![]() |
Agar-da....
Цитата:
Nigora, xafa emasdirsiz, copy paste qilganimga...aynan shunga oid mavzu ochaman deb turgan edim aslida.... Bu fikrni S. Moem aytagan...mening esa savolim barcha forumdoshlarga: -Siz-chi? Siz ham shu haqida hech fikr yuritganmisiz? Sizga ham tasavvur qilib ko'ring, bir imkoniyat berilsa-da, umringizni 10-20 yilga ortga qaytarishsa..uni qanday boshlagan bo'lar edingiz? Yoki o'zgartirmagan bo'lar edingizmi? hurmat bilan, Ra'no |
Xotiradagi ma'lumotlar bilan qaytarilsami?
|
Цитата:
|
Цитата:
|
Xotiradagi ma'lumotlar bilan qaytarishsa, men:
1. Особо важно. 2. Совершенно секретно. 3. Секретно. 4. Kelajakda qanday voqealar bo'lishini bilishim hisobiga pul ishlab katta mol-davlat yig'ishga kirishar edim. 5. Men uchun husn va go'zallik etalonlari bo'lgan 4 ta dono va aqlli qizni xotinlikka olardim. 6. ∞. |
Цитата:
Оффтоп: Hozirham harakat qilyapman lekin bo'lmayapti |
Буни менга хеч кераги кам, келажакни билмасдан яшаш кандай яхши.
|
Цитата:
Agar mo'zija ro'y berib 10-20 yil ortga qaytgan taqdirimda esa o'rganmagan, bilmagan bilimlarim rosa ko'p. Ularni o'rgangan bo'lardim. Biroq bunday mo'jiza ro'y bermaydi. Shunday ekan o'zimda mavjud bo'lgan bor imkoniyatlardan samarali foydalanishga harakat qilaman. |
Цитата:
|
Цитата:
|
Цитата:
|
Цитата:
Armoni bo'lmagan odam ortga qaytish haqida o'ylamasa kerak. Qaysidir darajadagi armoni yo'q odam esa bu dunyoda deyarli uchramasa kerak... |
Цитата:
|
Azizlar, menimcha hayotni qaytadan yashash imkoniyati bo`lganda xotira ham "format" bo`ldi. Shu unutmanglar. Shunday ekan, siz umuman yangicha hayot kechirasiz. Ilgarigi hayotingizdan umuman xotira qolmaydi degani.
Umuman olganda bu haqda o`ylamagan ma'qul. Shu yog`ini eplab yashaylik. Axir hayot bir marta beriladi. |
Цитата:
|
Оффтоп: Aha, men ham hech kimni majburlamadim :) |
Цитата:
lekin, hayotida atigina qilgan bitta xatosi uchun bir umr ortni, o'tmishni eslab yashaydi...istaydi qaytishini....ko'p bo'lmasa ham, uchrataman shunaqa insonlarni..ba'zida ularni harakat qilaman tushunishga, ba'zida unutish kerakligini maslahat beraman.... R |
Цитата:
Armon demang...hali vaqt ko'p, Xudo xohlasa....qaytib kelar ushalmagan orzularni ro'yobga chiqarish uchun imkoniyat.... men shunga ishonaman...toki tirik ekanmiz hammasi hali oldinda... Inson armon emas, umid bilan yashasa, unda armonlar amalga oshadi... hurmat bilan, R |
Цитата:
Men shunchaki umumiy gapirib o'tdim. Demoqchimanki, umuman armonim yo'q, deydigan odamning ham qalbida zarradek bo'lsa-da bir armoni bo'ladi. Quyidagicha gaplarni kundalik hayotda ko'p eshitamiz: "falonchi joyga bir sayohat qilsam, armonim qolmasdi", "pistonchi artist bilan bir piyola choy ichsam, bearmon o'tardim"... Shaxsan men bolaligimdan Muhriddin Xoliqov qo'shiqlarini juda yoqtirardim. Konsertiga tushishni orzu qilardim. Lekin, konsertiga kirish nasib qilmadi. Biroq, uning o'zi bilan 2-3 marta ko'rishish va hattoki bitta qo'shig'iga hammuallif bo'lish (qo'shiq matni boshqa birovning nomidan e'lon qilingan) nasib qilgandi. Biz albatta ko'rgan kunimizga shukr qilish va ertangi kunimizga umid bilan yashaymiz. Mavzuda ko'tarilgan savol ham o'z-o'zidan kelib chiqmagan. Insonda xotira bor ekanki, inson goh-gohida o'z o'tmishiga qaytib turaveradi. |
Цитата:
shu sababli forumdoshlardan ham so'rab ko'ray degan fikr paydo bo'ldi... hurmat bilan, Ra'no |
Цитата:
Цитата:
Ba'zan o'tmishga qayta va qayta murojaat etaverish kelajakka qarab oldinga dadil qadam tashlashga halaqit beradi. Kechagi kun saboq, bugungi kun mulohazalar kuni, ertangi kun esa orzu-istak, umidlar asosida bo'lishi kerak. Inson faqat armonlargagina emas, umidga murojaat etib yashamog'i darkormasmikan? |
Цитата:
|
Цитата:
|
Цитата:
Оффтоп: Juda kech |
Цитата:
|
Bilmadim balki meni "hali yosh"ga chiqarib qo'yarsizlar, ammo men hech ham boshqatdan tug'ilgim yo'q. Shu kungacha yetishganlarimga qancha harakat qilganman. Eh-he oddiy farzandim tug'ilgunicha qancha qiynaldim... Kamchiliklarim, yutuqlarim hammasi o'zimniki... Menimcha biron bir xato qilmasdan turib to'g'risi qanaqa bo'lishini tushunish qiyin...
|
Цитата:
R |
O'zim nima deb o'ylashimni yozsam....musofirchiligimni hech nimaga 2 dunoyda ham almashtirmagan bo'lar edim...Xudoga ming qatla shukr musofirchilikni peshonamga bitganiga...bu men uchun katta maktab bo'ldi...ulkan saboq, cheki yuq sabr, matonatni berdi...bardosh degan narsani o'rgatdi...bularni Xudo bergan umrimning oxirigacha qadrlayman...eng avvalo, o'zimga bo'lgan ishonchni....judayam ko'p o'zimga ishonaman...har soniyada uzing uchun Xudodan keyin uzing borsan o'zingga Ra'no deb qo'yaman....judayam katta maktabning dargohini nasib qilganiga ham shukr deyman...yana imkoniyat bo'lganida, balki judayam ko'p savob qilgan bo'lar edim...nuqul savob yo'lida yurgan bo'lar edim....
R |
Цитата:
Оффтоп: Hali ham kech emas Ra'no opa |
Текущее время: 20:57. Часовой пояс GMT +5. |
Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод:
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»