Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Знаете ли Вы, что ...
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :)
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 07.04.2010 03:39   #231  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan

Sog’ingan dil – qorong’u tundek,
Tong otishi bunchalar yiroq.
Yuzingizdan nur bering jindek,
Men ichimga yoqayin chiroq…

O’ylayverib charchaydi yurak,
Mehrlarga tashna bo’laman.
Xayollarim boshda chirpirak,
Majnunlarga oshna bo’laman…

Bedor ruhim kezar darbadar,
Borar joyin bilmay tentirab.
Zulmat ichra qidirar shu’la,
Toqati toq yurar kunsirab…

Dard qulog’im qilmoqda garang,
Keltirmaydi xijron xushimga,
Uxlagani ko’z yumsam arang
Qoq sahrolar kirar tushimga…

Har bir ohim ko’ngulda yaro,
Azoblarim bilmaydi hudud
Aralashu quralash aro,
Shukrlarkim, bir umid mavjud…

Yaxshiyamki siz bor – kutaman,
Diydorlashish – go’zal onimni…
Hovuchlagan kuyi tutaman,
Hadiksirab qolgan jonimni…

Sog’ingan dil – qorong’u tundek,
Tong otishi bunchalar yiroq.


(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 09.04.2010 03:58   #232  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan

Qiynaladi yuragim,
Oshiqqancha sen tomon,
Xayol iskanjasidan
chiqa olmay o’rtanar.
Qiymalandi yuragim,
Xijronlardan shu zamon,
Va… jimlikning sasidan,
Sokinlikni o’rganar.

Timdalaydi yuragim
Ichlarimni tinmasdan,
Keng dunyoni istaydi,
Tor joyiga sig’masdan.
O’z o'rnida urmasdan,
Chiqib yursa, qaniydi.
Sendagi yarmisidan
Ahvol so’rsa, qaniydi…

Iymanadi yuragim,
Aytolmayin gapini,
Axir kimga ochardi,
Dardi to’la qopini?
Xorsinadi, uf tortib,
Har bir olgan nafasda.
Bulbul ham sayrolmaydi,
Tutqunlikda – qafasda…

Indamaydi yuragim -
Gung bo’lish havasmidi?
Xislarini olamga,
Jar solsa, bo’lmasmidi?
Tilin yutgan; bir marom
Yo’rg’alaydi bechora.
Balki sabr kerakdir,
Yo’q boshqa yo’l, nachora.

Talpinadi yuragim,
Senga atab borini.
Ko’rishguncha kun sanar,
Faqat aytmas zorini.
Ba’zan o’ylarga cho’mib,
Yorolmasam ko’ksimni,
“Yolg’iz ekanman” , deya
Gulim, aslo o’ksinma…

Asli, yuragim – sensan,
Mehring - hayot rishtasi.
Ko’nglim bog’in egasi,
Erkasi, farishtasi…

Hech qiynalma, yuragim…


(c)
__________________
Мой ЖЖ

Последний раз редактировалось Masud Mahsudov; 09.04.2010 в 04:16.
Ответить 
Старый 12.04.2010 04:33   #233  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan

Necha zulmat kechadan so’ng kelgan nahorimsiz mening,
Qahratondan bosh ko’targan gulgun bahorimsiz mening.

Mehr istab kezib olam, topolmayin yurganimda,
Quyosh yang’lig’ nur ulashgan bir mehribonimsiz mening.

Ko’ngil xijil, qalbim yaro, yuzum so’lg’un, kunlar qaro,
Shukrlarkim, tasalli bor – yakkash qadrdonimsiz mening

Kelib ko’klam, bo’lib ko’rkam, gulga burkab shu olamni,
Chamanlarni makon etgan go’zal gulzorimsiz mening

Dilim xushnud, tilim burro, viqorlarga to’la ko’ksim,
Yuragimni bezab turgan bitmas ohorimsiz mening.

So’zingizda sehr hokim, hukumatdir shirin suhbat,
Kalomingiz – eritguvchi, boli zabonimsiz mening.

Yiroqlarda, firoqlarda, hech tuganmas xijron aro,
Yo’llarimga ko’zin tikkuvchi intizorimsiz mening.

Jon chekib foniy jahonda, intiqib xo’b kutganim -
Yaratganning mukofoti – ham jonajonimsiz mening


(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 16.04.2010 03:15   #234  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Ko’ksim to’la sabr, ko’zimda umid,
Kunlarim sog’inchga aylanib qoldi.
Ishim o’ylarimdan tamoman yaxlit,
O’zimda tinch degan narsa yo’qoldi.

Xijron soniyasi mengzar yillarga,
Kutish onlariga singib ketaman
Umrimni baxshida etib yo’llarga,
Toqatim tog’ini qo’lda tutaman.

Gohi dilga sig’mas do’stning xazili,
Yolg’izlik qa’riga tushgim keladi.
Goh qanot chiqarib, parvona bo’lib
Quyosh atrofida uchgim keladi…

Sabrim kosasining chegarasi yo’q,
Yuragim kengayib bormoqda asta…
Qishlar jazirama, yozlarim sovuq,
Kuz esa dardlarim bilan payvasta…

Ko’klam kurtaklarda ko’ringanida,
Seni eslayman-u, o’rtanar qalbim…
Hayotning g’amgin, ham shodon onida,
Bahorni... va seni ko’p kutgan edim…

Gulim – umrbodim,
So’ngsiz murodim,
Tushlarimga bir bor nazar solib ket…


(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 17.04.2010 04:44   #235  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan

Yana yangi oyni ko’rdim-u, ko’kda
Yuragim o’rtanib Sizni esladim…
Ul oydek qoshlari kamonim, hamda
Jannatdan nishona yuzni esladim…

Bilmam, nelar meni o’ylarga solgan;
Nigohim osmonga qadalib qolgan.
Tunning qarosidan rangini olgan,
Samimiy boquvchi ko’zni esladim

Bulut berkitganda hilol suratin,
Bilib bo’lmas ekan uning siyratin.
Xayollarga cho’mib, birpas olib tin,
Ishva, karashma-yu, nozni esladim

Shab’i zimistondan nurga eltguvchi,
Qalbning tub-tubiga borib yetguvchi,
Dilimning torini bilib chertguvchi,
Sabodek mayin, xush so’zni esladim

Zuhro yulduzining ajib sehri bor,
Chehrada istara qurgan shahri bor,
Alloh mukofoti – bitmas mehri bor,
Ochiqko’ngil sarafrozni esladim

Yangi oyni ko’rib, baxtdan pichirlab,
Sog’inchlarga to’lib, Sizni esladim…


(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 19.04.2010 01:07   #236  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Тунги сукунатдан толиққан хаёл,
Мудраган юракдан сўрайди тўзим...
Қалб-чи ёлғизликдан топиб минг завол,
Тақдир кўзларига термулмоқда жим...

Нечун қисматимда бунча имтиҳон?
Не сабаб тўсиқдан иборат умрим?
Қайда ибтидо-ю, қайда интиҳо?
Қай вақт сабр косаси бўлар экан лим?

Қачон бошқалардек одам бўламан,
Кимгадир керакли айларми ҳаёт?
Ёки шу дард билан энди ўламан,
Ғамларим чақирар эканми мамот...

Тунги рутубатдан сиқилиб кетиб,
Кейин қўлин силтаб бари-барига,
Бемажол танамни ғафлатга отиб
Руҳим сингиб кетди зулмат қаърига...


(c) 2008
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 19.04.2010 22:33   #237  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Balki bu soginchning so'nggi lahzasi,
Balki dard nomasin so'ng bor bitaman...
Mana shu bo'lsa gar ishqing lahjasi,
Bo'ldi...
Tugataman...
Sendan ketaman...

Qalbimda quyoshni ko'rmaysan boshqa,
Shirin so'zlarimni ichga yutaman...
Axir chegara bor sabr-bardoshga,
Yolvorma...
Endi kech...
Sendan ketaman...

Endi tunlaring ham oysiz, yulduzsiz,
Nursiz ko'ngling uzra qolib netaman...
Iznsiz,
indamay,
gapirmay,
so'zsiz,
Ortimga qaramay,
Sendan ketaman...

