|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :) | |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
26.03.2008 17:46 | #21 |
|
Men senga intilib yashayman
Yo’llar armonlarga boshlasalar ham, Armonlar ko’zlarim yoshlasalar ham, Ne ko’y, azoblarga tashlasalar ham, Men senga intilib yashayman, jonim. Qumrilar sayragan bog’larim tinsa, Ko’nglim sokinlikka chidolmay sinsa, Do’stim bilmaganni dushmanim bilsa, Mayli, men seni deb yashayman, jonim. Umr o’taverar, g’ayratlar so’nar, Inson judolikka ko’nikar, ko’nar. Ko’zlarim yoshidan sarvlar unar, Bu “bog’”dan qaylarga ketay man, jonim. Ko’ning ko’ylaklari yirtildi, ketdi, Nahot faryodlarim osmonga yetdi. Ra’no yig’lay-yig’lay ushbuni bitdi, Sensiz azoblarda netay man, jonim! Ra'no Yarasheva |
|
Ответить |
Реклама и уведомления | |
26.03.2008 18:27 | #22 |
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
|
KO'RGANMIDING KO'ZLARIMDA YOSH
Sog'inganda izlab bir nishon, Qabring tomon olar edim yo'l. Keltirarding menga bir zamon, Endi har chog' men eltaman gul. Keldim. Uzoq qoldim men sokin, Sening aziz boshingda yolg'iz, Osmon tiniq edi va lokin, Parcha bulut yetib keldi tez. Ko'kda mening boshimda turib, Go'yo yuragimda qalqdi u. Kozimdagi yoshimni korib U ham to'kdi yoshini duv-duv. Biz yig'ladik tepangda shu kun, Keldingmi deb ko'tarmading bosh. Ayt-chi, senla baxtiyor onlar Ko'rganmiding ko'zlarimda yosh? Zulfiya
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
"+" от:
|
27.03.2008 09:14 | #23 |
"Tex samara servis"
Директор
Сообщений: 59
+ 18
23/14
– 0
0/0
|
Kompyuter haqida hazil she'r
Bizga notanish bo’lgan, Allaqaysi tomonda, Bir oila bor edi, Ayni bizning zamonda. Havasing kelar edi Ajoyib bu xonadon. Bir qiz-u bir o’g’ilcha Va ota-ona sichqon. Qiz sichqoncha shaharda Olar edi ko’p ta’lim, Istardi u bo’lishni, Sichqonlarga muallim. Gapni ko’p cho’zavermay O’tayin muddaoga Ota –ona qizlarin Bermoq bo’ldi kuyovga. Kuyov ham topilibdi. Naq kelishgan, basavlat, Qo’rqmas, jasur va o’ktam U zodagon, badavlat. Xullas to’y arafasi, Barcha xursand va rozi, Lek kelin bo’lmish sichqon., Sal xomush va parishon. Deydi: - Bo’lmoq istardim, Eng bilimdon muallim. Kompyuterdir orzuim. Usiz bo’lmaydi to’yim, Deb kelin turib oldi, Hamma hayratda qoldi, Kuyov bola ham hayron: - Bo’ldi bu qanday zamon? Ammo na iloj kuyov Manglaydan sirg’itib ter Kelin xohishi deya, Keltiribdi kompyuter. Orzusi bo’lib ro’yo Kelin ham shodon bo’ldi, Kuyovning sovg’asidan Uning –da ko’ngli to’ldi. Yana qoldi bir amal, Uni ham tez tuzatdi, Kelin endi sovg’ani Internetga ulatdi. -Ishlar keldi joyiga, Muammolar endi yo’q, Deb to’yni belgilashdi, Ko’ngillari bo’ldi to’q. Afsus kelinga bog’liq Qolibdi yana bir ish Na tikishni bilarkan, Na bir narsa pishirish. (Shaharda o’qigan u Shudir sababnining bari Kelinning bu holidan Sovchining yo’q xabari) O’qiyapman deya u, Urmagan-da qo’lini. Bo’lajak zukko kelin, Topdi buning yo’lini. Internetdan bilibdi, Taomlar ro’yxatini Pishirish, tikishlarning O’rganibdi barini. O’rganibdi o’ziga Barcha-barcha keragin, Hatto o’zin to’yiga Tikdi kelin ko’ylagin. Xullas, bir oy ichida Orasta, chevar bo’ldi. Yori shundayligidan Kuyovning ko’ngli to’ldi. Ikki yoshning to’ylari O’tdi aytilib alyor, Hamma yetib murodga Bo’lishibdi baxtiyor. Yuksalsin bu texnika Shuning o’zi bir baxtdir. Yashasin internet-u Yashasin KOMPYUTER! |
|
Ответить |
4 "+" от:
|
27.03.2008 13:13 | #24 |
Toshkent Islom Universititeti qoshidagi akademik litsey
talaba
Сообщений: 23
+ 10
24/12
– 0
0/0
|
NISBIYLIK
Juda yaxshi!-deymiz mana bu narsa, Go'yo hukm kabi yangrar so'zimiz. O'ylab ko'rganmizmi hech biror marta Kimmiz o'zimiz? Juda yomon!-mana bu narsa, Go'yo hukm kabi yangrar so'zimiz. O'ylab ko'rganmizmi hech biror marta, Xo'sh,kim o'zimiz? Kimgadir yoqamiz biz o'zimiz ham, Kimgadir yoqmaymiz biz ham o'zimiz. Shunaqa charxpalak ekan bu olam, Demak,nisbiy erur har bir so'zimiz. Abdulla Oripov. |
|
Ответить |
"+" от:
|
27.03.2008 14:29 | #25 |
Hurmatli Firdavs va "She'riyat" sahifasining ishtirokchilari, sahifani bahrubayt shaklida davom ettirish taklifim bor. Bu kishini kishini ko'proq izlanishga va barcha shoirlarning she'rlariga murojaat qilishga da'vat qilardi. Taklifga qanday qaraysizlar?
__________________
Har doim ham haqligingga ishonaverma!:offtopic: Последний раз редактировалось Komil Eriev; 27.03.2008 в 14:32. |
|
|
Ответить |
2 "+" от:
|
27.03.2008 14:49 | #26 | |
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
|
Цитата:
Assalmu alaykum...Juda yahshi fikr... Men albatta tashabbusni qo'llab-quvvatlayman... Agar boshqa foydalanuvchilar ham bunga rozi bo'lsa, boshlashimiz mumkin... P.S. Men imkon qadar o'zimning she'rlarimni qo'yishga harakat qilaman, inshallah... Бугун Сени кўрдим баногоҳ, Шул он юрак тўхтади зумга... Мунгга тўла эканми нигоҳ? Ўтиб кетдинг боқмай кўзимга... Ўн йил ортга қайтгандай ҳаёт. Қийнар қалбни эски дардларим. Айт-чи ростин, этмайсанми ёд, Йўқотганинг ёшлик дафтарим? Қайда қолди шод, ҳазилкаш қиз? Қани ўша шўхчан табассум? Қаён учди порлаган юлдуз? Қани ўша қарашлар-маъсум? Жиз этди-ю, ичимдан бир тор, Хушим йиғмасимдан узилди… Онда этиб дилимни абгор, Кўнгилгинам ёмон бузилди… Бугун Сени кўрдим баногоҳ, Тўхтатгани топмам тоқатим... Бошқа сафар учрармисан ё, Кўришмасмиз, илк муҳаббатим? Firdavs demak, "m" xarfiga...
__________________
Мой ЖЖ Последний раз редактировалось Masud Mahsudov; 27.03.2008 в 14:53. |
|
|
Ответить |
3 "+" от:
|
27.03.2008 15:34 | #27 |
YOLG‘IZ
Milyon yilda meni yaratdi hayot, Meni so‘rab, tog‘lar qator cho‘kdi tiz. Nahot anglamaysan, bilmaysan nahot, Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz. Bug‘lanib, qaytadan to‘kiladi suv, Quyoshdan ishorat – ko‘z yorar ildiz. Men, axir ularga o‘xshamayman-ku, Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz. Har elat o‘zicha atar shamolni, Mingta ism bilan yashaydi yulduz. Sen qaydan topasan boshqa Iqbolni, Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz. Nafasim – g‘animat, so‘zim – g‘animat, Fojia – poyimdan uzilgan har iz. Mening nigohlarim eng ezgu ne’mat, Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz. Yaratganga borib aytaman seni! O‘zi hukm etsin odil va xolis. Men qatib kelmayman, tushunyapsanmi? Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz... Iqbol Mirzo
__________________
Har doim ham haqligingga ishonaverma!:offtopic: |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
28.03.2008 10:06 | #28 |
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
|
Зарафшонни лойлатиб кечган
Чавандозлар бордир бу элда. Бахор чоги пишкирган селда, Аргумоклар кўшиги бордир, Бу шундайин ажиб диёрдир. Даласида ўсмас тиконлар, Чўлларида чопмас илонлар, Куш учганда куймас каноти, Одам ўтса куримас зоти. Чанков колиб йўловчи ўлмас, Хар бурчакда бошкесар бўлмас. Кулбаларни келиб босмас кум, Гўдакларни ютмас оч ўлим. Одамларга бахт-толе ёрдир, Бу шундайин ажиб диёрдир. * * * * * Бунда булбул китоб ўкийди, Бунда куртлар ипак тўкийди, Бунда ари келтиради бол, Бунда кушлар топади икбол, Бунда корнинг тагларида киш, Бахор учун сўйлайди олкиш. Бир ўлкаки хуснга бойдир, Унинг энг зўр кўзгуси ойдир. Бир парча ўт бўлиб бунда кун Пахтасига ишлайди хар кун. Ботирлари канал казийди, Шоирлари газал ёзади, Куйчилари ўкийди ялла, Жувонлари айтади алла. Пазандаси ёпади ширмон, Карилари кутади мехмон. Бу шундайин ажиб диёрдир. . . * * * * * Шундай ўлка доим бор бўлсин, Шундай ўлка элга ёр бўлсин. Омон бўлсин огайнилари, Омон бўлсин дўстларнинг бари. Доим бўлсин ўлкаси омон, Шундай бўлсин бу бутун жахон. * * * * * Шафтолизор богларни кўрдим, Гул кўкарган тогларни кўрдим. Мехр кўйиб ўпган сари ок, Оппок бўлди бу азиз тупрок. Водийларни яёв кезганда, Бир ажиб хис бор эди менда . . . Hamid Olimjonning "O'zbekiston" she'ridan parcha
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
Реклама и уведомления | |
28.03.2008 11:27 | #29 |
Bahorda kuz kutib, kuzda bahorni
Umring o'tganini bilmay qolasan Izlab topguningcha chin do'stu yorni Umring o'tganini bilmay qolasan Quvonib o'n sakkiz, yigirma yoshga O'ttiz ham o'tadadi, qirq kelar boshga Shirin so'z aytguncha bir qaro qoshga Umring o'tganini bilmay qolasan Erta kun orzudir o'tgan kun armon Kechgan yillaringni o'ylari larzon G'unchaga qo'l cho'zib goh titib hazon Umring o'tganini bilmay qolasan Suyishga ulgurmay ulg'ayar bolang Ko'nglin olguningcha g'animat onang Yashashga vaqt bo'lmay, goh bo'lib arang Umring o'tganini bilmay qolasan |
|
|
Ответить |
2 "+" от:
|
|