Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Знаете ли Вы, что ...
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :)
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 28.05.2009 19:53   #91  
Real ID Group uParty Member Ultimate
Аватар для Shomurodov Shohruh
Оффлайн
AKA:xshom
Сообщений: 1,872
+ 1,707  983/610
– 218  30/25

UzbekistanОтправить сообщение для Shomurodov Shohruh с помощью Skype™
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Цитата:
Алишер Навоийнинг "Хамса"сидаги "Садди Искандарий" достонида "Искандар била ул гадолиг ихтиёр этган подшох хикояси" берилган. Искандар гадони подшох килиб кутармокчи булади. Бирок гадо розилик бермайди. Искандар илтимос кила бергач, у гадо илгор кишиликнинг орзу-хавасларини турт шартда жамгариб, шу турт шарт Искандар томонидан бажарилса подшо булишга рози эканини айтади.
Искандарнинг кулидан бу шартларни бажариш келмайди ва гадо уз йулида давом этади.

Савол: Навоий гадо тили ила башариятнинг кайси турт эзгу орзуларини ифодалаган?
Menimcha, tugamaydigan boylik, kasalliksiz sog`lik, qarimaydigan yoshlik va yana nimadir edi, aniq bilmayman lekin, xato bo`lsa kechirasizlar.
Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 01.06.2009 15:58   #92  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от xshom Посмотреть сообщение
Menimcha, tugamaydigan boylik, kasalliksiz sog`lik, qarimaydigan yoshlik va yana nimadir edi, aniq bilmayman lekin, xato bo`lsa kechirasizlar.
Yana javob variantlari bormi?
Ответить 
Старый 02.06.2009 00:44   #93  
Real ID Group uParty Member Ultimate
Аватар для Shomurodov Shohruh
Оффлайн
AKA:xshom
Сообщений: 1,872
+ 1,707  983/610
– 218  30/25

UzbekistanОтправить сообщение для Shomurodov Shohruh с помощью Skype™
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Yana javob variantlari bormi?
Umumiy holda esladim, aniq lekin esimga kelgani yo`q.
Ответить 
Старый 02.06.2009 15:13   #94  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Савол: Навоий гадо тили ила башариятнинг кайси турт эзгу орзуларини ифодалаган?
Цитата:
Жавоб: Хазрати Низомиддин мир Алишер Навоий "Садди Искандарий" достонида гадо тилидан башариятнинг куйидаги эзгу орзуларини ифодалайди:
1. Абадий хаёт;
2. Абадий ёшлик;
3. Абадий давлат, лекин халол булиши шарт;
4. Абадий шодликким, охирида гам-гусса, мотами булмасин.
Табиий, Искандарнинг кулидан бу шартларни бажариш келмайди.
Ответить 
"+" от:
Старый 13.07.2009 19:53   #95  
uParty Member
Аватар для Gulnora Voisova
Оффлайн
Сообщений: 589
+ 1,042  486/242
– 0  0/0

Uzbekistan
Цитата:
Сукар Гомер Феокритни
Факат укир Адам Смитни...
Юкорида таъриф берилаётган кимса ким?
Ответить 
Старый 22.07.2009 13:26   #96  
uParty Member
Аватар для Gulnora Voisova
Оффлайн
Сообщений: 589
+ 1,042  486/242
– 0  0/0

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Kumushoy Посмотреть сообщение
Цитата: Сукар Гомер Феокритни Факат укир Адам Смитни... Юкорида таъриф берилаётган кимса ким?
Саволни ноурин ва мавхум килиб берганим учун жавобини хам узим бераман.Бу кимса Пушкиннинг Евгений Онегин асаридаги Онегинга берилган таъриф эди.Русчадан таржима килган шоир Мухаммад Алимиди..Ёшрок бир шоир булиши керак аник эсимда йук.
Цитата:
Умрин хаёт садоларига
Бахш этмокка йук унда хавас
Ямб ва Хорей ароларида
Не фарк бордир уринманг билмас.
Сукар Гомер Феокритни
Факат укир Адам Смитни
Иктисодчи эди у демак
Мушохада киларди андак
Кандай килиб бойийди давлат?
Нима билан кечирар хаёт.
Булса унда оддий махсулот.
Нечун булмас олтинга хожат?
Ответить 
"+" от:
Старый 17.09.2009 12:42   #97  
uParty Member
Аватар для Umida Shodiyeva
Оффлайн
академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132  424/181
– 0  1/1

Uzbekistan
Цитата:
|Adabiyot o'ladimi?

