Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > ZiyoNET
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :)
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

ZiyoNET Общественная образовательная сеть ZiyoNET


 
 
Опции темы Опции просмотра
Старый 23.12.2012 11:54   #16  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
ZAMONA ZAYLI…MI?

Iste’dodli yosh qalamkash Nursora Adashboyeva 1992-yilda Toshkent viloyati O`rta Chirchiq tumanida tavallud topgan. “O`zbekiston mustaqilligiga 20 yil” ko`krak nishoni bilan taqdirlangan. Maqolalari turli gazetalarda yoritilmoqda.

* * *

Dilnora yigitlar bilan gap-so`zga qoldi. Buvim: “Shu qiz telefonini qulog`idan qo`ymay, pichir-pichir qilganidan keyin gap-so`zga qoladi-da”,– dedi bir kuni. Dilnoraning onasi buvimga hasrat qilibdi: “Qizimdan vaqti-bemahal xabar olib turamiz, deb sotka olib beribmiz-u, oxirini o`ylamagan ekanmiz. 8-sinfda o`qiyotgan qizim telefon orqali allaqanday yigit bilan tanishib, sevishib ham ulgurganini bilmay qolibman. Endi afsusdaman…”.
Buvim bir xo`rsindi-yu o`z zamonasi, o`tmishi haqida gapira ketdi. “Bizning davrlar boshqacha edi, buvang bilan bir-ikki oy deganda ko`rishsak ham, dillarimiz doimo yaqin, tuyg`ularimiz, tilaklarimiz birga bo`lgan. U paytlar “sotka” degan balo yo`q edi. Nigohlarimiz bir zum to`qnashdi, deguncha ikkimiz ham so`zimizni yo`qotib qo`yar edik. Qancha olisda bo`lsak, shuncha qadrdon bo`lganmiz. Hozir-chi, bu qurib ketgurlar bir kunda o`n marta gaplashmasa, hisob emas-a. Uyingga bug`doy to`lgur, yosh bo`lsang, o`qi, biron kasbning etagidan tut, hayotda o`z o`rningga ega bo`l, hali hammasiga ulgurasan…”. Buvim yana allanimalar deya pichirladi. Men esa sochlari qordek oq, yuzlaridagi taram-taram ajinlari o`ziga yarashgan buvijonimning kuyinishlari bejiz emas, deya xayolga tolaman.
Axir, mana shu sotka emasmi kuni kecha bir baxti bekam oilaning xotirjam kunlariga qora bulut tarqatgan? Mana shu sotka emasmi ikki ko`ngilga g`ulg`ula solgan?.. Allakimningdir sevgi izhori bitilgan SMSi, telefon raqamining bittasi noto`g`ri bosilgani bois, yangi kelinchakning telefon raqamiga kelib tushadi… Ko`ngillarga oralagan shubhalar, ishonchsizlik. Endigina bog`langan ko`ngillarga sovuqlik tushishi uchun bundan ortiq xatolik bo`lmasa kerak…
Mana shu holatlarni eshitib, ko`rib, oddiy hoy-u havasni muhabbat deb bilib, adashayotganlar Alpomishni o`qimagan, Barchinoyning mag`rur va qat`iyligini hech qachon bilmaganliklaridan afsuslanaman.
Muhabbat… U har qanday qismatga zarba beradi. Axir u tuyg`ularning eng musaffosi. Faqat buyuk qalblargina muhabbatni ulug`lashga qodir.
Sevgining quvvatli, shiddatli shakli “ishq” deyiladi. Haqiqiy ishq – Husni mutlaqqa, majoziy ishq odam va olam go`zalligiga bo`lgan oshiqlikdir.
Faylasuflarning: “Chin muhabbat na o`ta dadillik va na yengiltaklikdir; tortinchoqlik uni ehtiyotkor qiladi; muhabbat ko`p narsaga jur`at etmaydi, chunki borini ham yo`qotib qo`yishdan qo`rqadi”, degan purma`no hikmatlari ham Muhabbat atalmish oliy his hech narsa bilan o`lchanmasligi, tenglashmasligi, u – oliy tuyg`u ekanini isbotlaydi.

Nursora ADASHBOYEVA
Ответить 
 




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх