Ïðîñìîòð ïîëíîé âåðñèè : Andishaning oti, qo’rqoq emasdir!!!
Umida Shodiyeva
05.05.2009, 12:00
Andisha nima?
U misoli kiyimdir, kiysang xo’p yarashadi,
U misoli ertakdir, eshitsang xo’p yoqadi.
Qiyos qildim men uni bog’dagi go’zal gulga,
Va qo’nishga jur’ati yetmagan bir bulbulga.
Siz dedingiz –“Andisha xos emas faqat gulga,
U misoli kiyimdir, xosdir har bir insonga” .
Inson sharmu-hayosi o’lchanar tarozida ,
Gar bo’lsa u hayoli, bo’lar misli farishta.
Andishali insonning dili doim bo’lar oq,
Gar bilmoqchi bo’lsang buni,uning ko’zlariga boq.
Ko’zlar hech ham aldamaydi, sir boy beradi senga,
Ko’ngilda bo’lsa gar kir u, chiqadi sirtiga.
Inson yuzi o’ralgandir juda go’zal pardaga,
Bu pardaning go’zalligin bog’lashar andishaga.
Andisha o’rgatilmas hech bir ilm dargohda ,
Inson uni kashf qiladi, o’zining olamida.
Bu olamda tarbiyatning o’rni juda kattadir,
Tarbiyaning darajasi, biz uchun bir tamg’adir.
Bu muhrimiz bir umrga bosilar, yuvib bo’lmas,
Agar yaxshi muhr bo’lsa, misli quyoshdek so’nmas.
Andisha … bu so’zni eshitganimiz hamon ,bir bahiyaga bo’lsa ham to’xtab qolamiz. Chunki ,biz andishani andishasizlikdan, halollikni beburdlikdan , insoniylikni hayvoniylikdan, to’g’rilikni o’g’rilikdan, haqiqatni yolg’ondan ustun qo’yguvchi insonmiz.
Andisha nima o’zi u? Tuyg’umikan ko’rinadigan kiyimmikan kiyiladigan?! Keling yaxshisi andishani bir yegulik deb tasavvur qilamiz va undan har bir yeyayotgan taomingizga ozginadan qo’shishingizni tafsiya qilamiz, xuddi tuz singari. Endi esa uni mato deb tasavvur qilamiz , usiz kiyim tikilmaydi va hech kim andishasiz kiyinmaydi , andishasiz taomlar tanavvul qilinmaydi. Demakki, andishasiz hayot bo’lmaydi. Unda biz andishali va andishasizlarni qanday ajratib olamiz?! Qanday insonlarni biz andishalilar deb ataymiz? Bu savollarga bir so’z bilan javob berish mumkinmi?!
Bizga yoshligimizdan uqtirib kelingan ”Uyat bo’ladi!” so’zining naqadar urg’u berib aytilishini tushunmas edim, to’g’risini aytganda bu jumla menga erish tuyular edi. Ammo inson ulg’ayar ekan, uning fikrlash qobilyati ham, tushunib yetishi ham, birmuncha ulg’ayadi.
Har bir inson yorug’ olamga, yuzidagi go’zal , iffat pardasi bilan keladi. Faqat biz o’zimiz uni , shu iboli yuzdan olib tashlaymiz.Hech ham tap tortmaydigan bo’lib qolganmiz! Va’dani lof aytgandek aytamiz-u,”ustidan chiqish kerak “ degan hayolga bormaymiz. Ko’z –ko’zga tushganda, tik boqib yolg’on gapiramiz . Tap tortish yo’q! Bozorda hatto iymonimizni ham , molga qo’shib pullab yuboramiz, qo’rqish yo’q! Noxaqlikni guvohi bo’lsak , sukut saqlaymiz, e’tibor berish yo’q! Nomusdan, oriyatdan so’z ochgan insonga, bozorni ro’kach qilamiz-u, qutulamiz. Andishani pullab yubormoqchi bo’lganlarni ko’rsak ham, lom-lum demaymiz. G’aflatdan uyg’onish yo’q!
Aziz yurtdosh! Biz millatimizning o’zbek ekanligini unutib qo’yayapmiz, negaki qizlarining yuzidagi hayosi , yigitlarining dilidagi shaxti qayergadur yo’qolib borayapti.
“Yurtda bahor deb”, xursand bo’layotgan qariyaning so’ziga oxirigacha quloq tutsam, bilasizmi u nima deyapti ?! “Yurtda bahor kelib dillar quvnasa, bir tomondan “bahoriy” kiyimlar kiyilib “ tillar yayrayapti” deydi.
Biz ushbu mavzumizni quyidagicha yakunlasak.
Beburdligidan xijolat chekmagan banda qanchalar xunuk bo’lsa, xijolatdan qizara bilgan banda shunchalar go’zaldir.
Umida Shodiyeva .
Aziz forumdosh! Ushbu mavzuda siz, Toshkent Islom Universiteti qoshidagi akademik litsey o’quvchilarining fikrlari bilan ham tanishishingiz mumkin ..
Umida Shodiyeva
05.05.2009, 12:04
Andisha
Kamtarlik libosi egnida bo’lagan,
Tiliga doimo sultonlik qilgan.
Odamlar ularni chin dildan sevgan,
Hurmatni hamisha birinchi bilgan.
Andishaning oti qo’rqoqmas biling,
Bunday insonlardan sabrni kuting.
Kattalarga hurmat, kichikka izzat,
Bariga bo’lakcha beradi himmat.
So’zning oxiriga yetganda faqat,
“ Dugonam, do’stginam, xato emasmi?!
Der qiling yaxshilikni aylabon rohat,
Andishali qalbda bo’ladi chin uyat.
Insonlar ko’nglini Ka’ba sanagan,
Qalblarni buzishni xayol qilmagan.
Tepada Robbisi borligin bilgan,
Adolat qilishni unga topshirgan.
Tangri ham ulardan andisha qilar,
Shuning uchun ularga saodat berar.
Andisha qilingiz har ishingiza,
Balki qoldirishar, sizni ko’p ortda.
Xafa bo’lmang hech ham siz o’sha tobda,
Sizga “Yuzsiz” degan tamg’a bosilmas.
Hayoli , iboli bo’lasiz ana,
Axir , siz Kumushning avlodidan-a!..
Kumushim, Bibiyim, jon ona qizim,
Ota- ona o’stirar deydi : “ yolg’izim”
Kundoshi topilsa degan :” Azizim”,
Andisha, qialdi etib sabr , jim.
Biling, bu andisha qo’rqoqlik emas,
Bu hurmat, matonat, muhabbat faqat
Lobar Po’latova
Umida Shodiyeva
05.05.2009, 12:09
Andisha
“ Tohir va Zuhra” yoxud hind filmlari namoyish etilsa, kattalar o’tirgan uyning derazasidan mo’ralab tomosha qilardik,- deydilar onam. - Ular biz tomonga qarab qolguvdek bo’lishsa, yuragimiz qinidan chiqib ketguvdek, bekinishga joy izlardik…
Nahotki oradan o’tgan boringki o’ttiz- qirq yil bizni andishadan shunchalar uzoqlashtirdi?!
Andishasizlik sohibiga qanchalik rohat bag’ishlar , uning joni osuda yashashiga qay ma’nodadir ko’maklashganday bo’lar, ammo bora- bora yovga aylandi u. Zero, “ ekkanini o’rmoq” naqli hech birimiz va hech bir harakatimizni javobsiz qoldirmaydi. Qachondir, kimlargadir qilingan yaxshiyu- yomon munosabatlar, undan bo’lmasa , o’zgadan ziyodasi bilan qaytaveradi. Balki, shu bois adab insonning bebaho boyligi sanaladi. Andisha – adabning jon tomiri , ajralmas bir bo’lagi, ko’rinishi. Andisha shunchalar katta kuchga, chiroyga ega ekan, uni odamzot qachon yo’qotib qo’ydi? Qachonki uning quvvatini o’ziga singdira olmay ulg’ayganda.
Ko’chaga chiqishdan oldin ko’zgu yoniga boramiz?! Bu ham o’zgaga hurmat, andishaning belgisi. Egnimizda ozgina gard qo’nsa , tashvishini qilamiz. Nega? Atrofimizdagilarning nigohimi? Andisha bizni ana shunday tergab, o’ngu -so’limizga nazar tashlatib turguvchi kuchdir.
Andisha ana shunday turli ko’rinishlarga bizning xatti- harakatlarimizni go’yoki nazorat qilib turadi.
Andisha – bu o’zimizni qaysidir ma’noda anglamoqdir balki… “ Men”imiz qobog’idan chiqib atrof va atrofdagilar bilan hisoblashib yashamoqdir. U ham ruhiyatga , ham ma’naviyatga , o’rni kelganda moddiyatga daxldor holatlar bilanto’qnash keltiradi insonni .
Odamzod andisha bilan ziynatlanganda esa tom ma’nodagi o’zbekchilik ulug’lanib turadi. Demakki ,”andishadan yiroqlashmoq, o’zbeklikdan uzoqlashmoqdir . Bu uzoqlashish ” mana men deya bo’y ko’rsatmas.Aslida eng daxshatlisi ham shunda . Ko’zga ko’ringan yovni yengish osonroq. Lekin asta-asta dunyolarimizni zabt etib, amallarimizni boshqara boshlashgacha yetgan dushmandan qutulish qiyin . Bu dushman andishasizlikdir! U mayda- mayda zarralar misol qalbimizni zabt eta boradi. Unga bo’ysunganimiz sari atrof-olamdan uzila boramiz . Olis yo’l bosib yaqinlarimizni yo’qlash o’rniga qo’ng’iroqlar bilan qanoatlanamiz. O’rtada diydor chirqillab qoladi-yu, andishasizlik g’olib keladi. Qo’shnimiz g’am bilan qorishganda, asablarimizni qizg’onamiz, vaqtixushligimizni o’ylaymiz. Hamsoyalik haqqi uvol bo’lsada, andishasizlikning yuzi qizarmaydi… Andishasizlikning suratini ko’p chizgilarda ko’rsatmoq mumkin. U, nazarimda og’ir xastalikka o’xshaydi. Kishini faqat “o’zim bo’lib yashash” iga mahkum etuvchi dard misoli .Xalqimizda “ ko’rnamaklik” degan gap bor. Andishasizlikdan ana shu noshukurlikning hidi keladi. O’zbekchilikda bu qusur qattiq qoralangan. Vatanning bog’iga, bitta nihol o’tqazganjon shu amalnasib etgani uchun rizolar bo’lgan. Uzun, beg’ubor osoyishta kunning hurmati, haqqini ado etish farziga katta andisha bilan qaralgan . Davr o’zgarishi bilan , jamiyat taraqqiq etishi mumkin. Lekin o’zbekchilikka xos bu qarash o’sha –o’sha. Aslida rivojlanishlar zamirida , unga olib boruvchi yo’lda ana shunday munosabat, mehnatlar jam. Ammo kimdir payqab , kimdir sezmayotgandir, kimdir tashvish chekib , kimdir pinagini ham buzmayotgandir-u, andisha va biz o’rtamizdagi masofa uzoqlashgandan uzoqlashib borayotgandek.
Nargiza Miryakubova
Umida Shodiyeva
05.05.2009, 12:10
Andisha
Qiz yuzidagi hayosi, uning nomusi ,pardasi
Uyati-yu ibosi, andishasin mevasi.
Gap eshitib , qizarib javob berib iymanishi,
Ko’zi bilan yer chizishi andishasin bo’lishi.
Andishadir mehr ,vafo , sadoqat poydevori,
Yominlik-u, dilozorlik zulmning abgori.
Gar bo’lsa o’zbek qizlar andishasiz, bevafo,
Unda o’zbek qolmabdi bu keng zamona aro…
Nargiza Burxonova
ANDISHA NIMA?
Biz o’zbekla azaldan
Ishlatamiz bir so’zni
Bu so’z zamirida
Ma’no ko’pdir aslida
Adolatli, insofli va iymonli bo’lish shart
Shunda “Andisha” degan makon bo’lar albatta
Nega makon deganim mag’zin chaqamiz keling
Shu so’z zamirida inson hislatin biling
Har ishda muloyimlik
Va to’g’rilik shart albat
Yolg’on-u fitnalardan uzoq bo’ling har vaqt.
Yetim va qariyalarga mehribonlik qilinglar
Ig’vo va tuhmatlardan yiroqlarda bo’linglar
Shunda farishtalar yozmagay bizga gunoh
Biling yaqinlarim bu hislatlar bo’lsin sizlarga hamroh.
Men “Andisha” deganda ko’p narsani tushundim
Hatto oddiy gadoda bordir, o’ziga xos andisha
Dunyoda andisha nafaqat o’zbeklarda,
Balkim bo’lsin barchada
Barcha hamjihatlik va inoqlik ila ish ko’rsin,
Shunda dunyoda totuvlik bo’lar albatta
Birodarim oldindan uzr so’rayman sizdan,
Agar qalbingizga ozor yetkazgan bo’lsam
Bo’laylik barchamiz andishali musulmon
Shunda Alloh barchamizga nasib etadi iymon!
Robiya
Shoista Quchqorova
07.05.2009, 23:50
Andisha,or-nomus,sharm-xayo haqida naqadar go'zal she'r va fikrlar yozib qoldiribsizlar. menda bunday she'rlar bo'lmasada shuni aytmoqchiman-ki: qiz bola andisha bilan go'zal, andishasi uning xuddi yuziga tutilgan pardasidek bo'ladi. She'rlarngiz uchun raxmat.
Javohir Mahmudjonov
09.05.2009, 14:20
Andisha va Qo'rqoqlik bu boshqa boshqa hilqatlar. Boshqa boshqa dunyo.
Ikkisi ham insonning hayot mazmunini boyitib turadi...
Umida Shodiyeva
12.05.2009, 11:56
Andisha va Qo'rqoqlik bu boshqa boshqa hilqatlar. Boshqa boshqa dunyo.
Ikkisi ham insonning hayot mazmunini boyitib turadi...
Javohir
Iltimos!
Fikringizni to'liqroq talqin qilib bersangiz.!
Umida Shodiyeva
12.05.2009, 11:59
Oppoq orzularni opichlab olib,
Osmonlar orzuga oshiqqan onda.
Olam oromini olomon olib,
Olimlar odillik osha olganda,
Oymo'ma orlanib oshiqliklardan,
Oyyuzin olibdi oyna oldidan.
Oxir oriyatin oni ozganda,
Odamlar ongini oynak ochibdi...
Umida Shodiyeva
Umida Shodiyeva
23.05.2009, 11:29
Ustozimiz Aliybek Rustamiyning “Adiblar odobidan adablar” kitoblarini varaqlab turib ushbu misralarni uchratib qoldim.
Iffat deganda shavqat, ya’ni lazzat va mafaatga bo’lgan intilishning aqlga bo’ysundirilishi tushuniladi va bu bir necha xislatni o’z ichiga oladi.
Bulardan biri hayo bo’lib , bu uyat va yengiltaklik hisoblangan ishlardan tiyilishdir .
Yana biri sabr bo’lib, bu nafsoniy quvvatlarni jilovlashdir.
Yana biri qanoat bo’lib, bu yeb –ichmak va kiyinmakning imkon va zarurat darajasidan ortig’ini talab qilmaslikdir.
Yana biri viqordir. Viqor talab qilingan narsalarga erishishga bo’lgan ishonch bilan kirishib, shoshma- shosharlik qilmaslikdir.
Yana biri maishatni halol kechirish, molni yaxshilik bilan topib, yaxshilikka sarf qilishdir.
Yana biri saxovat bo’lib, bu achinmasdan va ayamasdan , lekin haddan oshirmasdan molni kerak bo’lgan o’rinlarda, o’ziga, yaqinlariga va muhtojlarga sarf qilish malakasidir.
Umida Shodiyeva
07.09.2009, 10:44
Bekatdagi suhbat.
Bir kuni bekatda avtobus kutayotgan edim.Bekatda o’tirgan xushro’ygina, ammo yarim yalang’och kiyingan bir qizcha diqqatimni tortdi. Transport kelguncha, oramizda suhbat bo’lib o’tdi. Suhbatni qandoq bo’lsa shundayligicha qog’ozga tushurishga harakat qildim.
-Kechirasan, singlim nechanchi sinfda o’qiysan?
-Sakkizinchi, nimaydi?
-Shundoq o’zim. O’zingni tutishinga qarab biron litsey yoki kollej o’quvchisi deb o’yladim.
-Ota-onang o’zbekmi?
-Ha. Ular o’zbeklar. Nimaga buni so’rayapsiz?
-Shunchaki. Yoki dugonalaring rus qizlarmi?
-Yo’q. Unday emas. To’g’ri uch-to’tta rus dugonalarim ham bor.
-Ovropaliklar singari kiyinib olganingni ko’rib, shunday hayolga keldim.
-Tushunmadim, kiyinishim yomonmi? Nimasi yoqmadi sizga?
-Sening o’zingga yoqadimi? O’zing bunga qanday munosabat bildirasan?
-Albatta yoqadi, yoqmasa shunaqa yurarmidim.
-Ota-onang bunga qanday qarashadi, bunday yurishingdan qaytarishmaydimi?
-Nabarot. O’zlari olib berishadi bunaqa kiyimlarni.
-Xafa bo’lmagin-u, bunday yurishing o’zbek qizlariga umuman yarashmaydi.
-Yarashmasa-yarshamas. O’zbek qizlari qanday kiyinishadi? Uzun ko’ylak, lozimmi? Bu hozirgi zamonga mos emas.
-Siz o’zi televizor ko’rasizmi?- so’radi qizcha.
-Onda-sonda ko’rib turaman nimaydi?
-Faqat O’zbekiston kanallarini ko’rsangiz kerak-a? “Kamalak” ni ”Kabel”ni ko’rmaysizmi?
-Yo’q, menda unaqa imkoniyat yo’q.
-Agar bu kanallar orqali qo’yilayotgan kinolarni ko’rganingizda meni ko’rib hayron qolmasdingiz.
- Xuddi o’g’il bolalardek kiyinib olganing meni taajjubga solayapti.
-Mejdu prochim, o’g’il bolalarga qornini ochib yurish yarashmaydi. Qiz bolalarga esa bu yarashadi.Yoki siz kindigini ko’rsatib, qornini ochib yurgan o’g’il bolani ko’rganmisiz? Bu moda bu madaniyat faqat qizlar uchun.Men bilan hech kimning ishi bo’lmasin. Xo’jayinlik qiladigan o’z ota-onam bor. Bildiyzmi?
Qizchaga boshqa gapirish, tushuntirish befoyda ekanini anglab, suhbatni yakunlashga qaror qildim.Ha-ya, avtobus ham kelib qolgandi.
Rahmatulloh.
Ushbu maqoladagi voqea 2005 yilda yuz berganiga qaramay meni diqqatimni tortdi.
Assalomu alykum! Andisha bu qisqacha qilib aytganada tiyilishdir!
Shomurodov Shohruh
10.11.2009, 12:35
Áèð íàðñàíè ñóðàñàì ìàéëèìè, íèìàãà àñîñàí ýðêàêëàð øó êèçëàðãà àììà-õîëàëèê êèëàäè? Æóäà õàì ¸êìàéäè, þêîðèäàãèãà óõøàãàí "õèêîÿëàðãà" êóçèì òóøñà. Õóääè àòàéëàá êàðàá îëèá, êåéèí ãàï áîøëàãàíäåê.
Îôôòîï: Áèð íàðñàíè ñóðàñàì ìàéëèìè, íèìàãà àñîñàí ýðêàêëàð øó êèçëàðãà àììà-õîëàëèê êèëàäè? Æóäà õàì ¸êìàéäè, þêîðèäàãèãà óõøàãàí "õèêîÿëàðãà" êóçèì òóøñà. Õóääè àòàéëàá êàðàá îëèá, êåéèí ãàï áîøëàãàíäåê.
Assalomu alaykum, agar to'g'ri anglagan bo'lsam siz, bu toifada fikrlaydiganlarga qarshisiz, shundaymi?
Kechirasiz, sizni bu fikrga kelishingizga sabab nima?
Lobar Pulatova
11.11.2009, 00:29
Duyoga hukmronlikni da'vo qiluvchi biron-bir mamlakatda topilmaydigan, o`zbekni atlasiga o`xshab faqat o`ziga atab tikilgan odob libosi. Unaqasiga ham, bunaqasiga ham quyoshda tovlanaveradi. Lekin oshgib ketishi ko`zingizni qisadi. Bu go`yo siz nurdan qo`rqib qilgan harakatingiz kabidir.
Narzullayeva Yulduz
11.11.2009, 14:28
Ba'zan o'ta andishalilik ham kishiga pand berib qo'yadi.
Ziyoda Teshaboyeva
11.11.2009, 22:17
Ba'zan o'ta andishalilik ham kishiga pand berib qo'yadi.
"Bemavrid uyatchanlik" deng! masalan, so'rashda yoki olishda
Ba'zan o'ta andishalilik ham kishiga pand berib qo'yadi.
"Bemavrid uyatchanlik" deng! masalan, so'rashda yoki olishda
Andisha bu uyatchanlik emas!!!!!!!!!!!!!!! va menimcha uning bemavridi va ortiqchasi bo'lmaydi.Chunki faqatgina fahm-farosatli odamlarda bo'ladigan narsalardan biridir bu andisha.
Shomurodov Shohruh
11.11.2009, 22:54
Assalomu alaykum, agar to'g'ri anglagan bo'lsam siz, bu toifada fikrlaydiganlarga qarshisiz, shundaymi? Kechirasiz, sizni bu fikrga kelishingizga sabab nima?
Ìåí áèðîð áèð êèøèíèíã, êàíàêà áóëñèí, ôèêðëàøèãà êàðøèëèê êèëà îëìàéìàí, áóíãà õàì êîíóíèé, õàì ìàúíàâèé õóêóêèì éóê. Ìåíãà õàì êó÷àëàðäà êóï íàðñàëàð ¸êìàéäè, ýíñàìíè êîòèðàäè. Ëåêèí áàð÷à òàúíàëàðèìíè è÷èìãà þòàìàí, ÷óíêè êó÷àäà þðãàí óøà êèøèëàð õàêëàðè áîð õîõëàñà êèíäèãèíè î÷èá þðèøãà, õîõëàñà êóéëàê-èøòîí êèéèøãà. Àãàðäà ìåíèíã ÿêèí êèøèì áóëñàãèíà, áèðîð ãàï àéòèøèì ìóìêèí. Õóääè øóíãà óõøàá, áèðîâëàðíèíã õóêóêèíè õóðìàò êèëãàí õîëäà, ìåíèíã õàì õóêóêëàðèìíè õóðìàò êèëèøëàðèíè òàëàá êèëàìàí. Õàð áèð êèøè àãàð óçèíè áèëèá þðñà, àââàëàìáîð óçèíèíã õàòîëàðèíè òóãèðëàøãà áàð÷à èìêîíèÿòèíè êàðàòñà, æàìèÿòäà õàì ìàíà øóíãà óõøàø ãàïëàð êàìàÿð ýäè. ÈÌÕÎ
Fariza Hasanova
12.11.2009, 12:30
Ìåí áèðîð áèð êèøèíèíã, êàíàêà áóëñèí, ôèêðëàøèãà êàðøèëèê êèëà îëìàéìàí, áóíãà õàì êîíóíèé, õàì ìàúíàâèé õóêóêèì éóê. Ìåíãà õàì êó÷àëàðäà êóï íàðñàëàð ¸êìàéäè, ýíñàìíè êîòèðàäè. Ëåêèí áàð÷à òàúíàëàðèìíè è÷èìãà þòàìàí, ÷óíêè êó÷àäà þðãàí óøà êèøèëàð õàêëàðè áîð õîõëàñà êèíäèãèíè î÷èá þðèøãà, õîõëàñà êóéëàê-èøòîí êèéèøãà. Àãàðäà ìåíèíã ÿêèí êèøèì áóëñàãèíà, áèðîð ãàï àéòèøèì ìóìêèí. Õóääè øóíãà óõøàá, áèðîâëàðíèíã õóêóêèíè õóðìàò êèëãàí õîëäà, ìåíèíã õàì õóêóêëàðèìíè õóðìàò êèëèøëàðèíè òàëàá êèëàìàí. Õàð áèð êèøè àãàð óçèíè áèëèá þðñà, àââàëàìáîð óçèíèíã õàòîëàðèíè òóãèðëàøãà áàð÷à èìêîíèÿòèíè êàðàòñà, æàìèÿòäà õàì ìàíà øóíãà óõøàø ãàïëàð êàìàÿð ýäè. ÈÌÕÎ Menimcha baribir kishi o'z fikrini bildirgani ma'qul. Chunki ko'chada yurganlarning ko'pchiligi bu ishi bilan boshqalarni ham gunohga qoldirayotganini bilmaydi. Hech bo'lmasa o'qituvchilar o'quvchilarni tergap turishlari kerak. Bo'lmasa jamiyat umuman buzilib ketadi-ku.
Nigora Umarova
12.11.2009, 12:35
Menimcha, baribir kishi o'z fikrini bildirgani ma'qul. Chunki ko'chada yurganlarning ko'pchiligi bu ishi bilan boshqalarni ham gunohga qoldirayotganini bilmaydi. Hech bo'lmasa o'qituvchilar o'quvchilarni tergap turishlari kerak. Bo'lmasa jamiyat umuman buzilib ketadi-ku.
Agar farzand uyda shunday muhitda o'sgan bo'lsa, o'qituvchining uni tergashga haqi bormikan? Oilaviy tarbiya ham bu o'rinda ahamiyatga ega.
Ziyoda Teshaboyeva
12.11.2009, 12:53
Menimcha baribir kishi o'z fikrini bildirgani ma'qul. Chunki ko'chada yurganlarning ko'pchiligi bu ishi bilan boshqalarni ham gunohga qoldirayotganini bilmaydi. Hech bo'lmasa o'qituvchilar o'quvchilarni tergap turishlari kerak. Bo'lmasa jamiyat umuman buzilib ketadi-ku.
Kechirasiz-u, tarbiya ostonadan boshlanadi. "Olmani tagiga olma tushadi" deb ham bekorga aytishmagan-ku!!!
Muhit birinchi o'rinda turadi.
Fariza Hasanova
12.11.2009, 12:56
Agar farzand uyda shunday muhitda o'sgan bo'lsa, o'qituvchining uni tergashga haqi bormikan? Oilaviy tarbiya ham bu o'rinda ahamiyatga ega. Sizning fikringizga qo'shilaman,ammo tarbiyadan bexabar ota-onalarni deb jamiyatning buzilib ketishiga qarab turolmaymiz-ku.
Lobar Pulatova
12.11.2009, 22:59
O`qituvchilar oilada ota-ona o`rgata olmagan narsalarni o`rgatishi mumkin. Lekin ota-ona bolani o`rganaoladigan, birovni gapini hurmat qiladigan qilib tarbiyalashlari kerak. Agar farzandga shu narsa o`rgatilgan bo`lsa unga o`qituvchining gapi kor qiladi.
Lobar Pulatova
12.11.2009, 23:05
Ba'zan o'ta andishalilik ham kishiga pand berib qo'yadi.
"Bemavrid uyatchanlik" deng! masalan, so'rashda yoki olishda
Andisha bu uyatchanlik emas!!!!!!!!!!!!!!! va menimcha uning bemavridi va ortiqchasi bo'lmaydi.Chunki faqatgina fahm-farosatli odamlarda bo'ladigan narsalardan biridir bu andisha.
To`g`ri lekin sizdan rost narsani so`rashyapti siz buni bemalol aytsangiz bo`ladi. Lekin siz tiyilib rost so`zni aytmadingiz. Umuman gapirmadingiz. Bu sizga bo`lmasada ayrim hollarda boshqalarga sizdan rost so`zni kutgan odamga pand beradi.
vBulletin® v3.8.5, Copyright ©2000-2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Ïåðåâîä: zCarot