Цитата:
Сообщение от xshom
Цитата:
Сообщение от Bekmirzo
Respublika Oliy va o'rta-maxsus ta'lim vaziri o'zgartirilibdi.
|
Bekmirzo, хабарингиз "Кун мавзуси"га тугри келади, менимча. Ёки шу вокеанинг сабжга алокасини курсатиб утсангиз.
|
Hurmatli
xshom,
ushbu xabar Forumning kamida 25-30 ta mavzusiga to'g'ri kelsa kerak.
Prezident farmoni bilan 26-fevralda vazirlik lavozimidan bo'shatilishi A. Parpiev va G'.Shoumarovlarning korruptsiyaga berilganlik, ikkala vazirlik va ta'lim dargohlarida poraxo'rlik avj olganligi va natijada yosh avlodning savod darajasi pasayib ketayotganligi tufayli bo'lgan, degan uzunquloq gaplar bor. Ya'ni, ushbu mavzu qahramonlari bo'lgan yoshlarimizning savodsizligiga aynan shu ikkala vazirlik, jumladan, nomlari ko'rsatilgan ikkala shaxs bevosita javobgar hisoblanishadi.
Xabarning ushbu mavzudan joy olganligiga sabab shu edi...