Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 02.04.2008 12:51   #61  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
She'rim yana o'zing yaxshisan,
boqqa kirsang gullar sharmanda.
Bir men emas, hayot naqshisan,
Jonim kabi yashaysan tanda.
Sen-da yo'lda ko'prik bo'lding-da,
Geyne bilan o'rtoq tutindim,
Lermontovdan ko'mak o'tindim...
Men - Majnunman,
She'rim sen- Layli.
Usmon Nosir
Ответить 
Старый 02.04.2008 16:00   #62  
Real ID Group
Аватар для Komil Eriev
Оффлайн
Сообщений: 67
+ 52  61/35
– 0  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для Komil Eriev с помощью YahooОтправить сообщение для Komil Eriev с помощью Skype™
Ishq ila men xastaman,bu dardima davo yo'qdur,
Qora qismat bitilmishdir,visoldan hech vido yo'qdur.

Vasl yo'qdur,faqat bordur alam,hasrat ila kulfat,
Tovushingni kutarman zor,biroq sandan sado yo'qdur.

Asir qushman - go'dak panji g'ijimlaydi berib ozor,
O'lim yordur vujudima,xudoyimdan panoh yo'qdur.

Bola dastida giryona - qanoti qonolud qushman,
Qutilmoqqa biror chora,azoblarga ado yo'qdur.

Axir,man qush emasman,yor,qutilmoqqa yo'lim bisyor,
Biroq ishqqa chalingan dil uchun erkin samo yo'qdur.

Majnun,
arab mumtoz shoiri
__________________
Har doim ham haqligingga ishonaverma!:offtopic:
Ответить 
Старый 02.04.2008 17:20   #63  
Pre Open ID Group
Аватар для Bahriddin Shayvaliev
Оффлайн
Xalq ta`limi vazirligi
Матбуот котиби
Сообщений: 32
+ 37  13/9
– 0  0/0

Uzbekistan
Million yilda meni yaratdi hayot
Meni so`rab qator tog`lar cho`kdi tiz
Nahot anglamaysan, bilmaysan nahot
Axir men bittaman, yagona-yolg`iz.

Bug`lanib qaytadan to`kiladi suv
Quyoshdan ishorat ko`z yorar ildiz
Axir men ularga o`xshamayman-ku
Axir men bittaman, yagona-yolg`iz

Har elat o`zicha atar shamolni
Mingta ism bilan yashaydi yulduz
Men axir ularga o`xshamayman-ku
Axir men bittaman, yagona-yolg`iz

Nafasim g`animat, so`zim g`animat
G`animat poyimdan uzilgan har iz
Mening nigohlarim eng oliy ne`mat
Axir men bittaman, yagona-yolg`iz

Yaratganga borib aytaman seni
O`zi hukm qilsin odil va xolis
Men qaytib kelmayman tushunyapsanmi
Axir men bittaman, yagona-yolg`iz
Iqbol MIRZO
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 03.04.2008 09:06   #64  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Zulfi halqa-halqayu ko’zi qaro bu yerdadir,
Boqishi shafqatli-yu, nozik ado bu yerdadir.

Kiprigi xanjar, karashma tig’u ko’z tashlash yashin,
Gar shahid bo’lmoqchi ersang, Karbalo bu yerdadir.

Bersa ham jannatni, aldanma kishilar so’ziga,
Bir qadam mayxonadan jilmaki, jo bu yerdadir.

Ka’baga bormoq na hojatdur, agar dil ovlasang,
Behuda yo’llar kezar bu halqu, job u yerdadir.

Husniga boshdin-oyoq boqqanda har bir nuktadan,
Dilni tortib har karashma, derki: jo bu yerdadir.

Izladim bir-bir jahonda har necha bo’lsa kitob,
Ko’rdimu xattingni dedim: muddao bu yerdadir.

Istasang husning zakotini berarga mustaqiq
Keldi, bu Zebuniso yanglig’ bu yerdadur.

Zebunisobegim
Ответить 
Старый 03.04.2008 14:37   #65  
Аватар для G'ayratBEK
Оффлайн
Toshkent Kimyo-Texnologiya Instituti
Talaba
Сообщений: 3
+ 1  3/2
– 0  0/0

Uzbekistan
Ranjima toleing kulmasa agar,
Inson borin ko‘rar, o‘lmasa agar.
Shoir ham ijoddan qolmagay aslo,
Nogoh paymonasi to‘lmasa agar.

Abdulla Oripov
Ответить 
Старый 03.04.2008 16:29   #66  
Pre Open ID Group
Аватар для Bahriddin Shayvaliev
Оффлайн
Xalq ta`limi vazirligi
Матбуот котиби
Сообщений: 32
+ 37  13/9
– 0  0/0

Uzbekistan
Raqib bilganlarim qo'rqoq, deb aytsa,
Do'stim dushman undan behroq, deb aytsa,
G'ururi osmonmas, tuproq, deb aytsa,
Ko'zim, yoshlaringni yurakka yashir.

Bevafo atasa ortimdan sanam,
Bebosh deb qarg'asa, tuqqanim onam,
Aybsiz ayblovlardan titrama, tanam,
Tanam, titrog'ingni yurakka yashir.

Lekin vijdon meni inkor etgan kun,
Iymon, e'tiqodni inkor etgan kun,
Ruhim, soqiy bo'lib ajal mayin sun,
Azasiz, ko'zyoshsiz tuproqqa topshir.
Ответить 
Старый 03.04.2008 17:07   #67  
Real ID Group
Аватар для Komil Eriev
Оффлайн
Сообщений: 67
+ 52  61/35
– 0  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для Komil Eriev с помощью YahooОтправить сообщение для Komil Eriev с помощью Skype™
Ramazon oyida, hayit chog‘ida,
Sumalak pishirdi ahli musulmon.
Unni qovurdilar zaytun yog‘ida,
Halim tayyorladi - kimda bor imkon.

Bahor keldi mana, qishdan chiqoldik,
Tergan rizq-ro‘ziga, ne’matga sharaf.
Tog‘dayin zahmatni axir yiqoldik,
Tabiatga sharaf, himmatga sharaf.

Ro‘zadan chiqqanlar, sizga ham rahmat
Qarzingiz sinovli saodat erur.
Rasululloh demish: - Sabr qil, ummat,
Mo‘minlik belgisi qanoat erur.

A.Oripov,
"Ro'za" she'ri
__________________
Har doim ham haqligingga ishonaverma!:offtopic:
Ответить 
Старый 03.04.2008 17:13   #68  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Ruhimiz yaratib bitta ishq bilan
Fano tuprog’ida adashtirgan U!
Ming yillar zor etib,
nurli kechada
Yana jonimizni tutashtirgan U.

Nechun gunohkorlik yorlig’i bizda?
Sen axir Majnunsan, men esa Layli.
Bilsang, shu lahzada dunyo mukammal
Ikkimizning pok sevgimiz tufayli!

Zebo Mirzo
Ответить 
Старый 04.04.2008 12:42   #69  
Pre Open ID Group
Аватар для Abduganiyev Murod
Оффлайн
академический лицей
Ученик
Сообщений: 73
+ 72  44/26
– 0  0/0

Uzbekistan
Lekin oftob poymol o'lmas,
Kavaklarda qolmas oy nuri,
Odil hakam - haq bor, beg'araz,
Mazlumlarning buyuk g'amxo'ri.
Qilich serpab tole tongida
O'zligingni tanib qolding sen.
O'g'lonlarning qatra qonida
O'zbekiston nomin olding sen.

Abdulla Oripov
Ответить 
Старый 04.04.2008 13:02   #70  
Аватар для Komila Baxtiyor qizi
Оффлайн
Toshkent Islom Universititeti qoshidagi akademik litsey
talaba
Сообщений: 23
+ 10  24/12
– 0  0/0

Uzbekistan
Nega sening qalin tovshing ket demaydi ularga,
Nega sening erkli ko'ngling erk bermaydi qo'llarga.
Nega tag'in tanangda qamchilarning kulishi,
Nega sening turmushingda umidlarning o'lishi.

Shavkat Rahmon
Ответить 
Реклама и уведомления
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх