Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ИКТ и телеком > Веб-ресурсы и доменные имена
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Веб-ресурсы и доменные имена Раздел про интернет-ресурсы и доменные имена


 
 
Опции темы Опции просмотра
Старый 07.04.2008 23:15   #1  
Аватар для Tenorio
Оффлайн
SSD Software Solutions
Web developer
AKA:Rossoneri
Сообщений: 7
+ 0  1/1
– 0  0/0

UzbekistanАккаунт на TwitterFacebook
Arrow ComSoft.uz - Kompyuter va axborot texnologiyalari haqida o'zbek tilidagi sayt


ComSoft.uz sayti kompyuter va axborot texnologiyalaridagi yangiliklar haqida xabarlar berib boradi. Yangiliklar deyarli har kuni qo’shib boriladi. Bundan tashqari saytda kompyuter modernizatsiyasi, veb-dizayn haqida maqolalar ham o'rin olgan. Sayt kundan kunga rus tilini biluvchilar kamayib borayotganini hisobga olgan holda faoliyatini o'zbek tilida boshlagan. Shu jumladan, dasturlar bo'limidagi hamma dasturlar ham o'zbek tilidagi dasturlardir. Forum va FAQ bo'limlarida esa foydalanuvchilar o'zlarining kompyuter sohasidagi qiziqtirgan savollarini yuborib, javob olishlari mumkin.
Yaqinda yangi – Dasturlash bo’yicha bo’lim ochildi. Unda foydalanuvchilar dasturlash tillarini o’rganish imkoniga ega bo’ladilar. Ushbu saytni ochishdan yana bir maqsad – o’zimizni bilimlarimizni boshqalarga yetkazish, foydalanuvchilar bilan fikr almashish va ular o’rtasida aloqa o’rnatish, kompyuter texnologiyasi haqida faqat ma’lum bir toifadagi odamlar emas, hammaning foydalana olishiga imkon yaratishdir.
Saytdagi hamma ishlar bir guruh talabalar tomonidan bo'sh vaqtda, beminnat va ixtiyoriy ravishda bajariladi. Ayni paytda u homiyga ega emas, hamma harajatlar shaxsiy hisobdan qoplanmoqda.
Bir so’z bilan aytganda rivojlanish uchun dastlabki qadam bosildi. Qolganlari sekin-asta o’tilaveradi. Siz ham rivojlanishga o’z hissangizni qo’shing: ComSoft.uz’ga a’zo bo’ling.

Sherzod Shermuxamedov
TATU talabasi
Ответить 
 




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2026, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх