Просмотр полной версии : Lotoreya ishonchlimi?
Maxmudov Bekzod
03.04.2009, 18:55
LOTOREYA-Hozirgi kunga kelib barchamiz lotoreya haqida oz bo'sa ham tushunchaga egamiz.Ayni vaqtda LOTOREYAlarning juda ko'p turi bor.Lekin hozirgi vaqtga kelib hammani o'ylantirayotgan bir muammo bor. Lotoreyada qo'yilgan yutuqlar haqiqtdan ham o'z egalarini topayabdimi? O'zi lotoreyaga ishonish kerakmi? Sizchi, siz lotoreyaga ishonasizmi?...Va nega:naughty:
Ulugbek Aminjonov
03.04.2009, 20:24
Sizchi, siz lotoreyaga ishonasizmi?...Va nega Lotareyaga ishonchim yo'q, ishonch bo'lsada o'ynagim yo'q,chunki menga mehnatsiz boylik yoqmaydi!!!
Shoista Quchqorova
04.04.2009, 19:28
Lotoreyada qo'yilgan yutuqlar haqiqtdan ham o'z egalarini topayabdimi?
Ma'nimcha topayabdi, lekin barcha g'oliblarni emas."aksariyat insonlar aldanib qolayapdi,lotoreya sababli" deb o'ylayman.
siz lotoreyaga ishonasizmi?...
Mani o'zim lotoreyaga ishonmiman. Umrimda bir marta o'ynaganman, va 1000 so'm yutib olib yutuqni ololmaganman. Albatta yutuq kam pulga o'xshasa ham asosiysi uning miqdori emas, insonlarning unga(lotoreyaga) bo'lgan ishonchi edi-ku!:dash2: LOTO
Lutfillo Tursunov
04.04.2009, 19:51
Lotoreyada qo'yilgan yutuqlar haqiqtdan ham o'z egalarini topayabdimi?
Мен бир вақтлар лотереядан ВАЗ 06 ютиб олганман. Адашмасам, "Бахтли воқеа" эди. Ютуқни пул шаклида олганман. Чунки машинани қарийб 9000 киши ютганди :)
Abduganiyev Murod
05.04.2009, 17:09
Boshqalarda qanday bilmadimu??? Lekin bizni oiladagilar lotoreyadan Bitta Videomagnitafon (DAEWOO), Bitta soch quritgich yutib olishgan. Yutuq hozirda javlon urib xizmat qilmoqda.
Behzod Saidov
05.04.2009, 19:37
Boshqalarda qanday bilmadimu??? Lekin bizni oiladagilar lotoreyadan Bitta Videomagnitafon (DAEWOO), Bitta soch quritgich yutib olishgan. Yutuq hozirda javlon urib xizmat qilmoqda.
Men uForumda birinchi marta lotereya tashkil qilishganida yutgan edim (http://uforum.uz/showthread.php?p=65437#post65437). :) "Naushnik"ni hali ham ishlatayapman. ;)
Farrux Muxitdinov
08.04.2009, 22:12
Мен бир вақтлар лотереядан ВАЗ 06 ютиб олганман. Адашмасам, "Бахтли воқеа" эди. Ютуқни пул шаклида олганман. Чунки машинани қарийб 9000 киши ютганди Aslida men ham kompiyuter yutib olgandim,ammo borganimizda siz yanishgansiz deb qaytarib yuborishdi,adam talahmaymiz zormizmi dib ketdik,ammo hali ham oshalardan qasd olgim keladi!!!
LOTOREYA-Hozirgi kunga kelib barchamiz lotoreya haqida oz bo'sa ham tushunchaga egamiz.Ayni vaqtda LOTOREYAlarning juda ko'p turi bor.Lekin hozirgi vaqtga kelib hammani o'ylantirayotgan bir muammo bor. Lotoreyada qo'yilgan yutuqlar haqiqtdan ham o'z egalarini topayabdimi? O'zi lotoreyaga ishonish kerakmi? Sizchi, siz lotoreyaga ishonasizmi?...Va nega:naughty:
Men umuman lotoreyada o'ynamaganman va bundan keyin ham o'ynamasam kerak. Ishonish ishonmasligimga keladigan bo'lsak 99% ishonaman. Umuman olganda Ulug'bek Aminjonovning so'zlariga qo'shilib qolaman!
Nigora Umarova
09.04.2009, 15:18
Omadli jentelmenlar
- Aziz teletomashabinlar! Piramidaning qir uchiga chiqib, Jomalungma cho'qqisini tomosha qilayotgan, bir million, besh million, boringana ellik million yutayotgan, baxtli voqeaga ro'para kelib baxtini topayotgan, a'lo o'yin o'ynab, raqib darvozasiga javobsiz o'nta to'p urayotgan azamatlar soni kun sayin ko'payib bormoqda. Mana, o'zingiz guvoh bo'ling!
- Marhamat qilib, o'zingizni tanishtirsangiz!
- Men Buxoroning Romitan rayonidanman. Otim baqoyev Po'lot. O'ziym maktabda ishlayman. Shunaychukun panjshanbe kuni xotinim bilan mashinaga Buxoroga borib ediym. Ketopsak, lotareya sotopti. Sotuvchi o'zimning sobiq o'quvchim ekan. "Domullo Baqoyev, dedi, manginaning latareyasidan birtagina oling, ohe!" dedi. Xotinim aytdi: "Kotta-motta odam lattareyani nima qilasiz, undan ko'ra bachalarga banan olayik", dedi. "hay birta latareya olsak, olibmiz-da" deb shunday o'chirsam, "avtomobil" deb yozib qo'yibdi. Xotinim "ibi-i-i-i" dedi-yu, yiqilib to'xtadi!
- Sizni chin dildan tabriklaymiz< Po'latjon! Xotiningizni ham qutlab qo'ying. Bundan keyin mashina yutsangiz, yiqilib yurmasinlar! mabna sizga mashinaning kaliti! mana, qo'shimcha pul!.. Ammo bu hali hammasi emas, aziz do'stlar! Bugun baxti kulganlarning kunidir! mana yana bir g'olibimizni ko'rib qo'ying! Ismingiz?
- Men Hamidxon Habibxonovman. Namongonning Uchqo'rg'onidan bo'laman. O'tgan hafta institutga ketutsam supermarketning oldida lotoreya sotutti ekan. Uchtaginasini olgan edim, mashina chiqdi!
- Tabriklaymiz< Hamidxon uka! Muborakbod bo'lsin! ayting-chi, щэйшнышяьшб ishlaysizmi?
- Institutda o'qiyman.
- Ko'rdingizmi, azizlar! Omad kulib boqsa, yosh ham, kasb ham tanlamaydi! ayting-chi< Hamidxon uka, ota-onangiz bormilar?
- Borlar. Didom borlar. Abam borlar. mana abamning o'zlari.
- Iye, ayajon, siz Hamidxonning ayalari bo'lasizmi?
- Ashnaqa, ukajon! Balamning baxtidan o'rgilay! Latareyaga yutganini eshitib, qaldirab qolsam, deng! Didasini aytmaysizmi? Bahorda qurt o'lgurga barg kesaman deb tutdan yiqilib belangi bo'pqolgan edilar. Xushxabarni eshitib, dikanglab turib ketsalar, deng! Ming rahmat sizlarga!
- Mana, ukajon, mashinaning kaliti! Haydashni bilasizmi?
- Bilaman, oka, pravam bor!
- Unday bo'lsa, oq yo'l sizlarga! Qarang, hurmatli tomoshabinlar! yoshgina yigitcha mashinaga chaqqonlik bilan minib, uchirib ketganini qarang! shu ketishi bo'lsa, to'rt soatdan keyin onasini Uchqo'rg'onda ko'radi! :-)) Azizlar, navbatdagi g'olibimizni ko'rsangiz, hayratda qolishingiz aniq! Mana, o'zingiz guvoh bo'ling! Siz qayerdansiz, otaxon!
-Nemene?!
- Qayerdan bo'lasiz, deyman?
- Jaqinroq kel, shirag'im, qulog'im ovur!
- Qayerdan kelgansiz, deb so'rayapman, boboy!
- Yujniy Kazaxstanning Kentov qal'asindin! Oltinshi uvlim Jettisoyda "Alg'abas" sovxozinda malshi bo'lib ishleydi. O'si uvlimni ko'reyin deb kelib edim. Ippadromg'a barsam, birovi latareya satib jatkan eken. "Aling, aqsaqal, mashin jutasiz" dedi. Sasib qalib o'novini olib edim, birovini o'shirsem, mashina shig'ibtur.
- Eshitdingizmi, do'stlar! Otaxonning gaplarini eshitdingizmi? Bizning o'yinimizga faqat hamyurtlarimiz emas, qardosh qo'shnilarimiz ham ishqiboz bo'lmoqda. ishqiboz bo'libgina qolmay, yutmoqda! necha yoshdasiz, otaxon!
- Ne deysin?
- Yoshingiz nechada?
- Jetpis jettida! At jili tuvg'anmin.
- Qarang, qadrli do'stlar. yoshi yetmish yettiga chiqqan, yuzidan nur yog'ilib turgan otaxonni tabriklang! mashinaning qanaqasini tanladingiz, otaxon?
- Vov shirag'im, mog'an to'rt do'ngalagi bo'lsa bo'ldi.
- Ayting-chi, otaxon, oilangiz katta bo'lsa kerak?
- Ulken. Ush qatin...
- Kechirasiz, otaxon, nima uchta?
- Ush ayolim bor. O'zbek bayisa tom soladi, qazaq bayisa qatin oladi, degen so'zni eshitpegenmisin? Ush qatin, o'n jetti uvil-qiz, qirq ush nevera, sekkiz sho'beram bar.
- Qoyilman, otaxon! Uchala kampiringiz bilan qo'sha qaring! Nevara-chevaralarning rohatini ko'ring! bo'ldimi, xayr, omadingizni bersin! aziz tomoshabinlar! hali aytganimizdek, bugun chindan ham g'oliblar kuni! Ana, tag'in bir omadli yigit kelmoqda! O'zingizni tanishtirsangiz?
- Otim Sardor. Familiyam Rustamov.
- Sardorjon! boshingizga baxt qushi qanday qo'nganini batafsilroq aytib berolmaysizmi?
- Etsam etvuraman! Buvam rahmatli etganiydila. "Qimorni yaqiniga yo'lama, badbaxt, qimorvozzi kosasi oqarmiydi", diganla. Latareya-patareyaga toqatim yo'q. Oddix kuni shoshib ketvossam, bir bola "mashi lattareyani olin, oka, moshina yutasiz", diydi. "Yutadigan latareya bo'sa nega o'zing omiysan?" disam, "pulim yo'g'-de, oka" diydi. "Nechchi pul?" disam, "besh yuz" diydi. Ming so'm bersam ikkita bilet tiqishtirvotti. "Hov, bratan, izdachisini bermisanmi, sani latareyang dib o'yimga piyada ketamanmi?" disam, "ikkita olavuring, rachcho't bo'lovuz", diydi. У bore, nima bo'sa bo'ldi, dib, mundoq o'chirsam, moshina chiqdi!
- Ana, ko'rdingizmi, azizlar! Omadning kulib boqishini qarang! o'zingiz qayerda yashaysiz, sardorjon?
- Tochniy adrisim kerakmi, pajalista! Toshkent shahar, Oqtepa massivi, Qo'shterak ko'chasi, o'n to'rtinchi o'y!
- Nima? Stop! kallang ishliydimi, uka! Tochniy adrisga balo bormi? Ertaga butun mahallang, qarindosh-urug'ing uyingga yopirilib kirsa nima qilasan?
- Mani ahmoq dib o'ylavossizmi, oka! Hich qanaqa "Oqtepa-moqtepani bilmiyman! Adrisim sapsem boshqa. A vaapshe otimam Sardormas, Alibek! Hamma Albert diydi!
- Shunaqa dimiysizmi, ukajon! Vnimaniye, zapis! Hurmatli tomoshabinlar. Kulib turgan yigitning quvonch to'la ko'zlariga qarang! mana sizga mashinaning kaliti! yana bir narsa so'rasam maylimi, Sardorjon?
- So'riyvuring!
- Uylanganmisiz?
- Velosiped olishga pul yo'g'-u, xotinga balo bormi?
- - Shuning uchun so'radim-da, ukajon! Mana, sizga yana to'rt million so'm pul! kattakon to'y qilishga bemalol yetadi! Tanlaganingiz bormi o'zi?
- Bor! Besh-oltitasi ochirit bo'p turipti!
- To'yingizga bizni ham taklif qiling, sardorjon! Ko'rdingizmi, azizlar! Bugun Sardorjonga qo'shaloq bayram! Bo'lajak kuyov gulzorga kirgan bog'bondek eng sara gulni tanlab oladi va qars-badabang to'y qiladi! so'ng sardorjon kelinni minib, "Damas"ni qo'ltiqlab... Tois, kelinni qo'ltiqlab, "Damas"ni minib nikoh sayliga chiqadi.
Aziz do'stlar! Shunday qilib, bugun siz bir emas, to'rt nafar baxti kulgan g'olibni ko'rdingiz!...
Navbatdagi yutuq sizniki bo'lishi mumkin. Shoshiling! Imkoniyatni boy bermang! O'ynang! Yuting!
Muallif izohi. Bu Bu gaplarning hammasi hazil. Televizorni bo'kirtirib reklama qiladigan lotoreyachilarga ham, chipta sotib olmasa, "allergiya"si qo'zib kechasi bilan "qashlanib" chiqadigan muxlislarga ham omad tilayman!
O'tkir Hoshimov
Лотарея - тиланчиликнинг замонавий, қулай ва қонуний йўли...Берганга ҳам, олганга ҳам
albatros
01.06.2011, 14:12
LOTOREYA-Hozirgi kunga kelib barchamiz lotoreya haqida oz bo'sa ham tushunchaga egamiz.Ayni vaqtda LOTOREYAlarning juda ko'p turi bor.Lekin hozirgi vaqtga kelib hammani o'ylantirayotgan bir muammo bor. Lotoreyada qo'yilgan yutuqlar haqiqtdan ham o'z egalarini topayabdimi? O'zi lotoreyaga ishonish kerakmi? Sizchi, siz lotoreyaga ishonasizmi?...Va nega:naughty:
Ushbu bo'lim diniy mavzuda emas-u savolingizga din nuqtai nazardan kelib chiqqan holatda javob bermoqchiman. Loteriya o'yini islom dinida makruh hisoblanadi. Chunki u ham qimor o'yinlari turkumiga kiradi. Pul topish uchun esa faqat va faqat HALOL MEHNAT orqali erishish eng to'g'ri yo'ldir. Bu mening loteriya o'yinlari haqidagi shaxsiy fikrim...
Шох Салтан
11.06.2011, 02:46
спорт лоттода (36 дан 6) ютиш учун ҳамма комбинацияни ҳисоблаб кўриб, 1.23 млн. вариант эканлигини аниқладим. агар 1 вариант ўша пайтларда 100 сўм турган бўлса, у ҳолда тахминан 123 млн. сўм бўлар экан. бу ҳолда ютуқ бор-йўғи 10-15 млн. сўм бўлади. агар ютуқ 123 млн. дан кўпайиб кетса ҳамма комбинацияни белгилаб аниқ ютиб олиш мумкин.
Javohir Mahmudjonov
13.06.2011, 19:36
LOTOREYA-Hozirgi kunga kelib barchamiz lotoreya haqida oz bo'sa ham tushunchaga egamiz.Ayni vaqtda LOTOREYAlarning juda ko'p turi bor.Lekin hozirgi vaqtga kelib hammani o'ylantirayotgan bir muammo bor. Lotoreyada qo'yilgan yutuqlar haqiqtdan ham o'z egalarini topayabdimi? O'zi lotoreyaga ishonish kerakmi? Sizchi, siz lotoreyaga ishonasizmi?...Va nega
Men umrimda juda ko'p marta lotoreya o'ynaganman va bir marta qo'shtirnoq ichida juda katta sovringa ega bo'lganman 500 so'mga lotoreya sotib olib 500 so'm yutuq chiqgan :-) Bundan keyin boshqa bu darajada omadim kelmagan
Shuhrat Ismailov
13.06.2011, 20:39
спорт лоттода (36 дан 6) ютиш учун ҳамма комбинацияни ҳисоблаб кўриб, 1.23 млн. вариант эканлигини аниқладим. агар 1 вариант ўша пайтларда 100 сўм турган бўлса, у ҳолда тахминан 123 млн. сўм бўлар экан. бу ҳолда ютуқ бор-йўғи 10-15 млн. сўм бўлади. агар ютуқ 123 млн. дан кўпайиб кетса ҳамма комбинацияни белгилаб аниқ ютиб олиш мумкин.
Нотўғри.
6 36 дан комбинациялар сони (36*35*34*33*32*31*30)/1 * 2 * 3 * 4 * 5* 6)= 1402410240/720=1947792 га тенг (2 млн га яқин).
Джекпот учун комбинациялар кўп, тўғри
Аммо бошқа ютуқлар сонини қараб чиқсак (5 та,4 та рақам топганлар учун) ҳолат бошқача бўлади
спорт лоттода (36 дан 6) ютиш учун ҳамма комбинацияни ҳисоблаб кўриб, 1.23 млн. вариант эканлигини аниқладим. агар 1 вариант ўша пайтларда 100 сўм турган бўлса, у ҳолда тахминан 123 млн. сўм бўлар экан. бу ҳолда ютуқ бор-йўғи 10-15 млн. сўм бўлади. агар ютуқ 123 млн. дан кўпайиб кетса ҳамма комбинацияни белгилаб аниқ ютиб олиш мумкин.
Siz ShN etganide hisobda adashdingiz, lekin hulosada ham adashdingiz, chunki amaliy jihatdan siz etgan yo'l bilan aniq yutib olishning imkoni yo'q.
36-6 ni pir paytlar darsda hisoblab chiqqanimizda hamma variantni va narxini hisoblaganimizda siz etgande 123 emas 200 mlndan oshiq summa kerak bo'lgan bu hammasi emas!
Agar kimdir shuncha lotareya sotib olib hamma variantni to'ldirib chiqaman desa, 1 haftani ichida ~200mln blankani xatosiz to'ldirib, terminallardan o'tkazib berishga ozgina harajat ketmidi!
Aytaylik juda arzonga shu ishni amalga oshirdingiz, endi ehtimollar nazaryasiga ko'ra sizdan boshqalar ham o'ynashsa kamida 1 ta odam 200mlnta emas, bitta chipta olib u ham 6 sonni to'g'ri topish imkoniyati bor :(
Ana endi shuncha harajat qilib siz o'sha odamm bilan jekpotni bo'lishib olgingiz kelmas :)
Ha o'sha paytda Jekpot 280 mln ga chiqqandi :)
agar 2 kishi yutib olgan bo'lsa, 140 mlndan tegadi, agar 3 kishi yutib olsa ~90 mlndan tegadi,4 kishi yutib olsa...va siz umuman zarar ko'rishingiz mumkin :(
Shuning uchun omadga bog'liq :)
Kahramon Jalilov
14.06.2011, 08:16
5 ta holat uchun ehtimollik 12 mln (12051963) ga to'gri keladi (Omad lotto)...
Bahrom (aka, uka) saal tushunarliroq yozing, iltimos...
Kahramon Jalilov
14.06.2011, 08:26
Ushbu bo'lim diniy mavzuda emas-u savolingizga din nuqtai nazardan kelib chiqqan holatda javob bermoqchiman. Loteriya o'yini islom dinida makruh hisoblanadi. Chunki u ham qimor o'yinlari turkumiga kiradi. Pul topish uchun esa faqat va faqat HALOL MEHNAT orqali erishish eng to'g'ri yo'ldir. Bu mening loteriya o'yinlari haqidagi shaxsiy fikrim...
Lotereyalar har hil holat uchun o'ylab topiladi, ba'zi holatlarda odamlar shahsiy manfaatlarini o'ylab topishsa, ba'zi holatlarda davlat uchun ozgina yordan tariqasida ishlab chiqiladi, bunda naqd-pul muomilasini nazoratda ushlab turish uchun, yoki oyliklar, ish haqi, pensiya o'z vaqtida bo'lishi...shunga o'hshash narsalarda amalda qullab - quvvatlash uchun ham ishlab chiqiladi, bizning respublikamizda hozirgu kunda islomiy tarafdan olib qaraganda bu hech qanaqangi qimor yoki boshqasi emas kam ta'minlangan muhit, yoki o'z vaqtida moliviy ta'minotni ta'minlashga ko'maklashish tariqasida ishlab chiqilgan...
5 ta holat uchun ehtimollik 12 mln (12051963) ga to'gri keladi (Omad lotto)...
Bahrom (aka, uka) saal tushunarliroq yozing, iltimos...
Ho'p Kahramon bundan keyin harakat qilaman.
спорт лоттода (36 дан 6) ютиш учун ҳамма комбинацияни ҳисоблаб кўриб, 1.23 млн. вариант эканлигини аниқладим. агар 1 вариант ўша пайтларда 100 сўм турган бўлса, у ҳолда тахминан 123 млн. сўм бўлар экан. бу ҳолда ютуқ бор-йўғи 10-15 млн. сўм бўлади. агар ютуқ 123 млн. дан кўпайиб кетса ҳамма комбинацияни белгилаб аниқ ютиб олиш мумкин.
Qisqasi SportLottoda hamma holatni(variantni) belgilab chiqib foyda ko'rish 100% aniq emas.
Oddiy odammni puli umuman yetmidi hamma variantni sotib olishga.
Kahramon Jalilov
15.06.2011, 10:33
Qisqasi SportLottoda hamma holatni(variantni) belgilab chiqib foyda ko'rish 100% aniq emas.
Oddiy odammni puli umuman yetmidi hamma variantni sotib olishga.
Umuman olganda sport lotto o'yini o'ynalmay qo'yilgan, tag'in bilmadim... Pul-buyum lottereyalari, yoki davlat tashkilotlari (banklar) tomonidan chiqarilayotgan lottereyalarning aldash yoki, ishonchsizlik holati bo'lmaydi, chunki yutuq umumiy summani nechchidir foizini tashkil qiladi, qolgani davlat qaysidir sektorni rivojlantirish uchun yo'naltiradi, oddiy tilda aholi tomonidan ko'maklashishga kiradi...
Endi ishonchsizlik deb uylali aloqa kompaniya tomonlaridan yoki xususiy sektorda faoliyat yuritayotgan tashkilotlar o'tkazilayotgan lottereyaga o'hshash aksiyalarni aytish mumkin, xususan Beeline kompaniya o'tkazayotgan o'sha pul-buyum aksiyasiga umuman ishonmayman...Bu mijozlani o'ziga qaratishdan boshqa hech narsa emas!!
Шох Салтан
16.06.2011, 05:49
Siz ShN etganide hisobda adashdingiz, lekin hulosada ham adashdingiz, chunki amaliy jihatdan siz etgan yo'l bilan aniq yutib olishning imkoni yo'q.....
Shuning uchun omadga bog'liq
бу ерда мавзу "Лоторея ишончлими?" деб ёзилган. мен фақат бу нарса ишончли эканлигини кўрсатмоқчиман. балки тўғри, ҳисоблашда адашгандирман. аммо ишонч билан бирданига 4 киши 280 млн. ни ютиб олиши мумкин бўлмаган ҳолат (ҳар холда 1 дан 1 000 000 000 ҳолат бўлмаса). сиз бу одамни қандай қилиб сонларни белгилашини эмас балки шу нарсани қилишни ўзи мумкинлигига ишонч борлигига эътибор беринг.
Men ishonchsiz demadim, aynan ishonchli bo'lganidan hammada yutib olish imkoni bor, masalan siz bitta lotareya olib jek potni yutish imkoniyatiz nazariy jihatdan mumkin.
Yana bir fikr hamma variantni bir kishi belgilashiga ruhsat bo'lmasa ham kerak, chunki bu lotareya-ku. Pul topib tirikchilik qilish manbasi emas.
Kahramon etganidek hayriya lotareyasi bo'lsa umuman olganingizni o'zi yutuq,sababi qanaqadir foydali ishga sarflanadi o'sha pullar.
vBulletin® v3.8.5, Copyright ©2000-2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot