Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Знаете ли Вы, что ...
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 09.01.2010 16:20   #171  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Hoshimberdi Посмотреть сообщение
... узим ёзган шеърлардан намуналар куйиш оркали Сизларнинг фикрингизни билмокчиман. Самимий таклиф ва мулохазаларингиз учун олдиндан рахмат!
Эгамов Х. (Тахаллус: Камолий).
Xush kelibsiz!

Цитата:
Излама!!![/FONT]

Кўзимга тикилма умидвор,
Кўзимда севгимнинг нури бор.
Изимни излама изимдан,[/FONT]
Мен сени севгандим Гул баҳор!

Юрагим тўрида аксинг бор,
Сийратинг кўрмасам, бўлгумдир хумор.
Ўзингни излама сўзимдан,
Бўйнимга таққанман гўёки тумор.

Унутма севишим гўзал ёр,
Юрагим севгингла бўлгандир абгор.
Севгимни излама изимдан,
Ўзгинам бўлганман харидор.

Ноз ила олгансан сен бойлаб,
Севгингни қалбимга қўйгансан жойлаб.
Ўзгани излама изимдан,
Доимо юргумдир ишқингни куйлаб.

Севганим, суйганим ўзингсан,
Шеъримда маъноли сўзимсан.
Шоирни излама изимдан,
Оламга тикилар кўзимсан.

Мен сени ўзгага бермасман,
Қалбимни азобга қўймасаман.
Изингни ўзгага бостирмай,
Ҳуснингга ҳеч боқиб тўймасман.

Ўзга бир кимсани боғингдан,
Ҳаттоки сен юрган тоғингдан,
Қувлаган бўлардим изингдан,
Сўнг қайтмас бўлардинг сўзингдан!

Кўзимга тикилма умидвор,
Кўзимда севгимнинг нури бор.
Изимни излама изимдан,
Изимда севгимнинг изи бор!
Kumushoyning fikrlariga toliq qoshilgan holda quyidagilarni qo'shimcha qilmoqchiman... albatta, bu sohada mutaxassis emasman, shunchaki o'quvchi ko'zi bilan quyidagi izohlarni bermoqchiman:

- She'ringiz ma'lum vaznga to'liq tushmagan... ba'zi qatorlari 11 ba'zi aksariyat qatorlari 9 bo'g'indan iborat... Shu ketma ketlikni bir xil taxlit qo'yganingizda, yanada chiroyli chiqar edi;

- She'rning birinchi to'rtligida 3- va 4-qatorlari mantiqan bog'lanmagan, bu esa, misradan kelib chiqadigan ma'noni chalkashtirib yuborgan;

- she'rning ikkinchi misrasidagi ''xumor bo'lish" noto'gri ishlatilgan... o'zbek tilida odatda "xumori tutish" kabi ishlatiladi (fikrimcha shunday, mutaxassislar bo'lsa, bu haqda yozarsizlar);

- 2-misraning 3-4-qatorlari haqida ham birinchi misraga berilgan izoh, siz yorga "o'zingni so'zimdan izlama, men seni timor qilib taqib olganman," degan ma'no kelib chiqayapti.. Bu esa, ma'no jihatdan mantiqqa to'gri kelmaydi, shunday emasmi?

- 3-4-misralarda ma'noga va vaznga e'tiborni qarating... Ma'no ancha sayoz;

- 5-misrada - "she'rimda ma'noli so'zimsan", debsiz. She'rda ma'nosiz so'z ham bo'ladimi? Shuni boshqacharoq bersangiz bo'lmasmidi? Masalan "she'rimning ma'nosi sensan", yoki "she'rimga ma'no beruvchisan" degan ohangda;

- "sevish", "sevgi", 'o'zga", "qalb", "sen", "iz", 'bo'lmoq" kabi so'zlar sh'erda bir necha marta takrorlan uchun she'r o'z jozibasini yo'qotgan. G'afur g'ulomdan bir bayt keltirsam:

Bisyor bo'lsa agar bol ham beqadr,
Takror aytilganda rangsizdir kalom...

ya'ni, she'rda bir so'zni ko'p takrorlash she'rning sifatiga yomon ta'sir ko'rsatadi (albatta, radif so'z bundan mustasno).

- She'rdan xulosa qilinadigan aniq fikr yo'q... masalan, ona tilimiz grammatikasida "Gap tugallangan ma'noni bildiradi" degan qoida bor. huddi shunday, she'r ham tugallangan ma'noni bildirsa, uning jozibasi boshqacha bo'ladi... Fikri ojizimcha, she'ringizda mana shu narsaga to'la e'tibor qaratmagansiz.

Mening izohlarim hozircha shu. Yuqorida, singlimiz aytganlaridek, "boltani ko'p ishlatib yuborgan" bo'lsam, uzr so'rayman...
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
2 "+" от:
"–" от:
Старый 11.01.2010 11:30   #172  
uParty Member
Аватар для Umida Shodiyeva
Оффлайн
академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132  424/181
– 0  1/1

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Masud Mahsudov Посмотреть сообщение
Bisyor bo'lsa agar bol ham beqadr,
Takror aytilganda rangsizdir kalom...
Оффтоп:

Shu misralar kaminaga juda qadrdon...
Ответить 
"+" от:
Старый 11.01.2010 13:48   #173  
Аватар для Hoshimberdi
Оффлайн
А. Авлоний номли Марказий малака ошириш институти
координатор
Сообщений: 3
+ 0  5/2
– 0  0/0

Uzbekistan
Менга берган самимий жавобларингиз (агар самимий булса) учун рахмат. Одатда шеъриятда кума маънода ишлатиладиган баъзи бир кочиримлар, усуллар ва шунга ухшаш усуллар кулланилади. Шеърни укиётганда хатони кидириш учун эмас, балки юракка якин келадиган жихатларини кидириб укилса максадга мувофик булар эди.
Юракка ишк тушганлиги учун у кучма маънода "абгор" булади.
Менимча севиш, севилиш, севишганларнинг юракларида мавжуд булган ички ва ошкора тугёнларни хис килиш хам узига хос махоратдир. Бунинг учун хамиша севиб яшамок керак. Агарда сени тушунишса, бундан катта БАХТ йук- деган эди бир файласуф.
Рахмат!!!!
Ответить 
Старый 11.01.2010 14:22   #174  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Hoshimberdi Посмотреть сообщение
Менга берган самимий жавобларингиз (агар самимий булса) учун рахмат. Одатда шеъриятда кума маънода ишлатиладиган баъзи бир кочиримлар, усуллар ва шунга ухшаш усуллар кулланилади. Шеърни укиётганда хатони кидириш учун эмас, балки юракка якин келадиган жихатларини кидириб укилса максадга мувофик булар эди.
Юракка ишк тушганлиги учун у кучма маънода "абгор" булади.
Менимча севиш, севилиш, севишганларнинг юракларида мавжуд булган ички ва ошкора тугёнларни хис килиш хам узига хос махоратдир. Бунинг учун хамиша севиб яшамок керак. Агарда сени тушунишса, бундан катта БАХТ йук- деган эди бир файласуф.
Рахмат!!!!
Og'ayni, agar samimiy bo'lmasa, bunga alohida vaqt ajratib, batafsil tahlil qilmasdan, "yaxshi chiqibdi she'r" deb, yuzaki izoh berib qo'ya qolar edim... Kelajakda shu xatolarni takrorlamang, deb yozdim xolos... agar uni amimiy emas, deb qabul qilsangiz, o'zingiz bilasiz... Men she'rni yurakka yaqin keldigan tomoni bilan birga, o'quvchiga xato bo'lib ko'rinadigan tomonlarini ko'proq ko'rsatib o'tdim... Siz aytayotgan qochirimlar yoki boshqa usullar, tabiiyki, ko'pchilikka tanish, faqat uni o'z o'rnida ishlata olsakina she'r chiroyli chiqadi... Faylasufning aytganidek Sizni tushunolmagan bo'lsak, unda, uzr... Biz she'riyatni Sizchalik tushuna olmas ekanmiz...
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
"+" от:
"–" от:
Старый 11.01.2010 14:27   #175  
Аватар для AZiza X
Оффлайн
КгБ
SmC
Сообщений: 82
+ 66  63/42
– 0  0/0

Uzbekistan
Hoshimberdi,

Haqiqatan ham,
Цитата:
Сообщение от Hoshimberdi Посмотреть сообщение
Менимча севиш, севилиш, севишганларнинг юракларида мавжуд булган ички ва ошкора тугёнларни хис килиш хам узига хос махоратдир.
Shu bilab birga
O'zingiz aytgandek, samimiy mulohaza va takliflarga diqqat qilib, ulardan og'rinmaslik ham mahoratdir. Mas'udning gaplarida jon borligini ham tan olish kerak...


