Kecha yangilik eshitib men hursand bo`ldim, faqat men emas, hamma o`qituvchilar hursand bo`lishdi desam xato qilmayman. Baraka topgur ta`lim va`zirimiz o`qituvchining ahvolini yaxshilashga har xolda ancha ish qilb qo`yibdilar. Qog`ozlar yozish minimumga tushibdi, ya`ni, o`sha faqat zarur bo`lgan hujjatlar yoziladi (qog`ozlar emas

). Necha yildan beri ahmoqona shaklga solib qo`yilgan baholash tizimiga o`zgartirish kiritilishi nazarda tutilayotgan ekan, eshitib hursand bo`ldik, ammo hali bularning bari loyiha emish, ahmoqona narsalar bir pasda hayotga tadbiq qilinadi, yaxshi narsalar esa negadir uzoq yo`l bosadi, ammo shunisiga ham hursandmiz. Bu haqda kimda to`liq ma`lumot bo`lsa o`rtoqlashsangiz yaxshi bo`lardi.