Цитата:
Сообщение от JasurBek Urinboev
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova
|
Manimcha 9-sinfgacha o'tish kerak. Chunki, hozir e'tibor berayotgan bo'lsangiz, 9-sinfni bitirib kamdan-kam o'quvchilar musiqa kollejlariga borishadi. Hozirgi kunda ayni qo'shiqchilarni ko'payib borayotgan zamonda hech bo'lmasa ozgina bo'lsada musiqadan xabar olib keyin qo'shiq aytishsa deyman.
Musiqa fanini foydasi bo'lsa bordirki, lekin zarari yo'q. Masalan man ham deyarli barcha musiqa asboblarini bemalol chala olaman, qanday qilib qo'shiq aytish kerakliginiyam bilaman, lekin qo'shiqchi bo'lmasam ham o'zim uchun juda ko'p foydali tomonlarini ko'raman, masalan juda tushkunlikka tushganimda ba'zan ijod qilaman, o'zim musiqa yaratishga harakat qilaman. Agar sezsangiz, biror bor joyda biror musiqa asbobi turgan bo'lsa, oldidan o'tib ketayotgan har qanday inson, shunga bir marta bo'lsa ham qo'l tekkizib o'tadi, lekin yonida biror sport anjomi turgan bo'lsa, qanday turgan bo'lsa o'shanday qoladi. Yana bilmadim, bu mani fikrim.
|
Agar siz etganingizdek musiqa fanini 9-sinfgacha o'qitilsa,menimcha u darsga hech kim kirmaydi. Chunki hozirgi yoshlarning ko'pi musiqa faniga qiziqmaydi.(Hozirgi kunda honandalarning ko'payib ketishi boshqa masala) Shunday ekan ularning vaqtini bekorga sarf qilishni nima keragi bor? Agar biror bir bola musiqa faniga juda ham qiziqsa, unga musiqa fani chuqur o'rgatiladigan ilm dargohlarida ta'lim olishini maslahat berardim. Chunki baribir maktablarda o'tlayotgan musiqa fani talabga javob bermaydi. Hozirgi kunda musiqa fani shunchaki dars soatini to'ldirish uchungina hizmat qilmoqda! Musiqa asboblari juda ham noyob hisoblanadi .Shuning uchun ham ularni bir marta bo'lsa ham ushlab ko'rish barcha uchun qiziq. Sport anjomlari esa kundalik hayotimizda doimo qo'llaniladi. Cholg'u asboblari bilan sport anjomlarini qiyoslash menimcha to'g'ri emas