O'qituvchilar tarbiyachilik vazifasini bajaradilar. Mana shu tarbiyachilikda eng xunuk narsa-o'qituvchining o'quvchidan shikoyat qilishi bo'lsa kerak, menimcha. Afsuski, o'qituvchilar orasida shundaylar bor... bolalarni yaxshi-yomonga ajratadilar, hatto ayrimlarini o'zlariga dushman deb bilib, uni qitmirlik bilan ta'qib qiladilar, hali o'qituvchilar xonasiga, hali direktorni oldiga uni ta'zirini berish uchun tortqilashadi. Ko'p guvoh bo'lamiz bunday holatlarga, o'sha sinfga rahbar bo'lgan muallimga kun yo'q, ko'zga ko'rindi deguncha shikoyat eshitadi.
Ba'zan hayron qoladigan joyi shundaki, hatto 15-20 yil ishlab qo'ygan muallimlar ichida ham qaysidir sinfning to'polonchiligi, davomati yomonligi yoki yaxshi o'zlashtirmayotganlarning ko'pligidan shikoyat qiladiganlar bor.
Aynan mana shunaqa ustozlarga nisbatan O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoira va adiba Tursunoy Sodiqova ushbu fikrlarni bildirgan:
Оффтоп:
Hoy, birodar, sen o'zingni zaifligingni, yaroqsizligingni tomga chiqib e'lon qilyapsanmi? Senga 45 daqiqalik darsning hokimligi berildi. Bolaga ilm berish degan kasbga 5 yil o'qigansan, bir necha yildan beri maktab atalmish bolazorda tajriba yig'yapsan, nega ularning tilini topolmaysan? Dars seniki, fan seniki, bu soatning ish haqini ham sen olasan-u, bolalarni sinf rahbari tinchitib bersinmi? Huddi o'tkazib qo'ygan haqingni talab qilayotgandek qo'laringni bigiz qilasan?! darsingni o'tolmayotganingni qo'y, eng yomoni o'sha sinfning intizomini buzib chiqyapsan! Ya'ni bolalarda kattalarni, hatto ustozlarning ham hammasini eshitish shart emas, ularni kalaka qilsa bo'laveraadi, degan fikr uyg'otyapsan!
Bizning birinchi ishimiz - tarbiya. Keyin ilm.
Ilm- ilohiy nne'mat, uni esa tarbiya yo'qq joyga ekib bo'lmaydi.