uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   Веб-ресурсы и доменные имена (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=362)
-   -   ComSoft.uz - Kompyuter va axborot texnologiyalari haqida o'zbek tilidagi sayt (https://uforum.uz/showthread.php?t=4683)

Tenorio 07.04.2008 23:15

ComSoft.uz - Kompyuter va axborot texnologiyalari haqida o'zbek tilidagi sayt
 

ComSoft.uz sayti kompyuter va axborot texnologiyalaridagi yangiliklar haqida xabarlar berib boradi. Yangiliklar deyarli har kuni qo’shib boriladi. Bundan tashqari saytda kompyuter modernizatsiyasi, veb-dizayn haqida maqolalar ham o'rin olgan. Sayt kundan kunga rus tilini biluvchilar kamayib borayotganini hisobga olgan holda faoliyatini o'zbek tilida boshlagan. Shu jumladan, dasturlar bo'limidagi hamma dasturlar ham o'zbek tilidagi dasturlardir. Forum va FAQ bo'limlarida esa foydalanuvchilar o'zlarining kompyuter sohasidagi qiziqtirgan savollarini yuborib, javob olishlari mumkin.
Yaqinda yangi – Dasturlash bo’yicha bo’lim ochildi. Unda foydalanuvchilar dasturlash tillarini o’rganish imkoniga ega bo’ladilar. Ushbu saytni ochishdan yana bir maqsad – o’zimizni bilimlarimizni boshqalarga yetkazish, foydalanuvchilar bilan fikr almashish va ular o’rtasida aloqa o’rnatish, kompyuter texnologiyasi haqida faqat ma’lum bir toifadagi odamlar emas, hammaning foydalana olishiga imkon yaratishdir.
Saytdagi hamma ishlar bir guruh talabalar tomonidan bo'sh vaqtda, beminnat va ixtiyoriy ravishda bajariladi. Ayni paytda u homiyga ega emas, hamma harajatlar shaxsiy hisobdan qoplanmoqda.
Bir so’z bilan aytganda rivojlanish uchun dastlabki qadam bosildi. Qolganlari sekin-asta o’tilaveradi. Siz ham rivojlanishga o’z hissangizni qo’shing: ComSoft.uz’ga a’zo bo’ling.

Sherzod Shermuxamedov
TATU talabasi

Azamat Shamuzafarov 08.04.2008 00:29

а сцылку?

Shuhrat Dehkanov 08.04.2008 02:56

Цитата:

Сообщение от keetano (Сообщение 89863)
а сцылку?

http://comsoft.uz/

Azamat Shamuzafarov 08.04.2008 04:08

сорри что не по-узбекски (не владею) но может вы меня поймете.

1) синяя реклама вверху - это расстрел на месте
2) бесполезная шапка большая и тяжелая - это пытки до осени
3) скин под этот цмс очень устарел морально. поставьте джумла к ней идет много хороших скинов.
4) хорошо что новый сайт на узб.яз
5) плохо что на первой стр так мало новостей. надо выводить побольше.
6) портально-варезный формат когда картинка от новости идет боттом центр - плохо. часто остаются пустые места. не тот случай.

Nodir Sharipov 08.04.2008 08:53

Поддерживаю keetano, только хочу добавить что это вообще то UcoZ с просто прикрученным к нему доменом. Вот поэтому и дизайн из базы Укоза. Рекламный блок от tak.ru отображается в кривой кодировке.
Так же обрадовала кнопка Хостинг Площадка UZINFOCOM с редиректовой ссылкой через http://www.tenorio.t35.com/ccount10/click.php?id=6 :)

Farhod Fayzullayev 08.04.2008 11:00

Ha-a, saytning ko'rinishi (dizayni) uncha yaxshi emas, shriftlar o'ta mayda.

Цитата:

Сообщение от keetano (Сообщение 89874)
портально-варезный формат

juda jonga tegdi

Avaz Ibragimov 08.04.2008 11:14

Juda ham kerakli/foydali resurs. Albatta yuqorida sanab o'tilgan kamchiliklarni bartaraf etasizlar degan umidda yana shuni aytib o'tmoqchimanki, iloji bo'lsa yangiliklar bilan birgalikda yana tahliliy maqolalarni chop etsangiz nur ustiga a'lo nur bo'ladi. Omad! O'zbek tilida mana shunaqa resurslar ko'payaversin.

RSSni topolmadim lekin...

Tenorio 08.04.2008 17:05

Fikrlaringiz uchun rahmat. Kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qilamiz.

Цитата:

Сообщение от Nodir Sharipov (Сообщение 89883)
Поддерживаю keetano, только хочу добавить что это вообще то UcoZ с просто прикрученным к нему доменом. Вот поэтому и дизайн из базы Укоза. Рекламный блок от tak.ru отображается в кривой кодировке.
Так же обрадовала кнопка Хостинг Площадка UZINFOCOM с редиректовой ссылкой через http://www.tenorio.t35.com/ccount10/click.php?id=6 :)

Bu bor-yo'g'i schyotchik edi, xolos :D

Tenorio 08.04.2008 17:13

Цитата:

Сообщение от Bittabola (Сообщение 89938)
Ha-a, saytning ko'rinishi (dizayni) uncha yaxshi emas, shriftlar o'ta mayda.

Цитата:

Сообщение от keetano (Сообщение 89874)
портально-варезный формат

juda jonga tegdi

Bilmadim bu sizni fikringiz. Biz sizga o'xshab 1995-yildagi xatolarga to'la alifboni qaytadan kashf qila olmaymiz. Bizni qo'limizdan kegani shu bo'ldi. Shunchaki, o'zbek tilida kompyuter texnologiyalari haqida saytlar ko'payishi tarafdori edik.

Azizbek Shavkatov 08.04.2008 23:36

Что-то у меня не открывается.


Текущее время: 21:26. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2026, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»