Цитата:
Сообщение от olim
Цитата:
Сообщение от Leonardo1024
aslida sifatli mahsulot reklamaga muhtoj emas !!!
|
Hurmatli Leonardo1024 sizning fikrlaringizda qo'shilmayman. Sababi iqtisodiyotda maxsulotning hayotiylik sikli mavjud bo'lib uning bosqichlarida albatta reklamaning o'rni muhimdir. Siz aytgandek maxsulot reklamaga muhtoj bo'lmasa xaridor maxsulotning mavjudligini qaerdan biladi? Lekin reklamani xaridorga to'g'ri etib boradigan darajada tayyorlash kerak. Bu ishlar bilan albatta tegishli shaxslar shug'ullanadi. Masalan marketolog va boshqalar.
|
Odatda sifatli mahsulot tayyorlashga aqli yetgan korhona reklamadan ham pulni ayamaydi. Reklamalarning hozirgidek, sifatsiz va ma'nosiz bo`layotganiga sabab, reklama beruvchilarining "otga pul sarflab taqaga pul ayash"laridadir. Odatda, horij tajribasida bitta reklama ustida muallif, operator, rejisser, g'oya muallifi, reklama sahnasi dizayneri va hokazo, kamida 12 kishilik guruh ishlaydi. Bizda esa hammasini bir o`zim qilaman deb keriluvchi reklama ustalari bu yo`nalishda universallikka da'vo qilib yurishibdi. Natijada esa na reklama beruvchi va na iste'molchi hoxishi inobatga olinadigan, arzon va sifatsiz reklamalar dunyoga kelayapti.