|
|
|
|||||||
| Знаете ли Вы, что ... | |
| ...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать. | |
| << Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> | |
| Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
|
|
Опции темы | Опции просмотра |
|
|
#11 | |
|
народный писатель Узбекистана
Сообщений: 25
+ 10
74/24
– 0
0/0
![]() |
Цитата:
Bunday dabdabali to’ylar, ayniqsa u paytlarda qattiq qoralanar ekan. Otamiz besh yilga surgun bo’ladi, biz qahraton qish paytida qishloqdan badarg’a qilindik. U zamondagi buyruqlar beshafqat bo’lar va 24 soatda bajarilardi. Otasiz oila 4 nafar yosh bola bilan 24 soatda ayerdan boshpana topadi?!.. O’shanda men ikki yosh ekanman. Qalin qor yoqqan sovuq kunda onam bilan tog’am bizni ko’rpalarga o’rab, otda Kengqo’ldan Oqsuvga olib jo’nashdi. Tog’ yo’llaridan yurish qiyin, yerlar toyg’oq. Onamning qo’lida olti oylik Rabbim nomli ukacham bor. Otlar muzga toyib yiqilganda ularning ustidagi yuklar ham qorga qulab tushadi. Onam bilan tog’am otlarni turg’izib, yuklarni ortguncha biz qorda qolamiz. Olti oylik go’dak chirillab yig’laydi. O’shanda undan sovuq o’tib ketgan ekan. Onamning qishlog’i Oqsuvda ukacham nobud bo’ldi. Onamning o’rtanib yig’laganlari, qish chillasida yosh bolalarni issiq uydan quvib chiqargan zolimlarni qarg’aganlari yodimda qolgan. Bu noinsofliklar stalincha shafqatsiz siyosatning oqibati bo’lganini keyin bilganman. Besh yillik surgunni O’zbekistonning Xovos tumanida, Iskandar qishlog’ida o’tkazdik. Bu yillar ichida bizga yaxshilik qilganlar ko’p bo’ldi, lekin zo’ravonlikka o’rgangan ayrim baloxo’rlar “yakkaxo’jalik solig’ini to’lamaganlik” bahonasi bilan kechasi uyimizni tintib, biz yopinib yotgan ko’rpalargacha tortib olishgan. Kech kuz edi, tun sovuq. Men otamning barra po’stinini yopinib yotgan edim. Tintuv qilayotganlardan biri po’stinni ham tortib olmoqchi bo’ldi. Onam menga: “Berma! Havo sovuq! Qish kelyapti!” dedi. Lekin shafqatsiz tintuvchi “Jiring bor, boyvuchcha, sovuqdan o’lmaysan!” dedi-yu< po’stinni ham tortib olib ketdi. Mis ko’zalar, yog’och korsonlar, rangdor kigizlar, patgilamlar, onamning bo’g’chalari-hammasi aravaga ortildi. Musodara qilingan narsalarning ro’yxati ham tuzilmadi, narxi ham belgilanmadi. Keyinchalik qishloq magazinida eskiroq ko’rpalar, nimdosh sholchalar go’yo “soliq pulini undirish” uchun sotildi. Qimmatroq narsalarimizni moliya bo’limidan va boshqa joydan kelgan baloxo’rlar bo’lishib oldi, deb eshitdik. Dahshati shundaki, bunday talonchilik sinfiy kurash bayrog’i ostida qilinardi. Otamiz yakkaxo’jalik solig’idan qutulish uchun ham kolxozga kirdi, ko’p qatori qo’sh haydab, o’roq o’rib yurdi, lekin baribir sho’rolarning ta’qibidan qutulmadi. O’ttiz yettinchi yilning qatag’onlarida “boy bo’lgansan” deb, otamni tegovga chaqirishdi. O’sha kunlarda onamiz qanchalik iztirob chekkanlari, uyimiz tahlikaga to’la bir sukutga cho’mgani hamon yodimda turibdi. Xudo bir asrab, tergovchi otamga “Hozircha yurib turing!” deb javob beribdi. Tergovchining gap ohangidan bu najot vaqtincha ekanini, agar qatag’on qilish rejasi to’lmay qolsa, otamni yana chaqirib, borsa kelmas joylarga jo’natishlari mumkinligini otam sezgan bo’lsa kerak. Aqlli odamlar otamga, “Hozir ho’lu quruq barobar yonyapti, bu to’palon sal bosilguncha bexatarroq bir joyga ko’chib keting” deb maslahat berishadi. “Ammo bu maslahat oramizda qolsin, xotiningizga ham bildirmang”, deb tayinlashadi. U davrda mana shunday oddiy gap uchun ham odamlarni qamab yo’q qilib yuborishavergan. Shuning uchun otam sababini onamga aytib o’tirmasdan “Ertaga kechasi ko’chamiz, hech kimga bildirmanglar!” deb tayinlaydi. Qorong’i tushganda ot qo’shilgan iki g’ildirakli arava keldi. Unga ko’rpa-to’shak, ozgina ro’zg’or buyumlari sig’di. Biz bolalarni ham shu aravaning ustiga chiqarishdi. Onam shuncha talon-tarojlardan keyin yuz mashaqqatlar bilan yig’ib butlagan ro’zg’or buyumlarining ko’pi bu kichik aravaga sig’mas edi. -Sig’magani qolsin!- dedi otam. – uyni bekitib ketamiz. Keyin olib ketamiz!] Onam bunga ko’nmadi. Oradan gap qochdi. Onam: - Ko’chmayman!- deb turib oldi. - Ko’chmasang, qolaver!- deb otam ham jahl bilan aravani haydab yo’lga tushdi. Onamning qo’lida olti oylik ukam bor. Biz arava ustida ikki o’g’il-bir qiz ketayapmiz. Kattamiz 11 yoshda, men 9 yasharman. Kechasi huvillagan uyda onamizni yolg’iz qoldirib ketayotganimizdan yuragimiz eziladi. New Roman]Bir vaqt oy chiqqanda aravaning ketidan kimdir talpinib kelayotganini ko’rdik. Tikilib qarab, onamni tanidim. Onalik tuyg’usi ustun kelib, bizning ketimizdan piyoda yo’lga chiqibdi. Qo’lida bola bilan yana qandaydir tugunchakni ko’tarib biz bilan orama-qora kelyapti. Hisoblab qarasam, o’shanda onam 37 yoshda ekan. Biz O’ratepada bir to’xtab, Bekobodga qarab ketdik. Qirq chaqirimlik yo’l. Aravani otam pulga yollagan ekan. Egasi oldinda otini minib boryapti. Otam o’zi sigir, eshak, to’rt-beshta qo’y-echkilarni oldiga solib haydab ketyapti. Onam ancha orqada. Tun qorong’usida muyulishlarda ko’rinmay qoladi. Shunda yuragimni xavotirlik timdalaydi. ravada uchta bola onamiz uchun shunchalik iztirob chekib boryapmizki, hatto bir-birimiz bilan ovoz chiqarib gaplashmaymiz. Har dardimiz ichimizda. Faqat onam kelayotgan tomonga tikilamiz. Uning bola ko’targan xiyol egik gavdasi ko’ringanda sal yengil nafas olamiz. Uzoq yo’lda otam jahlidan tushib, onamning oldiga bordi. Yarashmoqchi bo’lib: -Bas endi! – dedi.- Aravada joy bor. Bolalarning oldiga chiq. Lekin onam bu to’g’rida gaplashgisi ham kelmadi. Bola ko’targan holda indamay bizga ergashib klaverdi. O’shanda onam bag’riga bosib ko’tarib borgan ukam Iskandar kimyo olimi bo’lgan. Mash’um 37-yilning kuzida tun bo’yi bola ko’tarib qirq chaqirim yo’lni bosib o’tish uchun bunchalik kuch, bardosh va irodani onam qayerdan olganiga haligacha hayron qolaman. O’ylaymanki, otam ham, onam ham o’zlaricha haq edi. Agar otam shu bemavrid ko’chish bilan qatag’ondan qutulmasa, biz tirik yetim bo’lib qolishimiz, oqibatda yana onamizga qiyin bo’lishi aniq edi. Onamning bunchalik qattiq turib arazlashi ham otamga qarshi isyon emasligini men keyin tushundim. Bu arzada begunoh oilani bir emas, uch marta issiq uyidan, butun ro’zg’oridan mahrum qilib, sovuq kuz kunida xazonday quvgan shafqatsiz zamona zulmiga qarshi norozilik va cheksiz nafrat bor edi. Bekobodning Dalvarzin sovxoziga qarashli bir joyga borib tushdik. Yangi o’zlashtirilgan paxtazorlarda ishchi kuchi yetishmas ekan. Qator qilib qurib qo’yilgan uylarning bo’sh turganlari bor ekan. Shulardan biriga kirib joylashdik. Uyning bo’sh xonalaridan biriga shiftga yetadigan qilib ko’sak uyib qo’yishgan ekan. Qishi bilan ko’sak chuvidik. Bahordan g’o’za chopig’iyu, o’tog’i boshlandi. Yozda bezgak pashshalar ko’payib ketdi. Bodu havosidan biz, bolalar, ustma-ust kasal bo’laverdik. an]O’ttiz sakkizinchi yilning kuziga kelib Stalin qatag’onlari ham sal kamaygan, chamasi. Ota-onamiz murosaga kelishib, Iskandar qishlog’ida qolgan uychamizga qaytadan ko’chib bordik. Shu ko’ch-ko’chlar paytida onamiz bilan birga, biz ham eng og’ir iroda sinovlarini boshdan kechirib chiniqqanimizni endi tushunaman. Последний раз редактировалось Ibragim Yermatov; 18.07.2008 в 14:56. |
|
|
|
Ответить |
|
2 "+" от:
|
|
|
|