Adabiyot,bu so'z arab tilidagi "adab" ya'ni "odob" so'zidan olinganligini deyarli barchamiz bilamiz. Ushbu so'zga qarama-qarshi ravishda bir so'z qo'llanurki u so'zni ustoz Abdulla Avloniy o'z asarlari bo'lmish "Turkiy guliston yohud axloq" da,"Anoniyat" deya yuritganlar va unga quyidagicha ta'rif beradilar:"Anoniyat deb xudbin,mutakabbir, manmanlikni aytilur. Manmanlik johilona kibru g'ururdan paydo bo'ladurgan eng yomon xulqlardan biridur".
Ta'rifni tahlil qiladigan bo'lsak, Anoniyat shunday bosiladigan tamg'aki,u muxrlangan egasining bilimsizligi, manmanligi va yomon xulqliligidan xabar beradi.
Darhaqiqat,bugungi kunda adabiyotni qotib qolgan fan,yoinki eskilik sarqitining mahsuli deb tushunuvchilar ham yo'q emas. Bundaylar uchun esa bir kichik tajriba o'tkazamiz. Siz bor yo'g'i bir hafta mobaynida hech qanday kitob,maqola va she'r o'qimaysiz,hech qanday go'zallikka qaramaysiz,hech qanday filmni tomosha qilmaysiz,hech qanday musiqa tinglamaysiz (bular sirasiga tabiat musiqalari ham kiradi) va hech kim bilan xushmuomala bo'lmaysiz ya'ni qo'rs bo'lasiz. Xo'sh,bir haftadan keyin,yon atrofingizda siz bilan hamsuhbat bo'ladigan biror kimsa qolarmikan. Bunday holatdan so'ng esa hatto eng go'zal deb hisoblaydigan hilqat ham siz uchun eng xunuk bo'lib ko'rinadi. Endi esa bularning adabiyotning o'limiga qanday aloqasi borligini isbotlab berishga urinib ko'raman. Siz bir hafta mobaynida kitobni ochib ham ko'rmadingiz,demakki fikrlashdan bir haftaga to'xtadingiz. Siz go'zalliklarga beparvo bo'ldingiz, hayotdan zavqlanishdan bir haftaga chekindingiz. Siz filmlarni ko'rmay qo'ydingiz, jamiyatdagi o'sishdan bir haftaga oqsadingiz. Siz o'zingizga xush yoquvchi biror qo'shiq ham tinglamadingiz, shubhasiz asabiylashdingiz. Siz hamma bilan qo'rs munosabatda bo'ldingiz va buning oqibatida sizga nisbatan hech kim muloyim bo'lmadi. Demak,siz adabiyotsiz yashay olmaysiz.
Agar biz so'zlagan har bir so'zimizda, har bir kitob, maqolamizda tinglagan har bir qo'shig'imizda, ko'rgan har bir filmimizdan odobni, adabiyotni topa olmasak undan qandaydir go'zallik yoki ozuqani emas balki, qandaydir xudbinlik, zaharni yuqtirib olamiz. Ana unda biz adabiyotimizni o'zimiz o'ldirgan bo'lamiz. Adabiyot o'lsa shubxasiz anoniyatning g'alabasi bo'ladi.
So'nggi so'z o'rnida demoqchimanki, biz insonlar ongi doimo go'zalikka, yaxshilikka intiladi va bu intilish o'z-o'zidan fikrimiz tarbiyasiga, odobiga, adabiyotiga ta'sir qiladi. Agar bularning aksi bo'lsa demakki, ongimizni egallab olgan anoniyat o'z g'alabasini nishonlayotgan ekan.

Arjumandbonu
Umida.Sh
Ответить 
Старый 17.09.2009 12:55   #98  
Аватар для Robiya
Оффлайн
ученик
Сообщений: 35
+ 194  57/23
– 0  0/0

Uzbekistan
Цитата:
Adabiyot o’ladimi?

Ruhiy kamolot vositasi sanalgan badiiy adabiyotlar san’at turlari orasida alohida o’rin tutadi. Badiiy adabiyotning asosini esa so’z tashkil etadi. So’z yordamida nafaqat voqea hodisalar, balki turli xil o’ylardan tortib,ko’ngil torini chertguvchi nozik tuyg’ularni ham ifodalash mumkin. Shu sababdanmi adabiyotga “ruhiy kamolot vositasi” deya ta’rif beriladi. Insonning hayollari, istaklariyu armonlari badiiy adabiyotda aks etadi va unda tasvirlangan hayot serqirra va ta’sirli ekanligi bilan kishi e’tiborini o’ziga tortadi.
Adabiyot shunday san’atki, unda inson hayotining buguni qan-day tasvirlansa, o’tmishi va kelajagi ham shunday aks ettiriladi. Badiiy asarda fikr aytish bilan kifoyalanmay insonning qalbiga ta’sir ko’rsatishga alohida e’tibor beriladi.
Har bir millatning qiyofasini belgilashda uning adabiyoti hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Chunki adabiyot milliy ruhni aks ettiradi. Ammo bugungi kunda har bir adabiyot namunalari ham milliy ruhimizni aks ettiravermaydi. Shunchaki nom qozonish maqsadida yengil-yelpi asarlar yozib, omma e’tiboriga havola etayotgan “chala yozuvchilar” ham talaygina. To’g’ri asar yaratish hammaning ham qo’lidan kelavermaydi. Lekin bu yaratilgan asarlar ozgina bo’lsada inson qalbiga yo’l topsa va uni yaxshi yo’lga yetaklasagina u haqiqiy asar bo’ladi. Axir asar yozishdan ham maqsad shu emasmi? Yaratilayotgan har bir asarda o’y-fikrlar emas, milliyligimiz, milliy ruhimiz, qadryatlarimiz aks ettirilgan asarlar yaratishsa yaxshi bo’lar edi. Lekin bu so’zlarimiz bilan hamma asarlarni ham qoralamoqchi emasmiz. Faqat nomigagina yaratilayotgan asarlar ham borligini aytib o’tmoqchimiz va bu asarlar borgan sari adabiyotimizni yo’qolishiga sabab bo’lishi mumkinligi bizni havotirga solmay qolmaydi. Buning natijasida esa adabiyotimiz halokat yoqasiga kelib qolishi va keyinchalik butunlay yo’q bo’lib ketishi mumkin. Adabiyoti bo’lmagan millat esa unitilishga mahkumdir. Negaki millat o’z adiblari va asarlariga tayanib yashaydi. Lekin shunga qaramay bugungi kunda milliyligimiz, milliy ruhimiz aks ettirilgan asarlar borligi bizni quvontirmay qolmaydi va bizning shunday asarlarimiz va ularni yaratuvchi adiblarimiz bor ekan badiiy adabiyotimiz hech qachon o’lmaydi!

TIU qoshidagi akademik litsey o'quvchisi
Teshaboyeva Ziyoda
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 24.09.2009 20:34   #99  
Аватар для Robiya
Оффлайн
ученик
Сообщений: 35
+ 194  57/23
– 0  0/0

Uzbekistan
Adabiyot o’ladimi?

