, ko'ngli to'lardi,
Lekin, “shortik kiying siz” deb, menga balo bo'lardi...

PS: She'r muallifi menga noma'lum...
Ответить 
"–" от:
 
Опции темы
Опции просмотра




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх