PDA

Просмотр полной версии : Nazorat ishlari

Ustoz
20.01.2011, 19:32
Emish-ki, ta`lim sohasidagi bir Katta Rahbar maktab rahbarlarini yig`ib bittasiga shunday savol beribdi:
- Nazorat ishlarini bahona qilib darslarni o`tmay qo`ygan bo`lsangizlar kerak a?
Maktab rahbari esa odatdagiday to`lqinlanib, to`lib-toshib javob beribdi:
- Yo`q, darslarning hammasi to`liq o`tildi, nazorat ishlarini biz hamma darslardan keyin o`tkazdik, o`sha kuni tekshirib natijalarini XTTBga topshirdik, hammasi yaxshi o`tdi.
Endi menda bir nechta savol tug`ildi:
1) Maktablarda kuniga 5-7 soat darslar o`tiladi. Eng oxirgi dars 13.55 da tugasa, siz bolalarga bir soat uyiga borib kelish, tushlik qilish va dam olishga bersangiz va 15.00 da bitta nazorat ishini boshlasangiz, u soat 17.00 da tugasa (har bir nazorat ishiga 2 soat belgilangan), yana 30 daqiqa vaqt tanaffus bersangiz-da soat 17.30 da keyingi nazorat ishi boshlansa, u esa 19.30 da tugab bolalar soat 20.00 da uylariga borishadi. Odatda oilalarda soat 18.00 dan 19.00 gacha kechki tanavvul qilinadi, siz shuncha bolaning kun tartibini buzdingiz, bunga haqqingiz bormikan? Soat 20.00 da uyiga kelgan bola ovqatlanadimi, dars qiladimi yoki dam oladimi? Ertasiga yana darsga kelgan bola yana 5-7 soat dars o`qiydi va yana sizning nazorat ishlaringizni kechgacha topshiradi va shu ahvol o`tgan hafta juma kundan beri takrorlanyapti. Hurmatli rahbar xonim buni bola jismonan ko`tara olishiga ishonasizmi?
2) Bolalar-ku 19.30 da uyiga ketarkan, ularning ustozlari esa yuzlab nazorat ishlarini tekshirib, hisoblab, hisobot tuzib bularning hammasini tayyorlagunicha kamida soat 22.30 - 23.00 bo`ladi (aslida shu vaqtgacha ham ulgurib bo`lmaydi). O`sha paytda TXTTB xodimlari ishlashayotganmidi, va o`sha paytda maktab o`qituvchilari shu hisobotlarni olib borishlari uchun mashina tashkil qilinganmidi? Yana, o`qituvchi o`zining belgilangan vaqtidan keyin ham qolib ishlagan. O`zbekiston Mehnat Kodeksiga ko`ra "Xodimni ishdan tashqari vaqtda ishga jalb qilgan rahbar unga kamida ikki barobar ish haqi to`lashi kerak". Shu hamma o`qituvchilarga ularning nazorat ishi olisga qilgan xarajatlarini to`lashdan tashqari Mehnat Kodeksida aytilgan haqni ham to`ladingizmi?
3) O`qituvchilar odatda bir yillik reja tuzishadi va bir yilga tuzilgan ped yuklama bo`yicha oylik olishadi. 227- Prezident Qaroriga ko`ra har bir o`qituvchiga qilgan ishiga alohida pul to`lanishi aytilgan. Rejada bo`lmagan bu ishlarni qanday rasmiylashtirmoqchisiz?
Aziz yurtdoshlar Sizlar bunga nima deysizlar?

Anvar Atakhanov
22.01.2011, 10:31
Aziz yurtdoshlar Sizlar bunga nima deysizlar?
Nima keragi bor bunaqa mavzuni? Nimaga erishmoqchisiz? Bunaqa turdagi mavzular yetarliku forumda.
Mavzu boýicha: O'qituvchilar Siz yuqorida te'kidlab o'tgan punktlardan tashqari yana o'sha kuni mikro uchastka aylanishi mumkin, to'garak o'tkazishi mumkin... Tak chto o'qituvchiga haykal qoýish vaqti keldi.

Ustoz
22.01.2011, 13:15
Foydasi yo`qligini tushunib Nigoraxondan o`chirib tashlashni iltimos qiluvdim... Juda ham jondan o`tib ketib yozuvdim-da. Bilaman, bu ohurdan katta ho`kizlar oziqlanishayapti, "Osh bo`lsin" (Teshib chiqsin) dan boshqa nima ham derdik Bolalar va o`qituvchilar haqini yeb o`tirganlar uzoqqa borisharmikan?

Mehriddin
24.01.2011, 20:02
Biz dars jarayonida olib topshirdik

Nigora Umarova
27.01.2011, 09:56
Foydasi yo`qligini tushunib Nigoraxondan o`chirib tashlashni iltimos qiluvdim... Juda ham jondan o`tib ketib yozuvdim-da. Bilaman, bu ohurdan katta ho`kizlar oziqlanishayapti, "Osh bo`lsin" (Teshib chiqsin) dan boshqa nima ham derdik Bolalar va o`qituvchilar haqini yeb o`tirganlar uzoqqa borisharmikan?

Ustoz, juda dolzarb mavzuni ko'tarib chiqqansiz. Uzr, shuning uchun ham o'chira olmadim.

O'qituvchilarni qiynayotgan muammolarni siz kabi jonkuyar maktab sohasida faoliyat olib borayotgan o'qituvchilar ko'tarib chiqmasa kim ko'tarib chiqadi. Kimdir muammolarni aytishi kerak-ku, "xo'p bo'ladi" bilan ish bitmaydi.
Axir o'qituvchi ham, o'quvchi ham inson-ku... Ularda ham vaqt chegaralangan.
Pedagogika va psixologiya fanida o'quvchining miyasi axborotni qabul qilishi bo'yicha gap borganida dars soatlarini shunga ko'ra belgilanishi haqida fikrlar berilgan. Shunday ekan, o'quvchi 6-7 soat o'qigach nazorat ishlarini qay tarzda yozib bera oladi.

Nigora Umarova
27.01.2011, 10:04
Nima keragi bor bunaqa mavzuni? Nimaga erishmoqchisiz? Bunaqa turdagi mavzular yetarliku forumda.
Mavzu boýicha: O'qituvchilar Siz yuqorida te'kidlab o'tgan punktlardan tashqari yana o'sha kuni mikro uchastka aylanishi mumkin, to'garak o'tkazishi mumkin... Tak chto o'qituvchiga haykal qoýish vaqti keldi.

Juda ham kerak-da bunday mavzular. Chetdan kuzatib turgan odam o'quvchilarning bilim olish darajasi pasayib ketayotganligi, o'qituvchilarni yaxshi o'qitmayotganligini aytib muallimni ayblashadi.
Agar o'qituvchining o'z ustida ishlashiga vaqti bo'lsa biim berish samaradorligi ham oshadi.

Nigora Umarova
27.01.2011, 10:14
...2) Bolalar-ku 19.30 da uyiga ketarkan, ularning ustozlari esa yuzlab nazorat ishlarini tekshirib, hisoblab, hisobot tuzib bularning hammasini tayyorlagunicha kamida soat 22.30 - 23.00 bo`ladi (aslida shu vaqtgacha ham ulgurib bo`lmaydi). O`sha paytda TXTTB xodimlari ishlashayotganmidi, va o`sha paytda maktab o`qituvchilari shu hisobotlarni olib borishlari uchun mashina tashkil qilinganmidi? Yana, o`qituvchi o`zining belgilangan vaqtidan keyin ham qolib ishlagan.

Erkak o'qituvchilar 22.30-23.00 largacha maktabda qolishi mumkin, biroq ayol o'qituvchilar-chi? Ular nazorat ishlarini uylariga olib ketib, uy ishlaridan bo'shagach, tongotargacha nazorat ishlarini tekshirib, natijalarini hisoblab, foizini chiqarib, hisobot yozishadi. Axir o'qituvchining joni temirdan emas.

Ustoz O`zbekiston Mehnat Kodeksiga ko`ra "Xodimni ishdan tashqari vaqtda ishga jalb qilgan rahbar unga kamida ikki barobar ish haqi to`lashi kerak". Shu hamma o`qituvchilarga ularning nazorat ishi olisga qilgan xarajatlarini to`lashdan tashqari Mehnat Kodeksida aytilgan haqni ham to`ladingizmi?
Rahbaringizdan shu narsani talab qilib ko'ring-chi, ijobiy javob olarmikansiz?.. Chunki rahbarning ham rahbari bor. Rahbaringiz ishingizdam kamchilik topib pedkengash yoki haftalik majlisda sizni barcha o'qituvchilar oldida mulzam qiladi. Rahbaringizni esa tuman XTBBsidagi rahbarlar kengashida savolga tutishadi.

Ustoz
27.01.2011, 15:08
...2) Bolalar-ku 19.30 da uyiga ketarkan, ularning ustozlari esa yuzlab nazorat ishlarini tekshirib, hisoblab, hisobot tuzib bularning hammasini tayyorlagunicha kamida soat 22.30 - 23.00 bo`ladi (aslida shu vaqtgacha ham ulgurib bo`lmaydi). O`sha paytda TXTTB xodimlari ishlashayotganmidi, va o`sha paytda maktab o`qituvchilari shu hisobotlarni olib borishlari uchun mashina tashkil qilinganmidi? Yana, o`qituvchi o`zining belgilangan vaqtidan keyin ham qolib ishlagan.

Erkak o'qituvchilar 22.30-23.00 largacha maktabda qolishi mumkin, biroq ayol o'qituvchilar-chi? Ular nazorat ishlarini uylariga olib ketib, uy ishlaridan bo'shagach, tongotargacha nazorat ishlarini tekshirib, natijalarini hisoblab, foizini chiqarib, hisobot yozishadi. Axir o'qituvchining joni temirdan emas.

Ustoz O`zbekiston Mehnat Kodeksiga ko`ra "Xodimni ishdan tashqari vaqtda ishga jalb qilgan rahbar unga kamida ikki barobar ish haqi to`lashi kerak". Shu hamma o`qituvchilarga ularning nazorat ishi olisga qilgan xarajatlarini to`lashdan tashqari Mehnat Kodeksida aytilgan haqni ham to`ladingizmi?Rahbaringizdan shu narsani talab qilib ko'ring-chi, ijobiy javob olarmikansiz?.. Chunki rahbarning ham rahbari bor. Rahbaringiz ishingizdam kamchilik topib pedkengash yoki haftalik majlisda sizni barcha o'qituvchilar oldida mulzam qiladi. Rahbaringizni esa tuman XTBBsidagi rahbarlar kengashida savolga tutishadi.

Yo`q, bizning rahbar unaqa emas, u iloji boricha o`qituvchining tarafida. Umuman maktablardagi o`qituvchilar to`g`risida ko`p gapirdik-ku, ammo maktab rahbarlariga men haykal qo`ygan bo`lardim (juda bo`lmaganida o`zim bilganlarimga). Ular ikki, hatto uch o`t orasida, tepadagilarning ahmoqona buyruqlarini (kuniga 8-9 ta) bajarishi, o`qituvchini ishlatishi va qaynagan choynakday bug`i ko`tarilib kirib kelgan ota-onalar bilan murosaa qilishi kerak. Kavlashtirib qolib erta-indin mening rahbarimga "O`qituvching shunaqa debdi, nega nazorat qilmading, nega tushuntirish ishlarini olib bormading? -" deb uni ayblab qo`yishadi. Shu sababli o`chirib tashlang deb iltimos qiluvdim.

Ustoz
27.01.2011, 16:26
Men kecha vazirlikda ishlaydigan bir odamdan xat oldim. Judayam madaniyatli va odob doirasidan chiqmagan xolda yozilganligi bilan u xat qo`pol gaplar gapirganimga meni uyaltirib qo`ydi. U odamning menga shaxsiy habardan yuborgan xatlarini hammaga dasturxon qilib o`tirmayman, ularning kimliklarini ham bu yerda aytmayman, qisqasi ular mendan ta`lim tizimimizga balchiq chaplamay tuzukroq takliflaringiz bo`lsa ayting degan gaplariga amal qilib bu yerda shunga harakat qilib ko`raman. Men o`zim shu sohada ishlayotganim uchun ta`lim tizimining yaxshi bo`lishi tarafdoriman. 1. Ta`lim Vazirligining qo`lida bo`lmasa ham bizdan olib qo`yilgan imtiyozlar qaytarilishini, o`qituvchilarga har xil dam olish uylariga yo`llanmalar berishni (hozir majburiy qilib tibbiy ko`rikdan o`tkazishadi-yu ammo birorta kasalingiz bo`lsa hech qanday yordam yo`q, unda bu tibbiy ko`riklarning maqsadi nima?); 2. Oylikni oshirishni; 3. O`qituvchiga hamma ishni bajaradigan mardikor sifatida qarashni tugatishni; 4. Maktablarning ishlariga qo`pol ravishda aralashaverishni to`xtatishni (albatta ularni to`liq ta`minlab qo`yish hukumatning zimmasida, agar esingizda bo`lsa biz hali ham davlat qaramog`idamiz); 5. Aslida o`qituvchining hayotini yaxshilash maqsadida chiqarilgan 227-Prezident Qarorini o`z yo`nalishida ishlatishni; 6. Bizga yordam berish asl vazifasi bo`lgan TXTTB xodimlarining bizning ishimizga halaqit qilishini to`xtatib o`zlarining asl ishlari bilan shug`ullanishni (yani bizga rahbarlik qilishni emas, bizga yordam berishni), aks xolda bunday idoralarni tugatishni (qancha pul tejalgan bo`lardi o`ylab ko`ringlar o`zinglar, 2006 yil oxirida bu narsa boshlangan edi, bilmadim qandaydir yo`l bilan ular jon saqlab qolishdi); 7. Maktab rahbarlariga ishonch bildirib ularning huquqlarini oshirishni (hozir biror niuma qilish uchun maktab rahbarlari bu ishlarni umuman tushunmaydigan XTTB xodimlaridan ruxsat olishlari kerak. Men litseyda ishlaganimda litsey rahbari hamma narsani, albatta qonundan chiqmagan xolda, o`zi hal qilar edi) so`rayman.

Nigora Umarova
27.01.2011, 17:59
Yo`q, bizning rahbar unaqa emas, u iloji boricha o`qituvchining tarafida. Umuman maktablardagi o`qituvchilar to`g`risida ko`p gapirdik-ku, ammo maktab rahbarlariga men haykal qo`ygan bo`lardim (juda bo`lmaganida o`zim bilganlarimga). Ular ikki, hatto uch o`t orasida, tepadagilarning ahmoqona buyruqlarini (kuniga 8-9 ta) bajarishi, o`qituvchini ishlatishi va qaynagan choynakday bug`i ko`tarilib kirib kelgan ota-onalar bilan murosaa qilishi kerak. Kavlashtirib qolib erta-indin mening rahbarimga "O`qituvching shunaqa debdi, nega nazorat qilmading, nega tushuntirish ishlarini olib bormading? -" deb uni ayblab qo`yishadi. Shu sababli o`chirib tashlang deb iltimos qiluvdim.

Xavotir olmang, axir siz Ustozsiz-ku, ismi-sharifingiz ko'rsatilmagan.
Maktabdagi bu avol esa faqatgina sizning maktabingizda emas, boshqa maktablarda ham bo'lmoqda.

Bekmirzo
28.01.2011, 09:13
...
1. Ta`lim Vazirligining qo`lida bo`lmasa ham bizdan olib qo`yilgan imtiyozlar qaytarilishini, o`qituvchilarga har xil dam olish uylariga yo`llanmalar berishni (hozir majburiy qilib tibbiy ko`rikdan o`tkazishadi-yu ammo birorta kasalingiz bo`lsa hech qanday yordam yo`q, unda bu tibbiy ko`riklarning maqsadi nima?);
2. Oylikni oshirishni;
3. O`qituvchiga hamma ishni bajaradigan mardikor sifatida qarashni tugatishni;
4. Maktablarning ishlariga qo`pol ravishda aralashaverishni to`xtatishni (albatta ularni to`liq ta`minlab qo`yish hukumatning zimmasida, agar esingizda bo`lsa biz hali ham davlat qaramog`idamiz);
5. Aslida o`qituvchining hayotini yaxshilash maqsadida chiqarilgan 227-Prezident Qarorini o`z yo`nalishida ishlatishni;
6. Bizga yordam berish asl vazifasi bo`lgan TXTTB xodimlarining bizning ishimizga halaqit qilishini to`xtatib o`zlarining asl ishlari bilan shug`ullanishni (yani bizga rahbarlik qilishni emas, bizga yordam berishni), aks xolda bunday idoralarni tugatishni (qancha pul tejalgan bo`lardi o`ylab ko`ringlar o`zinglar, 2006 yil oxirida bu narsa boshlangan edi, bilmadim qandaydir yo`l bilan ular jon saqlab qolishdi);
7. Maktab rahbarlariga ishonch bildirib ularning huquqlarini oshirishni (hozir biror niuma qilish uchun maktab rahbarlari bu ishlarni umuman tushunmaydigan XTTB xodimlaridan ruxsat olishlari kerak. Men litseyda ishlaganimda litsey rahbari hamma narsani, albatta qonundan chiqmagan xolda, o`zi hal qilar edi) so`rayman.
Oylik masalasida menimcha o'qituvchilar endi tashvishlanishmasa ham bo'ladi. Vazirlar Mahkamasining yig'ilishida Prezidentimiz ta'lim sohasi vakillarining oyliklari 2011 yilda o'rtacha kamida 25 foizga oshirilishini aytib o'tdi.

...
...
2011 yilda Davlat budjeti barcha xarajatlarining 60 foizi ijtimoiy maqsadlar uchun yo‘naltiriladi. Bu o‘tgan yilga qaraganda sezilarli darajada ko‘pdir. Jumladan, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasi uchun ana shu xarajatlarning 48 foizi yoki 2010 yilga nisbatan 1 trillion 800 milliard so‘m ko‘p mablag‘ sarflanadi.

Umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari, shifokorlar va tibbiyot xodimlarining mehnatini rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish borasidagi ishlar davom ettiriladi. 2011 yilda ushbu toifalardagi xodimlarning ish haqi o‘rtacha kamida 25 foizga oshiriladi. Ta’lim va sog‘liqni saqlash xodimlarining ish haqini oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalash uchun budjetdan 420 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi.
...

http://uza.uz/uz/politics/15609/

OmoN
28.01.2011, 11:08
ta`lim tizimimizga balchiq chaplamay tuzukroq takliflaringiz bo`lsa ayting degan gaplariga amal qilib bu yerda shunga harakat qilib ko`raman.мендаям иккита таклиф бор:
1) Ўқитувчиларни фақат ўқитувчи сифатида ишлатинг.
2) Ўқитувчиларга дарсга тайёрланишга вақт беринг.
Шунда уларда дарсга тайёрланишгаям, сифатли дарс ўтишгаям шароит бўлади. Бу таълим сифатининг сезиларли даражада ортишига олиб келади (олий мақсадимиз ҳам шу).

Maulen
16.04.2011, 16:04

Фикрингизни куллаб кувватлайман.Назорат ишига келсак РТМи назорат иши текстини тайёрлаб мактабларга етказишни амалга ошириши зарур.Балким сайт очиб ундан укитувчилар олиши мумкинчилиги булса муаммо хал.

Bolakay
17.04.2011, 00:35
3. O`qituvchiga hamma ishni bajaradigan mardikor sifatida qarashni tugatishni;.:clapping::clapping::clapping:

6. Bizga yordam berish asl vazifasi bo`lgan TXTTB xodimlarining bizning ishimizga halaqit qilishini to`xtatib o`zlarining asl ishlari bilan shug`ullanishni (yani bizga rahbarlik qilishni emas, bizga yordam berishni), aks xolda bunday idoralarni tugatishni (qancha pul tejalgan bo`lardi o`ylab ko`ringlar o`zinglar, 2006 yil oxirida bu narsa boshlangan edi, bilmadim qandaydir yo`l bilan ular jon saqlab qolishdi);

Agar XTBlarni tugatsa ma`lumotlarni har maktabdan alohida so`rab olib o`tirish qiyin bo`ladi. Shuning uchun ham ular kerak. (Yana topshiriqlarni ular orqali bajartirish oson. Og`zaki buyruqlar shunday bajariladi:naughty:.Siz og`zaki buyruqni bajarmaysizda...)

Ustoz
17.04.2011, 18:20
Men yozmasini ham kamdan-kam holda bajaraman. :) Axir qonun degan narsalar bor, faqat ba`zan ishlayotgan hamkasb ayollarimga yordam berish uchun ba`zi ishlarga aralashmasam, boshqalarini qilmayman. Birorta idoraga borib birorta ma`lumot so`rasangiz; "Bunaqa ahborot berish mening vazifamga kirmaydi" degan javob olasiz, ba`zan shu savolga "Ha" yoki "Yo`q" deb javob berib qo`ya qolish kifoya, biz esa negadir hamma uchun ishlashimiz kerak, shuni kimdir tushuntirib bera oladimi. O`sha XTTB hodimi bir kuni chorak hisoboti so`radi, olib bordim, "Menga matn xolida kerak" dedi, men odatdagiday jadval holda oborgandim. "Men sizga kerak bo`lgan ahborotni olib kedim, marhamat qilib shundan o`zingizga kerak shaklini chiqarib olavering" deb tashlab chiqib ketdim, meni hech kim yeb qo`ymadi.