Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Знаете ли Вы, что ...
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 18.02.2010 05:33   #201  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Yangi oy osmonda kezadi,
Parishon boqaman unga jim…
Ichimni ming sog’inch ezadi,
Uyimni judayam so’gindim.

Men ketgach xayolin yig’magan,

O’g’lisiz hech qayga sig’magan,
Telefonda xo’rsinib yig’lagan,
Onaizorimni so’gindim.

Har yerda faxrim ham savlatim,

Suyangan to’gim ham, haybatim,
Boshimda eng aziz davlatim -
Padari buzurgim sogindim…

Biri sho’x, boshqasi hokisor,

Ichida kiri yo’q, beg’ubor,
Bolalik yo’limda izi bor,
Sinfdosh do’stlarim sog’indim

Kechayu kunduzda o’ylagan,

Dardlarin daftarga so’ylagan,
Dilining sozida kuylagan –
Menga ko’z tikkanni so’gindim

Kiprikda yosh bo’lib qotguvchi,

Farzandga borini tutguvchi,
Quchog’in lang ochib kutguvchi,
Shaharim, qishlog’im sog’indim…

Oxiri ko’rinmas dalani,

Xuv, o’sha mol boqqan bolani,
Tongdagi qatiqchi xolani…
Hammasin, hammasin so’gindim…

Yangi oy osmonda kezadi,

Parishon boqaman unga jim…



(c)... Fevral... 2010...London
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 19.02.2010 04:51   #202  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan

Keraksan,
birga jim xayollar surgani,
Keraksan, baxt nima ekanin ko’rgani,
Keraksan
taqdirim qurgani,
Yashashning ma’nosin so’rgani…
Umrbod hayotning yo’lida yurgani…
Keraksan…

Yo’q,
Menga kerakmas boshqalar,
Seningdek men bilan
do’st emas boshqalar
Xijronlar yurakka o’t qalar,
Qo’zg’alar mushtdek jon o’rnidan
Yo’rg’alar,
Talpinar sen tomon…
Keraksan…

Bedorman - uyquyam kerakmas,
Hech nima, hech qachon
Sen kabi dilimni
To’latmas
So’zingdek dardimni
Qulatmas.
Qayg’uni yoniga yo’latmas.
Iqbolim shamini yorqinroq yoqqani
Keraksan…

Turibman chorasiz yiroqda,
Ko’nglim ham qiynalar,
Ungayam osonmas firoqda.
Qay zamon yoninga ketgumdir?
- Sabr yo’q
G’amlarim ko’mgani qabr yo’q.
Holimni tasvirlab bergani
ta’bir yo’q -
tilim ham so’roqda.
Turibman chorasiz yiroqda,
Shu damda judayam
Keraksan…

Keraksan… hamnafas bo’lgani,
G’urbatda sherik ham,
shodlikda kulgani,
Yarmini qidirgan
yarmimga to’lgani,
Gullasam ochilib,
Yulduzdek sochilib…
Va xatto,
Bu fano dunyodan
Gar so’lsam, so’lgani,
Keraksan…

Tabassum yarashar
Istara koni bor yuzingga,
Mushtoqman
Sahargi sabodek
Yangragan so’zingga,
Qaniydi, termulib o’tirsam
O’zimning aksim bor,
Ko’zingga…

Keraksan…


(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 21.02.2010 17:25   #203  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Цитата:
Begim, Sizni Xudoyim raso qilib yaratgan,
Kimlarnidir o'ychanu, Sizni kulib yaratgan...

Halima Xudoyberdiyeva
Gulim, Sizni Yaratgan
zebo qilib yaratgan,
Ham odobga andoza –
a’lo qilib yaratgan.
Duolarni ijobat,
niyatni ro’yob aylab,
Mazmunga zor hayotga
ma’no qilib yaratgan.

Yulduzlar –sirdoshingiz,
oy-chi, kichik singlingiz,
Qalbim uchun mehrga
kon bo’lib ulgurdingiz.
Tong kabi oq, musaffo,
shabnammisol ko’nglingiz,
Men uchun bir o‘zgacha
dunyo qilib yaratgan…

Men tomon qo’ysangiz poy,
Siz tomonga yugurgan,
Charchasayam umid-la,
Sizni eslab kun ko’rgan
Chap tarafda intiqib,
zo’rg’a duk urib turgan
Yuragimning parchasin
ko’ksdan yulib yaratgan.

She’rlarimda ilhomim,
qo’shig’imda torimsiz,
Yo’llarimga ko’z tikkan,
yolg’iz intizorimsiz,
Ajralmasim – qadrdon,
umrim bo’yi borimsiz
Taqdirimga ming shukr –
baxtim bilib yaratgan…


(c)
__________________
Мой ЖЖ

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 21.02.2010 в 20:13.
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 22.02.2010 08:55   #204  
uParty Member
Аватар для Majnuntol
Оффлайн
Talaba
AKA:Majnuntol
Сообщений: 26
+ 145  35/14
– 0  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для Majnuntol с помощью YahooМой мир
Smile She'rlaringiz kerakdir...

Kerakdir...
Bu she'rlar kerakdir,
Uyqusiz tunlarda,yurakda
Maxzunlik bo'lganda kerakdir...
Qalbda ming tug'yon urganda
Sokinlik uchun ham kerakdir...

Kerakdir...
Ular juda ham kerakdir
Ko'zlarim yoshlansa,tonggacha
Bardoshli bo'lishchun ham kerakdir
Kutib-kutib xorigan zamon
Dil oromichun ham kerakdir...

Sizning she'rlaringiz haqiqatdan ham menga kuch bag'ishlaydi,hamisha sog' bo'ling va doim she'r yozing, ijodingizga baraka,yuqoridagi siznikichalik bo'lmasa ham biroq dilimdagilar...
__________________
:girl_sigh:
Ответить 
Старый 23.02.2010 01:15   #205  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Majnuntol Посмотреть сообщение
Kerakdir...
Bu she'rlar kerakdir,
Uyqusiz tunlarda,yurakda
Maxzunlik bo'lganda kerakdir...
Qalbda ming tug'yon urganda
Sokinlik uchun ham kerakdir...

Kerakdir...
Ular juda ham kerakdir
Ko'zlarim yoshlansa,tonggacha
Bardoshli bo'lishchun ham kerakdir
Kutib-kutib xorigan zamon
Dil oromichun ham kerakdir...

Sizning she'rlaringiz haqiqatdan ham menga kuch bag'ishlaydi,hamisha sog' bo'ling va doim she'r yozing, ijodingizga baraka,yuqoridagi siznikichalik bo'lmasa ham biroq dilimdagilar...
Ajoyib misralar... Tashakkur

samimiy tilaklaringiz uchun rahmat, singlim... Yozgan she'rlarim Sizni befarq qoldirmaytganidan xursandman. Sizning ham ijodingizga Alloh baraka bersin
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
2 "+" от:
Старый 24.02.2010 03:12   #206  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Iltimos,
O'tirmay xayol pinjida,
Mehmon bo’lib ketgin, mayliga, zumga.
Boshim – osmon,
qilsang qadam ranjida
Ko’ksimda asragan shinam joyimga

Iltimos,
Ko’z tashla, nigohim tolgan,
Quvonch ham, yupanch ham yolg’iz firoqdir.
Intiqish tanamni zabt etib olgan -
Qalbimning hududi senga mushtoqdir…

Iltimos,
rozi bo’l, mensiz kechirgan,
Xijron azobining ozu ko’piga.
Kel birga boraylik qolish-chun abad,
Senga ko’rsatmagan dilim tubiga

Iltimos…
ichingda bog’lanib qolgan
Turli tugunlarni yechib kel, gulim.
Qo’l siltab bariga,
Bor-buding tashlab,
Mening yuragimga ko’chib kel, gulim…

Iltimos…


(c)
__________________
Мой ЖЖ

Последний раз редактировалось Masud Mahsudov; 24.02.2010 в 03:15.
Ответить 
Старый 26.02.2010 02:46   #207  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Ko’ngil yashillikka intiqqan chunon,
Yuring, bahorlarni kutaylik birga.
Ziyoga talpinib tipirlaydi jon,
Orzular yurtiga ketaylik birga…

U yerda asrdek chozilmaydi tun,
Kutish onlari ham bundan boshqacha.
U joyda har juftning yuragi butun,
Quyosh ham charaqlar shomdan tonggacha.

U yurtda sarobga aylanmagay ishq,
Vafo o’z manosin to’liq oqlaydi.
Fano biror kasga bo’lmaydi tashvish,
Hech kim xasad bilan ortdan boqmaydi.

G’amdan forig’ go’zal o’shal zaminda,
Armon, degan yovga qo’yishgan tuzoq.
Ishonch va sadoqat gurkirar unda -
Xijron azoblari judayam uzoq…

Oqibat bezaydi barcha shaharin,
Mehrdan yaralgan har bitta qishloq.
Azon boshlab berar erta saharin,
Insonlar qalblari qor misol oppoq…

Yuring,
o’sha yoqqa ketaqolaylik...
Mavhum dunyolarda nima qilasiz?


(c)
__________________
Мой ЖЖ

Последний раз редактировалось Masud Mahsudov; 26.02.2010 в 02:51.
Ответить 
Старый 01.03.2010 05:11   #208  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan

Urushi olamga taralgan yurak,
Shaklini yo’qotib, buralgan yurak,
Bedor kechalardan nur olgan yurak
Qatra mehrlardan yaralgan yurak,
Seni ko’rsaydi…

Har kuni yod etib, qalbing shod etib,
O’zi-chi, dod etib, ham faryod etib,
Labga kulgu, lekin dil barbod etib
So’ngsiz xijronlardan ezilgan yurak…
Zumga tinsaydi…

Ko’ngil iliqlikka moyil bir damda,
Orzular tugamas ekan odamda.
Hikmatni qidirib har bir qadamda
Olam havaslarga burkangan yurak.
Yo’lin topsaydi…

Chap tomonim senga ko’proq intizor,
Rasmingga termulish qilmayapti kor.
Har tongda duodan bo’lib umidvor.
Mitti umidlarga o’rangan yurak
Ilinj istaydi…

Choklari sitilgan… Ko’rkam zohiri,
Mengayam ayonmas ko’ksimning siri…
Ko’z tikib, intiqib, yig’lab oxiri,
O’zi ham sog’inchga aylangan yurak…
Visol qo’msaydi…

Ko’nglim nimtalangan – shundan kulmayman,
Yo gullab ketmayman va yo so’lmayman…
So’nggi oylar ichra,
nega bimayman –
Yarmini behosdan yo’qotgan yurak,
Yarmin tusaydi…

Sen bularni bilarmikinsan?

(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 01.03.2010 11:09   #209  
uParty Member Known ID Group Ultimate
Аватар для OmoN
Оффлайн
програмщег
Сообщений: 4,971
+ 2,743  5,086/2,116
– 69  99/68

Uzbekistan
Оффтоп:
Masud Mahsudov, шеърларингизни ҳар доим кузатиб бораман. Зўр ёзасиз. Лекин Сизнинг шеърларингизда одамгарчиликдан асар ҳам йўқ Масалан айрим ижодкорлар ёзган тўртликларда ёки Булғағонийнинг шеърларида қофия қуйилиб келганда маъно одамгарчилик қилиб четга чиқиб туради. Сизда ҳаммаси бирга. Биронтаси одамгарчилик қилиб йўл берай демайди
ПС: Бу албатта ҳазил.
__________________
Ошибки прошлого, мудрость будущего. (с)Д.Тернер.
Ответить 
Старый 03.03.2010 04:40   #210  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Sening fasling keldi
Derzangdan boq,
Ko’nglingdek oq gulga o’ralgan olam.
Men uni sendan ham kutgandim ko’proq,
Balki Yaratganga yetibdi nolam.

Sening fasling keldi,
Qara, tabiat
Bezanmish kelinchak misoli go’zal.
Allohga shukr-la, qilaman niyat:
Bahting ko’klam misol gullasin tugal.

Sening fasling keldi.
Dillar shod-xurram,
Istarang misoli isimoqda kun.
Boychechak gulining yuzlarida nam -
Qor ostida qolib, bo’lgandi zabun…

Sening fasling keldi;
Musaffo, nafis.
Tonggi havolardan yutaman qonib.
Qalbimning tubida yil bo’yi yotgan,
Eng nozik tuyg’ular chiqar iymanib.

Sening fasling keldi.
Orzu-havaslar
Endi aziz boshing uzra bo’lar toj.
Imkoni bo’lsa gar, topib bir iloj,
Shu bahor bahona yuragingni och…


Nega jimsan...


(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Реклама и уведомления
Ответить

Метки
hero
Опции темы
Опции просмотра




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх