Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > ZiyoNET
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

ZiyoNET Общественная образовательная сеть ZiyoNET


Результаты опроса: Yevropa madaniyatining kirib kelishi xavflimi?
Xavfli 14 34.15%
Xavfli emas 10 24.39%
50% ga 50% 17 41.46%
Голосовавшие: 41. Вы ещё не голосовали в этом опросе

Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 09.12.2009 00:34   #1  
uParty Member
Аватар для Umida Shodiyeva
Оффлайн
академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132  424/181
– 0  1/1

Uzbekistan
Exclamation Yevropa madaniyatining kirib kelishi xavflimi?!

Yevropa madaniyatining kirib kelishi xavflimi?

Biror narsani qattiq xohlab qolishdan avval shu istagan narsangizga hozir egalik qilayotgan odam baxtlimi yo‘qmi ekanini surishtirib ko‘rmoq kerak. (Laroshfuko)
Yaqinda "Shaxs va Jamiyat" fanidan "Globallashuv va milliy qadriyatlar" mavzusini o'tgandik. Mavzu yuzasidan menda “Yevropa madaniyatining bizga, ya’ni yurtimizga kirib kelishi xavflimi?” degan savol tug'ildi va shu savol asosida so’rovnoma o’tkazdim.
So’rovnoma 17-18 yoshdan kattalar o’rtasida bo’lib, 3 ta yo’nalishda ovoz to’plashga muvaffaq bo’ldim(“Yevropa ma’daniyatining bizga kirib kelishi xavflimi?” savoli ostida):
1.Xavfli!
2.Xavfli emas!
3.50=50 yo’nalishida fikrlar bildirildi.
Shundan,
1.” Xavfli!”, deb hisoblovchilar - 56% ni
2. “Xavflimas!”, deb hisoblovchilar - 14%ni
3. “50=50”, deb hisoblovchialar- 30%ni tashkil etdi.


“Xavfli” deb hisoblovchilarning fikrlari quyidagicha:
-“Hamma narsani qilish mumkinlik g’oyasi”.
- “Bolalar ongining befoyda va zararli narsalar bilan zaharlanishi.”
-“Tashqaridan kirib kelayotgan ma’lumotlarning juda ko’pligi sababli, bolalar ularni kerak va keraksizga ajratib ololmayapti, to’g’rirog’i buning uchun ulgurmayapti, buning natijasida bolalarimizning ongi “chiqindi chelak” kabi “to’lib” qolmoqda
-“Bolalar tarbiyasiga salbiy ta’sir qiladi.”
-“Ota-ona va bola o’rtasidagi munosabatlar.”
-“Kiyinish madaniyatining o’zgarishi.”
“-Ma’nosi behayo “jargonlar”ning kirib kelishi.”
“Xavflimas” deb hisoblovchilar fikri quyidagicha:
- “Xavfli emas! Negaki, bu jarayon insonning o’ziga(maqsadini hamma vaqt to’g’ri qo’ya olishiga) bog’liq. U hech bir kirib kelayotgan narsani nazardan chetda qoldirmasligi kerak.
-“Mustaqil hayot kechirish.”
-“Rivojlanish sari ildam harakatlar.”
-“G’arblashish, milliy madaniyatdan uzib qo’ymaydi, balki bir tomondan uning qadrini oshiradi.”
-“ Qiyoslash va eng ma’qbulini tanlash kerak.”
“50=50”, deb hisoblovchilarning fikri :
-“Har bir shaxs, har qanday madaniyatni bilishga, o’rganishga haqlidir.”
-“ G’arb madaniyatini to’sish yo’li bilan ijobiy natijaga erishish imkoni yo’q. Balki G’arbning salbiy jihatlarini oqilona ko’rsata bilish maqsadga muvofiqdir.”
-“Eng muhimi tanlash imkoniyati kengayadi."
-“Rivojlanish pozitsiyasi G’arbning mentalitetiga xos jihatlarini o’zlashtirish bilan amalga oshadi.”

O’zimga kelsak Yevropalashishni bizga keragi yo’q deb hisoblayman. To’g’ri, G’arb davlatlaridan o’rganishimiz mumkin bo’lgan jihatlar bor, faqat bu G’arblashish kerak, degani emas.
Misol tariqasida shuni aytmoqchimanki, Yevropada shaxs erkinligini nihoyatda hurmat qilishadi , shaxsga qilingan biror behurmatlik uchun qonuniy javobgarlikka tortiladi va bunga odatiy holday qarashadi. Demokratiya g’oyasi ostida o’z erklarini himoya qilishni bilishadi. Bizda esa bu holatga “O’zbekchilikka to’g’ri kelmaydi!” deyiladi, negaki shunga odatlanmaganmiz... Yuz-xotir, andisha, degan qadriyatlar bor... O'zaro hurmat, degan tushuncha, odamiylik degan mezon ham bor...
Kichik yoshdagi ukamiz yoki singlimiz, biror chet el musiqasini yoki multfilmini, kinosini ko’rayapti deylik. Biz unga qanday munosabat bildiramiz? Oddiy hol, shundaymi?! Aslida-chi, ukajonlarimizning maroq ila tinglayotgan o’sha musiqalarining ma’no- mazmuniga bir quloq tutib, tushunishga harakat qilib ko’ring-chi, uyalib ketasiz. Bular qayerdan kirib kelayapti?! Ko’rayotgan multfilmlari, yoshlariga mutlaqo to’g’ri kelmaydigan ( ba’zi ota-onalar ham birga ko’rishadi) seriallar-chi, ular qayerdan kelayapti?! Tillariga zulukdek yopishib olgan“jargon” so’zlar qayerdan ularning tillariga osongina o'rnashib qoldi?!.. Bizning go’zalllikdan dars beruvchi opa-singillarimiz to’ylarda adras, beqasamni emas, “Markiza”larni ko’z-ko’z qilib kiyishayapti. Xo’sh, ular kimning ma’daniyatini ko’klarga ko’tarishayapti?! O’zbek o’g’lonlarimiz “Repchilar” ning madaniyatini “ tekin reklama” qilib berishyapti-ku!
Kimlardadur Madaniyat ekan deb , uy ichida ko’chada yurib kelgan oyoq kiyimizda yurmaymiz-ku, chunki bu bizga to’g’ri kelmaydi! Madaniyat ekan deb o’z otamizdan “qonuniy ulush” talab qilmaymiz-ku! Madaniyat ekan deb erkak-ayol kiyimlarini “adashtirib” kiymaymiz-ku, chunki bu bizga to’g’ri kelmaydi!
Bizda ham tanlash imkoniyati mavjud-ku?!
Aziz yurtdosh, hozirdan shunday ahvolga tushib o’tirsak, bizdan keyingi kelajak avlodga nimani, qaysi madaniyatni o’rgatamiz?! Ko’chada biror o’zbek yurtdoshining atlas ko’ylak, yoki do’ppi kiyib olganini ko’rgan bolajoningiz oldingizda miyig’ida kulib qo’ysa, siz ham qo’shilsangiz, o’zbekning do’ppisini boshiga ko’tarib olgan yurtdoshingizni nazar pisand qilmasangiz, milliyligimiz qayda qoldi? O’zligimizni yo’qotib qo’ymayapmizmi?
Kechagina yurtimizga mehmonga kelgan ajnabiy, o’zbekning zarrin choponi-yu, do’ppisini kiyib yursa, nega qizg’onmaymiz, nega oddiy, bepisand qaraymiz?!
Xo’p, mayli, kiyinish madaniyatini bir chetga surib turaylik, ammo bizning yuksak ma’naviyatimizga, madaniyatimizga kimlardir ta’sir o’tkaza olishi haqida nega mulohaza qilib ko’rmayapmiz?!
Bugun biz taraqqiyot va yuksalish, globallashuv asri, 21-asrda yashamoqdamiz. Avvaliga, xalqaro maydonga chiqish uchun globalizatsiya jarayonlariga aralashishni lozim topdik. Endi esa global muammolarga ham o’z- o’zidan duch kelib turibmiz. To’g’rirog’i, o'ralashib qoldik. Nima?... o'ralashib bo’ldik, endi (botqoqlikdan) chiqishning iloji yo’q, shuning uchun mana shunday achinarli ahvolda yashayverishimiz kerakmi?! “Biz kim edik, kimlarga aylanib borayapmiz?”, shu savolga aynan shu joyda javob bergim keldi. Biz O’ZBEK edik, bizda insoniylik yuqori mavqeda edi… Yigitlarimiz Bekligidan , qizlarimiz Begoyimligidan g’ururlanib yurishar edi. Xo’sh endi-chi?! … Endi kimlarga o’xshashni, taqlid qilishni istab qoldi bu ko’ngil?!
O'zimizni, o'zligimizni unutmaylik!..

Ushbu mavzuni ko’tarib chiqish uchun tanlaganimning boisi, bugungi kunning dolzarb muammosi, deya qaraganim va albatta boshqa tafarlari ham borligi sabablidir.

Aziz Forumdosh! Sizning fikringizcha, Yevropa(G’arb) madaniyatining bizga kirib kelishi xavflimi yoki xavfsiz?
Biz bunga, qay daraja e’tibor beramiz yoki befarmiz?
O’ZBEK uchun yevropalashishning qanday salbiy yoki ijobiy tomonlari bor?
Bizga yevropalashish kerakmikan...?!

Ответить 
2 "+" от:
Старый 09.12.2009 01:07   #2  
Аватар для Tўлқин Эшматов
Оффлайн
Хусусий бизнес
Директор
Сообщений: 63
+ 16  59/34
– 0  0/0

Uzbekistan
Шу фикрларни кирилл ёзувида ёзишни иложи йўқми? Лотин ёзувида ўқиш қийинда...
Ответить 
"+" от:
Старый 09.12.2009 01:11   #3  
uParty Member
Аватар для Umida Shodiyeva
Оффлайн
академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132  424/181
– 0  1/1

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Tўлқин Эшматов Посмотреть сообщение
Шу фикрларни кирилл ёзувида ёзишни иложи йўқми? Лотин ёзувида ўқиш қийинда...
Оффтоп:

Uzr...Men 12 yildan beri lotin yozuvida o'qiyman va yozaman. Shuning uchun kirill yozuvida ozgina noqulaylik tug'uladi-da!
Ответить 
Старый 09.12.2009 01:16   #4  
Known ID Group
Аватар для choosen
Оффлайн
Сообщений: 1,074
+ 245  498/295
– 97  45/33

UzbekistanОтправить сообщение для choosen с помощью ICQ
менимча хамма маданиятнинг ўзининг ижобий ва салбий томонлари. шунинг учун манимча биз бу маданиятнинг энг яхши фазилатларини ўзимизга олиб олиб, ёмонларини эса рад этишимиз тўғри бўларди ))).
Ответить 
Старый 09.12.2009 01:59   #5  
Real ID Group
Аватар для Камолиддин Зайнутдинов
Оффлайн
AKA:Камол
Сообщений: 3,372
+ 2,484  1,147/733
– 95  58/48

UzbekistanОтправить сообщение для Камолиддин Зайнутдинов с помощью ICQОтправить сообщение для Камолиддин Зайнутдинов с помощью Skype™Facebook
Оффтоп:
ухх..... ўқигунча чарчаб кетдим . лотин тилида ўқиш жуда қийинда .

мавзу бўйича гапирадиган бўлсам . кийиниш маданиятидан бошқа хаммасига ман қарши эмасман .
Цитата:
Yevropada shaxs erkinligini nihoyatda hurmat qilishadi , shaxsga qilingan biror behurmatlik uchun qonuniy javobgarlikka tortiladi va bunga odatiy holday qarashadi. Demokratiya g’oyasi ostida o’z erklarini himoya qilishni bilishadi.
мана бу жуда хам керакли нарса . яни шахс эркинлиги . мен айтмоқчиманки у ерда одамлар ўз хуқуқларини билишади ва буни ўрганишга эринишмайди . биздачи ? йўқ . ундан кўра бир одамга пора бериб қутулишни ўйлашади .

Цитата:
Bizda esa bu holatga “O’zbekchilikka to’g’ri kelmaydi!” deyiladi, negaki shunga odatlanmaganmiz... Yuz-xotir, andisha, degan qadriyatlar bor...
мана бу хислат жуда ёмон . бугун андиша қилисиз а эртага бўлса бошингизги чиқиб ўтирволшади . сиз эса андиша қилиб ўтирвурас .

Цитата:
Bizning go’zalllikdan dars beruvchi opa-singillarimiz to’ylarda adras, beqasamni emas, “Markiza”larni ko’z-ko’z qilib kiyishayapti.
бир савол . ўизнгиз тўйларга атлас кийиб қачон бордингиз ? хўш бундай олиб қарайдиган бўлсак хозирги келин кўйлаклар бизнинг маданиятимизга тўғри келмайди . тўғри эмасми ?

Цитата:
Kichik yoshdagi ukamiz yoki singlimiz, biror chet el musiqasini yoki multfilmini, kinosini ko’rayapti deylik. Biz unga qanday munosabat bildiramiz? Oddiy hol, shundaymi?! Aslida-chi, ukajonlarimizning maroq ila tinglayotgan o’sha musiqalarining ma’no- mazmuniga bir quloq tutib, tushunishga harakat qilib ko’ring-chi, uyalib ketasiz.
болангиз бизнинг маданиятимизга тўғри келмайдиган нарсаларни эшитиб ёки тамоша қиляптими . сиз уни бошқа нарсага қизиқтиринг . мана ғарб маданияти бизнинг болаларимизни йўлдан уряпти демасдан фарзандингизга кўпроқ вақт ажратинг .
хар бир нарсани яхши ва ёмони бўлганидак ғарб маданиятини хам яхши ва ёмон жойи бор .
Ответить 
Старый 09.12.2009 09:47   #6  
uParty Member Known ID Group Ultimate
Аватар для OmoN
Оффлайн
програмщег
Сообщений: 4,971
+ 2,743  5,086/2,116
– 69  99/68

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Umida Shodiyeva Посмотреть сообщение
Bizning go’zalllikdan dars beruvchi opa-singillarimiz to’ylarda adras, beqasamni emas, “Markiza”larni ko’z-ko’z qilib kiyishayapti. Xo’sh, ular kimning ma’daniyatini ko’klarga ko’tarishayapti?!
Бир неча йиллар олдин англиялик бир аёл бизга инглиз тилидан дарс берганди. Бир куни меҳмонхоналардан бирига пул алмаштириш учун кирибди. У ерда ишлаёдиган қизларнинг кийимларини кўриб тунги клуб қизлари деб ўйлаган экан. Демак биз "европача" деб ҳисоблайдиган кийиниш усулига улар ҳам ажабланиб қарашаркан. Тўғрироғи бизникилар европаликлардан ҳам ошиб тушишар экан. Ҳамма нарсани Европага тўнкайвериш ҳам инсофдан эмас. Европа ёки Америкада қайси ишхонада елкаси ёки қорни очиқ кийим кийишар экан (аҳлоқсиз жойларда ишлайдиганлар бундан мустасно)? Уларда ёзнинг жазирамасида ҳам офисда ишлайдиган аёллар кофта юбка ва костюмда юришади-ку. Европадаги корхоналар дресскодга қаттиқ эътибор беришади.
__________________
Ошибки прошлого, мудрость будущего. (с)Д.Тернер.
Ответить 
Старый 09.12.2009 10:00   #7  
Аватар для AZiza X
Оффлайн
КгБ
SmC
Сообщений: 82
+ 66  63/42
– 0  0/0

Uzbekistan
Yevropa madaniyati emas bugungi rasmiy til bilan "ommaviy madaniyat" deb o'zgartirsak bo'larkan. Fikrimcha, Bunda ko'proq narsani tushunish mumkin. Ommaviy madaniyat deganda reputatsiya va ta'sir doirasi kuchli bo'lgan madaniyatlarning salbiy jihatlari qorishmasi tushuniladi. Yevropaning o'zi ijtimoiy hayotning tubanlashib ketayotgan ba'zi holatlaridan aziyat chekmoqda-ku!

Agar hind ayollari belini ochib milliy kiyimi-sarini kiysa, ularni ham yevropacha madaniyat ta'siri deyolmaymiz-ku!
Primitivlikdan qochaylik, iltimos..
__________________
Sizga kulgu yarashadi:187:
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 09.12.2009 10:16   #8  
Real ID Group
Аватар для Камолиддин Зайнутдинов
Оффлайн
AKA:Камол
Сообщений: 3,372
+ 2,484  1,147/733
– 95  58/48

UzbekistanОтправить сообщение для Камолиддин Зайнутдинов с помощью ICQОтправить сообщение для Камолиддин Зайнутдинов с помощью Skype™Facebook
Цитата:
Сообщение от OmoN Посмотреть сообщение
Европа ёки Америкада қайси ишхонада елкаси ёки қорни очиқ кийим кийишар экан
нафақат Европа ёки АҚШ давлатларида бу нарса бор . Москва мери Лужков меряда ишлайдиган аёлларга тор шим ва мини юпка кийишни тақиқлаб қўйган . худди шу холатни Сочи шахри мерясида хам кузатшимиз мумкин . хаттоки бу ерга келаётган оддий фуқароларга хам тақиқлинган очиқ кийимда келиш . биздачи ? миллийлик хақида балан парвоз гапларни кўп гапирамиз лекин уларни тўғрилашга харакат қилмаймиз . фақат айбдор қидирамиз .
Ответить 
Старый 09.12.2009 10:22   #9  
Real ID Group
Аватар для Muhayyo Turdialiyeva
Оффлайн
Сообщений: 380
+ 408  466/214
– 0  4/4

Uzbekistan
Uztea da chet elliklar bilan doimiy aloqada bo'lib turishadi. U yerda juda ko'p ispan, fransuz, britaniya va amerikadan kelgan mehmonlar bilan yaqindan tanishishingiz mumkin. Ular bilan har gal uchrashganimda hech bo'lmaganda bo'ynimga adras sharf tashlab olaman. Bu menga uchrashuv davomida o'zimga ishonch uyg'otsa, ularda esa katta qiziqish uyg'otadi. Shunday ekan yevropaliklarni yurtimizga madaniyatimizga qiziqtirishimiz nafaqat o'zimiz balki davlatimiz iqtisodiga ham kichik bir xissasini qo'sha oladi deb o'ylayman. Barcha sohalarimizni faqatgina chet elliklar bilan tajriba-malakalar asosida oshirib boriladi. Millatimizning dunyoqarashi kengayib boradi. O'zbek ayollarimizning adras atlasga o'rayvermasdan dunyo dizaynerlari kiyimlaridan kiyinishsa nimasi yomon. Milliy kiyimimiz milliy ayyomlarda kiysak bo'ldida. Biz kamchilik deb topayotgan qorni ochiq, kalta-kulta kiyimlar asosan yoshlarimizda kollej yoshidagilarda ko'proq uchraydi. Bu vaqtinchalik bo'ladigan hodisa. Shunchaki ularning madaniyatini o'zlashtirmasdan to'g'ri qabul qilishni o'rganishimiz kerak. Milliy g'ururimiz qanchalik kuchli bo'lsa har qanday chet ellik ham havas qila oladigan millliyligimizga egamiz.
Ответить 
Старый 09.12.2009 10:37   #10  
uParty Member Known ID Group Ultimate
Аватар для OmoN
Оффлайн
програмщег
Сообщений: 4,971
+ 2,743  5,086/2,116
– 69  99/68

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Muhayyo Turdialiyeva Посмотреть сообщение
O'zbek ayollarimizning adras atlasga o'rayvermasdan dunyo dizaynerlari kiyimlaridan kiyinishsa nimasi yomon.
Мана бунақами?
Изображения
Тип файла: jpg 48dcc7a23f7c1.jpg (27.8 Кб, 21 просмотров)
Тип файла: jpg 48dcc7a54d1fc.jpg (41.5 Кб, 21 просмотров)
Тип файла: jpg 48dcc64a7c611.jpg (103.8 Кб, 15 просмотров)
Тип файла: jpg 48dcc64c40fc1.jpg (41.6 Кб, 19 просмотров)
Тип файла: jpg 48dcc64c04128.jpg (46.1 Кб, 17 просмотров)
Тип файла: jpg 1214191449_dolce_gabbana_milan_naomi_campbell01.jpg (31.9 Кб, 16 просмотров)
Тип файла: jpg emilio_pucci_milan_fashion_week03.jpg (50.2 Кб, 22 просмотров)
__________________
Ошибки прошлого, мудрость будущего. (с)Д.Тернер.
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх