|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
ZiyoNET Общественная образовательная сеть |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#1 | ||
![]() ![]() Erkin ijodkor
Jurnalist
Сообщений: 1,748
+ 2,559
2,642/911
– 20
13/12
![]() |
![]() Har qanday reaktsiyani amalga oshirish imkoniyati mavjud laboratoriyaga dabdurustdan kirib qolsangiz, bir lahzaga aqlingiz shoshganini sezmay qolasiz. Nazariyani puxta o‘zlashtirib, amaliyotda sinab borayotgan bo‘lsangiz-chi?! Unda uskunalarni qo‘lga olib, tajribalarni birin-ketin bajarishga kirishasiz. Joriy yilda poytaxtimizda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan kimyo fanidan 42-Xalqaro Mendeleev olimpiadasida ana shunday qobiliyatli yoshlar bahslashadilar. XTV Umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablar boshqarmasi boshlig‘i A.Nosirov mazkur olimpiadaga tayyorgarlik borasida qilinayotgan ishlar xususida quyidagilarni ma’lum qildi. — O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini e’tirof etgan Yevroosiyo universitetlar assotsiatsiyasi prezidenti, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti rektori, akademik V.Sadovnichiyning 42-Xalqaro Mendeleev olimpiadasini 2008 yilda Toshkent shahrida o‘tkazish bo‘yicha taklifi Respublika hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Shundan so‘ng Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinib, tashkiliy ko‘mita tarkibi tasdiqlandi. Bu esa ushbu Xalqaro olimpiadada ishtirok etadigan mamlakat vakillarini Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizdagi ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi doirasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar bilan yaqindan tanishtirish hamda iqtidorli va iste’dodli o‘quvchi-yoshlarimizning imkoniyatlarini keng namoyon etish, ro‘yobga chiqarish, ularni dunyoga tanishtirishga zamin yaratadi. Kimyo fanidan Mendeleev olimpiadasi 1956 yildan buyon muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Mustaqillik davrigacha sobiq ittifoq hududida o‘tkazib kelingan va “Butunittifoq kimyo olimpiadasi” deb nomlangan. 1992 yildan Xalqaro olimpiada sifatida e’tirof etilib, nafaqat Rossiya, balki 1997 yildan boshlab boshqa davlatlar hududlarida ham o‘tkazib kelinmoqda. Jumladan, 2007 yilda Belorussiyada bo‘lib o‘tgan. Ushbu Xalqaro olimpiadalarda MDH davlatlaridan boshqa (Bolgariya, Makedoniya va Ruminiya kabi) mamlakatlarning o‘quvchilari ham ishtirok etishmoqda. Kimyo fanidan Xalqaro Mendeleev olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 1997 yildan boshlab muntazam qatnashib kelmoqda. 1997—2004 yillarda Xalqaro olimpiadaga O‘zbekistondan 3 nafardan, 2005 yildan boshlab 4 nafardan ishtirokchi taklif etilgan. Ushbu davrda 26 nafar o‘zbekistonlik yoshlar qatnashib, 7 ta bronza va 2 ta rag‘batlantiruvchi diplomlarni qo‘lga kiritdilar. Shuningdek, 2002 yildagi 36-Xalqaro olimpiadada Rahmon Egamberdiev (Namangan shahridagi aniq fanlarga ixtisoslashgan maktab o‘quvchisi) va Anvar Yormuhammedov (Buxoro davlat universiteti qoshidagi litsey-internat o‘quvchisi), 2005 yilgi 39-Xalqaro olimpiadada Namangan shahridan ishtirok etgan o‘quvchi Ravshanbek Rustamov (Namangan shahridagi aniq va ijtimoiy fanlarga ixtisoslashgan maktab o‘quvchisi), 2006 yilda o‘tkazilgan 40-Xalqaro olimpiadada Jamol Uzoqov (Kitob tumanidagi 8-ixtisoslashgan maktab o‘quvchisi) bronza medal sohiblari, 2007 yilda Minsk shahrida o‘tkazilgan 41-Xalqaro olimpiadada ishtirok etgan o‘quvchilarning 2 nafari rag‘batlantiruvchi diplom sohibi bo‘lishgan. Moskva davlat universiteti Xalqaro olimpiadani 2008 yil 28 aprel — 4 may kunlari o‘tkazishni taklif etmoqda. Xalqaro olimpiadada 17 ta davlatning jamoalari ishtirok etishi mo‘ljallanmoqda. Belgilangan kvotalarga muvofiq har bir jamoa 4 nafardan 10 nafargacha (O‘zbekistondan va Rossiyadan 10 nafardan) o‘quvchi va bir yoki ikkita rahbar tarkibida ishtirok etadi. Tahlillarga ko‘ra, bu yil ham umumiy o‘quvchilar soni ko‘pi bilan 100 nafarni, rahbarlar soni esa 25 nafarni tashkil etadi. Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligida mazkur olimpiada munosabati bilan tashkiliy qo‘mitaning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uni tashkiliy qo‘mita raisi T.Jo‘raev boshqarib bordi. Unda ushbu, xalqaro olimpiadani yuqori saviyada o‘tkazish borasida tashkiliy ishlar muhokama qilindi. Xalqaro olimpiada Nizomiga ko‘ra, ishtirokchi jamoa a’zolari rahbarlari bilan bir joyda, hakamlar hay’ati va tashkiliy qo‘mita a’zolari boshqa alohida xonalarga joylashtiriladi. Xalqaro olimpiada 2 ta, nazariy va eksperimental turlarda o‘tkaziladi. Bitta binoda bir vaqtning o‘zida 100 nafar ishtirokchining eksperimental tur bo‘yicha masalalarni bajarishi uchun ximiya laboratoriya xonalarida ishchi o‘rinlar tayyorlanadi. Har bir ishchi o‘rin xalqaro metodik komissiya tomonidan tayyorlangan ximiyaviy asbob-uskunalar va reaktivlar ro‘yxati asosida jihozlanishi lozim. Nazariy turni o‘tkazish uchun 100 nafar ishtirokchi joylashadigan alohida bir kishilik qulay stol yoki parta o‘rnatilgan auditoriya tayyorlash lozim. Xalqaro hakamlar hay’ati tarkibiga Rossiya, Belorus, Ukraina, Moldova, Qozog‘iston va Ruminiya vakillaridan iborat 20 nafar hamda kutib oluvchi davlat tomonidan 20 nafar vakil kiritiladi. Eng asosiy vazifalarimizdan biri O‘zbekiston terma jamoasini shakllantirish, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari va Fanlar Akademiyasining professor-o‘qituvchilarini jalb etgan holda o‘quvchilarni tayyorlashdir. Kimyo fani bo‘yicha Respublika jamoasini shakllantirish, jamoani 42-Xalqaro Mendeleev olimpiadasiga tayyorlash tartibi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda fan olimpiadasining tuman (shahar) bosqichida kimyo fanidan g‘olib bo‘lgan viloyat xalq ta’limi boshqarmalari tasarrufidagi (kimyo faniga) ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari hamda kimyo yo‘nalishidagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari g‘olib o‘quvchilari qamrab olinadi. Natijada Respublika bo‘yicha 140 nafar o‘quvchi tanlanadi. Ikkinchi bosqichda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar miqyosida tanlovning birinchi bosqichida eng yuqori ball to‘plagan 10 nafardan, jami 140 nafar o‘quvchi Toshkent shahriga chaqiriladi va ular orasidan eng kuchli 20 nafari tanlab olinadi. Uchinchi bosqichda tanlovning ikkinchi bosqichida eng yuqori ko‘rsatkichga erishgan 20 nafar o‘quvchilar ikki hafta o‘qitilib, ulardan 15 nafari tanlab olinadi. Tanlovning uchinchi bosqichida eng yuqori natijalarga erishgan 15 nafar o‘quvchi malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan kimyo fanining barcha bo‘limlari bo‘yicha o‘qitiladi. Tayyorgarlikning oxirgi kunlari Respublika terma jamoasini shakllantirishda ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar, pedagoglar tomonidan respublika sha’nini himoya qiluvchi 10 nafar o‘quvchi saralab olinadi. Aziz NORQULOV yozib oldi. Ma'rifat gazetasi |
||
|
Ответить |
![]() |
#3 | ||
![]() ![]() Erkin ijodkor
Jurnalist
Сообщений: 1,748
+ 2,559
2,642/911
– 20
13/12
![]() |
Шу пайтга кадар халкаро фан олимпиадаларида Узбекистон яхши натижаларга эришган.Бунда Коракулдаги1-ИБМИ нинг хиссаси карийб 90 % ни ташкил этади.
Натижалар: Jahon olimpiadasi sovrindorlari: 1. G’aniev Umriuzoq - Diplom 1999 yil, matematika, Ruminiya 2. Umarov Murod - Diplom 1999 yil, matematika, Ruminiya 3. Rahmonov Umid - Diplom 1999 yil, matematika, Ruminiya 4.Raxmonov Umid - Bronza medali 2000 yil,matematika, Korea 5.Kamolov Zulfiddin - Bronza medali 2000 yil,matematika, Korea 6. Mirzaev Toxir - Diplom 2000 yil, fizika , Indoneziya 7.Raxmonov Umid - Kumush medali 2001 yil,matematika, AQSh 8.Kamolov Zulfiddin -Bronza medali 2001 yil,matematika, AQSh 9. Jo’raqulov Aziz -Diplom 2002 yil matematika Shotlandiya 10. Nafasov Doniyor -Diplom 2002 yil matematika Shotlandiya 11. Ro’ziqulov Shohruh -Diplom 2002 yil matematika Shotlandiya 12.Nafasov Doniyor - Kumush medali 2003 yil,matematika, Yaponiya 13.Jo’rakulov Aziz -Bronza medali 2003 yil,matematika, Yaponiya 14. Qurbonov Jalol - Diplom 2003yil, matematika, Yaponiya 15. Jumaev Zafar -Bronza medali 2004 yil,matematika, Gresiya 16. Qurbonov Jalol -Bronza medali 2004 yil,matematika, Gresiya 17. Tillaev Bekzod -Bronza medali 2004 yil,matematika, Gresiya 18. Sobirov Sobit - Diplom 2004 yil, matematika, Gresiya 19. Boboev Jahongir - Diplom 2005 yil, kimyo, Tojikiston 20. Qo’chqorov Jasur -Kumush medali 2006 yil,matematika, Qozog’iston 21. Boltaev o’tkir -Kumush medali 2006 yil,matematika, Qozog’iston 22. Bozorov Javlon -Kumush medali 2006 yil, matematika, Sloveniya 23. Boltaev o’tkir -Kumush medali 2006 yil,matematika,Sloveniya 24. Qo’chqorov Jasur -Diplom 2006 yil,matematika, Sloveniya 25. Azimov Umid -Diplom 2006 yil,matematika, Sloveniya 26. Boltaev o’tkir -Kumush medali 2007 yil,matematika, Qozog’iston 27. IIBMI jamoasiga "Faxriy yorli?"2007 yil matematika-fizika?ozo?iston Батафсил мактаб-интернат сайтида танишинг: www.qorakul1.cc.uz |
||
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#4 | |
![]() ![]() ![]() |
Цитата:
Оффтоп: Балки бутун бошли республиканинг барча математиклари Қоракўлда туғилишар? ![]()
__________________
ZiyoNET.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Публикации | Библиотека | Справочное | Форум Прими участие в развитии ZiyoNET: Создай сайт на ZiyoNET | Добавь книгу в Библиотеку |
|
|
Ответить |
![]() |
#5 |
![]() ![]() Erkin ijodkor
Jurnalist
Сообщений: 1,748
+ 2,559
2,642/911
– 20
13/12
![]() |
Бу саволни бир гурух журналистлар хам узларига беришган ва жавоб топиш учун бир неча кун Коракулдаги 1-ИБМИ да булишган. Тассуротларни эса макола шаклига келтиришган ва матбуотда чоп этилган.
Саволингизга ана шу маколаларга куз югуртириб чиккач жавоб топасиз деб уйлайман. Батафсил 1-ИБМИ сайтининг "ОАВ эътирофи" булимида. Келинг,улардан бир мисол: ШТРИХИ К ПОРТРЕТУ Рассказ о педагоге, которого можно по праву считать героем современного народного образованияЧЕЛОВЕК НАШЕГО ВРЕМЕНИ «…С удовлетворением хочу отметить следующее. По сведениям специалистов, выпускники школ Бухаркой области с 1997 года во время тестовых испытаний при поступлении в высшие учебные заведения республики занимают самый высокий рейтинг, что радует всех нас». Этими словами Президента Узбекистана И.А.Каримова дана оценка проделанной в области работе по совершенствованию всей системы народного образования, вкладу в общее дело воспитания подрастающего поколения органов управления всех уровней, педагогических коллективов средних учебных заведений. Но в каждом деле есть первопроходцы. Наш сегодняшний рассказ о 1-й специализированной школе-интернате для одаренных детей из Каракуля и человеке, ее возглавляющем, - Тухтамуроде Муртазаевиче Джумаеве И ОДИН В ПОЛЕ ВОИН… В не таком уж далеком от нас 1990 году коренной каракулец, педагог, как говорится, от Бога, фанатик своего дела в буквальном смысле этого слова, за плечами которого был почти тридцатилетний стаж работы по избранной специальности, решил осуществить свою давнюю мечту - открыть в родном районе школу-интернат для одаренных детей. Джумаев видел, как много среди юных каракульцев одаренных детей, которых привлекали точные науки-математика, физика, но которым школа не давала возможности совершенствоваться в них. Прежняя система народного образования главный приоритет отдавала нивелированию личностей учеников, достижению общих, средних показателей. Нужен был новый тип учебного заведения, с новыми подходами со стороны педагогического коллектива к учебному процессу. А такой опыт уже был накоплен в республиках Прибалтики, и Тухтамурод Муртазаевич успел с ним ознакомиться. Оставалось перенести его на бухарскую землю. Цель была поставлена, но сколько препятствий придется преодолеть, он и представить не мог. Как водится, пришлось идти по кабинетам чиновников различного ранга. Вначале настоятельно просил о помощи в открытии школы-интерната, затем стал требовать. А параллельно занялся он эпистолярным творчеством – в адрес различных республиканских инстанций отправил огромное количество писем. Тула матни Последний раз редактировалось Husen; 11.02.2008 в 21:33. |
|
Ответить |
3 "+" от:
|
![]() |
#6 |
![]() ![]() Erkin ijodkor
Jurnalist
Сообщений: 1,748
+ 2,559
2,642/911
– 20
13/12
![]() |
1997 - 2004 yillarda Xalharo olimpiadaga O’zbekistondan 3 nafardan, 2005 yildan boshlab 4 nafardan ishtirokchi taklif etilgan. Ushbu davrda 26 nafar O’zbekistonlik yoshlar qatnashib, 7 ta bronza va 2 ta rag’batlantiruvchi diplomlarni qo’lga kiritdilar. Jumladan, 1998 yilda 32-Xalharo olimpiadada X.Hamidov va A.Azizov 2001 yilda 35-Xalharo olimpiadada Valeriy Stolyarenko, 2002 yilda 36-Xalharo olimpiadada Raxmon Egamberdiev va Anvar Yormuxammedov, 2005 yilda 39-Xalharo olimpiadada Namangan shaqridan ishtirok etgan o’quvchi Ravshanbek Rustamov, 2006 yilda 40-Xalharo olimpiadada Kitob tumanidan Jamol Uzoqov bronza medal sohiblari, 2007 yilda 41-Xalqaro olimpiadada ishtirok etgan o’quvchilarning 2 nafari rag’batlantiruvchi diplom sohibi bo’lishgan.
Poytaxtimizda o’tadigan 42-Xalharo olimpiadada 20 ta davlatlarning jamoalari, xususan 100 nafarga yaqin o’quvchi va jamoalarning 25 nafar rahbarlari qatnashishi kutilmoqda. Тула танишинг |
|
Ответить |
![]() |
#7 | ||
![]() ![]() Erkin ijodkor
Jurnalist
Сообщений: 1,748
+ 2,559
2,642/911
– 20
13/12
![]() |
— dedi, Xalqaro Mendeleev olimpiadasi Tashkiliy qo‘mita hamraisi, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti kimyo fakulteti dekani, akademik V.V.Lunin.
Mamlakatning kelajagi — har tomonlama rivojlangan, boy ma’naviy salohiyatga ega yosh avlodning kasbiy tayyorgarligi darajasi va sifatiga bog‘liqdir. Shu nuqtai nazardan, respublikamizda ta’lim masalasi hukumat tomonidan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi etib belgilangan. Mamlakatda savodxonlik darajasi 99,34 foizni tashkil etadi. bu, dunyoda eng yuqori ko‘rsatkichlardan hisoblanadi. Yurtimiz aholisining 45 foizdan ziyodini 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar tashkil etadi. Ta’lim sohasiga 50 foizdan ortiq davlat byudjeti mablag‘lari yo‘naltiriladi. Bugungi kunda mamlakatimizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining uzviy davomi sifatida qabul qilingan Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi doirasida olib borilayotgan keng qamrovli ishlarni dunyo mamlakatlari ham e’tirof etmoqda. 42-Xalqaro Mendeleev olimpiadasining Toshkentda o‘tkazilishi ham yana bir bor unda ishtirok etadigan mamlakat vakillarini Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizdagi ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi doirasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar bilan yaqindan tanishtirish hamda iqtidorli va iste’dodli o‘quvchi-yoshlarning imkoniyatlarini keng namoyon etish, ro‘yobga chiqarish, ularni dunyoga tanishtirishga zamin yaratadi. —O‘zbekiston hukumati mazkur olimpiada nafaqat respublika hayotida, balki barcha qatnashchi davlatlar hayotida yorqin hodisa bo‘lishi uchun bor kuch va imkoniyatlarini ayamaganliklarining guvohi bo‘ldik,— dedi Xalqaro olimpiada hakamlari hay’ati raisi, MDU professori V.G.Nenaydenko Xalqaro Mendeleev olimpiadasi Tashkiliy qo‘mita hamraisi, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti kimyo fakulteti dekani, akademik V.V.Lunin va hakamlar hay’ati raisi, universitet professori V.G.Nenaydenko joriy yil 18 — 19 fevral kunlari yurtimizda bo‘lishib, mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda 42-Xalqaro Mendeleev olimpiadasiga tayyorgarlik yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdilar. 18 fevral kuni maktab o‘quvchilarining kimyo fanidan 42-Xalqaro Mendeleev olimpiadasini Toshkentda o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita raisi, Xalq ta’limi vaziri T.Jo‘raev bilan uchrashib, olimpiadaga tayyorgarlik jarayonining keyingi bosqichlarini amalga oshirish bo‘yicha fikrlashib oldilar. Shundan so‘ng olimpiada o‘tkaziladigan joy — Toshkentdagi M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining filialida amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar. Mehmonlar poytaxtimizning Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti qoshidagi akademik litseyi, Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi akademik litseyi, Shayxontohur tumanidagi 169 va Sobir Rahimov tumanidagi 28-umumiy o‘rta ta’lim maktablariga tashrif buyurishganda, O‘zbekistonda zamonaviy ta’lim muassasalari bunyod etilayotganligi tahsinga sazovorligini, hatto taraqqiy topgan davlatlarning ko‘pchiligida bunday o‘quv maskanlarning yo‘qligini aytib, hayratlarini yashirmadilar. Ta’lim sohasidagi islohotlar bilan tanishuvdan so‘ng mehmonlarning Sobir Rahimov tumanidagi 28-maktabda markaziy ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanni O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari R.Ahlidinov kirish so‘zi bilan ochib, bugungi kunda mamlakatimiz ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlar, xususan, O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi islohotlar M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti rektori, akademik V.Sadovnichiy tomonidan ham e’tirof etilib, 42-Xalqaro Mendeleev olimpiadasini Toshkent shahrida 2008 yil 28 aprel—4 may kunlari o‘tkazish bo‘yicha taklif kiritgani e’tiborli ekanligini qayd etdi. Davlatimiz rahbari ushbu taklifni qo‘llab-quvvatladi. 2008 yil 31 yanvarda “Kimyo fanidan o‘quvchilarning 42-Xalqaro Mendeleev olimpiadasini Toshkent shahrida o‘tkazish haqida” Vazirlar Mahkamasining 20-sonli qarori qabul qilinib, uning ijrosini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanib, vazifalar amalga oshirilayotganligini aytib o‘tdi. Shundan so‘ng so‘zga chiqqan akademik V.V.Lunin mustaqil O‘zbekiston poytaxtida o‘tkazilishi mo‘ljallangan 42-Xalqaro Mendeleev olimpiadasi tarixi haqida qisqacha so‘zlab, shu paytgacha boshqa davlatlarda olimpiadaga tayyorgarlik jarayoni hech qachon bunday yuqori va talab darajasida kechmaganligini e’tirof etdi. — Poytaxtdagi qator ta’lim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlar, avvalo, davlatning ta’limga bo‘lgan ulkan e’tiboridan dalolat beradi, — dedi V.V.Lunin o‘z so‘zida. — Bu O‘zbekistonda joriy etilgan 12 yillik uzluksiz ta’lim jarayoni, avvalo, kasb-hunarga yo‘naltirilganligi va farzandlarning qiziqishlari asosida amalga oshirilayotganligi bilan ahamiyatlidir. Bunday ta’lim tizimi shaxsni shakllantiradi. Men, albatta, yurtingizda ko‘rganlarimni, bu yerdagi ta’lim tizimidagi yangiliklarni Rossiya Ta’lim va fan vazirligi mutasaddilariga so‘zlab beraman. Bundan tashqari, Rossiya Ta’lim va fan vazirligining vakillari 42-Xalqaro Mendeleev olimpiadasini bevosita kuzatish istagini bildirdilar. Bu esa kelgusida ikki davlat o‘rtasida kimyo fani va ilmining istiqboli yo‘lida yangidan-yangi loyihalarni amalga oshirish imkonini beradi. Shuni ham ta’kidlab o‘tishim kerakki, ta’lim muassasalarida bo‘lgan chog‘imizda, u yerdagi pedagoglarning baxtli ekanliklarini eshitdim. Shuning o‘ziyoq har qanday savollarga chek qo‘yadi. Men, avvalo, davlatingiz Prezidentiga va barcha mutasaddilarga olimpiadaga tayyorgarlik ishlari uchun ularga cheksiz minnatdorchiligimni bildiraman. Hakamlar hay’ati raisi, universitet professori V.G.Nenaydenko ham V.V.Lunin fikriga qo‘shilgan holda, O‘zbekiston tarafi ishtirokchi davlat o‘quvchilari uchun hali olimpiada tarixida misli ko‘rilmagan sharoitlarni yaratganliklarini aytib o‘tdi. — Qatnashchilarning “O‘zbekiston” mehmonxonasining hashamatli xonalarida yashab, olimpiadaning nazariy va amaliy turlari MDU filialining ajoyib binosida o‘tkazilishi rejalashtirilganligi kishini quvontiradi. Tayyorgarlik ishlari bilan tanishish chog‘ida, olimpiada kunlari qandaydir muammolar kelib chiqishi mumkinligi haqidagi xavotirlarimiz asossiz ekanligini tushundik. O‘zbekiston hukumati mazkur olimpiada nafaqat respublika hayotida, balki barcha qatnashchi davlatlar hayotida yorqin hodisa bo‘lishi uchun bor kuch va imkoniyatlarini ayamaganliklarining guvohi bo‘ldik. Endi olimpiadada beriladigan savol va topshiriqlarga kelsak, yil davomida ular ustida ish olib boriladi. Barcha savollar eksklyuziv bo‘lib, metodik komissiya tomonidan kimyoning bir necha bo‘limlari — organik, noorganik, analitik, fizika kimyosi, tiriklik haqida fan bo‘yicha tuziladi. Mendeleev olimpiadasining savol va topshiriqlari juda ham murakkabdir va “Jahon kimyo olimpiadasi” savollaridan ancha ustundir. Metodik komissiya tarkibiga Moldova, Ukraina, Rossiya, Qozog‘iston vakillari kiradi. Ammo boshqa ishtirokchi davlat vakillari ham o‘zlarining Mendeleev olimpiadasi darajasidagi savol va topshiriqlarini bizga jo‘natsalar, ular bilan ham, albatta, hamkorlik qilamiz. Shundan so‘ng mehmonlar jurnalistlarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob berdilar. Nargis QOSIMOVA "Маърифат" газетаси Последний раз редактировалось Dilya Hasanova; 22.02.2008 в 15:54. |
||
|
Ответить |
Реклама и уведомления | |
![]() |
#8 |
Jondor tumani 2-son IMI
11-sinf o'quvchisi
Сообщений: 1
+ 0
2/1
– 0
0/0
![]() |
Mening fikrim olimpiada haqida juda yahshi,chunki uzim olimpiada ishtirokchisi sifatida bu olimpiada ishtirok etib birinchi urin olish niyatida harakat qilayapman.Xudo xoxlasa niyatimga erishaman. Bunga erishish uchun juda katta mehnat kerak. Men budan qurqmayman.Bunaqa olimpiadalar kuproq bilib tursa bizga ham yahshi bulardi,chunki biz yoshlar kup izlanishda bulamiz va shunga erishishishga harakat qilamiz.
Последний раз редактировалось Dilya Hasanova; 12.03.2008 в 09:07. |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#9 |
![]() ![]() Erkin ijodkor
Jurnalist
Сообщений: 1,748
+ 2,559
2,642/911
– 20
13/12
![]() |
![]() Poytaxtimizda kimyo fanidan 42-xalqaro Mendeleev olimpidasi o‘tkazilishi to‘g‘risidagi gap-so‘zlar qulog‘ingizga chalingandir? Bu boradagi taraddud ishlari, tashkiliy qo‘mita hamraisi V.V.Lunin va hakamlar hay’ati hamraisi V.G.Nenaydenkoning yurtimizga tashrif buyurib, tayyorgarlik jarayoni bilan yaqindan tanishganligidan xabaringiz yo‘qdir balki?! Sizni xalqaro Mendeleev olimpiadasining tarixi, yurtimizda olimpiadaning tashkil qilinish borasidagi hukumat qarorlari, o‘tkazilish joyiyu dasturi singari tashkiliy masalalardan tortib boshqa ko‘plab ma’lumotlar qiziqtiradimi? Unda marhamat www.mendeleev42.uz saytiga tashrif buyuring, barcha savollaringizga batafsil javoblarni qo‘lga kiritasiz. O‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlangan, muntazam tarzda yangi ma’lumotlar bilan boyitilib borilayotgan mazkur veb-sahifada D.I.Mendeleevning tarjimai holidan tortib kimyo fanidan o‘tgan yillarning eng yaxshi masalalari, jumladan, 39-xalqaro Mendeleev olimpiadasining masala va yechimlari, kimyo va hayot, kimyo fanidan maktab olimpiadalari bilan ham tanishish imkoniyati mavjud. Olimpiada qatnashchilari uchun saytda alohida bo‘lim ajratilgan bo‘lib, ular o‘zlarini qiziqtirgan barcha ma’lumot va savollarga shu bo‘limda oydinlik kiritadilar. Sayt faqat ma’lumotlar manbai vazifasinigina bajarmaydi. Muhtaram murabbiylarimiz, qiziquvchan o‘quvchilar 42mend_ tashkent@mail.ru elektron pochta (E-mail) orqali takliflari, fikr-mulohaza va tavsiyalarini bildirishlari mumkin. Kimyo fanidan masalalar yechishning yangi metodlarini ishlab chiqqan pedagoglar imkoniyatdan samarali foydalangan holda tajribalaridan namunalar jo‘natishsa, yurtimiz terma jamoasining sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishlariga o‘z hissalarini qo‘shgan bo‘lardi. Aziz NORQULOV, “Ma’rifat” muxbiri |
|
Ответить |
![]() |
#10 |
![]() ![]() Erkin ijodkor
Jurnalist
Сообщений: 1,748
+ 2,559
2,642/911
– 20
13/12
![]() |
Necha qayta o‘qib, eshitgandan bir marotaba ko‘z bilan ko‘rganning taassuroti bo‘lak. 42-Xalqaro Mendeleev olimpiadasi qatnashchilari va mehmonlar uchun “O‘zbekturizm” va Toshkent shahar hokimligi ko‘magi bilan Samarqand shahriga tashrifni o‘z ichiga olgan ekskursiyalar dasturi tayyorlanganligining boisi ham shunda. Rejaga ko‘ra, har bir terma jamoani mutasaddi vakillar tarjimonlar bilan birgalikda olib yuradilar.
Ishtirokchilarning bo‘sh vaqtlarini unumli tashkil etish maqsadida uyushtiriladigan kontsert dasturiga turli millat vakillariga tushunarli bo‘lishi uchun rus, ingliz tillarida tadbirni olib boruvchi suxandonlar, iqtidorli yosh xonandalar jalb etilgan. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan tashqari sport mashg‘ulotlari, jumladan, mehmonxonada shaxmat-shashka bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilib, turli millat vakillari orasidagi do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlash rejalashtirilayotir. |
|
Ответить |
|