Men ham barchangizning fikringizga qo'shilaman.
Xo'sh nima uchun yoshlar bu yo'ldan ketyaptilar?
Birinchi navbatda esdan chiqarmasligimiz kerak, bu - globalizatsiya jarayoni. Ayni shu maktab yoshida, 8-9sinf paytlarda bolalar juda ham qiziquvchan bo'ladilar. Buning uchun esa o'quvchilarning yomon yo'lga kirib ketymasliklari uchun, biror bir mutaxasis yoki psixolog, bolalarga bu jarayonni nima bilan tugashini, kelajagini bashoratli yo'llar bilan tushuntirishi keraK. Xulosani esa albatta bolaning o'zi chiqarib olaveradi. Ikkinchidan, haqiqatan ham hozirda kuchli, professional o'qituvchi kadrlar juda kam. 8-9 sinflarda qattiqo'l o'qituvchi o'z hukmi o'tqizolmasa, bu juda ham murakkab jarayon.
Albatta, bu savol hozirgi kunimizdagi eng dolzarb savol bo'libdi.
Nega desak o'sib kelayotgan avlod, ertaga kimdir bo'lib yetishishi kerak. U davlatga foyda keltirishi mumkin, yoki aksincha zarar keltirishi mumkin. Shuning uchun bularni oldindan oldini olib borish kerak. "Davlatda bitta axmoqning o'zi uning yemirishiga olib keladi" degan gap bor. Shuning uchun biz bunday jarayonlarga ko'zimizni kattaroq ochib nazar solishimiz kerak.Chunki biz befarqlik orqasidan o'zimiga katta zararni yuklamay qolmaylik.
|