Цитата:
Сообщение от Feruza Xodjayeva
Ассалом алайкум Иззатилла ака. Айни кунларда ТВда "Хафа қилманг қизларни" қўшиғингиз айланяпти. Қўшиқ клипида қизингиз мактаб ўқувчиси ролини маромига етказиб ижро этган. Бу қўшиқни эшитган қиз, аёл борки, аёл бўлиб яралганидан боши осмонга етади. Аввало қўшиқ учун катта раҳмат.
Сир эмас, баъзи оилаларда фақат қиз бола туғилиши ва баъзан бу ҳолатдан ҳатто оиланинг бузилиб кетишигача бўлган ҳолатлар кузатилади. Айнан шу мавзуда қўшиқ яратиш ва клип ғояси сизда нима сабабдан ва қачон пайдо бўлди?
|
Aslida bu qo'shiqni dunyoga kelishi navbatdagi yangi ijod qilishga qo'l urganimizda, Ibrohimaka Jiyanovdan biz bop qanday yangi she'rlar bor deb murojat qilganimizda bir ko'rib chiqing deb bir nechta she'rlar berdilar va o'shalar ichida birinchi bo'lib meni e'tiborimni o'ziga tortgan she'r aynan mana shu 'Hafa qilma qizlarni" she'ri. She'rni men darhol Ruslanaka Sharipovga e'ltib berdim va aynan men hohlagan qo'shiq dunyoga keldi. Klip goyasi e'sa qo'shiqni mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, aynan meni talab-istagim b-n shunday suratga olingan. Sababi ko'p hollarda oilada qiz farzand tugilsa bazi bir 'E'RKAKLAR" goyoki qiz bola farzand emasday, o'z hollaricha siqilib e'h o'gil bo'lganda unday bo'lardi-bunday bo'lardi deb nolib qolishadi. Ana o'shalarni zaharlangan fikriga tozalik urugini sepish uchun ishlangan klipdir. Meni fikrimcha qo'shiq jajjigina qizaloqlardan tortib ma'lum yoshdagi barcha opa-singil va ayollar, hamda aziz onajonlarimizga ham juda ma'qul bo'lgan. Chunki men buni aynan mana shu qo'shigimiz har-hil tadbirlarda yangraganida tiglovchi ayollarimizni ko'zlaridagi quvonchlaridan juda ko'p marotaba sezganman.