Endi o'ylarim ham sendan yiroqda,
Yuragimni yolg'iz qo'lda tutaman...
Mayli kuyib ketay otash-firoqda,
Baribir, butunlay
Sendan ketaman...

Orzu-havaslaring siylov o'zingga,
Taqdir yo'lagidan yakka o'taman...
Qarshimdan chiqsang ham,
boqmay ko'zingga,
Qayrilib, manguga
Sendan ketaman...


(c)

Izoh: Bir qo'shiqni eshitib yozilgan she'r.
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 20.04.2010 14:09   #238  
Real ID Group
Аватар для Muhayyo Turdialiyeva
Оффлайн
Сообщений: 380
+ 408  466/214
– 0  4/4

Uzbekistan
Menimcha esa baxslarni hech qayerga ko'chirmasdan butunlay o'chirib tashlash kerak...
Оффтоп:
Pop-korn bilan o'qisam ham kayfiyatimni buzdi

Odamlar bu mavzu men MODERATORimizdan so'rab olganmana, bu yerda faqat she'rlarni o'qib ozgina bo'lsada baxslardan chetlanish bo'ladi deb o'ylagandim. Domlamizga esa bir marta dam olganlari kamlik qilganga o'xshaydi. Ma'sud Maqsudovga qancha gapingiz bo'lsa lichkaga yozaveringlar.
__________________
ZiyoNET.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Публикации | Библиотека | Справочное | Форум
Прими участие в развитии ZiyoNET: Создай сайт на ZiyoNET | Добавь книгу в Библиотеку
http://www.uforum.uz/signaturepics/sigpic8_1.gif
Ответить 
"–" от:
Реклама и уведомления
Старый 20.04.2010 15:48   #239  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Muhayyo Turdialiyeva Посмотреть сообщение
Menimcha esa baxslarni hech qayerga ko'chirmasdan butunlay o'chirib tashlash kerak...
Оффтоп:
Pop-korn bilan o'qisam ham kayfiyatimni buzdi

Odamlar bu mavzu men MODERATORimizdan so'rab olganmana, bu yerda faqat she'rlarni o'qib ozgina bo'lsada bahslardan chetlanish bo'ladi deb o'ylagandim. Domlamizga esa bir marta dam olganlari kamlik qilganga o'xshaydi. Ma'sud Maqsudovga qancha gapingiz bo'lsa lichkaga yozaveringlar.
[MOD]Taklifingiz inobatga olindi.[/MOD]
Ответить 
Старый 22.04.2010 04:44   #240  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan

Yuragim oshiqar sen tomon,
Yarim tun…
Uyqu yo’q ko’zimda.
Xijroning yukini tortaman,
Dunyoning azobi o’zimda.
Nimadir ko’ksimda tipirlab,
Sog’inchga aylangan pallalar.
Ichimda mehr-la pichirlab,
Men senga aytaman allalar.
Dunyoning ishidan bo’sh qolib,
Intiqib, orziqib ketgan dam.
Qaniydi, yoningga borvolib,
Yuzingga termulib o’tirsam.
Diydorga tashna bu ko’ngilni,
Ayt menga, nima deb ovutay?
Olovga aylangan bu dilni,
So’ylagin, qandayin, sovutay?
Sog’indim -
boshqa so’z kelmaydi,
O’ylardan charchagan xayolga.
Yuzim ham sensiz hech kulmaydi,
Qay zamon yetkazar visolga?
Qanaqa bo’ladi baxt rangi?
U qanday qog’ozga o’ralgan?
Eshitsa bo’larmi jarangin?
Muhtasham uymi u qurilgan?
Savollar…
Savollar, tinch qo’ymas,
Javobi – yakashim – o’zingsan.
Taqdirda bitganim, peshonam,
Umrbod dardkashim – o’zingsan.

Tinch uxla…
Sen uchun men bedor,
Nigohim tushingdan umidvor…

Yuragim oshiqar sen tomon,
Yarim tun…
Uyqu yo’q ko’zimda…


(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Ответить

Метки
hero
Опции темы
Опции просмотра




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх