PDA

Просмотр полной версии : Bugun o'quvchilar tarbiyasida otalar qanday o'rin tutmoqda?


Aziza Abdunabiyeva
06.05.2008, 13:45
Yaqinda, 20-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Xalq Ta'limi vazirligi umumiy o'rta ta'lim muassasalarida o'quvchilar tarbiyasida otalar ma'suliyatini oshirish, ta'lim muassasalari bilan oilalar(otalar) hamkorligini kuchaytirish, o'quvchilarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash maqsadida butun O'zbekiston hududida "Otalar majlisi" tadbirini o'tkazdi.

"Yurtimiz ravnaqi va farzandlarimiz tarbiyasiga befarq emasligingiz uchun oldindan minnatdorchilik bildiramiz"
deb yozib qo'yilgan edi majlis taklifnomasiga.

O'zbek farzandlari, o'zbek o'quvchilari tarbiyasiga o'zbek otalari e'tiborini jalb qilish uchun mana shunday majlislar o'tkazilishi shartmi? Otalar faqatgina shunday rasmiy va majburiy chaqiruvlar asosidagina maktabga borish, faqat talab qilingandagina farzand tarbiyasi bilan qiziqish darajasiga tushib qoldilarmi?

Aslida farand tarbiyasida otalarning o'rni muhimmi? Yoki insonni komil shaxs bo'lishida ona tarbiyasining o'zi yetarlimi? Otalarning oiladagi vazifasi nimadan iborat ekanini hammamiz nazariy jihatdan bilamiz. Lekin bugungi kunda aksariyat otalar faqatgina moddiy ta'minot borasida vazifalarini bajarmoqdalar. Shu holda ham oiladagi farzandlarni yaxshi tarbiyaga ega bo'lishlarini ta'minlash mumkinmi?

Hurmatli forumdoshlar, sizning bu boradagi fikringiz qanday? Farzand tarbiyasidagi yetakchi o'rinni kim egallaydi? Otami yoki ona? Ular bir-birisiz bu vazifani uddalay oladilarmi?

Akbarova Mehribonu
06.05.2008, 19:58
Mening fikrim bo'yicha har ikkalovi ham muhim o'rin egallaydi. chunki har qaysi ota kamchililgini ona, ona kamchiligini ota to'ldirib turadi.

Lekin bugungi kunda aksariyat otalar faqatgina moddiy ta'minot borasida vazifalarini bajarmoqdalar.
Bu fikrga men mutlaqo qarshiman, chunki otalar o'z farzandlarining tarbiyasi bilan ham shug'ullanadilar. Chunki har qaysi ota o'z farzandi kelajakda komil farzand bo'lishini hohlaydi.

Yulduz Alieva
06.05.2008, 23:44
Воспитание — целенаправленное формирование личности в целях подготовки её к активному участию в общественной и культурной жизни в соответствии с социокультурными нормативными моделями. И в этом процессе участие отца и матери играют важную и главную роль. Надо отметить то, что отец не может дать ту любовь, заботу которую, дает мать также как и мать не может дать ту любовь и заботу которую дает отец. И отец и мать, поэтому должны принимать участие в воспитание ребенка.
Lekin bugungi kunda aksariyat otalar faqatgina moddiy ta'minot borasida vazifalarini bajarmoqdalar.
И не правильно судите на счет отцов потому что, не у всех так. Но не буду отрицать того, что есть такие!
каждый думает по своей мере испорченности :)

Masud Mahsudov
07.05.2008, 11:01
O'quvchilar tarbiyasidagi biror o'rin bo'lsa, u ham o'qituvchiga tegishli bo'ladi... Shu haqda batafsil yozish kerak... Ota (va ona) esa, bolalariga o'quvchi emas, avvalo farzand sifatida qaraydi...

O'qituvchilarning o'quvchi tarbiyasidagi roli bugungi kunda qay tarzda?... Uni yanada oshirish uchun qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish haqida qayg'urish kerak emasmikin?...

P.S. Musulmonchilikda, o'g'il tarbiyasi bilan ko'proq ota, qiz tarbiyasi bilan ko'proq ona shug'ullanishi tavsiya etiladi...

Maestro
07.05.2008, 11:25
Otalar faqatgina shunday rasmiy va majburiy chaqiruvlar asosidagina maktabga borish, faqat talab qilingandagina farzand tarbiyasi bilan qiziqish darajasiga tushib qoldilarmi?

ИМХО, хамма нарса шароитга боғлиқ. Шахсан мен кўп холларда ишда ёки хизмат сафарида бўлганлигим учун ота-оналар мажлисларида иштирок эта олмайман. Аммо бу факт фарзандларим тарбиясида пассив ўрин тутишимни ёки бефарқлигимни англатмайди (!).
Фақат оталарни чақириб тўғри қилишибди! Чунки баъзи холларда оналар фарзандларининг барча камчиликларини оталарга етказаверишмайди. Она-онада, "яна шунақа номақул иш қилсанг - отангга айтаман!" деган пўписа билан чекланиши мумкин. Ота эса, бошқа оталар олдида мулзам бўлганлигини кўтаролмай, фарзанд тарбиясига янада кўпроқ эътибор бериши мумкин.
Қолаверса, аралаш мажлисларда иштирок этганман (учтагина "ота" келарди). "Ўқиши ундоқ, кийиниши бундоқ, байрамга унча, ремонтга бунча" каби умумий гаплардан бўлак нарса йўқ. Бошқа мавзудан гап очсангиз, ўқитувчи "мактаб рахбариятига фикрларингизни албатта етказаман" дейишдан нарёғига ўтолмайди...

Умуман олганда, фарзандларим мактабига қиёслайдиган бўлсак, "Нега мактабда бирор-бир(!) тўгарак фаолият кўрсатмайди? Очиқ дарслар, бадиий кечалар, қизиқарли учрашувлар, давра суҳбатлари, кўрик танловлар, спорт ва санъат турлари бўйича мусобақалар ўтказилмаслигини қандай тушиниш мумкин? Ҳеч бўлмаса расм чизиш бўйича ўқувчилараро танлов ўтказиш шунчалик қийинми? Буларни ташкиллаштириш ўрнига нега ўқитувчилар ёппасига "репититорлик" қилишга ўтиб олишган? Ўз дарсида берган уй вазифасини пуллик қўшимча машғулотда ишлаб бериш "репититорлик"ми? Методистлар иш режалари борми ва уларнинг ижросини ким назорат қилади? Бу мактабда "чаепитие"дан бошқа нарсани биладиганлар ҳам борми ўзи? Бутун бошли мактабда маҳсус жихозланган физика ёки кимё хонаси йўқлиги уёқда турсин, лоақал бир дона глобус йўқлиги нима деган гап? Мактаб кутубхонасида ҳам, босмахонада ҳам бўмаган, шу билан бирга, эркин сотувга чиқариш таъқиқланган дарсликларни ота-оналар қаердан олишлари керак? Нега хашарда иштирок этган бошқа мактаб ўқувчилари канукул даврида ўқув дастурини ўзлаштириш учун дам олмасдан ўқишди-ю, бизнинг мактаб жамоаси тинкаси қуриб қолгандай дам олишди? Нега малака оширишга кетган ўқитувчилар дарс жадваллари корректировка қилинмай, уларнинг ўрнига юқори синф ўқувчилари "дарс" ўтишаяпти?" каби "қарши" саволларни беришга оналар истиҳола қилиши мумкин, оталар эса йўқ (чунки оталарнинг табиатан характерлари бошқачароқ).

Қарабсизки, фарзанд тарбиясини янада такомиллаштириш юзасидан ҳам оилада, ҳам мактабда мавжуд бўлган баъзи камчиликларга барҳам берилиши мумкин.

Таасуфки, фарзандларим хали менга бундай таклифнома келтиришгани йўқ (иккиси ҳам аълочи ва фаол, агар берилган бўлса таклифномани мендан яширишга сабаб йўқ). Шундоқ бўлсада, яқин кунлар ичида мактабга ташриф буюришни режалаштирганман...

Farzand tarbiyasidagi yetakchi o'rinni kim egallaydi? Otami yoki ona? Ular bir-birisiz bu vazifani uddalay oladilarmi?
ИМХО, уддалай олиши мумкин деб ўйлайман. Ҳар холда маҳалламдаги икки бева аёлнинг етти фарзанди тарбияси ва ўзини тутиши бўйича, бошқалар уёқда турсин, хатто ўқитувчилар фарзандларига ўрнак бўлиши мумкин...

Feruza Husnitdinova
07.05.2008, 12:39
Фарзанд тарбиясида хам отанинг хам онанинг уз урни ва роли бор. Хам ота хам она булган оилаларда фарзанд тарбияси нисбатан енгилрок деб уйлайман. Чунки куп холларда ота онанинг бир бирларига муносабати, хурмати ва уз фарзандларига урнак булишлари тарбиянинг куп кирраларини уз узидан хал этади. Тулик эмас оилаларда эса бу масалада бир томонга огирлик тушади. Лекин фарзандини яхши тарбиялашга харакат килса булади. Бу эса жуда катта эътибор, мехнат, урнак булишни талаб этади. Агар оилада ота она ажрашган булса, энг мухими икикинчи томонни ёмонламаслик, унга карши куймаслик зарур. Бу бола тарбиясига салбий таъсир курсатиши мумкин.

Nigora Umarova
07.05.2008, 12:57
Farzand tarbiyasida otaning o'rni nihoyatda katta. Butun O'zbekiston hududida "Otalar majlisi" tashkil qilingani yaxshi bo'libdi.
Bunday majlislar bolaligimda bizning maktabimiz (Toshkent shahar , Mirobod tumanidagi 125-maktab) da yilda ikki marta o'tkazilardi. Mana shu majlisdagi taklifnomadagi bir jumla "Ota bo'lish oson, biroq otalik qilish qiyin..." yodimda saqlanib qolgan.
Farzand tarbiyasidagi muammolarni nafaqat onalar nigohi bilan, otalar nigohi bilan ham bilish o'qituvchilar, maktab ma'muriyati uchun muhimdir.
Ona bolaga nisbatan ortiqroq mehribonlik ko'rsatishi tabiiy, chunki u nuridiydasini to'qqiz oy bag'rida, ikki yil qo'lida, bir umr qalbida ko'tarib yuradi. Shu jihatdan qaraganda ushbu o'rinda otaning qattiqqo'lligi bola uchun nihoyatda kerak.

Aziza Abdunabiyeva
07.05.2008, 13:04
Mening fikrim bo'yicha har ikkalovi ham muhim o'rin egallaydi. chunki har qaysi ota kamchililgini ona, ona kamchiligini ota to'ldirib turadi.

Lekin bugungi kunda aksariyat otalar faqatgina moddiy ta'minot borasida vazifalarini bajarmoqdalar.
Bu fikrga men mutlaqo qarshiman, chunki otalar o'z farzandlarining tarbiyasi bilan ham shug'ullanadilar. Chunki har qaysi ota o'z farzandi kelajakda komil farzand bo'lishini hohlaydi.

Mutlaqo qarshi bo'lishga asos bormikin? To'g'ri, har qaysi ota farzandining kelajakda komil inson bo'lishini istashini hech kim inkor etolmaydi . Lekin, ba'zi otalar chindan ham tarbiyaga befarq ekanini tan olmay ilojimiz yo'q.

Otam o'sha kuni bo'lib o'tgan majlisga borib, maktab koridorida uchratgan otalarining aksariyati uyiga qo'ng'iroq qilib,farzandining qaysi sinfda (hatto nechanchi sinfda!) o'qishini qayta so'rashganini ta'kidladilar.

Nigora Umarova
07.05.2008, 13:34
Otam o'sha kuni bo'lib o'tgan majlisga borib, maktab koridorida uchratgan otalarining aksariyati uyiga qo'ng'iroq qilib,farzandining qaysi sinfda (hatto nechanchi sinfda!) o'qishini qayta so'rashganini ta'kidladilar.[/FONT][/COLOR]

Azizaxon!

Koridorda farzandining nechanchi sinfda o'qishini bilmay uyga qo'ng'iroq qilgan otalarning ahvoli ularning farzandini tarbiyasiga befarqligini bildirmaydi. Agar ular befarq bo'lishganida majlisga qatnashmagan bo'lishardi.
Qaysidir jihatdan otalarni ham tushunish mumkin. Oilaning moliyaviy ehtiyojlarini ta'minlayman deb farzandiga vaqt ajrata olmayotgan otalar ham bor.

Umida Yusupova
07.05.2008, 15:20
Ayrim otalar borki, farzandlari ularni boshqalarga " Otam" deyishga uyalishadi. O'zim ko'p hollarda bunga guvoh bo'lganman. Lekin, bari-bir hech bir odam o'z otasidan tona olmaydi. Bola tarbiyasi bilan ham ular shug'ullanmaydilar, hamma narsa ayol kishining bo'ynida. Otasiz tarbiyalangan bola bilan ota bilan birga katta bo'lgan bola o'rtasida ancha farq bor.Ota bosh bo'lgan oilalarda bolada otadan hayiqish hissi bo'ladi. Mana shu narsa uni " chizilgan chiziq"dan nariga o'tishidan saqlab turadi. Bolaning komil bo'lib yetishishida nafaqat unga iste'dodini ko'rsatib berishi uchun imkoniyat yaratib berish, balki uni nazorat ham qilib turish kerak.

Aziza Abdunabiyeva
10.05.2008, 13:57
каждый думает по своей мере испорченности :)



Lekin mening otam farzand tarbiyasiga befarq bo'lgan, yoki faqat moddiy ta'minotni o'ylaydigan otalar toifasidan emaslar...! Otamning menga bo'lagan e'tibori, nazorati va mening tarbiyamdagi ahamiyatlari tufayli men tengdoshlarim orasida sal bo'lsa-da ko'proq bilim va hurmat qozona olganman.

Feruza Husnitdinova
14.05.2008, 18:19
Мунозарада аксарият аёллар катнашяпди. Нега шундай???

Nigora Umarova
24.05.2008, 12:22
Мунозарада аксарият аёллар катнашяпди. Нега шундай???

Чунки оталар оиласини молиявий жихатдан таъминлаш билан бандлар.

JUS
24.05.2008, 12:47
Мунозарада аксарият аёллар катнашяпди. Нега шундай???

Mavzu asosan otalar (erkaklar) to'g'risidaligi uchun, erkaklar "Qani biz to'g'rimizda qanday fikrlar ketarkin" deb kutib turishibdi. Kerakli fikrlar bildirilgandan keyin, erkaklar ham qo'zg'alishadi albatta.

O'quvchilar tarbiyasidagi biror o'rin bo'lsa, u ham o'qituvchiga tegishli bo'ladi... Shu haqda batafsil yozish kerak... Ota (va ona) esa, bolalariga o'quvchi emas, avvalo farzand sifatida qaraydi...
O'qituvchilarning o'quvchi tarbiyasidagi roli bugungi kunda qay tarzda?... Uni yanada oshirish uchun qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish haqida qayg'urish kerak emasmikin?...

"Qush uyasida ko'rganini qiladi" degan naqlga e'tibor bersak, oilada ota-ona qanday rol o'ynasa, farzand ham qayerlardadir beihtiyor o'sha ishni qilib qo'yadi. Aytmoqchimanki, farzand o'sha o'qiyotgan maktabida oilasida bo'lgan nomaqbul ishni qilsa, deylik, sharmandalarcha so'kinsa, bundayam o'qituvchini aybdor qilamizmi?

Sanjarbek Rizoqulov
24.05.2008, 15:38
Ota bosh bo'lgan oilalarda bolada otadan hayiqish hissi bo'ladi. Mana shu narsa uni " chizilgan chiziq"dan nariga o'tishidan saqlab turadi.

Ota - parvardigoring deyishadi. Haq gap, oilada farzand tarbiyasida otaning o`rni beqiyosdir. Otalar bolalarga o`rnak bo`lishadi, ko`pchilik yosh bollar katta bo`lsam dadamga o`xshagan bo`laman deyishlari ham shundan. Agar farzand noqobil bo`lsa, men buni 100% otaning aybi deb bilaman.

Feruza Husnitdinova
03.06.2008, 14:46
Qizlar esa turmush o'rtog'i otasiga o'xshashini orzu qilishadi.

Aziza Abdunabiyeva
05.06.2008, 13:41
Qizlar esa turmush o'rtog'i otasiga o'xshashini orzu qilishadi.


Menincha esa qizlar otasiga qarab bo'lajak turmush o'rtog'ini qaysi jihatlariga qarab tanlashni o'ylashsa kerak. Har bir farzand o'z otasini ideal sifatida ko'rishni xohlagani bilan, besh qo'l barobar emasku. Otasining ham kamchiliklari, ayblari, xatolari bo'lishi mumkin deb o'ylayman. Bu kamchiliklar esa yil sayin farzand katta bo'lgani sari yaqqolroq ko'zga tashlana boradi.

JUS
05.06.2008, 16:27
Qizlar esa turmush o'rtog'i otasiga o'xshashini orzu qilishadi.

Баъзи қизлар десангиз муболаға бўлмасди. Чунки баъзи оталарни ҳам кўрганман, ичволиб кўчада оғзидан ади чиқиб, бади қолмайди. Ана ўшанда фарзандлари, бизни шарманда қилманг деб олдида гирдикапалак бўлиб юришади. Хотинини отасидан бошлаб, етти пуштигача сўкиб чиқади.
"Одобни одобсиздан ўрган" деган нақлга риоя қилиб, бундай ҳаракатларни аксини қилувчи кўплаб фарзандлар ҳам бор, лекин отасига ўхшашни орзу қилиб, (яъни отаси ичиб олиб, шер юрак бўлиб кетган даврларига ҳавас қилиб) шундай ўсса, ертага "Отанга ўҳшамай ўл" деган қарғишни ҳам олиши ҳеч гапмас

Feruza Husnitdinova
05.06.2008, 17:25
Мен яхши хислатли оталарни кузда тутган эдим. Салбий холатларни уйламабман.

JUS
06.06.2008, 15:54
Kecha yaqin bir yoshgina, endigina 16 yoshga to'lgan bola o'z otasi bilan teng, deyarli kattaroq ham bo'lgan bir amaki bilan tengma-teng so'kishib yotibdi. U bolani og'zidan chiqqan gapni eshitib xayron qoldim. Amaki ham dadasini hurmati deb indamaygina tinchlantirmoqchi bo'lsa, besh battar sakrab so'kinadi. Aslida amaki unga ozginagina tanbeh berdi xolos, shuning uchun turli zamonaviy so'zlar bilan amakini yer bilan bitta qilib tashladi. U ham mayli, bolaning dadasi kelgach, erkatoy o'g'ilcha bo'lgan voeqeani teppa-teskarisini aytdi va amaki bilan otasi o'rtasiga sovuqchilikni tushurdi qo'ydi. Endi navbat amakiga=ota +bola teng tashlanishdi.Mana shunday aqli past otalar ham bisyor. Ular kelajakka o'zlariga o'xshagan axmoq otalarni kashf qilayotganlariga nima deysiz. Bolaniku tarbiyalab olsa bo'ladi, lekin otalarni tarbiyalaydigan tarbiya maskanlari ham bormikin?

Nigora Umarova
06.06.2008, 16:23
Jasurbek, ajablanadigan joyi yo'q. Yuqorida ta'kidlaganingizdek "Qush uyasida ko'rganini qiladi". Avvallari "Bir bolaga yetti qo'shni ota-ona" gapiga amal qilishardi. Bugun bu gap o'zining ahamiyatini biroq yo'qotgan. Odamlar "senga nima, menga nima?" qabilida ish tutishadi.
Bir voqea yodimga tushdi: "Maktabda endi ish boshlagan kezlarim, o'quvchilarim rasmga tushishdi. 4-sinf o'quvchisi- 10-11 yoshdagi bolalar. Qizlarimdan biri rasmga beriladigan pulimni yo'qotib qo'ydim, deb yig'laydi. Hazilakam pul emas. Shunda bolalarimning hatti-harakatlarini kuzatib turdim. Bir o'quvchim kun davomida ancha-muncha narsalarga pul xarajat qildi. Oilasini bilaman, kamxarjroq oila edi. "Pulni qayerdan olding?" - desam, "Adam berdilar" degan javobni qaytardi. Bolaga bildirmay otasini chaqirtirdim va "Bugun o'g'lingizga ko'p pul berib yuboribsiz-a?"- deya so'rasam ota hech qanday pul bermaganligini aytdi. Biroz turib ona ham yetib keldi va "Pulni men bergandim" - dedi. Undan avval esa bolaga "Pulni, uni yo'qotgan qizni va bolaning o'zini yonimizdagi miltsiya idorasiga olib chiqib, barmoq izlarini tekshiramiz, agar puldan barmoq izlari chiqsa, pul o'g'irlangan bo'ladi "- degandim; bola "jon ustoz, pulni bilmay olgandim, boshqa qilmayman"- deya kechirim so'rab yolvorgandi..."
Xullas, bolaning tarbiyasini tuzatguvchi ham, buzguvchi ham ota-onaning o'zidir. Sababi, onaning hatti-harakatlarini kuzatib uni bolasining oldida yolg'on gapirib o'rnak bo'layotganligiga guvoh bo'ldim.

Behzod Sulaymonov
10.06.2008, 17:36
Шахсан бир синфдошим отасиз усган. Ота тарбиясини умуман курмаган. Лекин, мен ундаги дангаллик, мардликка койил колганман. Хурмат киламан шу боисдан. Лекин, шундай дустларим бор-ки, улар ота тарбиясидан мосуво булишмаган. Шунга карамай, бушанг, нозиккунгил, танноз ва бироз субутсиз хам....
Куриб турганиздек, ота тарбияси хар доим хам тугри натижа бермаслиги мумкин. Ота тарбиясидаги ута каттиккуллик болани куркок ва табиатан муаммол билан тукнаш келишдан хавфсирайдиган килиб вояга етказиши мумкин.
Ха, энди буни ота булганимизда билсак керак!

Feruza Husnitdinova
11.06.2008, 17:23
Шахсан бир синфдошим отасиз усган. Ота тарбиясини умуман курмаган. Лекин, мен ундаги дангаллик, мардликка койил колганман. Хурмат киламан шу боисдан.

Сиз билдирган фикрга кушиламан. Мен хам хаётда шундай инсонларни учратганман. Менимча бунга инсонни характери кандайлиги хам сабаблардан бири булса керак, колаверса куп жихатлар генлар оркали она-отадан болага утади. Бола тарбиясида шуларни хисобга олиб, ижобий хислатларни куллаб-кувватлаш, салбий холатларни аста-секин бартараф этиш зарур деб хисоблайман. Баъзи холатларни ижобий томонга йуналтириб юбориш мумкин.

JUS
12.06.2008, 18:33
Менимча бунга инсонни характери кандайлиги хам сабаблардан бири булса керак, колаверса куп жихатлар генлар оркали она-отадан болага утади. Бола тарбиясида шуларни хисобга олиб, ижобий хислатларни куллаб-кувватлаш, салбий холатларни аста-секин бартараф этиш зарур деб хисоблайман. Баъзи холатларни ижобий томонга йуналтириб юбориш мумкин.

Masalan deylik, ota-onani o'zi tarbiyasiz, butun mahalla qo'ni-qo'shni ulardan bezor. Ota-ona o'zi yomon bo'lib, ulardan gen orqali ularning fazilati farzandiga o'tsa, u farzandni kim tarbiyalaydi..., o'zini ota-onasi albata. Bola tarbiyasida ijobiy xislatlarni kim qo'llab-quvvatlaydi, kim salbiy xislatlarni bartaraf etadi? Agar o'qituvchisi farzandini ozgina tartibga chaqirib qo'ysa, yomon xulqli ota-ona, o'qituvchi tomonda bo'ladi deb o'ylisizmi? Ba'zi xolatlarni kim ijobiy tomonga yo'naltira oladi. yuqorida ta'kidlaganimdek, ota-onani tarbiyalaydigan tarbiya maskani yaratish kerak uning uchun!

Feruza Husnitdinova
13.06.2008, 10:37
Ba'zi xolatlarni kim ijobiy tomonga yo'naltira oladi. yuqorida ta'kidlaganimdek, ota-onani tarbiyalaydigan tarbiya maskani yaratish kerak uning uchun!
Жасурбек! Сизнинг хабарларингизни укиб , жуда куюнчак инсон экан деган хулосага келдим. Кани эди, сиздай инсонлар купрок булса. Хабарингизга фикримни билмокчи булсангиз, мен ота-оналарни тарбиялашга кеч деб уйлайман. Сиз айтган, ачинарли холларда болаларни тарбиялаш учун алохида маскан очиш керак деб уйлайман.
Менинг фикрларим эса узимга ухшаган оддий, ичмайдиган, сукмайдиган, махаллада обрусини тукмаган оналарга ва бувиларга каратилган эди. Чунки улар хам фарзандини янада одобли, янада укимишли, янада баркамол инсон булишларини хохлашади. Яхши оилалар хам фарзандлари тарбиясига эътибор беришсин, болада салбий хислатларни сезишса, уни ижобий томонга йуналтиришсин. Яхши оилалардан хам ёмон фарзандлар чикиши мумкин. Бола тарбияси машаккатли мехнат ва эътиборни талаб килади. Бунда йул куйилган кичкина "пробел"ни кейин тугрилаш кийин булади. Бу фикрларимни менга ухшаган бувижонлар тушунади деб уйлайман. Афсуски форумда бувижонларни курмаяпман. "Бувижонлар" форуми очсакмикан? Бу албатта, хазил. Акл ёшда эмас бошда дейишадику. Хаммангиз билан мулокатда булганимдан хурсандман.

Nigora Umarova
13.06.2008, 11:10
Менинг фикрларим эса узимга ухшаган оддий, ичмайдиган, сукмайдиган, махаллада обрусини тукмаган оналарга ва бувиларга каратилган эди. Чунки улар хам фарзандини янада одобли, янада укимишли, янада баркамол инсон булишларини хохлашади. Яхши оилалар хам фарзандлари тарбиясига эътибор беришсин, болада салбий хислатларни сезишса, уни ижобий томонга йуналтиришсин. Яхши оилалардан хам ёмон фарзандлар чикиши мумкин. Бола тарбияси машаккатли мехнат ва эътиборни талаб килади. Бунда йул куйилган кичкина "пробел"ни кейин тугрилаш кийин булади. Бу фикрларимни менга ухшаган бувижонлар тушунади деб уйлайман. Афсуски форумда бувижонларни курмаяпман. "Бувижонлар" форуми очсакмикан? Бу албатта, хазил. Акл ёшда эмас бошда дейишадику. Хаммангиз билан мулокатда булганимдан хурсандман.

Хурматли hfsziyonet! (сизга шундай мурожаат этаётганим учун узр сурайман, сабаби исмингизни билмайман)

Бувижонлар учун форум очсакмикан, деган ярим хазил ва ярим чин ташаббус билан чикибсиз, яхши фикр.
Яхшиси, форумимизда "Бувижонлар маслахатхонаси" ёки "Пари момо угитлари" каби мавзу очарсизлар?!
Зеро, кари билганини пари билмас, деган доно гапи бор-ку?!
Бувижонлар кулида тарбияланган болаларнинг тарбияси ибратли булади.

Nigora Umarova
13.06.2008, 11:14
Шунингдек, сиз фаолият юритаётган Юнусобод туманидаги ХТББ да методист бувижонлар хам бор-ку, уларни хам форумга аъзо килиб, "Маслахатхона"да биз ёшлар учун кимматли фикрларини колдиришларини ташкил килиб берсангиз нур устига аъло нур буларди.

Камоли эхтиром ила доно Нигора Умарова

JUS
13.06.2008, 11:36
Kuni-kecha bir tanishim bilan suhbatlashib qoldim. Uni gaprayotgan muammosini eshitgan har bir odamni ko'zidan yosh to'kilishi, hech bo'lmaganda sirg'alib chiqishi aniq edi.

Man hozir asosiy muammoni qisqacha aytib o'taman. Xullas u o'z otasidan o'pkalab gapirib beryapti: -Dadam yaqin kunlarda nafaqat o'zini, balki hammamizni boshimizni yeydi. Oldinlari ichmagan kuni bo'lmasdi, endi esa ichmagan soati. Onamni 1 minutgina ham tinchi yo'q. Uyda deyarli qo'lga kiradigan hech vaqo qolmadi, dadam hammasini sotib ichib bo'ldi. Unga bahona nima ekan, ota-onasi noroziligida onamga uylangan ekan, shuning uchun ota-onasi rozi bo'lmganligi uchun hozir u baxtsiz ekan.

Yoshligimda judayam o'zimizga to'q yashardik, hech qanday bunaqangi muammolar yo'q edi, qariganlarida eslariga tushib qolibdi. Hozir onam bechora otamni ichishiga pul topish uchun ishlayaptilar. Bunday xolatga chidamasdan otamni tartibga chaqirmoqchiyam bo'ldim, evaziga yaxshigina kaltaklandim. Qo'l ko'taray desam otam, indamay desam onamga rahmim keladi. Ukalarim uyga kirgisi kelmasdan, maktabdan qaytgach qo'shnilarni uyida o'tirishadi. Amakilarimga murojaat qilsam, ular bir-ikki tergaganday bo'lishdi, bo'lishdi-yu o'sha-o'sha uyimizgayam kelmay qo'yishdi. Qo'limdan hech narsa kelmayapti. Onam bilan ukalarimni olib bosh olib ketaylik desam, qo'limda na ishim bor, na davlatim, qayergayam borardik. Bilmadim o'z otasidan bunaqa bezor bo'lgan farzand faqatgina men bo'lsam kerak - deydi ko'zlarida yosh bilan.
Qarang, otasi farzandini tarbiyalash o'rniga farzand uni tarbiyalash yo'llarini qidiryapti.

U yigit yoshligida judayam a'lochi, judayam aqlli, odobli bola edi. O'qiyman desa bemalol har qanday universitetda o'qiy olardi. Lekin bunday ota qo'lida nima bo'ldi. U-ku mayli, undan keyin ulg'ayib kelayotgan jajji bolachalarchi?
Unga maslahat berdim, dadanga yaxshi gapirib, aldab-suldab Respublka Narkologiya markaziga olib kelish kerak desam, u quturgan itdek bo'lib qolgan, hech kim uni jilovlay olmayapti, u sani juda yaxshi ko'rardi, san bir ko'ndirishga harakat qilib ko'r deb oldinga iltimos bilan keldim deydi.

Bir paytlar uning dadasi futbolni juda sevib o'ynardi. O'sha vaqtlari man ham kattalarga qo'shilvolib o'ynardim. Futbol maktabida o'qiganligim boismi ular ham qo'rqmasdan o'zlariga qo'shib olishardi, shu damlarda juda inoqlashib ketgan ekansmiz, keyin eslab ko'rsam. Qachon uyga borsam, ko'rib qolsa bo'ldi edi, yarim soat gaplashib turardik. Shu sabab ham yigitni iltimosini rad qilmadim, ustiga-ustak hech kim qilmagan ishni kimdir qilishi kerakku. Rozi bo'ldim, yaqin kunlarda albatta rejamni amalga oshiraman degan umiddaman.

Mavzuning nomi "Bugun o'quvchilar tarbiyasida otalar qanday o'rin tutmoqda" edi. Endi esa ushbu mavzuga qo'shib "Bugun xulqi yomon otalar tarbiyasida farzandlar qanday o'rin tutmoqda" degan mavzuni ham olib chiqish lozimmi deb o'ylab qoldim.:rtfm:

Nigora Umarova
13.06.2008, 11:54
Ba'zan mana shunday vaziyat tufayli farzandlarning kelajagiga soya tushadi. :-( Afsus...
Ba'zi farzandlar borki, katta arava qayerga yursa, kichigi ham o'sha yerga yuradi gapiga amal qilishadi.
Aqlini tanib, o'zini tutib olganlari esa ota izidan bormaslikka harakat qilishadi.
Eng yomoni odamlarning "Falonchimi, u anavi odamning farzandi/ Qazisan qartasan asl zotingga tortasan" degan ta'nalaridir.

Feruza Husnitdinova
13.06.2008, 14:16
Хурматли hfsziyonet! (сизга шундай мурожаат этаётганим учун узр сурайман, сабаби исмингизни билмайман)
.

Нигора Умарова, мен Хуснитдинова Феруза Сайфутдиновна буламан. Сиз билан танишганимдан хурсандман. Форумда руйхатдан утаётганда, менинг хатоим туфайли исмимни курсатмабман. Хакикатда, Юнусобод ТХТБда хурматли, ибратли бувижонлар бор. Бу жамоага якинда келиб кушилганман. Улар менга хам жуда хуш келдилар.
Мен форумда иштирок этиш буйича ишлар олиб боряпман. Лекин узим хам бу сохада "новичок"ман.

Maestro
13.06.2008, 19:49
Хеч қайси ота "Фарзандим номақул бўлиб ўссин" деб тарбия бермайди. Шунчаки, ҳар бир отанинг, ҳаётга қарашларидан келиб чиқиб, "тарбия" тушунчасидаги мезонлари ҳам турлича. Кимдир фарзандини ҳаётга "ушлаган жойини кесиб олади"ган, "олма пиш-оғзимга туш" деб ўтирмайдиган, тежамкор шахс сифатида тайёрлашга қилади, кимдир "чумолига ҳам озор бермайди"ган, саховатпеша инсон қилиб...
Афсуски, кўпинча фарзанд характери ва ташқи муҳит таъсирида, биринчи ҳолатда фақат ўзини ўйлайдиган худбин ва қўрс етишиб чиқса, иккинчисида лапашанг ёки ландовур инсон етишиб чиқади...

Xullas u o'z otasidan o'pkalab gapirib beryapti: - Qo'l ko'taray desam otam

"Саломат бўлсангиз ўғлим, яқин фурсатда кўргайсиз,
Болангиз катта бўлганда менинг қадримга етгайсиз.
Ўшал соат, ўшал кунлар - менинг гардимни топмайсиз,
Отангиз гарчи ноқобил, бу кўз қилманг оёқ ўғлим... " (с)

desam, u quturgan itdek bo'lib qolgan,
"Отанг ит бўлса ҳам - боғлаб қўйиб боқ!". Мақол.

SARDOR95
13.02.2010, 16:54
bolaga qancha otalari mehrilarini ayamasdan ulaga uy vazifalariga yordam berishsa bola shuncha ilmliroq bo"ladi deb o"ylayman