Mas'ud Mahsudov,

Sizni ijodingizni kuzatib boraman va hurmat qilaman.
Bilasizmi, qachonlardir men ham yonib she'r yozardim. Garchi ularni hech qayerda e'lon qilmagan bo'lsam ham ular hozirgi "kitobchalar" da chiqaytgan she'rlardan yaxshi ekanligini bilardim.

Bir kuni she'riyat, adabiyotdan yiroq bo'lgan kamgap, kamsuqum sinfdoshim-qiz bola "sumkangga bir parcha qog'oz tashab qo'ydim, o'qib ko'r, fikringni ayt" dedi. Uyga kelib o'qidim. Unda na vazn, na turoq, na so'zlarning tanlanishida mutanosiblik bor edi. Lekin she'rni o'qib, hayajonga tushdim, U SEVIB QOLGANDI!
Shekspir sonetini oqiganda ham, M. Yusufdan zavqlanganimda ham, Mirtemirning erkin she'riyatidan bahra olganimda ham bunchalik to'lqinlanmagan edim, etim junjikmagan edi.

Tuyg'ularni har kim har xil ifoda qiladi. Ularni taftish qilishda keskinlashmaylik, axir tengdoshimiz shoirlikka da'vo qilayotgani yo'qku..
__________________
Sizga kulgu yarashadi:187:

Последний раз редактировалось AZiza X; 11.01.2010 в 14:33.
Ответить 
3 "+" от:
Реклама и уведомления
Старый 11.01.2010 14:58   #176  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от AZiza X Посмотреть сообщение

Mas'ud Mahsudov,

Sizni ijodingizni kuzatib boraman va hurmat qilaman.
Bilasizmi, qachonlardir men ham yonib she'r yozardim. Garchi ularni hech qayerda e'lon qilmagan bo'lsam ham ular hozirgi "kitobchalar" da chiqaytgan she'rlardan yaxshi ekanligini bilardim.

Bir kuni she'riyat, adabiyotdan yiroq bo'lgan kamgap, kamsuqum sinfdoshim-qiz bola "sumkangga bir parcha qog'oz tashab qo'ydim, o'qib ko'r, fikringni ayt" dedi. Uyga kelib o'qidim. Unda na vazn, na turoq, na so'zlarning tanlanishida mutanosiblik bor edi. Lekin she'rni o'qib, hayajonga tushdim, U SEVIB QOLGANDI!
Shekspir sonetini oqiganda ham, M. Yusufdan zavqlanganimda ham, Mirtemirning erkin she'riyatidan bahra olganimda ham bunchalik to'lqinlanmagan edim, etim junjikmagan edi.

Tuyg'ularni har kim har xil ifoda qiladi. Ularni taftish qilishda keskinlashmaylik, axir tengdoshimiz shoirlikka da'vo qilayotgani yo'qku..
Rahmat, singlim... Samimiy fikrlaringiz uchun tashakkur...

Men hech ham vaziyatni keskinlashtirmoqchi emasman... Balki, ozimga bilinmagandir, chetdan yaxshiroq ko'rinar, bimadim. O'rinli taklifingiz uchun rahmat... Shunchaki, do'stimiz she'rlariga nisbatan fikr bildirishimizni iltimos qilgan ekanlar, shunga oddiy oquvchi nuqtai nazari bilan fikrimni yozdim xolos... Uning qanchalik to'gri yoki noto'gri ekanini, do'stimiz, ma'lum vaqt o'tganidan keyin yaxshi tushunib olsalar ajab emas...
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
"+" от:
"–" от:
Старый 11.01.2010 15:00   #177  
Known ID Group
Аватар для Bekmirzo
Оффлайн
Сообщений: 1,253
+ 1,042  1,526/636
– 63  80/43

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от AZiza X Посмотреть сообщение
...
Tuyg'ularni har kim har xil ifoda qiladi. Ularni taftish qilishda keskinlashmaylik, axir tengdoshimiz shoirlikka da'vo qilayotgani yo'qku..
Ammo, Hoshimberdi forumchilarning "Самимий таклиф ва мулохазаларингиз"ni so'ragan edi...

Shu gapni inobatga olgan holda, Mas'ud ham javob yozgan.

Sevgi esa to'g'ri ma'noda ham, ko'chma ma'noda ham yurakni abgor qilishi mumkin. Fikrimcha, Sevgi ham insonning xarakteri va taqdiri kabi har xil bo'ladi - yolg'onchi sevgi, sodiq sevgi, baxtli sevgi, baxtsiz sevgi, kuchli sevgi, yuzaki sevgi va hokazo...
Ответить 
"+" от:
Старый 11.01.2010 15:03   #178  
Known ID Group uParty Member
Аватар для Husen
Оффлайн
Erkin ijodkor
Jurnalist
Сообщений: 1,748
+ 2,559  2,642/911
– 20  13/12

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Hoshimberdi Посмотреть сообщение
Шеърни укиётганда хатони кидириш учун эмас, балки юракка якин келадиган жихатларини кидириб укилса максадга мувофик булар эди.
Шеър ўқишнинг бунақа усули борлигини билмас эканман.. Тасаввур қиляпман, тасодифан шеърда хатога дуч келиб қолгач, "Хато булса менга нима, юрагимга яқин жойлари чиқиб қолар..." деб бепарво ўтиб кетаверар эканмиз-да?!!

Цитата:
Сообщение от Bekmirzo Посмотреть сообщение
Sevgi esa to'g'ri ma'noda ham, ko'chma ma'noda ham yurakni abgor qilishi mumkin.
Фикри ожизимча, хаста, нотинч, безовта. бедор юрак дейиш мумкин. Аммо, абгор юрак дейиш сал ғалати туюлади. Абгор моддий веқеликка нисбатан қўлланилса табиийроқ чиқади - абгор аҳволдаман, абгор кўйдаман ва хоказо..

Последний раз редактировалось Husen; 11.01.2010 в 15:10.
Ответить 
2 "+" от:
Старый 12.01.2010 06:17   #179  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Boshingizga baxtdan toj bo’lsin,
Bahorlarni eslating doim.
Yarim oydek ko’nglingiz to’lsin,
Qish bo’lmasin dilda iloyim…
Tole’ingiz tog’ qadar baland
Uchib quchsin osmon zulfini.
Farishtaga tutining dilband,
Oching unga qalbning qulfini.
Tabassum-la beg’ubor yashnang,
Porloq iqbol ostonasida.
Qaygulardan yiroqroq yashang,
Hayotingiz koshonasida.
G’amdan ko’rmay ko’zingizda yosh,
Egilmasin kipriklar namdan.
Manglayda-chi porlasin quyosh,
Nur yog’ilsin yuzdan ming chandon.
Orzularga bexato yeting,
Faqat… meni qilmayin ilhaq,
Ovozingiz yo tashlab keting,
Yoki ketmang bunchalar uzoq…


(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
"–" от:
Старый 12.01.2010 09:52   #180  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Husen Tangriyev Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Bekmirzo Посмотреть сообщение
Sevgi esa to'g'ri ma'noda ham, ko'chma ma'noda ham yurakni abgor qilishi mumkin.
Фикри ожизимча, хаста, нотинч, безовта. бедор юрак дейиш мумкин. Аммо, абгор юрак дейиш сал ғалати туюлади. Абгор моддий веқеликка нисбатан қўлланилса табиийроқ чиқади - абгор аҳволдаман, абгор кўйдаман ва хоказо..
"Abgor" degan so'zni qo'llaganlarida Bekmirzo akamiz chilparchin degan ma'noni qo'llagan bo'lishlari mumkin. Hazrati Boburda shunday she'riy satrlar bor edi:
"....Jonim jismdan zoru, jism jondin abgorroq",-degan.
Ответить 
Ответить

Метки
hero
Опции темы
Опции просмотра




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх