|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума. | |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
ВУЗы Темы вокруг высшего образования, ВУЗов |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
14.03.2010 20:44 | #1 | ||
Bugun universitetning peshtoqidagi yozuvni o'qib ushbu universitetning yangi binosi ekanligiga amin bo'ldim.
Ushbu universitetga kirish imtihoni qaysi fanlardan, nechtadan savol, qaysi tilda o'tkazilishi va hujjat qabul qilish qachondan-qachongacha davom etadi? Ma'lumot uchun oldindan rahmat.
__________________
Sen agar bug'doy boshoq bo'lsang, somoningman vatan! |
|||
|
Ответить |
14.03.2010 23:46 | #3 | |
Цитата:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Sanoatning yuqori texnologiyaga asoslangan tarmoqlari, sanoat va xo‘jalik obyektlarini loyihalashtirish hamda qurish uchun ilg‘or ta’lim standartlari darajasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashni yanada rivojlantirish va takomillashtirish, oliy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi, “Jeneral Motors” korporatsiyasi va Turin politexnika universitetining (Italiya Respublikasi) Toshkent shahrida Turin politexnika universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (keyingi o‘rinlarda Universitet deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Turin politexnika universiteti (Italiya Respublikasi), “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi va boshqa manfaatdor xo‘jalik birlashmalari hamda korxonalari tomonidan notijorat tashkilot sifatida tashkil etiladigan oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Turin politexnika universitetida (Italiya Respublikasi) qabul qilingan ta’lim dasturlariga hamda oliy ta’lim sifatiga qo‘yiladigan umumiy e’tirof etilgan xalqaro talablarga, O‘zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi maqsad va vazifalariga muvofiq avtomobil, mashinasozlik va elektrotexnika sanoati, energetika, sanoat va xo‘jalik obyektlarini loyihalashtirish hamda qurish korxona va tashkilotlari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash Universitetning asosiy vazifasi hisoblansin. Toshkent shahrida Turin politexnika universitetini tashkil etish bo‘yicha Tashkiliy komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Belgilansinki: Universitet Turin politexnika universiteti (Italiya Respublikasi) bilan tuziladigan servis va litsenziya bitimlari asosida 2009 yilning 1 sentabridan boshlab kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olgan holda, 2-ilovaga muvofiq asosiy ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklar) bo‘yicha barcha darajalardagi mutaxassislar, shu jumladan ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaydi, shuningdek, kadrlar tayyorlashning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiradi; abituriyentlarni qabul qilish va Universitet bitiruvchilarini attestatsiyadan o‘tkazish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda, Turin politexnika universitetida (Italiya Respublikasi) belgilangan tartib, talab va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi; talabalarni o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlari talablarini hisobga olgan holda, Turin politexnika universiteti (Italiya Respublikasi) o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha olib boriladi; Universitet bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan Turin politexnika universitetining (Italiya Respublikasi) belgilangan namunadagi diplomi beriladi. Universitetga 2009/2010 o‘quv yillari uchun bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha qabul kvotasi 200 kishi etib belgilansin. 4. Turin politexnika universiteti (Italiya Respublikasi): Davomini ushbu manzildan o'qiganingiz maqul http://uza.uz/uz/documents/7858/ Yana bitta maqola http://uza.uz/uz/society/8451/
__________________
Кратковременная неудача лучше кратковременной удачи.:clapping: |
||
|
Ответить |
"+" от:
|
|