|
|
|
|||||||
| Знаете ли Вы, что ... | |
| ...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума. | |
| << Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> | |
| Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
|
|
Опции темы | Опции просмотра |
|
|
#1 | ||
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
Qitiqlaydigan gaplar
Har gapga farishta omin deydi... Onamning aytgani O`zbekona har bir gapimiz zamirida olam-olam ma’no mujassam. Ularning ma’nosini qancha teran anglasangiz fikr sandig`ingiz shuncha boyiydi. Har qanday suhbat-u hangomada topib gapirganlar hech qachon yutqazmaydi! Gapidan adashganlargina yutqazishi mumkin! Chunki ular hayotda ham adashishlari hech gapmas. Gapini eplagan tinglashni ham biladi! Ba’zilar qaerda qanday so`zlashni bilmaydi. O`rinsiz aytilgan gap qanaqa oqibatlarga olib kelishi haqida ko`pincha o`ylab ham o`tirmaydi. So`ng, hamma balo tilimdan, degan bilan o`rniga tushadimi? Nechundir oilada ham, jamiyatda ham yoshlarga eplab gapirishni o`rgatish o`rniga unga qarshi kurashamiz. Ota-ona farzandiga “kam gapir” deb tarbiya bersa, maktabda o`qituvchisi jim o`tirishga majbur qiladi. Talabalarga “tilni tiyish”ni eslatib turamiz. Shu zaylda ketaversak, ular gapirish san’atini qachon, kimdan o`rganadi? Faqat jim yurish oqibati nimalarga olib kelishini deyarli o`ylamaymiz... Axir, tili chiqib, ongi shakllanayotgan yoshlarga muomala madaniyatini o`rgatish tarbiyaning eng muhim jihatlaridan biri emasmi? Shayx Sa’diy ta’biri bilan aytganda: “Ikki hol aqlsizlik: gap kelganda gapirmay, Zarur chog`da jim turmay, bo`lib ketish so`zamol”. (Davomi bor)
|
||
|
|
|
2 "+" от:
|
|
|
|