Go’zallik bor ekan,adabiyot o’lmaydi.
Nigora Umarova

Adabiyot barhayotdir… U obihayot misoli insonga kuch bag’ishlab turadi. Dunyodagi butun borliq,jamiyki tabiat in’omlari shoir mo’yqalamida aks etadi. Borliq latofatidan ilhom olgan adib go’zaldan go’zal she’ru g’azallar bitadi. Bitilgan bunday she’rlar inson ruhiyatiga ijobiy ta’sir o’tkazadi. Inson ichki kechinmalari aks ettiril-gan dilkash she’rlardan ma’lum ma’noda quvonadi. Quvonishi uning sog’lig’iga foyda keltirib,umrini uzaytiradi. Qarang-a,adabiyot barcha sohalar bilan chambarchas bog’liq ekan. Jumladan,tibbiyot, musiqa,geografiya,astronomiya va tarix. Bu fanlarning barchasida so’z san’ati bo’lmish adabiyot muhim rol o’ynaydi. Masalan,tibbiyot sohasini olsak,bemorni tabib xadeb turli xil dori vositalari bilan davolasayu, bir og’iz shirin so’z ila ko’nglini ko’tarmasa qilingan barcha muolajalar besamar suvga oqib ketadi. Aksincha tabib shirinsuhanlik ila bemor ko’ngliga oz miqdorda bo’lsa ham yo’l topib,uni hayotga qaytarar ekan bundanda savobliroq ish yo’qdir albatta. Demak,biz adabiyotni barcha fanlarning onasi desak yanglishmagan bo’lamiz. Agar onamiz dunyoni tark etsalar yoki bo’lmasa kichkina murg’ak go’dakning yarim daqiqa onasidan yiroqlashuvidagi xarxashalari yuraklarimizni larzaga keltiradi. Adabiyot ham biz uchun onamiz kabi hayotimiz mazmuniga aylanishi lozim. Zero,adabiyot bu dunyoda yo’q bo’lar ekan,hayotimiz ham ostun ustun bo’lib ketadi.

Последний раз редактировалось Robiya; 24.09.2009 в 20:37.
Ответить 
Старый 25.09.2009 01:18   #100  
uParty Member
Аватар для Umida Shodiyeva
Оффлайн
академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132  424/181
– 0  1/1

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Robiya Посмотреть сообщение
Adabiyot o’ladimi?

Go’zallik bor ekan,adabiyot o’lmaydi.
Nigora Umarova

Adabiyot barhayotdir… U obihayot misoli insonga kuch bag’ishlab turadi. Dunyodagi butun borliq,jamiyki tabiat in’omlari shoir mo’yqalamida aks etadi. Borliq latofatidan ilhom olgan adib go’zaldan go’zal she’ru g’azallar bitadi. Bitilgan bunday she’rlar inson ruhiyatiga ijobiy ta’sir o’tkazadi. Inson ichki kechinmalari aks ettiril-gan dilkash she’rlardan ma’lum ma’noda quvonadi. Quvonishi uning sog’lig’iga foyda keltirib,umrini uzaytiradi. Qarang-a,adabiyot barcha sohalar bilan chambarchas bog’liq ekan. Jumladan,tibbiyot, musiqa,geografiya,astronomiya va tarix. Bu fanlarning barchasida so’z san’ati bo’lmish adabiyot muhim rol o’ynaydi. Masalan,tibbiyot sohasini olsak,bemorni tabib xadeb turli xil dori vositalari bilan davolasayu, bir og’iz shirin so’z ila ko’nglini ko’tarmasa qilingan barcha muolajalar besamar suvga oqib ketadi. Aksincha tabib shirinsuhanlik ila bemor ko’ngliga oz miqdorda bo’lsa ham yo’l topib,uni hayotga qaytarar ekan bundanda savobliroq ish yo’qdir albatta. Demak,biz adabiyotni barcha fanlarning onasi desak yanglishmagan bo’lamiz. Agar onamiz dunyoni tark etsalar yoki bo’lmasa kichkina murg’ak go’dakning yarim daqiqa onasidan yiroqlashuvidagi xarxashalari yuraklarimizni larzaga keltiradi. Adabiyot ham biz uchun onamiz kabi hayotimiz mazmuniga aylanishi lozim. Zero,adabiyot bu dunyoda yo’q bo’lar ekan,hayotimiz ham ostun ustun bo’lib ketadi.
Darhaqiqat, inson tarbiyatni ham, zakovatni ham, mehrni ham, hattoki madaniyatni ham adabiyot orqali o'rganadi va shubhasiz o'rgatadi.
Ответить 
Ответить
Опции темы
Опции просмотра




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх