Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Знаете ли Вы, что ...
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :)
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 11.09.2016 02:29   #2031  
Аватар для Dilmurod1996
Оффлайн
Сообщений: 27
+ 0  0/0
– 0  0/0

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Shyuldash Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Dilmurod1996 Посмотреть сообщение
Bu zamondan qochib qayerga boray?
Ko'ksimda hanjarlar, dil - g'urbathona.
Tizzangizga bir oz boshimni qo'yay.
Alla aytib bering charchadim ONA!

Eh... men - nodon inson, g‘orlik qilibman.
Bugun hatolardan ko‘nglim - vayrona!
Hoy-u havas - bir pul, endi bilibman.
Alla aytib bering charchadim ONA!

Iqrorman, ko‘p bora o‘zim o‘yladim.
Ko‘zlaganim edi - yashash shohona.
Barini topdim lek* orom topmadim,
Alla aytib bering charchadim ONA!

Chaqaloq bo‘lganim tuyib uhlayin,
Chin so‘zim: vaqt-makon hozir begona.
Bolalik davrimday suyib tinglayin,
Alla aytib bering charchadim ONA!

Men ahmoq mehrimni kimlarga berdim?
Sanamlar ishqida bo‘ldim devona!
Endi afsusdaman ( nima ham derdim).
Alla aytib bering charchadim ONA!

Sizning allangizda borliq mujassam
Eshitgim kelmoqda ko‘zim giryona!
Ne qilay, men unga sira to‘ymasam?!
Alla aytib bering charchadim ONA!

Bolakay. (O‘zim)
Цитата:
Сообщение от Dilmurod1996 Посмотреть сообщение
Bu zamondan qochib qayerga boray?
Ko'ksimda hanjarlar, dil - g'urbathona.
Tizzangizga bir oz boshimni qo'yay.
Alla aytib bering charchadim ONA!
She'rngizni shu satrlari meniki-ku qayerdan oldingiz?
Ming bora uzr,
O‘zim havaskor shoirman. Ba‘zi-ba‘zida biron she‘rdan qattiq tasirlansam, o‘sha she‘rga o‘xshash she‘r yozaman. Bu she‘rni ham shu tariqa yozgan edim. Afsuski, bu haqida yozib qo‘yish hayolimdan ko‘tarilibdi. She‘rni mualiffi sifatida aybga buyurmaysiz degan umiddaman. Yana bir bora uzr!
Ответить 
Старый 11.09.2016 02:32   #2032  
Аватар для Dilmurod1996
Оффлайн
Сообщений: 27
+ 0  0/0
– 0  0/0

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Dilmurod1996 Посмотреть сообщение
Agar e‘tibor berayotgan bo‘lsanglar, she‘rlarni birinchi kupletidagi so‘zlar boshqa shoirlarni she‘rlarini eslatadi yoki butunlay o‘sha shoirning ijod mahsuli. Men asosan biror bir she‘rdan ilhom olaman va o‘sha she‘rdan foydalanib o‘zim yangi she‘r yozaman. Balki bu kamchilikdur, lekin bundan havotirga tushmayman, chunki qancha buyuk shoirlar ham bu usuldan ko‘p bora foydalanganini guvohi bo‘lganmiz. Qolaversa, men o‘zimni mukammal shoir deb hisoblamayman.
Buni yozib qo‘ygan ekanmanku!
Xudoga shukur, biroz yengil tortdim.
Ответить 
Старый 11.09.2016 08:42   #2033  
Аватар для Shyuldash
Оффлайн
AKA:Shokir Yo'ldosh
Сообщений: 6
+ 0  0/0
– 0  0/0

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Dilmurod1996 Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Dilmurod1996 Посмотреть сообщение
Agar e‘tibor berayotgan bo‘lsanglar, she‘rlarni birinchi kupletidagi so‘zlar boshqa shoirlarni she‘rlarini eslatadi yoki butunlay o‘sha shoirning ijod mahsuli. Men asosan biror bir she‘rdan ilhom olaman va o‘sha she‘rdan foydalanib o‘zim yangi she‘r yozaman. Balki bu kamchilikdur, lekin bundan havotirga tushmayman, chunki qancha buyuk shoirlar ham bu usuldan ko‘p bora foydalanganini guvohi bo‘lganmiz. Qolaversa, men o‘zimni mukammal shoir deb hisoblamayman.
Buni yozib qo‘ygan ekanmanku!
Xudoga shukur, biroz yengil tortdim.
Man ham keyin o'qidim buni
Ответить 
Старый 11.09.2016 10:52   #2034  
Аватар для Dilmurod1996
Оффлайн
Сообщений: 27
+ 0  0/0
– 0  0/0

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Shyuldash Посмотреть сообщение
[]

Man ham keyin o'qidim buni
O‘sha, ona haqidagi she‘ringizni davomi bormi?
Ответить 
Старый 11.09.2016 12:19   #2035  
Аватар для Shyuldash
Оффлайн
AKA:Shokir Yo'ldosh
Сообщений: 6
+ 0  0/0
– 0  0/0

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Dilmurod1996 Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Shyuldash Посмотреть сообщение
[]

Man ham keyin o'qidim buni
O‘sha, ona haqidagi she‘ringizni davomi bormi?
Yo'q, faqat 4 qator edi
Ответить 
Старый 12.09.2016 01:54   #2036  
Аватар для Dilmurod1996
Оффлайн
Сообщений: 27
+ 0  0/0
– 0  0/0

Uzbekistan
Sevgim mening. Sen bilmading mening sevgim.
Armondan ezilgan, qalbi vayronman.
Ishq - bir ovchi bo'lsa, men - bilib turib,
Nishon bo'lib bergan shahid jayronman.
Ko'zingga termulib vaqtni unutdim
Umrim o'tib ketdi, qilmadim izhor.
Qancha fursat bo'ldi, qanchalar imkon
Qalbim qulflarin ochmadim zinhor.
Ikki sohil bo'ylab yuribmiz shu chog',
Ketib borarkanmiz daryo ham jimdir
Bizlarni bog'lagan qandaydir rishta
Va bor o'rtamizda daryoday, kimdir.
Maxzun termulasan o'tli nigohla
"Kechir" - deysan, keyin ketasan abad
Men ne qilar edim? Men ham ketaman.
O'rtada ko'z yoshla qolar muhabbat!

Bolakay!
Ответить 
Старый 16.09.2016 09:28   #2037  
Аватар для hmdbk
Оффлайн
Сообщений: 4
+ 1  6/1
– 0  0/0

Uzbekistan
Бошқа сўзларидаям сал хатоликлар бор, тўғирланган варианти:

Dilimda qolmadi tinchlik va orom,
Talab ketdi o’shal ma’shuqi Bahrom.
Salom yetkur nigorimg’a sabo tez,
Borib anga degilki ey, Dilorom:
Ey, Dilorom, ey, Dilorom,
Dilimda qolmadi tinchlik va orom.


Qachon sendan yiroq bo’ldim chunonam,
Na hush qoldi, na qoldi aqlu-orom.
Yugurdim har taraf men misli Majnun,
Tilimda Layli noming subh ilan shom.
Ey, Dilorom, ey, Dilorom,
Dilimda qolmadi tinchlik va orom .



Yugurdim har taraf, manzil ba manzil,
Talab aylab sani ey, chehra gulfom,
Na sendan bir xabar topdim, na payg’om,
Na sendan menga sog’ar bor, na bir jom.
Ey, Dilorom, ey, Dilorom,
Dilimda qolmadi tinchlik va orom.


Gajak zulfingga bo’ldim misli ov man,
Qo’l-u poyimga zulfing tashlamish dom,
G’azal bitmakni qo’y endi, Nizomiy,
Tushib xilvatga cho’k sen zori nokom.
Ey, Dilorom, ey, Dilorom,
Dilimda qolmadi tinchlik va orom.
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 20.07.2017 12:37   #2038  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Qadrli Ustozim, Abdulla Ulug`ovga

Ustoz Abdulla Ulug`

“Masnaviy”ga qildi oshno, ustoz Abdulla Ulug`,
Ochdi mag`zini huvaydo, ustoz Abdulla Ulug`.

Navoiy, Rumiy tilimda, shu kundan Hofiz qo`limda,
Dilni sirga etdi shaydo, ustoz Abdulla Ulug`.

Haq yo`limda garchi toysam, o`zni ranjurlarga qo`ysam,
Qo`ydi malham misli Sino, ustoz Abdulla Ulug`.

Tinglagay ming bitta shogird, komili hurmat ila,
Tomchiga borgan u – daryo, ustoz Abdulla Ulug`.

Istamas olqish va tahsin, istamas zebu zevar,
Qalbida bor ajib dunyo, ustoz Abdulla Ulug`.

Bizki shogird bo`lib haqqin etolmasmiz ado zinhor,
Bizni xo`b qilgay duo, lek ustoz Abdulla Ulug`.

Toshkent, 2017


(c) Kavsar
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy

Последний раз редактировалось Kavsar; 20.07.2017 в 12:46.
Ответить 
Ответить
Опции темы
Опции просмотра




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх